Alisher Navoiy ruboiylari to‘plami
Alisher Navoiy ruboiylari to‘plami — Alisher Navoiy mumtoz she’riyatning badiiy mahorat sirlarini puxta o‘rgangan buyuk shoirdir. Uning she’riyatida turfa xil badiiy san’atlar uchraydiki, ularni kengroq tadqiq qilish orqali shoir poetikasiga oid muayyan xulosalarga kelish mumkin. Xususan, Navoiy ruboiylarida qo‘llangan badiiy san’atlar palitrasi beqiyosdir.
Turmay meni zoru notavon birla ko‘ngul,
Ulfat tutmish ul oston birla ko‘ngul.
Yoreki manga jon edi ham azm etti,
Men mundavu xizmatingda jon birla ko‘ngul.
* * *
Ul damki quyosh bottiyu sorg‘ordi shafaq,
Bazmingg‘a shafaqgun may ila ber ravnaq.
Ne haqni unut, ne mayni kuyg‘il mutlak,
Kim tongla erur tengri karimu barhaq.
* * *
Ber jomu ol, ey mug‘bacha, jonimni ivaz,
Qo‘sh tutqilu, ol ikki jahonimni ivaz.
Oni sumururda qatrae tomsa agar,
Sen ham to‘k aning o‘rnida qonimni ivaz.
* * *
Sen borg‘ali ortmish ko‘ngul zorlig‘i,
Oh o‘qlaridin har nafas afgorlig‘i.
Bilmon, unutulg‘onmu ekandur manga hajr,
Yo ko‘prak erur bu qatla dushvorlig‘i?
* * *
Chun xanjari hajring manga qat‘ etti hayot,
Bori g‘amu darding o‘qini tinmayin ot,
Kim oncha qovursun par o‘lub butsa qanot,
Toyir bo‘lubon yetgamen oxir sanga bot.
* * *
Yo rabki, inoyatingni yor ayla manga,
Yo‘qluqqa hidoyatingni bor ayla manga,
Har kahfi kifoyatingni dor ayla manga,
Har durri inoyating nisor ayla manga.
* * *
Ul durri saminki, bor edi ko‘zuma yosh,
Aylarda ajal anga jafo rasmini fosh.
G‘am tnrnog‘idin qilib qarog‘imni xarosh,
Yoshurg‘ay edim oni ko‘zum uyida kosh.
Gar oshiq esang, zebu takallufni unut
Gar oshiq esang, zebu takallufni unut,
Yaxshiyu yamon ishda taxallufni unut,
O‘tgan gar erur yamon, taassufni unut,
Kelgan gar erur yaxshi, tasarrufni unut.
Zog‘eki cho‘qub oqizdi qon ko‘nglumdin,
Tirnog‘ ila uzdi notavon ko‘nglumdin,
A‘zosida ko‘r asar damim dudidiya,
Minqor ila changida nishon ko‘nglumdin.
* * *
Dedim zaqaning tutub saqog‘ingni o‘pay,
Ko‘z qoshingga surtubon qabog‘ingni o‘pay,
Guldek yuzung islabon, dudog‘ingni o‘pay,
Yo‘q, yo‘q, yo‘q, agar desang ayog‘ingni o‘pay.
* * *
Ul ko‘zki, dame bo‘lmadi sog‘, ey qaroko‘z,
Qonimdin ichar mudom ayog‘, ey qaroko‘z.
Bilmonki, erur anga qarog‘, ey qaroko‘z,
Yo mast edi, qo‘ydi toza dog‘, ey qaroko‘z?
* * *
Ruxsori uza xollarin ul dilband
Ochti chu meni ko‘rdi base hojatmand.
Ayshimg‘a yamon ko‘z etmagay emdi gazand,
Xossaki, ul-o‘q bo‘lubtur o‘t uzra sipand.
* * *
Ko‘k po‘yavu sayr ila talabgor sanga,
Kun sorg‘oribon ishqda bemor sanga,
Oy dog‘ ila qulluq aylab izhor sanga,
Tun anjumi naqdidin xaridor sanga.
* * *
Qo‘rqutma meni tomug‘din, ey zohidi yax,
Jannat manga bo‘lg‘usi debon urma zanax,
Kim do‘zax oning yodi bila jannat erur,
Jannat bori sening biladur do‘zax.
Soqiy, meni xor-xordin ayla xalos
Soqiy, meni xor-xordin ayla xalos,
Gul-gul yuzung och, bahordin ayla xalos,
Yo may beru intizordin ayla xalos,
Yo o‘lturubon xumordin ayla xalos.
Ko‘zum uchadur, magarki yorim keladur,
Es har dam ozar, magar nigorim keladur.
Yo bodiyayi firoq sayrida qilib
Yuz marhala qat‘ shahsuvorim keladur.
* * *
Berahmdurur olamu zolim aflok,
Bemehrdurur anjumu davron bebok.
Qay sarvi chamanki, jilva qildi cholok,
Kim yerga to‘kulmadi nechukkim xoshok.
* * *
Gul bordi esa, chaman muattar bo‘lsun,
Sham‘ o‘chti esa, qamar munavvar bo‘lsun.
Shahzodag‘a gar ravza muyassar bo‘ldi,
Sultong‘a jahon mulki muyassar bo‘lsun.
* * *
Ko‘nglum gulu sarv mayli qilmas, netayin?
Sarvu gul ila dame ochilmas, netayin?
Dar sho‘x ko‘runsa, ko‘zga ilmas, netaynn?
Bir sho‘xkim, ul tilar — topilmas, netayin?
* * *
Olam bor emish, Navoyiyo, sho‘rangiz,
Olam dog‘i el boshtin-ayoq rangomiz.
Ishq istar emish seni adam misri sari
Borg‘ilki, erur el tilagan yerda aziz.
* * *
Gul zikrin eshiturmenu yo‘q guldin asar,
Bu bog‘ eshigidin istaram oncha guzar,
Kim topmasa gul jamolidin bahra nazar,
Bori isidin yetsa dimog‘img‘a xabar,
* * *
Budur tilagimki, ulki ma‘budung erur,
Tutkay seni ulyonki, sening sudung erur.
Ko‘nglungga yeturgay ulcha behbudung erur,
Ilgingga keturgay ulcha maqsudung erur.
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg‘a tikandek oshyon bo‘lmas emish.
Nomangkim, erur boisi iqbolu tarab,
Etkursa tarab meni hazing‘a, ne ajab,
Yolg‘uz mendin ketarmadi ranju taab,
Kim bo‘ldi base xalq hayotig‘a sabab.
* * *
Ey ishq, aning ko‘yida tavfi haram et,
Bizni dog‘i ul tavfg‘a boshla, karam et,
Bir doira ko‘yi tegrasida raqam et,
Gar chiqsa ayog‘im, raqamingdvn qalam et.
* * *
Nomang yetibon topti ko‘ngul izzu sharaf,
Har lafzi bo‘lub murod durrig‘a sadaf.
Har satri alam cherikining daf‘i uchun
Iqbol sipohidin chekibon bir saf.
* * *
Jonbaxsh labing chashmayi hayvonmu emas?!
Hajridin oning ichim to‘la qonmu emas?!
Har qatrayi qon la‘li Badaxshonmu emas?!
Har porayi la‘li javhari jonmu emas?!
* * *
Johilki, hasad bo‘lg‘ay aning jahlig‘a zam,
Nur el ko‘zidin anglasa o‘z ko‘zida kam.
Ko‘zlarni olishmoqqa chekib tig‘i sitam,
El ko‘zini ham o‘yg‘ayu o‘z ko‘zini ham.
* * *
Ko‘nglumni olibdur ul shahi sabzdavoj,
Kim g‘amza bila olur mamolikdin boj.
Boshi uzra mamlakat xiroji bir toj,
Toji uza gavhari mamolikka xiroj.
* * *
Har zulf xamig‘a qilma vobasta meni,
Har ko‘z havasidin etmagil xasta meni,
Har qosh tama‘ig‘a solma payvasta meni,
Yo rab, borisidin ayla vorasta meni.
Alisher Navoiy haqida sherlar to‘plami
Mug‘ dayrida dast bersa bir lahza farog‘
Mug‘ dayrida dast bersa bir lahza farog‘,
Kim mug‘bacha ishqidin qizig‘ bo‘lsa dimog‘.
Ul tutsa mug‘ona lahn ila har dam ayog‘,
Bosh olsam ayog‘idin, kerak boshima dog‘,
Soqiy, badanimni notavon etti xumor,
Ko‘nglumni qadahdek to‘la qon etti xumor,
Har uzvuma yuz ranj ayon etti xumor,
Tutqil qadaheki, qasdi jon etti xumor.
* * *
Zulfung girihig‘a poybast o‘lmishmen,
La‘ling mayidin bodaparast o‘lmishmen,
Ul mayni ichib yo‘lungda past o‘lmishmen,
Hay-hay, ne dedim, magarki mast o‘lmishmen?
* * *
La‘lingni qilib nuktasaro, ey qaroko‘z,
Ishq ahli hayotig‘a yaro, ey qaroko‘z.
Chekma yana surma ko‘z aro, ey qaroko‘z,
El jonig‘a qilma ko‘z qaro, ey qaroko‘z.
* * *
Ul damki, quyosh ayladi mag‘ribqa ruju‘,
Gar suhbat o‘shul quyosh bila topsa vuqu‘,
Xushtur qilmoq jom quyoshig‘a shuru‘,
Ul damg‘achakim, qilur quyosh jomi tulu‘.
* * *
Ham savmaa kunji shayxi tarrorg‘a bas,
Ham shayx yuzi zohidi hushyorg‘a bas,
Ham dayrda mastlig‘ meni zorg‘a bas,
Ham mug‘bacha vasli joni bemorg‘a bas.
* * *
Oxir dame umr etsa shitob, ey soqiy,
Tutqil manga oncha mayi nob, ey soqiy,
Kim hashrda mast o‘lay xarob, ey soqiy,
To anglamay etsalar azob, ey soqiy.
* * *
Gar qilsa kishi qilib gunohe tavba,
Ul jurmg‘a bo‘lsa uzrxohi tavba.
Qilmoq necha goh jurmu gohi tavba,
Bu jurm ila tavbadin, ilohi, tavba!
Yo‘q dahrda bir besaru somon mendek
Yo‘q dahrda bir besaru somon mendek,
O‘z holig‘a sargashtavu hayron mendek,
G‘am ko‘yida xonumoni vayroi mendek,
Ya‘niki, aloxonu alomon mendek.
Bir aybg‘a garchi xalq qilg‘ay mansub,
Faqr ahlidin iztirob emastur mahsub,
Sidq ersa xud etmak kerak o‘z fe‘lini xo‘b,
Kizb ersa malomat dog‘i bordur matlub.
* * *
Yo‘q bodayi vasl, obi hayzon ul emish,
Ahbob muloqoti, dema, jon ul emish.
Gardun g‘amu ranj suratin naqsh etsa,
Jon chehrasi atrofig‘a hijron ul emish.
* * *
Til so‘z bila to qizitti hangomamni,
Bir ham tiya olmadim bu xudkomamni.
Har necha itikrak ayladim xomamni,
Ul xoma qaroroq ayladi nomamni.
* * *
Ey, joni habibu ko‘ngli ahbobg‘a lol,
Men ham qildim jonu ko‘ngulni irsol.
Ko‘nglumga ber ahbob bila jomi visol,
Jonimni habib ayog‘i tufrog‘ig‘a sol.
* * *
Masjidg‘a necha ahli riyodek yetayin,
Yo rind kibi azimati dayr etayin.
Maqsud topilsa yaxshi, yo‘qsa netayin,
Boshimni olib qay sori emdi ketayin?!
* * *
Ko‘nglumni g‘amu dard ila qon ayladi ishq,
Ko‘z yo‘lidin ul qonni ravon ayladi ishq,
Har qatrani bilmadim qayon ayladi ishq,
Bedil ekanim buyla ayon ayladi ishq.
* * *
Umrung quyoshig‘a bermasun charx zavol,
Joning qamarini qilmasun davr hilol.
Tun-kun bo‘lg‘il mahravishu mehrxisol,
Dahr ahlig‘a nurbaxshu farxunda jamol.
Kim aylasa soqiyi gulandom tama
Kim aylasa soqiyi gulandom tama‘,
Ilgidin oning sog‘ari gulfom tama‘,
Andin so‘ng agar taqviyu islom tama‘
Aylar esa ul mardak erur xom tama‘.
Jonimg‘a yetibturur xumor, ey soqiy,
May tutqilu berma intizor, ey soqiy,
Avval o‘zung ayla ixtiyor, ey soqiy,
Tutqil manga so‘ngra zinhor, ey soqiy.
* * *
Suv ko‘zgusini bog‘ aro aylarda shitob,
Siymob qilur erdi taharruk bila tob.
Day qildi bu simobni andoq ko‘zgu,
Kim ko‘zgu aning qoshida bo‘lg‘ay siymob.
* * *
Eykim, borasen, ko‘ngulni qaytarg‘il axi,
Bedilliq o‘tidin meni qutqarg‘il axi.
Yo tig‘ chekib to‘sh-to‘shidin yorg‘il axi,
Bir porasini bizga berib, borg‘il axi.
* * *
Nomangki, tirikligimdin uldur matlub,
Ochib o‘qug‘och bir necha lafzi marg‘ub,
Ko‘p to‘lg‘onib, ashk ichra o‘zumdin bordim,
Ul nav‘ki, suv ichiga tushgay maktub.
* * *
Kim istasa saltanat, saxodur anga shart,
Har va‘daki aylasa, vafodur anga shart.
Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart,
Ollig‘a nekim kelsa, rizodur anga shart.
* * *
Bir gul g‘amidin dedim qo‘yay bag‘rima dog‘,
Bergaymu debon atri dimog‘img‘a farog‘,
Bargin chu mulavvas ayladi bum ila zog‘,
Emdi oni islamoqqa yuz hayf dimog‘.
* * *
Yo koshifi asrori nihon bo‘lsa kishi,
Halloli ramuzi osmon bo‘lsa kishi,
Yo oshiqi zori notavoi bo‘lsa kishi,
Devonavu rasvoyi jahon bo‘lsa kishi.
* * *
Menmenmu visol umididin shod o‘lg‘on
Menmenmu visol umididin shod o‘lg‘on,
Bir-bir g‘amu anduhdin ozod o‘lg‘on.
Oz-ozg‘ina bergan soyi gul atri nasim,
Bulbuldek ishim nolavu faryod o‘lg‘on.
Ruhumg‘aki maydin erdi har lahza futuh,
Nosih tili neshi qildi ani majruh.
May loyini marham qilayin shomu sabuh,
Ul vaqtqachaki, toza bo‘lg‘ay manga ruh.
* * *
Jonim aro o‘t la‘li suxandoning uchun,
Yuzum uza kavkab mahi toboning uchun,
Ko‘ksumda alif sarvi xiromoning uchun,
So‘zlab, yuz ochib kel bu taraf joning uchun.
* * *
Gul vaqti muyassar o‘lsa gulfom qadah,
Andin so‘ng tutsa bir gulandom qadah,
Man‘ aylasa barcha ahli islom qadah,
Qofirmen agar qilmasam oshom qadah.
* * *
Mahbubg‘a e‘tiqod qilmoq bo‘lmas,
Andin talabi murod qilmoq bo‘lmas,
Ko‘zning qarosin midod qilmoq bo‘lmas,
Gar bo‘lsa bitik savod qilmoq bo‘lmas.
* * *
Yillar tutubon shayx maqolotig‘a go‘sh,
Ne ko‘ngluma zavq yetti, ne jonima jo‘sh.
Jonimg‘a navo soldiyu ko‘nglumga xurush,
Bir jur‘a bila mug‘bachayi bodafurush.
* * *
Subhonallohu xoliqi zul-majdu alo,
Kim andin erur to‘la xalo birla malo,
Gar mehr aning misli degaylar uqalo,
Mehr ollida zarra yanglig‘ o‘lg‘ay masalo.
Dayr ichra tilab jomi hiloliy partav
Dayr ichra tilab jomi hiloliy partav,
Sajjoda garav bo‘lsa, ne tong, ey rahrav.
Chun mug‘bacha ollida qilur sajda birav,
Yo‘q ayb musallosi oning mayg‘a garav.
Ey, sharbati la‘ling obi hayvondin alaz,
Hayvon suyini qo‘yki, chuchuk jondin alaz.
Ne jondin alaz, ne obi hayvondin alaz,
Kim har neki yo‘q, ondin alaz, ondin alaz.
* * *
Mug‘ dayri sori bukun tamanno qildim,
Ul mug‘bacha husnini tamosho qildim,
Din naqdini kufri birla savdo qildim,
Kim qildi bu ishkim, meni rasvo qildim?
* * *
65. Yoshimg‘a bag‘ir qoni chu erdi monand,
Ko‘z asradi yoshdek bo‘lub andin xursand.
Turmadi ko‘zumda yetkach ul sarvi baland,
Bo‘lmas kishi farzandi kishiga farzand.
* * *
Jonimdog‘i «jim» ikki dolingg‘a fido,
Anding so‘ng «alif» toza niholingg‘a fido,
«Nun»i dog‘i anbarin hilolingg‘a fido,
Qolg‘on iki nuqta ikki xolingg‘a fido.
* * *
Ahbob, dengizki, xonumondin tama‘ uz,
Ne xonu ne mon, kavnu makondin tama‘ uz,
Ne kavnu makon, jonu jahondin tama‘ uz,
Lekin demangiz muniki ondin tama‘ uz.
* * *
Gardun uza bazm uchun maqom ayladi tut,
Ul bazmda xurshidni jom ayladi tut,
Ul jom ila ishratni mudom ayladi tut,
Oxir dame yer quyi xirom ayladi tut.
* * *
Berding manga dayr aro iqomat, ey mug‘,
Tuttung qadahi mayi malomat, ey mug‘,
Bu ishni xud aylading karomat, ey mug‘,
Yo rabki, hamisha bo‘l salomat, ey mug‘.
Vatan himoyachilari haqida sherlar
Zohid senu hur, manga jonona kerak
Zohid senu hur, manga jonona kerak,
Jannat sanga bo‘lsun, manga mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo‘lsa, to‘la yona kerak.
Gar dilbar emas malakvashu hur xisol,
Andin so‘ng ulusning ko‘zi ko‘ru tili lol.
Ne husnig‘a ru‘yatu ne ishqimg‘a maqol,
Billah, menu oshiqlik erur amrimahol.
* * *
Bu qosid ishim ohu fig‘on ayladilo,
Bu ruq‘a tanimni notavon ayladilo,
Bu sa‘b xabar ichimni qon ayladilo,
Bu qonlig‘ ichim haloki jon ayladilo.
* * *
Har garmro‘yki, bo‘lg‘ay ul koshifi roz,
Maqsud harimi sori qilg‘ach parvoz,
Tong yo‘q, falak uzra aylabon jilvavu noz,
Na‘layni malakka bo‘lsa mehrobi namoz.
* * *
Yoshung‘on emish qaro bulutg‘a mohim,
Gardunni sovurmog‘lig‘ erur dilxohim.
Kirmish qaro tufroqqa quyoshdek shohim,
Nevchun qaro qilmasun quyoshni ohim?!
* * *
Ey ulki, so‘zung tushti habib ollida xo‘p,
Mendin yo‘lig‘a boshing qo‘yub, tufrog‘in o‘p,
Ahbobg‘a ham birin-birin xizmat etib,
Arz ayla, niyoz ila duo ko‘ptin-ko‘p.
* * *
Kunduz ko‘rsang o‘zungni mahzun qadah ich,
Andoqki quyosh ravshanu mavzun qadah ich,
Ul damki quyosh botti, shafaqgun qadah ich,
Jomingni qilib nechukki gardun, qadah ich.
* * *
Bir sori sorig‘ po‘lovu men tutsog‘ yo‘l,
Ne tog‘u, ne tuz desang, ne obodu, ne cho‘l.
Yirtuq kapanakdin chiqorib yalang qo‘l,
Ul qochsavu men qovsamu, men qochsamu ul.
Bo‘ldi mening o‘lmagimga savdo bois
Bo‘ldi mening o‘lmagimga savdo bois,
Savdog‘a havoyi jomi sahbo bois,
Sahbog‘a dog‘i dayru chalipo bois,
Bu barchag‘a ul dilbari tarso bois.
Bu davrda yo‘q sen kibi xushxon hofiz,
Huffoz aro sarhalqayi davron hofiz.
Qur‘onga sen o‘lg‘on kibi yakson hofiz,
Bo‘lsun sanga barcha ishda qur‘on hofiz.
* * *
Yuz mehnatu g‘am ko‘ngluma yetkurdi firoq,
Jonimg‘a balovu dard o‘qin urdi firoq,
Jismimni fano o‘tig‘a kuydurdi firoq,
Chun kuydi, kulini ko‘kka sovurdi firoq.
* * *
Bahru kemadin ko‘ngulda ko‘pdur alamim,
Kim sekrimayin qadam, yugurmay qalamim.
Maqsuddin oncha soldi bir damda yiroq,
Kim yuz yil oni tay qila olmas qadamim.
* * *
Soqiy, badanimni qildi g‘am tig‘i shikof,
Qonim bori oqti, tutma o‘zungni maof.
Tutqil badali moyatahallal mayi sof,
To mast qilay g‘am cheriki birla masof.
* * *
Ko‘z bila qoshing yaxshi, qabog’ing yaxshi,
Yuz bila so‘zing yaxshi, dudog’ing yaxshi,
Eng bila menging yaxshi, saqog’ing yaxshi,
Bir-bir ne deyin, boshdin ayog’ing yaxshi.
* * *
Yo‘q dahrda bir besar-u sorson mendek,
O‘z holig’a sargashta-yu hayron mendek.
G‘am ko‘yida xonumoni vayron mendek,
Ya’niki, aloxon-u alomon mendek.
* * *
Zohid, sanga — hur-u manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo‘lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqi-yu paymona kerak,
Paymona necha bo‘lsa to‘la, yona kerak.
Subhonallohu xoliqi zul-majdu alo
Subhonallohu xoliqi zul-majdu alo,
Kim andin erur to`la xalo birla malo,
Gar mehr aning misli degaylar uqalo,
Mehr ollida zarra yanglig` o`lg`ay masalo.
Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bo’lmas,
Ondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
* * *
Kim ko’rdi ekin jahonda oyo xushluq,
To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir o’lsa paydo xushluq,
Omodadur yonida yuz noxushluq.
* * *
Kim ko’rdi ekin jahonda oyo xushluq,
To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir o’lsa paydo xushluq,
Omodadur yonida yuz noxushluq.
* * *
Jonimdagi ‘jim’ ikki dolingg’a fido,
Andin so’ng «alif» toza niholingg’a fido,
‘Nuni’ dog’I anbarin hilolingg’a fido,
Qolg’on iki nuqta ikki xolingg’a fido.
* * *
Dedim: Zaqaning tutub saqog’ingni o’pay,
Ko’z-qoshingga surtubon qabog’ingni o’pay,
Guldek yuzing islabon dudog’ingni o’pay,
Yo’q,yo’q,yo’q, agar desang,ayog’ingni o’pay.
* * *
Yo rabki, inoyatingni yor ayla manga,
Yo‘qluqqa hidoyatingni bor ayla manga,
Har kahfi kifoyatingni dor ayla manga,
Har durri inoyating nisor ayla manga.
* * *
Gar oshiq esang, zebu takallufni unut,
Yaxshiyu yamon ishda taxallufni unut,
O‘tgan gar erur yamon, taassufni unut,
Kelgan gar erur yaxshi, tasarrufni unut.
Ey ishq, aning ko‘yida tavfi haram et
Ey ishq, aning ko‘yida tavfi haram et,
Bizni dog‘i ul tavfg‘a boshla, karam et,
Bir doira ko‘yi tegrasida raqam et,
Gar chiqsa ayog‘im, raqamingdvn qalam et.
Yoshimg‘a bag‘ir qoni chu erdi monand,
Ko‘z asradi yoshdek bo‘lub andin xursand.
Turmadi ko‘zumda yetkach ul sarvi baland,
Bo‘lmas kishi farzandi kishiga farzand.
* * *
Ko‘zum uchadur, magarki yorim keladur,
Es har dam ozar, magar nigorim keladur.
Yo bodiyayi firoq sayrida qilib,
Yuz marhala qat’ shahsuvorim keladur.
* * *
La’lingni qilib nuktasaro, ey qaroko‘z,
Ishq ahli hayotig‘a yaro, ey qaroko‘z.
Chekma yana surma ko‘z aro, ey qaroko‘z,
El jonig‘a qilma ko‘z qaro, ey qaroko‘z.
* * *
Jonbaxsh labing chashmayi hayvonmu emas?!
Hajridin oning ichim to‘la qonmu emas?!
Har qatrayi qon la’li Badaxshonmu emas?!
Har porayi la’li javhari jonmu emas?!
* * *
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg‘a tikandek oshyon bo‘lmas emish.
* * *
Kim istasa saltanat, saxodur anga shart,
Har va’daki aylasa, vafodur anga shart.
Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart,
Ollig‘a nekim kelsa, rizodur anga shart.
* * *
Bir gul g‘amidin dedim qo‘yay bag‘rima dog‘,
Bergaymu debon atri dimog‘img‘a farog‘,
Bargin chu mulavvas ayladi bum ila zog‘,
Emdi oni islamoqqa yuz hayf dimog‘.
Ko‘nglumni g‘amu dard ila qon ayladi ishq
Ko‘nglumni g‘amu dard ila qon ayladi ishq,
Ko‘z yo‘lidin ul qonni ravon ayladi ishq,
Har qatrani bilmadim qayon ayladi ishq,
Bedil ekanim buyla ayon ayladi ishq.
Zohid senu hur, manga jonona kerak,
Jannat sanga bo‘lsun, manga mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo‘lsa, to‘la yona kerak.
* * *
Yoshung‘on emish qaro bulutg‘a mohim,
Gardunni sovurmog‘lig‘ erur dilxohim.
Kirmish qaro tufroqqa quyoshdek shohim,
Nevchun qaro qilmasun quyoshni ohim?!
* * *
Ko‘nglum gulu sarv mayli qilmas, netayin?
Sarvu gul ila dame ochilmas, netayin?
Dar sho‘x ko‘runsa, ko‘zga ilmas, netaynn?
Bir sho‘xkim, ul tilar — topilmas, netayin?
* * *
Dedim zaqaning tutub saqog‘ingni o‘pay,
Ko‘z qoshingga surtubon qabog‘ingni o‘pay,
Guldek yuzung islabon, dudog‘ingni o‘pay,
Yo‘q, yo‘q, yo‘q, agar desang ayog‘ingni o‘pay.
* * *
O‘lsam yasamang munda mazorimni mening,
Yuklab eliting jismi figorimni mening.
O‘tru chiqarib ahli diyorimni mening,
Ko‘yida qo‘yung tani nizorimni mening.
* * *
Ey ulki, zamona ahlidin ayrilding,
Ishq ahli tariqi xo‘b ekanni bilding.
Xush qilding, alar tavriniyu qotilding,
Rahmat sanga, yaxshi aylading, xush qilding.
* * *
Sadbarg, binafsha, yo‘qsa nargis, yo gul,
Ichmak bo‘lmas bular havosi bila mul.
To hajr yelidin o‘ldi oshufta dimog‘,
Yuz noxuna ko‘z ichravu yuz pora ko‘ngul.
G‘urbatqa tushub zaifu bemor o‘ldum
G‘urbatqa tushub zaifu bemor o‘ldum,
Dardu g‘amu mehnat ilgida zor o‘ldum.
Sartosar ajal toshidin afgor o‘ldum,
Sensiz ne balolarg‘a giriftor o‘ldum.
Ey bodi sabo, agar havo aylagasen,
Gulshang‘a yetarni muddao aylagasen.
Sarv ollida yer o‘pub duo aylagasen,
Gul qoshida qullug‘um ado aylagasen.
* * *
Menmenmu visol umididin shod o‘lg‘an,
Bir-bir g‘amu anduhdin ozod o‘lg‘an.
Oz-ozg‘ina bergan soyi gul atri nasim,
Bulbuldek ishim nolavu faryod o‘lg‘an.
* * *
Chun lola to‘kuldi, lolagun jom ichma,
Gul fasli tugandi mayi gulfom ichma.
Javzoda chu tutti mehr orom ichma,
Ko‘p bo‘lsa zarurat o‘lmayin shom ichma.
* * *
Ham jismingga za’f bo‘lsa jonim sadqa,
Ham joningga jismi notavonim sadqa.
Sarvingg‘a shikast o‘lsa ravonim sadqa,
Yo‘q-yo‘qki, sanga jonu jahonim sadqa.
Sonlar haqida sherlar to‘plami
Yo koshifi asrori nihon bo‘lsa kishi,
Halloli rumuzi osmon bo‘lsa kishi.
Yo oshiqi zori notavon bo‘lsa kishi,
Devonavu rasvoyi jahon bo‘lsa kishi.
* * *
Furqat sahari g‘amg‘a yo‘liqturdi meni,
Hijron kuni yuz balog‘a topshurdi meni.
G‘am shomi o‘lum holig‘a yetkurdi meni,
Tong otqucha uyqusizlig‘ o‘lturdi meni.
* * *
Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi,
Yuz birla so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqog‘ing yaxshi,
Bir-bir ne deyin, boshdin ayog‘ing yaxshi.
* * *
Hajring sipahi zeru zabar qildi meni,
G‘am kishvari ichra darbadar qildi meni.
Andinki batar emas, batar qildi meni,
Jon olg‘ucha ne deyki, nelar qildi meni.
O’qib rossa dam oldim rahmat. Juda kerakli to’plamlar ekan. Izlaganim «Ishq ayladi» topilmasa ham.
A. Navoiyning ustozlar haqida yozgan misralarini izlagan edim. Haq yo’lida kim senga deb boshlanadigan. Topolmadim.
Alisher navoiyning ushbu ruboiylari to’plamni o’qib juda miriqib hordiq chiqardim, qolaversa juda to’lqinlanib ilhom oldim.
Bu ruboiylar bizga darsliklar uchun asqotyapti, kattakon raxmat.
Juda zo’r mazza qilib o’qidim. Sizlarga kattakon rahmat.
Assalomu alayko’m barchaga, menga yanayam ko’proq Alisher Navoiy ruboiylari kerak edi, kimda bo’lsa tasha beringlar iltimos.
Raxmat men maza qilib oʻqidim va yod oldim.
Sizlarga katta rahmat, bu ruboiylar to‘plamini mazza qilib o’qidim.
Raxmat, juda zo’r ruboilar ekan, menga juda yoqdi.
Assalomu alayko’m. Menga kam, qisqa ruboiylar beringlar iltimos, leki ruboiylar zo’r ishilaga omad, o’zilaga sog’lik.
Assalomu alayko’m. Manga kam, qisqa, chiroyli, ruboiylar bering, ishlarga omad tiliman.
Rahmat kottakon, mazza qilib, Alisher Navoiy ruboiylarni miriqib o’qib yodladim.
Rahmat kottakon. mazza qilib ruboiylarni yod oldim.
Gʻazal va ruboiylarni mazza qilib oʻqidim. Katta rahmat. Ishlaringizga omad tilayman.
Kattakon raxmat, umrila uzoq bo’lsin, manga kereli ruboiyla ko’p ekan, yana bir bora raxmat.
Bu ruboyilarni ko’rib qaysi birini yod olishni bilmaysan.
Kattakon raxmat. Ruboiylarni mazza qilib o’rgandim va yod oldim.
Menga bir ruboiy krak edi lekin u ruboiyni topolmayabman, nomi ham esimda yo’q, SARVI GUL degan joyini eslayman.
Rahmat juda ham mazza qilib o’qidim menga juda-juda yoqdi!
Bu kanal judayam zo’r ekan, yanada ko’proq ruboiylarni chiqarsangiz yanada zo’r bo’lar edi.
Barchaga salom. Sizlarga kattakon rahmat. Judayam chiroyli ruboiylar ekan. Manga judayam yoqdi.
Assalomu aleyko’m. Zo‘r ruboiylar ekan. Juda kerak bo‘lib turuvdi.
Raxmat Manga juda zarur edi, kattakon raxmat ruboiylarni Mazza qilib o’qivoman.
Toʻgʻrisini aytsam bittasini ham yodlamagan ekanman. Zoʻr ekan ruboiylar.
Assalomu alekum. Kottakon raxmat ruboiylarni bizaga baham ko’rganiz uchun.