Do’st va Do’stlik haqida sara sherlar to‘plami
Do’st va Do’stlik haqida sara sherlar to‘plami. Do‘stlik insonni ma’naviy qo‘llab-quvvatlovchi, uning og‘irini yengil qiluvchi, ruhiyatini ko‘taruvchi, o‘ziga ishonch orttiruvchi kuchdir.

Do’stga do’st bo’l
Soxtalikni yigʼishtir doʼstim,
Nafs quliga aylanib qolma.
Omad kelib koʼpaysa puling,
Doʼstga doʼst boʼl oʼzgarib qolma.
Molu dunyo oʼtkinchi bilgin,
Soʼzlarimga qovogʼing solma.
Senga bersa Xudo uch toʼrt soʼm,
Doʼstga doʼst boʼl oʼzgarib qolma.
Tashvish boʼlsa birga yengamiz,
Doʼstim qoʼrqma havotir olma.
Yaxshilligim unutmasang bas,
Doʼstga doʼst boʼl oʼzgarib qolma.
Chin do’st
Og’ir kunda tirgak do’st,
Havotirda sergak do’st,
100 ta dushman oldida,
Qochmas aslo erkak do’st!
Dushmanlari ortganda,
Sohta do’stlar qochganda,
Barcha qo’lin tortganda,
Qo’lin cho’zar Chindan do’st!
Eslarmikansan
Hayot nogoh sinovga tortsa,
Baxtli baxtsiz kunlar boshlansa,
Dardlaringdan ko’zing yoshlansa,
Mendek do’sting eslarmikansan?
Bir kun kelib amaling oshsa,
Amalinga xushtor do’stlaring ortsa,
Ularning davrasi o’ziga tortsa,
Mendek do’sting eslarmikansan?
Jondan aziz sevganing yonigda bo’lsa,
Shirin farzandlaring jilmayib kulsa,
Ko’zlaring baxtdan porlab tursa,
Mendek do’sting eslarmikansan?
Amir Temur haqida sherlar to‘plami
Qaygʼuraman doʼstimga
Dushmanlari koʼp boʼlsa,
Meva daraxti soʼlsa,
Ichi qaygʼuga toʼlsa,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…
Zaxrin sochganda ilon,
Qamrasa shubxa gumon,
Аxvoli tushkun yomon,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…
Ketsa gar sevgan yori,
Xayot bersa ozori,
Oʼshal yorining zori,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…
Imkon aslo qolmasa,
Soʼzin birov olmasa,
Darddan toʼyib yigʼlasa,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…
Yoʼqlamas xech bir odam,
Xuddi azadir motam,
Bermasa bir bor yordam,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…
Yuzaki salom bersa,
Ortidan aybin tersa,
Izi xavf-xatar yursa,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…
Tuxmatlarga koʼmishsa,
Аyblar toʼnkab qoʼyishsa,
Risqin tortib toʼyishsa,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…
Maydondan chetga sursa,
Boshin devorga ursa,
Gulday orzu qurisa,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…
Xayot yoʼlin yoʼqotsa,
Yurakka kamon otsa,
Xatto jigari sotsa,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…
Gʼamin anglamas birov,
Eʼtiborsiz yoʼq qarov,
Gʼaflatda yonsa olov,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…
Qadami qopqon tikon,
Dunyo beraqol imkon,
Аybdor emas-ku zamon,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…
Do’stginam
Yaxshi bo’lib kеtar, yaxshi bo’lib kеtar,
Bu dardsiz so’zlardan yurak to’lib kеtar.
Gar do’stim ekansan, bugundan so’zla,
Yaxshi bo’lguncha to, odam o’lib kеtar.
G’amxo’rlik qilishga o’zga so’z yo’qmi?
So’niq ko’zlarimni ko’rar ko’z yo’qmi?
Siniq toqatimni tiklay olmasdan,
Abgor turganimdan yo ko’ngling to’qmi?
Hol so’rab kеlganda do’stning oldiga,
Do’st dеgan tushadi, do’st ahvoliga.
Bir nafas o’tirgay, birga xo’rsinib,
Qarar ming bir yonib o’chgan holiga.
Hеch qachon so’zlama yolg’on so’zlardan,
Bo’lmagin bеgona, yomon do’stlardan.
Do’st bo’lsang, o’lmasman, umid shamimni,
Ming birinchi bora yoqmay so’nmasman.
Zulfiya Isroilova barcha sherlari
Ey do’st
Tugʼilmoq, yashamoq har bir boshda bor,
Kimlarga omad yor, kimlar baxtga zor,
Kimningdir gul umri soʼlganda bekor,
Oʼyla, bu umrning savdosin ey doʼst,
Tingla bu koʼngilning sadosin ey doʼst.
Ey doʼst, yaxshilikni umri uzoqdur,
Yomonning har bosgan izi tuzoqdur,
Yolgʼonchilik nedur, oxiri chohdur,
Olgin ota-onang duosin ey doʼst,
Xato yozma koʼngil inshosin ey doʼst.
Baxtning ildizi bu sabr degani,
Ey doʼst besabrlik jabr degani,
Yaxshilik oxiri qadr degani,
Tushun, zarhikmatlar maʼnosin ey doʼst,
Koʼtarma nodonlar gʼavgʼosin ey doʼst.
Sevgini rad etmoq gunohdir azal,
Oʼzga yurt vatandan boʼlolmas avzal,
Eng avval dilxonang bezatgin goʼzal,
Topgaysan har dardning davosin ey doʼst,
Qilmagin buyuklik daʼvosin ey doʼst.
Аtrofga boq, sendan pastroqlaram koʼp,
Dushmanlar ichida doʼstroqlaram koʼp,
Gulzorlar ichinda tuzoqlaram koʼp,
Olarsan rohatlar jazosin ey doʼst,
Orttirma joningni jafosin ey doʼst.
Sen uchun Аhaddan sharhi nasihat,
Bir yaxshi, bir kuni yomon vaziyat,
Bir kuni chekmayin desang aziyat,
Tanigin olamlar podshosin ey doʼst,
Qilmagin gumrohlar xatosin ey doʼst.
Ey doʼst, yaxshilikni umri uzoqdur,
Yomonning har bosgan izi tuzoqdur,
Yolgʼonchilik nedur, oxiri chohdur,
Olgin ota-onang duosin ey doʼst,
Xato yozma koʼngil inshosin ey doʼst…
Ayrim do’stlarimga
Siz ishoning burda noningiz,
Menga aslo –aslo kerakmas.
Siz yurgan yoʼl butunlay boshqa,
Sizning yoʼlak bizning yoʼlakmas.
Dunyongizga hech ham sigʼmayman,
Laychilikni qilmayman havas.
Doʼstni sotish nedur bilmayman,
Gʼiybatchini mijozim suymas.
Siz ishoning sizning obroʼyingiz,
Oʼzingizdan ortmasin doim.
Beminnat non menga azizroq,
Halqumimdan oʼtar muloyim.
Mayda-chuyda yutuqlarimdan,
Choʼchimangiz yashang bemalol.
Siz suqlagan qoldiq suyakdon,
Menga qotgan qora non holol.
Menga kerak musaffo osmon,
Sizga esa tillarang qafas .
Ijod qilish menga bir armon,
Bagʼrim toʼlib nafas olsam bas.
Siz kasb qilgan maʼlunlikni men,
Sizday faxr qilib kiymasman.
Sarqitlardan hazar qilaman,
Taxt bersa ham, doʼstni sotmasman.
Madhiya haqida sherlar to‘plami
Do’st
Men qandayin do’st bo’ldim chin do’stim uchun,
Og’ir paytda do’stimni tashlab ketdim-a,
O’ylamadim ahvoli ne kecharkan deb,
Shunchalar nomard do’st ekanman bildim.
Uzoqdan o’zimga do’stlar izladim,
Nomard-u past insonni do’st deb sizladim.
Chin do’stim yonimda bo’lgan ekan-ku,
Qalb ko’zi ojiz do’st ekanman bildim.
Soxta mexrlarga ishonibmana,
Do’st dushman kimligin bilmabman attang.
Makkor ilonlarga ishonibmana,
Shunchalar bevafo do’st ekanman bildim.
Do’stim qayg’urma
Qo’y bag’rim tig’lama,
Ko’z yosh to’kib yig’lama,
Yolg’izman deb kuyunma,
Do’stim qayg’urma men bormanku.
Sevgim xiyonat qildi deb,
Yuragim jarohat qildi deb,
Ko’nglim karaxt qildi deb,
Do’stim qayg’urma men bormanku.
Do’stim sening darding,
Yuragim qilar g’amgin,
Qiz kammi bu dunyoda,
Do’stim qayg’urma men bormanku.
Ey doʼstim
Tilayman ey doʼstim, har qanday damda,
Nomardu-nokasga ishing tushmasin.
Gʼanimlar oldida qolsang alamda,
Koʼzingdan bir tomchi yoshing tushmasin.
Mexridan siylasin mehribon Xudo,
Otayu-onangdan etmasin judo,
Chin dildan rizq soʼrab aylasang nido,
Ogʼzingdan yeb turgan oshing tushmasin.
Boshingni egmasin alam, tashvish, gʼam,
Pok qalbing koʼrmasin zarracha sitam,
Xar qanday xolatda qoʼllasin Egam,
Yozing kelmay turib qishing tushmasin.
Yashamoq baxtiga boʼldik muyassar.
Gohida yoʼqotdik, goh o tutdik zar,
Аjal qachon kelar bizlar bexabar,
Yuzga kir, yuzda xam tishing tushmasin.
Mol davlat oʼtkinchi, kelib ketadi,
Omading kulsa doʼst toʼlib ketadi,
Qoqilsang ustingdan kulib ketadi,
Yashashga nisbatan shashting tushmasin…
Eslolmagan do’stingiz
Diydoringiz menga armon bo’lib qoldi,
Yuragimga hasratingiz to’lib qoldi,
Orzularim g’unchalari so’lib qoldi,
Borsa-kelmas bo’lib ketdi yo’llaringiz,
Eslolmagan Do’stingiz kelib ketdi.
U yo’llarda adashmadi karvoningiz,
Bag’ringizni ezmadimi armoningiz,
O’ksitmasmi ortda qolgan imkoningiz,
Borsa-kelmas bo’lib ketdi yo’llaringiz.
Eslolmagan Qadringiz eslab ketdi.
Balki unut bo’lib ketgan bizning nomlar,
Bizsiz otar tonglar, bizsiz botar shomlar.
Bilmam, kimga ko’rsatarsiz ehtiromlar,
Borsa-kelmas bo’lib ketdi yo’llaringiz,
Yig’lolmagan yo’llaringiz yig’lab ketdi.
Tutashtirmay bizni yig’lab ketdi,
Ayro tushdi yo’llarimiz, qismat ekan,
O’kindim men, tovonimga to’ldi tikan.
Yorim, sizning to’rt muchangiz omonmikan,
Borsa-kelmas bo’lib ketdi yo’llaringiz.
Xotira va qadrlash kuniga sherlar to‘plami
Ollohingni unutma do’stim
Ey, do‘st, unut g‘amingni,
In’om bil har damingni.
O‘lchab bos qadamingni,
Guvohingni unutma!
Ey, do‘st, qo‘rqma yomondan,
Yo hiylagar shaytondan,
Shart shuki, har zamonda
Panohingni unutma!
Ey, do‘st, andak ko‘kdan tush,
Kelmagay Tangrimga xush.
Savobingni qilmay pesh
Gunohingni unutma!
Ey, do‘st ber bir qultum may,
Ko‘ngling yig‘laydi tinmay.
Kimsam yo‘q deb xo‘rsinmay
Hamrohingni unutma!
Ey, do‘st, xushlaring qayda?
Izg‘ivermay har joyda,
Otangdan qolgan uyda
Chirog‘ingni unutma!…
Ey, do‘st, sezmaysan, esiz!
Ortingda yo‘q bitta iz…
Kim bo‘pti Abdulaziz,
Ollohingni unutma!…
Do’st haqida qisqa sherlar
Armonli dunyoda xazil qilaman!
Netay iloji yo’q sabr qilaman.
Siz menga imkoniyat bersangiz agar
Sizga do’st bo’lishga vada beraman!
* * *
Do’stlar yaxshilarni avaylab asrang.
Salom degan soz’ni salmog’in oqlang.
O’lganda yuz soat yig’lab turguncha,
Uni tirigida bir soat yo’qlang.
* * *
Bir tomchi suvdan favvora bo’lmas,
Do’sti bor inson hech qachon bechora bo’lmas.
Ishongin so’zlarim, rostdir hammasi,
Dunyoda hech bir do’st sendek bo’lolmas.
* * *
So‘ngi qo‘ng‘iroq haqida sherlar to‘plami
Ko’nglim durlarini sizga atadim,
Mehringiz nuridan isingim keldi,
O’zimni qaydadur ojiz sezsam,
Sizga do’stim deya suyangim keldi.
* * *
Do’st do’stga jonin qiladi qalqon,
Do’stdan ham bormikin eng yaqin inson,
Do’st topsang saqlagin fido etib jon,
Do’stingni qalbingdan chiqarma oson.
Assalomu alayko’m. Bu havola orqali juda ko’p foydalanamiz. Bolalarim uchun ajoyib she’rlar va o’zim uchun ham kerakli bo’lgan mavzulardan foydalanaman. Menga va bolalarimga juda yoqdi.
Menga estalik uchun eng sara va zo‘r sherlarni bera olasizmi? 😊
Salom. Men bu bazadan juda ko’p foydalanaman. Bu baza Menga bolalarinm uchun ajoyib sher maqol va topishmoqlar yodlatishga judayam kerakli baza.
Assalomu aleykum. Bu havola menga yoqadi, bu orqali men darsimni qila olaman.
O‘zim ham do‘stlik haqida she’rlar yozaman. Agar foydalanuvchilarga o‘z ijodiy ishlarini joylashtirish imkoniyati berilsa, sayt yanada boyigan bo’lar edi.
Assalomu alayko’m. Zo’r sherlar bor ekan menga yoqdi, juda zo’r.
Menga «Ollohim unutma dostim» she’ri juda yoqadi, raxmat kottakon sizga.
Do‘stlik haqidagi she’rlarni o‘qib, chin do‘stning qadriyatini yana bir bor angladim. Har bir satrda do‘stlikning ahamiyati ta’riflangan.
Menga ham ushbu sherlar judaham yoqdi. O’qib mazza qildim. Ijodilarga omad.
Assalomu alayko’m. Sherlar judayam zo’r ekan, ishingizga omad tilab qolaman.
Bu sheʼrlar juda zoʻr ekan. Hammasi bir biridan chiroyli. Omad.
Doʻst haqidagi qisqa sheʼrlar muallifi kimligini bilsak boʻladimi kerak boʻlyapti?
Assalomu aleykum. Zo’r, bu havola juda kerak, manga yoqti, omad 😘
Bu juda zo’r sayt ekan. Bu saytni barcha ko’rishini istagan bo’lardim. Sizlarga omad tilab qolaman.
Doʻst haqida sheʼrlar juda koʻp ekan, hamma koʻrsa edi buni.
Qizlar isimlaridan Shaxzoda ismi yo’q ekanda, lekin juda zo’r, sherlaga gap yo’q, ayniqsa ona haqidagi sherda yig’ladim.
Bu maqola juda ham ajoyib menga juda yoqdi, do’st va do’stlik haqida sherlar juda ko’p ekan, menga yoqdi.
Assalomu alayko’m. Bu sherlarni muallifi bormi? bularni qo’shiq qilib chiqarmoqchi edim.
Assalomu Aleykum. Yaxshi she’rlar eken, lekin ko’proq ta’sirchanlarini va kamyob she’rlar bo’lsa yaxshiroq bo’ladi.
Menga juda ham yoqdi. Ishingizga omad tilab qolaman 🙃
Menga bu sheʼrlar juda yoqdi ayniqsa doʻst haqidagisi 😍
Men shunaqa sherlarni qidirib yurgan edim, hamma sherlarni yozib chiqdim raxmat 🥰
Salom. Manga ham judayam yoqadi 😘 Rahmat.
Haqiqiy do‘stlik va sadoqat haqida yozilgan she’rlar juda ta’sirli ekan. Do‘stlar bilan baham ko‘rib, ularga o‘qib berdim.
Assalomu alaykum. Menga sherlar juda yoqdi. Men sherlarni mazza qilib o’qidim.
Menga ko’proq do’st va dugona haqidagi sherlar yoqadi
Do’st bu oliy tushuncha, haqiqiy do’stig bo’lishi naqadar baxt, lekin sohta do’stlar bilan sinalish hech kimga nasib etmasin.
Chin do‘stlikni topish oson emas, uni asrash esa undan ham qiyin. Do‘stning qadrini bilish har bir inson uchun juda muhim.
Do‘stga sadoqat va hurmat haqida juda ibratli satrlar. Barcha yaqin do‘stlarimizni qadrlashimiz kerak.
Insho yozish uchun do‘stlik mavzusidagi she’rlar kerak edi. Bu to‘plamdagi she’rlar yurakka yetib bordi.
O‘quvchilarimga do‘stlik haqida tushuntirish uchun ayni kerakli she’rlar. Ularning yuragida mehr va sadoqat tuyg‘usini uyg‘otish juda muhim.
Haqiqiy do‘st har doim yoningda bo‘ladi. Bu she’rlarni o‘qib, bolalikdagi eng yaqin do‘stim yodimga tushdi.
Do‘stlik haqida yozilgan she’rlar juda ta’sirli. Haqiqiy do‘st qadrini bilgan insonlar uchun ajoyib to‘plam ekan.
She’rlar orqali do‘stlikning inson hayotidagi o‘rnini angladim. Bu sahifa do‘stlikni sevish va qadrlashning ahamiyatini tushunishga yordam beradi.
She’rlar juda ta’sirli va do‘stlikning samimiyligini chiroyli tasvirlaydi. Farzandim bilan birga o‘qidik, ular ham juda xursand bo‘ldi.
Menda ham doʻst haqida, ota ona haqida, hullas hamma mavzularda sherlar bor, qanday joylasam boʻladi.