Fanlar haqida sara sherlar to‘plami
Barcha fanlar haqida eng sara sherlar to‘plami, bolalar va kattalar uchun. Marhamat bahramand bo’ling.

Ona tili fani haqida sher
Har bir harf, bo’g’indan
Tuzamiz turli so’zlar.
Ozoda va chiroyli
Yozsak quvonar ko’zlar.
O’qish fani haqida sher
She’r, hikoya, ertakni
Hech qiynalmay o’qiymiz.
O’qib bo’lgach albatta,
O’qiganni uqiymiz.
Tabiatshunoslik fani haqida sher
Atrofimizdagi olam,
Bu— biz ucun tabiat.
Tuproq, suv — bizga ona,
Oldik undan tarbiya.
Bog‘cha va Maktab haqida sherlar
Musiqa fani haqida sher
Notalar bor do, re, mi, fa…
Qarang qanday jarangli-ya.
Chalsak rubob yoki doira,
Notalar bo’lar shoira.
Tasviriy san’at fani haqida sher
Tasvirlaymiz olamni,
Musavvirmiz o’g’il-qiz.
Sir-asrorin o’rganib,
Olamiz chuqur ildiz.
Fizika fani haqida sher
Fizka sanalur, fanlarning shohi,
Ibn Sinodir, uning sardori.
Zaryadlar ta’sirin ochganda Kulon,
Ilmda tanhodir bu ulug’ inson.
Ulugbekning nomi butun olamda,
Arximed richagi bizning qo’llarda.
1 Matematika fani haqida sher
Matematika darsi
Hisob-kitoblar bahsi.
To’rt amal bilmoq uchun
Tinglamoq kerak yaxshi.
2 Matematika fani haqida sher
Bo‘linuvchi, bo‘luvchi,
Qani, bo‘linma toping.
O‘nni o‘nga bo‘lganda
Bir bo‘lar, shuni biling.
* * *
Karra jadvalni bilsang,
Ko‘paytirish oson ish,
Yodda tutgin, hayotda
Hisob kerak yoz-u qish.
* * *
Kamayuvchi, ayriluvchi,
Hosil bo‘lar ayirma,
Yuzdan saksonni ayir
Javob bo‘lar yigirma.
* * *
Uchga to‘rtni qo‘shamiz
Javobi bo‘lar yetti.
Shunday oson topilar
Qo‘shishda har yig‘indi.
* * *
Arifmetik to‘rt amal,
Qo‘shish hamda ayirish,
Mulohazaga chorlar
Bo‘lish va ko‘paytirish.
* * *
Hisob-kitobni bilsang,
Barcha yo‘l senga ochiq.
Hayotda qoqilmaysan
G‘oliblik senga tortiq!
* * *
Birlar, o‘nlar va yuzlar,
Ko‘p xonali sonlar bil.
Sodda, qiyin masala,
Yechishga to‘pla aql.
* * *
Ko‘paytirish jadvalin
Ikkilanmasdan yodla,
O‘lchov birliklarini
Yoddan aytgin baralla.
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida sherlar
3 Matematika fani haqida sher
Bitta-bitta qo’shib chiq
Men aytajak so’zlarni!
Ota, ona, qo’shnilar,
Aka, uka, do’stlarni.
Opa, singil, amaki,
Tog’a, xola, ammani.
Bir-bir qo’shib boraver
Bobo, buvi — hammani.
Maktab plyus mahalla,
Qirlar, soylar, buloqlar,
Yana qo’shuv bir gala
Sigir, echki, uloqlar.
Ularga qo’sh hovlini
Qozon, o’choq va tandir.
Barining yig’indisi,
Bilsang, ona Vatandir.
To’lqin SIDDIQ.
Fanlar shohi
Fanlar ko‘p bu olamda,
Lekin ayni shu damda
Aytayin sizga bir sir,
Boshqa fanlardan uzr!
Kaliti karra jadval
Muammoni qilar hal.
Barcha fan bordir unda
Jozibasi ham shunda.
Ko‘p muammo bo‘lar hal,
O‘rgansak gar mukammal!
Fanlar shohi bu tilsim,
Qani, toping, bilar kim?
Ha, bu – matematika!
Bari mujassam unda.
Uqtiradi ilmni,
O‘rgatadi bilimni!
Hamrogul ORTIQOVA.











Assalomu alayko’m. Harflarga sher kerak, bahru bayt uchun, yaxshi sher topa olmadim.
Harflar haqida chiroyli sherlar toplami
Assalomu alayko’m. Alifbe bayrami uchun matematika kitobi haqida tabrik so‘zi va she’r kerak.
Har bir fan o‘ziga xos go‘zallikka ega va bu she’rlarda aynan shu jihat yaxshi yoritilgan. Fanlarni sevishga undaydigan ajoyib she’rlar ekan.
Mening oʻgʻlimga madhiya haqida sheʼrlar kerak edi, men bu sheʼrlardan oʻgʻlimga yoqqanini tanlab oldim. Juda ham chiroyli sheʼrlar toʻplami ekan, yoqdi.
Tarbiya faniga oid sheʼr yoʻqmi iloji boʻlsa?
Umumiy fanlar haqida sheʼrlar kerak
Assalomu alaykum. Fizika fani uchun ko’proq she’rlar kerak edi iltimos. Oldindan raxmat. Buyerda judayam ajoyib she’rlar ko’p ekan. Ishlarga omad 😊
Fizika fani uchun chiroyli sheʼrlar to’plami yo’qmi, yoki men topolmadimmi?
Maktabda o‘quvchilarga ilm ahamiyatini tushuntirish uchun juda yaxshi she’rlar. Ayniqsa, tabiiy fanlar haqidagilari juda yoqdi.
Fan va ilm haqida she’rlar topish qiyin, lekin bu to‘plam juda foydali ekan. Bolalar va o‘quvchilar uchun ayni kerakli material ekan.
Men texnologiya fani haqida sherlar topa olmadim. Lekin menga bu sherlar juda yoqdi.
Bu she’rlar orqali fanlarning go‘zalligini va ahamiyatini yana bir bor angladim. Har bir satrda ilmga bo‘lgan muhabbat seziladi.
“Fan va ilm haqida she’rlar topish qiyin, lekin bu to‘plam juda foydali ekan. Bolalar va o‘quvchilar uchun ayni kerakli material ekan.”
Ustoz haqida sher yoki fan ustozlar ismli sher
Texnologiya faniga sherlar yo’qmi?