Yulduzlar haqida sara sherlar to‘plami

Yulduzlar va uning yog‘dusi haqida, kattalar va bolalar uchun eng sara sherlar to‘palmi.

Yulduzlar haqida sherlar

Yulduz, kechir meni

Yulduz, kechir meni

Yulduz, kechir meni, kechir, yulduzim,
Iqboling kulsa ham baxting kulmadi.
O‘zimga mahliyo bo‘ldim-u o‘zim
Ko‘nglingni olishga vaqtim bo‘lmadi.

Men senga muhtojman, intiqman, zorman,
Bilmayman, bormanmi-yo‘qmi, yodingda.
Agar aybdor bo‘lsam, yolg‘iz aybdorman –
Xudoning oldida, sening oldingda.

Kechalar yodimga tushganda ko‘zing,
Somon yo‘llarida changidi kulim.
Osmonim muattar aylagan o‘zing,
Hamishabahorim, hamishagulim!

O‘zimdan, ehtimol, seni asradim,
Bildimki, men bilan baxting kulmaydi.
Yig‘lasam, yig‘iga sig‘mas hasratim,
She’rda hamma gapni aytib bo‘lmaydi.

Yulduzni yetaklab Shoshga kech kirsa,
Farg‘onajonimga oqadi dilim.
Meni unutmagin, meni kechirma,
Hamishabahorim, hamishagulim!

Oy haqida sherlar to‘plami

Yulduzlar sen uchun porlar

Yulduzlar sen uchun porlar

Yulduzlar, sen uchun porlar ehtimol.
Sen uchun ehtimol, bahorlar kelar.
Ehtimol bu dunyo sen uchun, yaralgan…
Anov, taqdir esa — Faqat sen uchun.
Nega u, tashlandiq uy kabi g’arib?
Nechun taqdiringda yashamayapsan?
Uni birovlarga nechun topshirding?

Yulduzsiz qorong‘u kunlar

Yulduzsiz qorong‘u kunlar

O’tib ketdi qishning sovuq,
Ham bo’ronli kunlari.
Ortda qoldi oy, yulduzsiz,
Tim qorong’i tunlari.

Endi quyosh ko’proq boqar,
Dalalarga, bog’larga.
Quchoq-quchoq yog’du sochar,
Adirlarga, tog’larga.

Bezanishar dala-qirlar,
Chechak taqar o’tloqlar.
Bahor yaqin, bahor yaqin,
Bahor yaqin, o’rtoqlar.

Ko’nglim yana tog’day o’sar,
Ko’rkam bahor kelganda.
Quvongayman dasta-dasta
Gul-chechaklar terganda.

Ko’kda yulduz uchsa

Ko’kda yulduz uchsa

Ko’kda yulduz uchsa nogahon,
Bitdi, derlar qaysi bir taqdir.
Bunday g’amni ko’tarmak oson,
Bu ehtimol, bizlar haqdadir.

Ba’zi tunlar ko’kka tikib ko’z,
Eslab deyman onamni shu on:
Ona ketsa, yulduz-ku yulduz
Qulab tushsa arziydi osmon.

Har kimning bir yulduzi bor

Har kimning bir yulduzi bor

Bobolarning gapi shunday: «Har kechaning kunduzi bor,
Har kimning o’z nasibasi, har kimning bir yulduzi bor».

Gar tug’ilsa biror go’dak, derlar: «Ortdi yulduz soni,
Yana bitta mayoq bilan boyib qoldi yurt osmoni».

Biror yulduz uchsa, derlar: «Kimdir o’tdi bu olamdan,
Ko’hna dunyo ajrab qoldi, evoh, yana bir odamdan».

Eshitganman Zuhallar-u Oy, Zuhrolar to’g’risida,
Somon yo’li, Hulkarlar-u Surayyolar to’g’risida,

Eshitganman yuztasini, eshitganman mingtasini,
O’shalardan so’zlab beray faqatgina bittasini.

Quyosh haqida sherlar to‘plami

Miltiraydi mitti yulduz

Miltiraydi mitti yulduz

Ko’k gumbazin bir chetida,
Bo’shliqlarga urib bosh,
Miltiraydi mitti yulduz,
Tanholikdan to’kib yosh.

Atrofida na bir yulduz,
Na bulut bor, na tuman.
Yulduzlarga termulib u,
Titrab turar shamsimon.

Eh, bechora, yashash nechun,
Yashnamasang, kulmasang.
O’z to’dangdan nega uchding,
Qaytish yo’lin bilmasang?!

Yulduz sanab yotish

Yulduz sanab yotish

Qishlog‘imiz ko‘hna, bir etagida,
Osmonga tutashgan dasht edi.
Polizkapa qurib, kechalar tomda,
Yulduz sanab yotish – ajib gasht edi.

Bolalikda, bir kun endi yotsam,
Xayollarim ketib Somon yo‘liga,
Yulduz uchdi! Xuddi mushakday,
Yonib yerga tushdi. Jizzax cho‘liga.

Juda yaqin tushdi. Har ehtimolga,
Lippaga qistirib gugurtim,
Tomdan tashlab, o‘qariqdan sakrab,
O‘sha yoqqa qarab yugurdim.

Chinakam yulduzni ko‘rmoqchiydim men,
Tikanlarni bosdim, toptadim,
Uzoq tentiradim cho‘l so‘qmoqlarida,
Quvoqlar oralab kezdim… Topmadim.

Topmadim o‘shanda bola baxtimni,
Sirli mo‘jizaga to‘ymadi ko‘zim.
Hali ham izlayman. Bilaman: Yerda,
Shu cho‘llarda mening yulduzim!

Zuhra yulduz miltirab

Zuhra yulduz miltirab

Kecha oqshom falakda oy bo’zarib botganda,
Zuhra yulduz miltirab, xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma’yuslik, sokinlik uyg’otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim,
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

O’tdi yoshlik zavq bilan, gohi to’polon bilan,
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayro ham tushdim ba’zan, qalb bilan imon bilan,
Lekin seni yo’qotdim, birinchi muhabbatim,
Mangu g’aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.

Dunyo degan shundayin anglab bo’lmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan,
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan,
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.

Xolbuki orzulardan judo ham bo’lganim yo’q,
Yulduzday kuyganim yo’q, oy kabi to’lganim yo’q.
Erta xazon gul kabi sarg’ayib, so’lganim yo’q,
Seni eslab yig’layman, birinchi muhabbatim,
Eslab bag’rim tig’layman, birinchi muhabbatim.

Yo’lin yo’qotsa odam – muhabbatga suyangay,
o’ussaga botsa odam – muhabbatga suyangay,
Chorasiz qotsa odam – muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim,
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.

Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko’rib men bor dunyoni unutdim,
Tongda turib nomingga ushbu she’rimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg’iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.

Archa haqida sherlar to‘plami

Yulduzmisan yulduz eding

Yulduzmisan yulduz eding

Yulduzmisan yulduz eding,
Osmonimda porlab turarding,
Goho yonim uzra jilmayib,
Visol tomon chorlar eding.

Qo’l cho’zardim yetolmasdim hech,
Yetganimda bo’lgan edi kech,
Yiroqlashding olis-olisga,
Qora bulut quchgan yulduzim.

Yulduzim tark etgan meni azoblarga ko’mib,
Yulduzim tark etgan meni sevgimni so’ndirib,
Minglab yulduz bo’lsa ham,
Bo’lolmaydi sen dek hech qaysisi.

Osmondan izlab baxtim topolmadim,
Dushmanman yurakka o’zim,
Yo’llarimni yoritgan u yulduzim,
Porlamas nechun porlamas nechun bugun.

  1. Chexroza:

    Yulduz haqida sherla manoliroq yozilsa yaxshi bòlardu

  2. Farzona:

    Koinot cheksizdir, unda yulduzlar o’rni beqiyosdir 😉 Umuman olganda yulduzlarga bag’ishlangan bu sherlar juda ajoyib holda taqdim etilibdi.

  3. Аноним:

    Barchaga salom deyman. Yulduz haqida tanishtiruv sherlar yo’qmi? Agar kimda bo’lsa yozib qoldirsin iltimos.

Fikringizni bildiring

Iltimos ushbu maqolaga doir fikr-mulohazangizni imkon qadar batafsilroq bayon eting 😀