Sonlar haqida sara sherlar to‘plami

Sonlar yani raqamlar haqida eng sara sherlar to‘plami kattalar va bolalar uchun.

Raqamlar haqida sherlar

0 raqamiga sher

Nol raqamiga sher

Diqqat mening nomim nol,
O’quvchim sen ogoh bo’l.
Yolg’iz tursam yo’qman men,
Sherik bo’lsa to’qman men.
Yozilishim qiyinmas
Dum-dumaloq chizsang bas!

Harflar haqida sherlar to‘plami

1 raqamiga sher

Bir raqamiga sher

Bir degan sanoq sonman ,
Sanash uchun osonman
Bitta yurak bitta bosh,
Bitta oy, bir quyosh,
Yozishga ham o’ng’ayman,
Qoziqchaga o’xshayman

2 raqamiga sher

Ikki raqamiga sher

Ikki degan nomim bor,
Ikki birdan men tayyor.
Ikki qo’l, ikki oyoq,
Ikki ko’z, ikki quloq,
Nimaga o’xshayman xo’sh
Xuddi ko’ldagi oqqush !

3 raqamiga sher

Uch raqamiga sher

Uchta birman nomim uch,
Birlashganda bo’lar kuch.
Uchgacha sanayman der,
Shart o’ynagan har bir sher.
Yozish uncha qiyinmas,
Tishlangan ikki kulcha.

4 raqamiga sher

To‘rt soniga sherlar

Men to’rt degan raqamman,
Ikki ikkidan jamman.
Bo’lsa ikki juft o’rtoq,
To’rtta ulfat o’sha choq.
Yozishni mashq qil picha,
Bir oyog’i narvoncha !

So‘ngi qo‘ng‘iroq haqida sherlar

5 raqamiga sher

Besh raqamiga sherlar

Besh degulik nomim bor,
Raqamlar ichra ilg’or.
Bir-bir qo’shsa anchaman,
Qo’ldagi besh panjaman.
Yaxshi tirish yozmoqqa,
Sal o’xshayman qarmoqqa.

6 raqamiga sher

Olti soniga sher

Beshdan keyin oltiman,
Raqamlarning oldiman.
Ikki uchni qo’shsang bas,
Hech qachon esdan chiqmas .
Yozishni lozim bilmoq
Guyoki oddiy ilmoq

7 raqamiga sher

Yetti soniga sher

Mening nomimdir yetti,
Endi demanglar mitti.
Oltidan bitta ko’pman,
Yetti yulduzman to’pman.
Chizginda kichik o’roq,
Beliga boyla belboq.

8 raqamiga sher

Sakkiz raqamiga sher

Sanamay demang sakkiz,
Ikki to’rtni qo’shsangiz,
Hosil bo’laman shu on,
Yaxshi bilgin ukajon
Yozilishim bil qani,
Tasavvur qil pillani.

Alisher Navoiy ruboiylari

9 raqamiga sher

To‘qqiz soniga sher

Men to’qqizman to’qqizman,
Sonlar ichra yolg’izman.
Sakkizdan bitta katta,
Bilib qo’ygin albatta.
Yozishni o’rgan asta.
Ilmoqman dumi pastda.

  1. Malika:

    Gap yoq

  2. Manzura:

    A’lo👍👍👍👍👍

  3. Iroda:

    Judayam zur

  4. Dilafro'z:

    Gap yo’q omad azizlar 😊

  5. Obida:

    Sonlar haqidagi ushbu sher zoʻr chiqibdi 🤩

  6. Elmira:

    Qolgan sonlarga ham sherlar yo’qmi?

  7. Bonu:

    Sonlar haqida sara sherlar to‘plami yaxshi ekan!

  8. Bobur:

    Sonlar haqida juda yaxshi sherlar ekan.

  9. Abdulloh:

    Sonlar haqidagi ushbu sherlar ajoyib tarzda yoritilgan. Gap yo’q.

  10. Shohida:

    Sonlarga atalgan judayam ajoyib sherlar bor ekanku. Bo’lar ekanku shunaqa malumotlardan qilsa.

  11. Azizbek:

    Do’stlar shu fikrimga nima deysizlar, sonlar haqida juda zo’r sherlar bor ekan-a?

  12. Аноним:

    Ha zo’r ekan. Maslahatim olilar. Boshlang’ich sinf bollari uchun.

  13. Zahro:

    Sonlar haqidagi bu sherlar juda ajoyib ekan, biz uchun foydali bo’ldi, menga 7 soniga atalgan sher yoqdi.

  14. Iqbol:

    Assalomu aleykum. Qoyil 👍 She’rlaringiz juda zo’r chiqibdi, Ijodingizga OMAD.

  15. Nigora:

    Juda ham yaxshi ekan. Bolalarga harflar, raqamlar haqidagi she‘rlar oson ekan.

  16. Аноним:

    Raqamlar she’ridan juda yaxshi foydalandim. Rahmat!

  17. Navruza:

    Zo’r, gap yo’q, Olloh sizdan rozi bo’lsin. Ishlarizga omad.

  18. Gulnoza:

    Zo’r gap yo’q, 10-raqami haqida ham bo’lsa ham yaxshi bo’lardi.

  19. Dinora:

    Menga bu sherlar yoqmadi, sababi 10 soniga sher yoʻq ekan.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *