Bobo va Buvi haqida sara sherlar to‘plami
Buvijon va Bobojonlar haqida eng sara sherlar to’plami. Marhamat bahramand bo’ling.

Bobojonim va Buvijonim
Boshimizga toj bo‘ling,
Yonimizda bor bo‘ling.
Mehribon bobojonim,
Jonajon buvijonim.
Duo qiling har doim,
Bizlarga oq yo‘l tilang.
Mehribon bobojonim,
Jonajon buvijonim.
Diana Toshtemirova,
Samarqand vil., Tayloq tum.
Kasblar haqida sherlar to‘plami
Buvijon

Buvijonim, mehribonim,
Mening jon-u jahonim
Roʻzgʻorimiz sarishtasi,
Uyimizning farishtasi.
Soʻzlaringizda sehr bor,
Koʻzlaringizda mehr bor.
Duolar qilasiz doim,
Uzoq yashang siz iloyim.
Diyora SAYDULLAYEVA.
Buvijonim

Sochingiz paxtadek oq,
Mehri daryo qalbi pok.
So’zlari bol-u qaymoq,
Mehribonim buvijon!
Uyimizning sarishtasi,
Duogo’y-u farishtasi.
Onaginamning onasi,
Shirin zabonim buvijon!
Mexnatdan qo’llari qadoq,
Ko’ngli toza qalbi qaynoq,
Baxtimizga yashang uzoq,
Mehri daryo buvijon!
Fanlar haqida sherlar to‘plami
Buvijonim keldilar
Biznikiga mehmonga
Buvijonim keldilar.
Menga juda-juda ko’p
Sovg’a olib keldilar.
Rahmat sizga buvijon,
Sizni yaxshi ko’raman.
Sizni qattiq quchoqlab,
Birga mazza qilaman.
Bobojonim

Mening nuroniy bobom,
Juda-juda mehribon.
Bilar ishning ko‘zini,
Hikmat bezar so‘zini.
Yigitlar kabi chaqqon,
Ham dehqon-u ham bog‘bon.
Hammaga berar yordam,
Ezgu ishga bosh har on.
Bobomizni barchamiz,
Bobom har gal safardan
Olib kelar kitoblar.
“Bilimli bo‘linglar”, deb,
Bizga qilar xitoblar.
Bilganlarin o‘rgatar,
Unga mehrimiz ortar.
Dono va doim ziyrak.
Bobom barchaga kerak.
Bog‘cha va Maktab haqida sherlar to‘plami
Bobojonim bor meni

Bobojonim bor meni,
Juda yaxshi ko’raman.
Har kuni ertalab,
Men salom beraman.
Xursand bo’lib bobom,
Balli bolam deydilar,
Yuzlari nurga to’lib,
Doim duo qilarlar.
Islomova Mukambar.
Bobo va bolalar

Oʼtirishar oʼtloqda,
Bobo bilan bolalar.
Baxor edi, xar yoqda,
Ochilgandi lolalar.
Chayqalardi teraklar,
Sira tinim bilmayin.
Аtrof goʼzal shunchalar,
Uni taʼriflash qiyin.
-«Bobojon! — der bir bola,
Qancha Sizni yoshingiz?».
Ikkinchisi der:-«Nega,
Oppoq sochu-qoshingiz!».
-«Bolalarim!» — der bobo,
Yoshda sizga yetganman!,
Boʼlish uchun qorbobo,
Soch-qoshim boʼyatganman!
Abdulla Pulatov.
Alifbe bayrami uchun sherlar to‘plami
Bobojonim sog’indim sizni

Mexringizdan shodon o’ynadim,
Nomingizni tildan qo’ymadim,
Sizdek zotni xali ko’rmadim,
Bobojonim sog’indim sizni,
Siymoyingiz dilimda doim,
So’zlaringiz edi muloyim,
Jannatlarda yuring iloyim,
Bobojonim sog’indim sizni,
Sizni ko’rsam kulardi yuzim,
Bag’ringizga otardim o’zim,
Axtarganda topolmas ko’zim,
Bobojonim sog’indim sizni,
Qancha dovonlardan o’tdingiz,
Nabiram deb qo’lim tutdingiz,
Endi maxshar tomon ketdingiz,
Bobojonim sog’indim sizni,
Chiroyligim edingiz xoksor,
Bugun sizga sher bitdim izxor,
Yana so’zim aytaman takror,
Bobojonim sog’indim sizni.











Assalomu alaykum hurmatli shoir, «Yulduz ismli buvijon» deb nomlangan sher bo’lsa jo’natillar iltimos.
Assalomu alaykum. Chiroyli sheʼrlar yozadigan shoir. «Mening eng mehribon buvijonim» deb nomlangan sheʼringiz boʻlsa tashlab yuboring iltimos.
Bobolar va buvilar eng yaxshi do‘stlarimiz. Ayniqsa, ota-onalarimiz “yo‘q” degan narsaga, ular “xo‘p” deb javob berishgan paytlar 😆. She’rlar juda yoqimli ekan.
Bobom hayotning eng qiyin kunlarida menga dalda bo‘lgan inson. Ular nafaqat oilaning hurmatli a’zolari, balki mehr va donishmandlik timsoli. Ularni qadrlaylik.
Assalomu alaykum. Barcha sherlar juda ajoyib, 21-fevral Zaynab buvijonim haqida sheʼrlar yozinglar, iltimos iltimos iltimos.
Assalamu alaykum. Katta raxmat she’rlaringiz uchun, bundanda chiroyli va mazmunli she’rlarni yozishda charchamanglar.
Raxmat juda ham tasirli sherlar ekan, zo’r sovg’a bo’ldi.
Har bir misra bobo va buvilarimizga bo‘lgan hurmat va mehrni tarannum etib turibdi. Bunday chiroyli she’rlarni o‘qib chin dildan zavqlandim.
Har bir satr mehr va hurmat bilan yo‘g‘rilgan. Bobom va buvimga shu she’rlarni o‘qib berdim, ko‘zlari quvonchga to‘ldi. Juda chiroyli yozilgan ekan.
She’rlar chiroyli, lekin men haqiqiy hayotiy hikoyalarni afzal ko‘raman. Bobolar va buvilar hayotidan olingan real voqealar ham bo‘lsa, juda foydali bo‘lardi.
Bobo va buvi haqidagi sherlar menga rosa yoqdi, sizlarga kattakon raxmat.
Buvi haqida sherlaringiz bo’lsa tashab yuboring iltimos…
Baxrinnisso Xoji buvijonimni tugʻilgan kunlari bugun iltimos chiroylik nabira deb
Onalar haqida sheʼrlar koʻproq eʼtibor talab qilmoqda