Zahiriddin Muhammad Bobur haqida sara sherlar to‘plami

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida sherlar to‘plami. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi.

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida sherlar

Boburni eslab…

Dunyo uni dilin vayron qilsada,
Har yerdan qaqshatqich zarba bersada,
Temuriyman dedi, qayda bo‘lsada,
Boburni eslamasam ayb bo‘lmasmu,
Ruhini shod aylab ko‘ngil to‘lmasmu.

Ashorlarin tinglab sevdim Vatanni,
Ruhi Andijonda, Hinddadur tani,
Mardlarcha ko‘targan dardu-sitamni,
Boburni eslamasam ayb bo‘lmasmu,
Ruhini shod etib ko‘ngil to‘lmasmu.

Boburnomani yozib qoldirgan meros,
Asarda qancha g‘am, qancha ehtiros,
Uning shoirligi, shohligi ham rost,
Boburni eslamasam, ayb bo‘lmasmu,
Ruhini shod etib,ko‘ngil to‘lmasmu.

Ey Ziyoda, shoirlarga havasda bo‘lgin,
Ular duosi bilan hurmatda yurgin,
Bugun ashor bitmasang ayb bo‘ladur,
Bobur ruhin shod aylab, ko‘ngling to‘ladur.

Mirzayeva Ziyoda.

Ramazon tabriklari sara tabriklar to‘plami

Boburning avlodlarga aytgan so‘zi

Boburning avlodlarga aytgan sozi sheri

Ey sevimli aziz avlodim,
Bog‘ yaratdim hamda betakror.
Boburnoma mendanda yodgor,
Tanim qolur hind tuprog‘ida.
G‘azalimga kuylar bastalang
Jonim chiqar  qalbimda dodim,
Ruhim uchun sokinlik tilang.

Anda jon qoldi

Andijon shahridan uchib bir yulduz,
Hindiston tojiga gavhardek qo‘ndi.
Otash yuragida aylanar bir so‘z,
Anda jon qoldi-ki, anda jon qoldi.

Xalqing buyuk o‘g‘ling, buyuk sholi o‘g‘ling,
Boburning qalbida bir armon qoldi.
Nolasi kuydurar to abad bag‘ring,
Anda jon qoldi-ki, anda jon qoldi.

Dunyo charxpalagi tinmay aylanar,
Talato‘p zamonlar o‘taveradi.
Asrlar qa’ridan bir so‘z ingranar,
Anda jon qoldi-ki, anda jon qoldi.

Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida sher

Ona tuprog’in sog’inib
Sog’inchdan yuzlari so’ligan
Hindiston sari yuzlanib
Yurtin shamolin izlagan

Dil sog’inch ishorlarin
Qalamga bitti Bobur
Bevafo gul sanamlarin
G’azaliga bitdi Bobur

G’azal mulki sultoni
Mohir shoh sarkarda
Butun dunyoni shoni
Yod olurmiz har yerda

Qoldirib siz bizlarga
Tuganmas bitmas boylik
Siz qoldirgan izlarga
Olam bo’lar chiroylik.

Islomova Mukambar.

Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludiga sher

Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludiga sher

Nazar solsang tinim bilmay jon tanidin ul oh etgay,
Vatan ishqin bilmas ersa ani elda gumroh etgay.

Zamona tan olgan va lek, dili nayson shox bo‘lsada,
O‘zga joyda panoh izlab, yurt mehridin kuloh etgay.

Magarki dol aylasa, adl qaddin ko‘ngil g‘amdin.
Olib obinovvotidin, bir tilim to‘tiyo etgay.

Kimki sog‘inch lazzatidin, baxramand bo‘lmagay hargiz,
Ulki ikki dunyo uchun kechib bo‘lmas gunoh etgay.

O‘z uyingdin boshing olib ketar bo‘lsang tingla ash’or,
Boburnoma sani doim havf-xatardan ogoh etgay.

Yor vasfiga Shohijaxon, qad aylasa Tojimaxal,
Arjumandlik istasa kim Andijonda bunyod etgay.

Bobur Afg‘on tomonlarda, Andajonin yotsa qo‘msab,
Ruxsor aning kuygularin oq qog‘ozga siyoh etgay.

Guliruxsor Ummatova.

Ramazon va Ro‘za haqida sara sherlar to‘plami

Mirzo Bobur tavalludiga sher

Mirzo Bobur tavalludiga sher

Olislarga ketgan o‘zbek o‘g‘lini,
Yolg‘on haydadimi, tuxmat quvdimi?
Qora bulutlardan yoqqan yomg‘irdek,
Ko‘zyosh yuzlarini silab, yuvdimi?..

Tovoniga botgan aslo tikonmas,
G‘iybatning urug‘i poyiga botdi
Qalqoniga tekkan o‘qlar — nishonmas.
Yomonlik nayzasin ko‘ksiga otdi.

U o‘z vatanidan yiroqlab ketdi,
Tinchroq yasholmadi, turolmadi u,
Hindning o‘lkasini ko‘p obod etdi,
Nechun vatanida yurolmadi u.

Achchiq haqiqatni kim xushlamadi,
Shirin yolg‘onlarga almashdi uni,
Tojmahal tovlanib, porlab turganda,
Begona hindlar ham talashdi uni.

O‘sha dam zor yig‘lab ketar chog‘ida,
Vatan — kelgin deya chaqirolmadi,
Uni chaqirmagan o‘sha qarg‘alar
So‘ng «bizning Bobur» deb baqirolmali.

Shoira To‘laganova.

Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur

Sinov berdi menga falak
Vafosizdan jonim halak
Yaxshilik qil qaytmasa ham
Bobur istar shuni hardam

Qancha qildim matonat
Olg’a surdim ijoldimni
Topshirsam gar omonat
Unutmaslar nomimni

Sog’inch nima bilmaysiz
Qadriga yetmaguncha
Vatan qadrin bilmaysiz
Uzga yurtga bormaguncha

Bobur qilgan sabrga
O’lkan tog»lar yorilur
Bobom yotgan qabrga
Nur raxmatlar yog’ilur

Islomova Mukambar.

Mirzo Boburman

Mirzo Boburman sheriy toplami

Yuz oh, Vatandin , bo‘ldim mosuvo,
Tuz oh, dushmandin, ko‘rdim ko‘p jafo,
Uz oh, bu dunyo, qilmadi vafo,
O‘shal Andijonlik, Mirzo Boburman!

Yaxshilig‘lar qilib, olmadim javob,
Hatto, jigarlarim, bo‘ldilar nobop,
Kerakmas, zarrin to‘n, salla-yu, kimhob,
O‘shal Andijonlik, Mirzo Boburman!

Ilojsiz, Xindiston sari yo‘l oldim,
Boshimni tuganmas, savdoga soldim,
Ishq aro, malomat o‘tida qoldim,
O‘shal Andijonlik, Mirzo Boburman!

Bir qo‘limda qilich, birida qalam,
Ko‘zimda to‘la yosh , qalbimda alam,
Menga tatimadi, oltin-u, olam,
O‘shal Andijonlik, Mirzo Boburman!

Har kim vafo qilsa, toparkin vafo,
Jafo qilsang, agar, toparsan jafo,
Yaxshi bo‘l, ko‘rmaysen, yomonliq hargiz,
O‘shal Andijonlik, Mirzo Boburman!

Sevara Shomatova.

Islom Karimov haqida sara sherlar to‘plami

Bobur bobomdan bilganlarim

(b allitratsiyasi)
Bobur bobomdan bilganlarimni bildiray bir-bir:
Bobur-bobomniyam bobolari.
Boyning bolasi bo‘laturib bolaligi baxtli bo‘lmagan betole’ bobom.
Boburning boshiga baxtu baxtsizliklar bitildi.
Begonalarga bosh bo‘lish bobomning bo‘ynida bo‘ldi.
Bobomiz boboyurtidan begona bo‘ldi.
Betakror baytlar bitdi.
«Boburnoma» — Boburning bosh bitigi.
«Boburnoma»ni bosh bolasiga bag‘ishlab bitdi.
«Boburnoma» — Boburga buyuklik berdi.
Bobur botir, bahodir, bunyodkor bo‘ldi.
Boburning bolalariyam bahodir bo‘lishdi, bunyodkor bo‘lishdi.
Boburiy bo‘lsang, botir bo‘l, bunyodkor bo‘l.
Boburday bilimli, Boburday basavlat,badavlat bo‘l.
Boburiy bo‘lsang, Boburday boshing balandda bo‘lsin!
Boburni bilmagan bola bo‘lmasin bizda!

Go‘zal Raimjon qizi.

Bobur

Otlar elar shiddatdan terlab,
Yangrar xatar to‘la taqalar,
Hurkib ko‘kka sapchir,patirlab,
Tun uyqusi — qora qarg‘alar.

Otlar elar,
Tillarang xazon
Suvoriylar uzra sochilar,
Elas-elas yangraydi azon —
Tog‘lar uzra osmon ochilar.

Otlar elar og‘zi ko‘pirib,
Uyg‘otgancha mudroq yo‘llarni,
Go‘yo to‘gon bandin o‘pirib,
Toshqin quvib kelar ularni.

“Zahiriddin,qayga borursan,
Bobong yurtin,taxtini tashlab?!
Qora taqdir seni qul kabi
Qayonlarga ketmoqda boshlab?!

Zahiriddin, bu qanday savdo,
Qora hijrat sari yuz tutmoq?
Yuragingni etar-ku ado,
Tirik turib,Vatandan ketmoq?!

Zahiriddin,ortga bir qara,
Ortga boq,ey,sheri sargardon,
Axir,keyin tushlaringda ham,
Bu tuproqni ko‘rmog‘ing gumon”.

Ot pishqirib to‘xtar, chavandoz
Uzangiga tirar oyogin
Va bo‘g‘ziga to‘plar beovoz
Vujudiga to‘lgan ingrogin.

Alam bilan yuragi urar,
Shivirlaydi titroq lablari:
“Hamma yerdan ko‘rinib turar
Samarqandning minorlari”.

Xurshid Davron.

Olisdagi yurtdoshim (Bobur tilidan)

Olisdagi yurtdoshim

Har bir so‘zim mozega bog‘liq,
Ko‘hna tarix buyuk nechog‘liq,
Gar eslasam yuragim og‘rir,
Olislarda qolgan yurtdoshim!

Yurt ishqida yonmoqda Bobur,
Vatan dardi shunchami, og‘ir,
O‘zga elda shoh, bir musofir,
Olislarda qolgan yurtdoshim!

Tarix sahifasida biror,
Iz qoldirmoq anchayin dushvor
Ammo buni ayladi qaror,
Olislarda qolgan yurtdoshim!

Abadiyat gulshani aro,
Bundaylari kamdan-kam hatto,
Kelajakka taratdi ziyo,
Olislarda qolgan yurtdoshim!

Zahro Soyepova.

Do’st va Do’stlik haqida sara sherlar to‘plami

Bobur bobojon

Andijonning Axsisida dunyoga kelgan,
O‘n bir yoshda padaridan ajralib qolgan.
Ko‘p vaqt o‘tmay ota taxtin jilovin olgan,
Dardlari dunyoga teng, Bobur bobojon.
*
Bolalik damlarin bir zumda o‘tgan,
Bir vaqtda qilich-u, ham qalam tutgan.
Baxtdan ko‘ra ko‘proq, alamlar yutgan,
Dardlari dunyoga teng, Bobur bobojon.
*
O‘shdagi tog‘ ustiga xujra qurdirib,
Peshtoqiga islimi naqsh, gulni chizdirib.
Ilk qurdirgan imoratdan ko‘nglin to‘ldirib,
Dardlari dunyoga teng, Bobur bobojon.
*
Uch bora Samarqandning taxtida qolgan,
Ulug‘ Navoiydan kitobot olgan.
Xalqni mehri ila izmiga solgan,
Dardlari dunyoga teng, Bobur bobojon.
*
Taqdir charxpalagi chappa aylanib,
Yovlar Sizga qasd qilmoqqa yurdi shaylanib.
Ona yurtni tark etdingiz g‘amga bog‘lanib,
Dardlari dunyoga teng, Bobur bobojon.
*
Afg‘on yerdan o‘n ikki ming qo‘shinni yig‘ib,
Hind yurtida yuz ming yovni tor-mor qilib.
Hindistonni o‘zingizga vatan deb bilib,
Dardlari dunyoga teng, Bobur bobojon.
*
Boburnoma, Bobur xatin qoldirib bizga,
Butun jahon tahsin o‘qib, tan berdi Sizga.
Oyat o‘qib, baxsh etgaymiz pok ruhingizga,
Dardlari dunyoga teng, Bobur bobojon.
*
Siz bajargan ezgu ishlar bizlarga o‘rnak,
Siz biz uchun qadrlisiz, o‘rningiz bo‘lak.
Muzaffarchun Sizdek bo‘lmoq eng oliy tilak,
Dardlari dunyoga teng, Bobur bobojon,
O‘zbek xalqin mard farzandi Bobur bobojon!

Xusanboyev Muzaffarbek Otabek o‘g‘li.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *