Quyosh haqida sara sherlar to‘plami

Quyosh hamda oftob haqida kattalar va bolalar, uchun eng sara sherlar to‘plamini qabul qiling.

Quyosh haqida sherlar

Quyosh buncha shoshasan

Quyosh buncha shoshasan

Quyosh buncha shoshasan,
Bulutlardan oshasan.

Botmay tursang boʼlmasmi?
Yoki onang koʼnmasmi?

Shoshma, bir oz, botmay tur,
«Yotogʼinga» ketmay tur.

Botmay tursang, juda soz,
Oʼynab olaman bir oz.

Soʼngra mayli botsang xam,
Yotogʼinga ketsang xam!

Oy haqida sherlar to‘plami

Jon quyoshjon

Jon quyoshjon

Yon, quyoshjon, jon quyoshjon,
Otdi oppoq, tong quyoshjon.
Don-dunimga hosil tilab,
Boshlarini qo‘ygin silab…
Yurtimizga nur sochaver,
Xalqimizga baxt ochaver.

Quyoshday singib ketay

Quyoshday singib ketay

Jiyda gulin isladim,
Bolalarday entikib.
Bolaligim izladim,
Dalalarga ko’z tikib.

Huv, olis-olislarga,
Quyoshday singib ketay.
Biroq o’tga ko’milib,
Yig’lagim kelsa, netay?

Yig’lama deb, shivirlab,
Yupata boshlar ajib,
Mittigina boychechak,
Qo’llarimdan ushlab jim.

Yashasin oftob

Yashasin oftob

Chaqinlar tindi, giyohlar undi.
Yogʻduga choʻmdi – yashasin oftob!

Shudringda aksi, yaproqda raqsi,
Fayzlidir bahsi – yashasin oftob!

Qoʻrqmaymiz tundan, yayraymiz kundan.
Tiriklik shundan – yashasin oftob!

Quyosh o’zi taftga zor

Quyosh o’zi taftga zor

Hali osmon dilimday xira,
Hali quyosh ham g’ira-shira.
Ko’zlarini uqalar tolzor,
Hali quyosh o’zi taftga zor.

Qish va bahor o’rtasi bir kun.
Kutgil, yurak, erta tong payti,
Kurtaklarni tashlab ketar tun,
Va osmonda quyosh gullaydi.

Quyosh

Quyosh

Shunchalar chaqqonsan, shuncha ozoda,
Sendan poklanadi hatto togʻ-u tosh.
Eng kichik maysadan daraxtlargacha,
Gʻuborin yuvasan erinmay quyosh.

Yaproqlarning nafis tabassumida,
Jilva etar sening nurli afsonang.
Yaratgan nafasi ufurgan joydan,
Asli bunyodmikan yoki koshonang?

Quyosh dilni yoritgan

Quyosh dilni yoritgan

Quyosh nuri dilni yoritgan,
Ona zamin borini sochgan.
G’amlar emas quvonch yig’latgan.
Serquyosh yurt kimda bor?

Bizga doim baxtlar yor!
Kim qiziqsa bizning ishlarga,
Qolmas aslo g’azzod qishlarga.
Xush navosi o‘xshar qushlarga,
Serquyosh yurt kimda bor?

Bizga doim baxtlar yor!
Tinch yurtim, ozod yurtim,
Har go‘shasi obot yurtim.
Ko‘nglim senla shod yurtim,
Serquyosh yurt kimda bor?

Bizga doim baxtlar yor!
O‘zing menga beshik bo‘lding,
Baxtga eltar eshik bo‘lding.
Har ishimga sherik bo‘lding,
Serquyosh yurt kimda bor?

Bizga doim baxtlar yor!
Ollox seni inom etgan,
Bu zaminda dono o‘sgan.
Doim bizni dunyo ko‘rgan,
Serquyosh yurt kimda bor?

Bizga doim baxtlar yor!
Joni fido Shamshod Safar!
Senga mudom xizmat qilar.
Sendan albat qarzin uzar,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

Yulduzlar haqida sherlar to‘plami

Yoz bilan quyosh

Yoz bilan quyosh

Quyosh yoz bilan o‘rtoq,
Ajralgisi kelmaydi.
Kech kirib qolganda ham,
Uyi tomon yelmaydi.

Do‘stlarning suhbatiga,
Oshiqqanday jo‘ralar,
«Salom!» – deya Quyoshjon,
Tong-sahardan mo‘ralar.

Shu do‘stlikning mehridan,
Bahra olamiz barcha.
Bolalar-u kattalar,
Yer, osmon, yana qancha.

Gap ko‘p ekan, bilsangiz,
Inoqlik, ahillikda.
Baraka ham shu yerda,
Beminnat saxiylikda.

Shunday to‘kinlik, to‘qlik,
Shundan chor atrof ko‘rkam.
Kundan-kun yashnab borar,
Mening jonajon o‘lkam.

Dunyo shunday g‘aroyib,
Sirga to‘la tabiat.
Jannatmonand yurtimda,
Hayot go‘zal to abad!

Quyosh ochib kaftini

Quyosh ochib kaftini

Sokin sahar pallada,
Tong uyg’onar dalada.
Ufq yuzi ollanar,
Tong chehrasi sollanar.
Quyosh ochib kaftini,
Bizga sochar taftini.

Quyosh bizga o‘xsharkan

Quyosh bizga o‘xsharkan

Bizga o‘xshar,
Yozda qaray olmasdim,
Quyoshga.

Tik qarasam to‘lardi,
Ko‘z yoshga.

Qishda boshqacha bo‘lib,
Qolibdi,

Bulutlarga o‘ralib,
Olibdi.

Issiq kiyimlar kiyib,
Yuribman.

Quyoshga tik qarab,
Turibman.

Yoqimli xayollarga,
Berildim.

Quyosh bizga o‘xsharkan,
Deb bildim.

Nur sochar quyosh

Nur sochar quyosh

Maftun bo’lib gullarga.
Maysazorga qo‘ydim bosh,
O‘t yoqay deb dillarga,
Boshin ko‘tardi Quyosh.

Xuddi yangi tug‘ilgan,
Chaqaloqday qip-qizil,
O‘shanda qanday sevsa,
Shunday sevinar ko‘ngil.

Qizaradi Quyoshjon,
Ko‘zlari yoshlanadi,
Men sizga aytsam tonglar,
Qishloqdan boshlanadi.

Qishloqdagi odamlar,
Boshqalardan baxtliroq,
Chunki qishloqda tonglar,
Boshlanadi vaqtliroq.

Ishini boshlar kelin,
Qiz boringki qari-yosh,
Salom-alekdan keyin,
Nur sochar kulib Quyosh.

Hamma yoq go‘zal chunon,
Hamma yoqda gul qalosh,
Ko‘ngli to‘lib qishloqdan,
Shaharga qarar Quyosh.

Odamlar uxlar hamon,
Ko‘chadamas kelinlar,
Hech kimsa demas «salom»
Hech kim demas «kelinglar».

Yomg‘ir haqida sherlar to‘plami

Quyosh mehri

Quyosh mehri

Musavvirdek chizar har kun,
Dov-daraxtlar andozasin.
Zar qalamda ifodalar,
Bosh ko‘targan har novdasin.

Quyosh nurin teng sochadi,
Gul zaminga berib mehrin.
Shabnamlarga jilo qo‘shar,
Ishga solib borki sehrin.

U har safar nur elaydi,
Maysalari tushar terga.
Ma’yus, horg‘in xayrlashar,
Manglayini bosib yerga.

To kechgacha qilib mehnat,
Qizaradi sariq yuzi.
Yaxshiligin minnat etmas,
U osmonning oltin qizi.

  1. UzBaza.uz:

    Dilafruz assalomu alayko’m. UzBaza.uz Web-saytimiz sizga ma’qul kelganligidan juda mamnunmiz.

  2. Abdu:

    Juda zo’r shu kabi saytlar ko’paydanda nur ustiga alo nur bo’lar edi

  3. Ali:

    Assalomu alaykum. Quyosh haqidagi sherlar menga yoqmadi, kimga yoqqan bo’lsa o’z fikrlaringizni qoldirsangiz.

  4. Farangiz:

    Osmon jismlari haqida ham she’rlar bo’lsa yanada zo’r bo’lar edi!

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *