Hasharotlar haqida sara sherlar to‘plami
Hasharotlar va qurt-qumursqalar haqida eng sara sherlar toplami kattalar va bolalar uchun.
- 1. Chumoli haqida sherlar
- 2. Falak va kapalak haqida sher
- 3. Kapalak haqida sherlar
- 4. Kapalaklar odamlardan mehribon
- 5. Ari haqida sherlar
- 6. Asalari haqida sherlar
- 7. Pashsha haqida sherlar
- 8. Tekinxoʼr pashsha (sher)
- 9. Chigirtka haqida sherlar
- 10. Ninachi haqida sherlar
- 11. Ninachi va chumoli
- 12. O‘rgimchak haqida sherlar
Chumoli haqida sherlar
Mehnatingga qoyil qolaman,
G‘ayratingdan o‘rnak olaman.
Sendek ixcham, epchil bo‘laman,
Nimjon emas, bo‘laman chaqqon,
Chumolijon, ey, chumolijon!
Aslida sen jonzot qiroli –
Tinmaysan hech dehqon misoli.
Do‘stlashaylik, kel, ey chumoli,
Menga yoqib qolding sen chunon,
Chumolijon, ey, chumolijon!
Qachon ko‘rsam, ahil-u inoq,
Hashar qilib yasharlar har choq.
Odamlarga o‘xshaydi ko‘proq,
Goh kuzatib, goh kutar mehmon –
Chumolijon, ey, chumolijon!
Hayvonlar haqida sherlar to‘plami
Falak va kapalak haqida sher
Oppoq bulutlar oʼrab,
Bezandi goʼzal falak.
«Rashk koʼzi» bilan qarab,
Xasad qilar kapalak.
Qaldirgʼoch kapalakka,
Falak chiroyin soʼzlar.
Kapalak shunda koʼkka,
Uchib bormoqni koʼzlar.
Qaldirgʼoch der: «Falakning,
Bordir billur saroyi.
Unda quyosh nurining,
Raqslari binoyi.
Shamol turdi-yu soʼngra,
Ketdi koʼkning chiroyi.
Bulutlar bilan birga,
Gʼoyib boʼldi saroyi.
Kapalak haqida sherlar
Hoy, kapalak, kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Muncha shoshib uchasan,
To‘xta, so‘zlayin andak.
Uchrataman har kuni,
Seni har kun bog‘chamda,
So‘rib gullar sharbatin,
O‘ltirasan olchamda.
Borib ushlay deganda,
Shoshib darhol uchasan.
Sira tutqich bermasdan,
Guldan gulga ko‘chasan.
Mendan aslo qochmagin,
Do‘st bilaman o‘zimga.
Pildir-pildir uchishing,
Oh, yoqadi ko‘zimga.
Uch, uchaver, uchaver,
Go‘zal bog‘cham — gulshanda.
Sira ozor bermayman,
Sevgim, fikrim bor senda.
Kapalakjon, kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Do‘st bo‘laylik ikkimiz,
To‘xta, so‘zlayin andak!
Kapalaklar odamlardan mehribon
Tug’ilgandan men sho’rlikning bag’rim qon,
Bir jismimda talashadi ikki jon.
Jon talashsam, tepamda charx urgan ul,
Kapalaklar odamlardan mehribon…
Oqqushlarim, oq yomg’irda ucharlar,
Saharlardan shudring-sharob icharlar.
Tanlamayin qabrlarni qucharlar,
Kapalaklar odamlardan mehribon…
Gulga qo’nsa, qanotlari botmaydi,
Ojizlarim birovga tosh otmaydi.
Bir kun yashar, bir-birlarin sotmaydi,
Kapalaklar odamlardan mehribon…
Bir qarasang, na kulbasi, uyi yo’q,
Na tovushi, na qo’shig’i, kuyi yo’q.
Kapalakning kambag’ali, boyi yo’q,
Kapalaklar odamlardan mehribon…
Kapalakning Ka’basidir hur dala,
Dalasida mehr to’la, nur to’la.
Baxtsiz bo’lsa, bari baxtsiz bir yo’la,
Kapalaklar odamlardan mehribon…
Oydin oqshom yodga tushding, o malak,
Seni o’ylab bo’ldi yana qon yurak.
Sevaman deb aldamaydi kapalak!…
Kapalaklar odamlardan mehribon!…
Muhammadga ishonmagan ey, mo’minlar,
O’lsam so’zim eslab, uyga cho’minglar:
Kapalakning qanotiga ko’minglar,
Kapalaklar odamlardan mehribon…
Qushlar va parrandalar haqida sherlar
Ari haqida sherlar
Men ariman, ariman,
Mendan xafa Narimon.
U bilmay asabimni,
Qo‘zg‘adi g‘azabimni.
Hozir xafa ishimdan,
Chunki edi nishimdan.
Asalari haqida sherlar
Аsalari gullarga,
Qoʼnib sharbat yigʼadi.
Zaxmat chekib kuniga,
Shirin asal qiladi.
Shuning uchun bol ari,
Bizga juda foydadir.
Shu bois doim ular,
Gullar chaman joydadir.
Pashsha haqida sherlar
Qaysidir bir zamonda,
Bitta pashsha bor ekan.
U izgʼib xar tomonda,
Ifloslikka zor ekan.
Xar yon gʼoʼngʼillab uchib,
Bor narsaga qoʼnarkan.
Uni mikrob tashuvchi,
Desa toʼgʼri boʼlarkan.
Oʼsha pashsha bir kuni,
Yoʼliqib bolariga,
«Chaqib olmasin meni»
Deb qochibdi nariga.
Soʼng debdi bolariga:
Kuyib-pishding namuncha?
Chidaming zoʼr bariga,
Ishlaysan kech kirguncha.
Nimaga menga oʼxshab,
Tekin ovqat yemaysan.
Uyimga qadam tashlab,
Mexmon boʼlay demaysan.
Bolari der: xoy, pashsha,
Bunday dema ikkinchi.
Qadaming oʼylab tashla,
Yana shunday deginchi!
Sen bilan gaplashgani,
Men emasman bekorchi.
Zararkunanda, qani
Tez koʼzimdan yoʼqolchi!
Bu gapning taʼsirida,
Xaykaldek qotib qoldi.
Obroʼsini borida,
Quyonday qochib qoldi!
Tekinxoʼr pashsha (sher)
Pashsha uchib, gʼoʼngʼillab,
Shirani koʼrib qoldi.
Аxir u xam non talab,
Tez borib, qoʼnib oldi.
Yemoq boʼlib, shirani,
Pashshavoy shoshib qoldi.
Keyin esa badani,
Maxkam yopishib qoldi.
Shunday axvolga tushar,
Qaramagan uzoqqa.
Tanbal pashshaga oʼxshar,
Tushib qolsa tuzoqqa!
Sabzavotlar va mevalar haqida sherlar
Chigirtka haqida sherlar
— Hoy, chigirtka, chigirtka,
Sen ham ekin yeysanmi?
Hoy, chigirtka, chigirtka,
Ekmay tekin yeysanmi?
— Men ham ekin yeyman, ha,
Lekin tekin yemayman.
Yesam halol deyman, ha,
Sira tekin demayman.
Ekin yesam o‘rniga,
Qo‘shiq aytib beraman.
Yotganingda o‘rningga,
Alla aytib turaman.
Ninachi haqida sherlar
Bog‘da uchar ninachi,
Gulni quchar ninachi.
Biram chiroyli, qarang,
Qanotlari rang-barang.
Shisha kabi ko‘zi bor,
Yum-yumaliq yuzi bor.
Bog‘ni kezib yuradi,
Guldan sharbat so‘radi.
Yozganda ikki qanot,
Xuddi ko‘kda samalyot.
Juda beozor o‘zi,
Attangki, gung, yo‘q so‘zi.
Ovunchog‘im ninachi,
Sen — quvonchim, ninachi.
Bog‘imizda uchib yur,
Gullarimni quchib yur!
Ninachi va chumoli
Katta ariq bo‘yida,
Ninachi uchib yurar.
Mazax qilmoq kuyida,
Chumoli undan so‘rar:
«Ninachijon, ninachi,
O‘xshamaysan o‘zingga.
Qani, bir oz o‘ynachi,
Solib qo‘yay, esingga!».
Ninachi der: -«Bekorni,
Beshtasini so‘ylama.
«Ninachi va chumoli»,
Ertagini o‘ylama!
O‘zgarganman men ancha,
G‘amlanaman, qishga deb,
Buni bilishsin barcha,
Kamsitmang meni xadeb!
O‘rgimchak haqida sherlar
Makon etib burchakni,
Ajoyib to‘r to‘qiyman.
Pashshani tutmoq uchun,
Ov darsini o‘qiyman.
Toki dasturxoningga,
Qo‘nmasin surbet chivin.
Sog‘lom bo‘lay desang,
Bolakay, tezroq yuvin!
Menga doim sizni sherlaringiz yoqadi. Hashoratlar va qurt-qumursqalar haqidagi bu sher ham yaxshi ekan.