Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari to‘plami

Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari to‘plami — Ulug’ o’zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi. Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon shahrida (1483-yil 14-fevral) tug’ildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari

O‘zni, ko‘ngul, aysh bilan tutmoq kerak,
Bizni unutqonni unutmoq kerak.

Aysh-u tarab gulbunig’a suv berib,
G’ussa niholini qurutmoq kerak.

Tiyra turur zuhd damidin ko‘ngul,
Ishq o‘ti birla yorutmoq kerak.

Har nimag’a g’am yema, g’am ko‘p turur,
Aysh bila o‘zni ovutmoq kerak.

* * *

Qo‘yma mashaqqat aro, Bobur, ko‘ngul,
O‘zni farog’at bila tutmoq kerak.

Xazon yafrog’i yanglig’ gul yuzung hajrida sarg’ardim,
Kо’rub rahm aylagil, ey lola rux, bu chehrayi zardim.

Sen, ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,
Ayog’ingg’a tushib, bargi xazondek muncha yolbordim.

Latofat gulshanida gul kabi sen sabz-u xurram qol,
Men archi dahr bog’idin xazon yaprog’idek bordim.

Xazondek qon yoshim sorig’ yuzumdin el tanaffurda,
Bahar range, bihamdilloh, ulusdin o‘zni qutqordim.

Ne toledur mangakim, axtari baxtim topilmaydur,
Falak avroqini har nechakim daftardin axtardim.

Ulusning ta’n-u ta’rifi manga, Bobur, barobardur,
Bu olamda o‘zumni chun yamon-yaxshidin o‘tkardim.

Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari

* * *

G’urbatda ul oy hajri meni pir qilibtur,
Hijron bila g’urbat manga ta’sir qilibtur.

Maqdur boricha qiluram sayi visoling,
To Tengrini bilmonki, ne taqdir qilibtur.

Taqdirdur ul yon-u bu yon solg’uchi, yo‘qsa,
Kimga havasi Sanbal-u Tatyir qilibtur.

Bu Hind yeri hosilidin ko‘p ko‘ngul oldim,
Ne sudki, bu yer meni dilgir qilibtur.

Sendin bu qadar qoldi yiroq, o‘lmadi Bobur,
Ma’zur tut, ey yorki, taqsir qilibtur.

* * *

O‘lum uyqusig’a borib jahondin bo‘ldum osuda,
Meni istasangiz, ey do‘stlar, ko‘rgaysiz uyquda.

Nekim taqdir bo‘lsa, ul bo‘lur tahqiq bilgaysiz,
Erur jang-u jadal, ranj-u riyozat barcha behuda.

O‘zungni shod tutqil, g’am yema dunyo uchun zinhor,
Ki, bir dam g’am yemakka arzimas dunyoyi farsuda.

Zamona ahli ichra, ey ko‘ngul, oyo topilg’aymu,
Seningdek dard paymo-vu meningdek dard paymuda.

Ulusdin tinmadim umrimda hargiz lahzaye, Bobur,
Magar o‘lsam bu olam ahlidin bo‘lg’aymen osuda.

* * *

Charxning men ko‘rmagan jabr-u jafosi qoldimu?!
Xasta ko‘nglum chekmagan dard-u balosi qoldimu?!

Meni xor etti-yu qildi muddaiyni parvarish,
Dahri dunparvarning o‘zga muddaosi qoldimu?!

Meni o‘lturdi jafo-yu javr birla ul quyosh,
Emdi turguzmak uchun mehr-u vafosi qoldimu?!

Oshiq o‘lg’och ko‘rdum o‘lumni o‘zumga, ey rafiq,
O‘zga ko‘nglumning bu olamda harosi qoldimu?!

Ey ko‘ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?!

Yaxshilig‘ — Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azali

Yaxshilig‘ - Muhammad Bobur g‘azali

Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘,
Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘.

Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘!

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma,
Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.

Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p,
Emdi ko‘z tutmoq ne ma’ni har yamondin yaxshilig’?

Bori elga yaxshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo‘q,
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig!

Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig’?

* * *

Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga,
Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga.

Netgayman ul rafiq bilakim, qilur base,
Mehr-u vafo raqibg’a, jabr-u jafo manga.

Begona bo‘lsa aql meni telbadin, ne tong,
Chun bo‘ldi ul parisifatim oshno manga.

Oh-u yoshmidin ortadurur za’f, ey tabib,
Bildim yarashmas emdi bu ob-u havo manga.

Dardim ko‘rub muolajada zoye etma umr,
Kim, jonda dardi ishq durur bedavo manga.

To yor kimni istar-u ko‘ngliga kim yoqar,
Tashvish bejihat durur oxir sango, manga.

Bobur, bo‘lub turur ikki ko‘zum yo‘lida to‘rt,
Kelsa ne bo‘ldi qoshima bir-bir mango manga.

* * *

Ne xush bo‘lg’ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg’otsam,
Kechalar tori mo‘yidek belig’a chirmashib yotsam.

Gahi guldek yuzini ul shakar so‘zlukni islasam,
Gahi shakkar kibi ul yuzi gulning la’lidin totsam.

Qani Shirin bila Layliki sendin noz o‘rgansa,
Qani Farhod-u Majnunkim, alarg’a ishq o‘rgatsam.

Yoruq kunduz, qorong’u kechada anjum kibi bo‘lgay,
Chekib gar oh dudini ko‘ngul o‘tini titratsam.

Ko‘zum ravshanlig’ida bo‘lg’ay, Bobur, base kamliq,
Agar qoshi bila yuzun hilol-u kunga o‘xshatsam.

* * *

Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,
Tiyra bo‘ldi ro‘zg’orim ul qaro qoshdin yana.

Men xud ul tifli parivashg’a ko‘ngul berdim, vale,
Xonumonim nogahon buzulmag’ay boshdin yana.

Yuz yomonliq ko‘rub ondin telba bo‘ldung, ey ko‘ngul,
Yaxshilig’ni ko‘z turarsen ul parivashdin yana.

Tosh urar atfol mani, uyida forig‘ ul pari,
Telbalardek qichqirurmen har zamon toshdin yana.

Oyog’im yetgancha Boburdek ketar erdim, netay,
Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana.

* * *

Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching,
Shikasta ko‘ngluma ermish qaro balo soching.

Muyassar o‘ldi junun mulki, ey junun ahli,
Nisori ashkni emdi bu kun mango soching.

Soching shikastida bordur shikasta ko‘ngullar,
Ko‘ngullar ochilur, ochilsa ul qaro soching.

Ochildi ko‘ngli, chu ochting sochingni, Boburning,
Ne ayb, agar desa dilband-u dilkusho soching.

* * *

Baloyi ishqki, har dam manga jafoyedur,
Bu ishqdin kecha olmon ajab baloyedur.

Xali labig’a tutash bo‘lsa, ey ko‘ngul, ne ajab,
Ki Xizr chashmayi hayvong’a rahnamoyedur.

Yarar bu xasta ko‘ngul dardig’a o‘qin yarasi,
Magarki har yarasi yorning davoyedur.

Bahor faslidur-u may havosi boshimda,
Ayoq tut menga, soqiyki, xush havoyedur.

Ul oy raqibg’a bo‘ldi rafiq-u Boburning,
Rafiq-u hamdami hajrinda oh-u voyedur.

* * *

Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglimdin o‘zga mahrami asror topmadim.

Jonimdek o‘zga jonni dilafgor ko‘rmadim,
Ko‘nglim kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.

Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.

Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,
Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,
Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.

Bobur, o‘zingni o‘rgata ko‘r, yorsizki, men,
Istab jahonni, muncha qilib, yor topmadim.

* * *

G’ofil o‘lma ey soqiy, gul chog’in g’animat tut!
Vaqti aysh erur boqiy ol chag’ir, ketur, bot tut!

Bu nasihatim ongla, ne bilur kishi yongla,
Ne bo‘lur ekin tongla, sen bu kun g’animat tut!

G‘ofil o‘lma davlatda o’zni solma mehnatda,
Tangri berur albatta, davlat ista, himmat tut!

Xush turur visoli yor, anda bo‘masa dayyor,
Bo‘sa, vasl beag’yor davlat-u saodat tut!

G’am cheriki behaddur, chorasi budur, Bobur,
Bodani ko‘mak keltur, jomni himoyat tut!

Alisher Navoiy ruboiylari

* * *

Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur,
G’uncha sirin ochqon ul ikki labi xandonidur.

Ul musalsal ikki zulfi gul yuzining davrida,
Gul uza og’nar, magar, ul ikkining davronidur.

O‘qi zaxmini ko‘rub har yon tanimda el degay,
Kim, bu ko‘hi dardning ul lolayi No‘monidur.

Sel emasdur yer yuzin tutqon — ko‘zumning yoshidur!
Ra’d emasdur ko‘kka chirmashqon — ko‘ngul afg’onidur!

Lojaram bo‘lg’ay parishon-u havoyi men kibi,
Zarra yanglig‘ kimki bir xushred sargardonidur.

Ul pari ishqida, Bobur, ko‘nglum andoq telbadur.
Kim, sochi zanjiridur chohi zaqan zindonidur.

* * *

Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur,
Sening birla chiqishmoqlik dag’i bisyor mushkuldur.

Mizojing nozik-u sen tund, men bir beadab telba,
Sanga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur.

Ne osig’ nola-u faryod xobolud baxtimdin,
Bir unlar birla chun qilmoq ani bedor mushkuldur.

Manga osondurur bo‘lsa, agar yuz ming tuman dushman,
Vale bo‘lmoq jahonda, ey ko‘ngul, beyor mushkuldur.

Visolinkim tilarsen nozini xush tortg’il, Bobur,
Ki olam bog’ida topmoq guli bexor mushkuldur.

Topilmas — Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azali

Topilmas - Muhammad Bobur g‘azali

Sendek manga bir yori jafokor topilmas,
Mendek sanga bir zori vafodor topilmas.

Bu shakl-u shamoyil bila xud hur-u parisen,
Kim jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas.

Ag’yor ko‘z olida-u ul yor ayon yo‘q,
G‘am xori ko‘ngul ichra-yu g’amxor topilmas.

Ey gul, meni zor etmaki husnung chamanida,
Ko‘zni yumub ochquncha, bu gulzor topilmas.

Bobur seni chun yor dedi, yorlig’ etgil,
Olamda kishiga yo‘q esa, yor topilmas.

* * *

Mening ko‘nglumki, gulning g’unchasidek tah-batah qondur,
Agar yuz ming bahor o‘lsa, ochilmog’i ne imkondur.

Agar ul qoshi yosiz bog’ gashtin orzu qilsam,
Ko‘zumga o‘qdurur sarv-u ko‘ngulga g’uncha paykondur.

Bahor-u bog’ sayrin ne qilaykim, dilistonimning,
Yuzi gul, zulfi sunbul, qomati sarvi xiromondur.

Visoli lazzatidin zavq topmog’liq erur dushvor,
Firoqi shiddatinda yo‘qsa jon bermaklik osondur.

Boshidin evrulur armoni birla o‘ldum, ey Bobur,
Mening na’shimni bori ul pari ko‘yidin aylondur.

* * *

Ne vafo umrumda ul jonu jahondin ko’rgamen,
Kim vafo jondin ko’rubdurkim, men ondin ko’rgamen.

Ko’z yo’lidin ul sari husnun nazar aylar edim,
Qon yoshim ul yo’lni tutti, emdi qondin ko’rgamen.

Yorab, ul kun shum toli’din manga bo’lg’aymukim
Jonima orom ul oromi jondin ko’rgamen.

Ko’z ko’rar, lekin solur meni balog’a bu ko’ngul,
Bu baloni necha chashmi xunfishondin ko’rgamen.

Bartaraf qilg’il vafo istarni eldin, Boburo,
Ul g’alatdurkim, vafo ahli jahondin ko’rgamen.

* * *

Yana ko’z uyida ma’vo qilibsen,
Ko’ngul koshonasida jo qilibsen.

Yana savdoyi zulfingdin, nigoro,
Meni oshuftavu shaydo qilibsen.

G’aming yo’q jon agar bersam g’amingda,
O’zungni muncha beparvo qilibsen.

Qoshingdin meni o’qdek tashlar uchun
Yangi oydek qoshingni yo qilibsen.

Ko’zumdin yoshurib, ey bahri altof,
Ko’zumning yoshini daryo qilibsen.

Sog’inmas jannatu-l-ma’voni Bobur,
Oning ko’nglida to ma’vo qilibsen.

* * *

Keltursa yuz baloni o’shal bevafo manga,
Kelsun, agar yuzumni evursam, balo manga.

Netkaymen, ul rafiq bilakim, qilur base
Mehru vafo raqibg’a javru jafo manga.

Begona bo’lsa aql meni telbadin, ne tong,
Chun bo’ldi ul pariy sifatim oshno manga.

Ohu yoshimdin ortadurur za’f, ey tabib,
Bildim yarashmas emdi bu obu havo manga.

Dardim ko’rub mu’olajada zoyi’ etma umr
Kim, jonda dardi ishqdurur bedavo manga.

To yor kimni istaru ko’nglina kim yoqar,
Tashvishi bejihatdurur oxir sanga, manga.

Bobur bo’lubturur iki ko’zum yo’lida to’rt,
Kelsa ne bo’ldi qoshima bir-bir manga-manga.

* * *

Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,
Yuzung xur, soching anbar, so’zung mul, menging meynon.

Meynon menging, so’zing mul, anbar soching, yuzung xur,
Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.

Tafohur ko’zum, ko’nglum qilurlar magar bordur,
Ko’zunga ko’ngul vola, yuzunga ko’zum hayron.

Hayron ko’zum yuzunga, vola ko’ngul ko’zunga,
Bordur magar, qilurlar ko’nglum, ko’zum tafohur.

Tafakkur necha qilsam topilmas sening misling,
Pariydek seni ko’rdum emassen magan inson.

Inson magar emassen, ko’rdum seni pariydek,
Misling sening topilmas qilsam necha tafakkur.

Balodur manga hajring, davodur manga vasling,
Itobing manga ofat, hadising manga darmon.

Darmon manga hadising, ofat manga itobing,
Vasling manda davodur, hajring manga balodur.

Chu Bobur sanga quldur nazar qil anga zinhor,
Topilmas yana bir qul aningdek sanga, ey jon.

Ey jon sanga aningdek, bir qul yana topilmas,
Zinhor anga nazar qil, quldur sanga chu Bobur.

* * *

Yor yuzumni ko’rub dardu g’amim bilsa kerak,
Yuz ko’rub dardu g’amim chorasini qilsa kerak.

Ey sabo, jonu ko’ngulni o’zining chun qildi,
Ko’ngli birla degasen joni uchun kelsa kerak.

Vaslini ne qilayin g’ayrdin ayrilmadi hech,
Yor vasli menga, u ag’yordin ayrilsa kerak.

Vaslining qadrini chun bilmadi bu telba ko’ngul,
Hajrining tiyg’i aning yuragini tilsa kerak.

Shukr Boburni bilurmen degan ermish ul oy,
Lojaram bandalarin shohlari bilsa kerak.

* * *

Ne ko’ray to’bini qaddi xushxiroming borida,
Ne qilay sunbulni xatti mushfoming borida.

Kim Xizr suyin og’izlag’ay labingning qoshida,
Kim Masih alfozidin degay kaloming borida.

Oshiqingni davlatin vasling bila qil muhtaram,
Husn ahli ichra muncha ehtiroming borida.

Bizdin ayru doim el birla icharsen bodani,
Bizni ham gohe sog’in shurbi mudoming borida.

Ey ko’ngul, gar g’ayr so’zi zahri qotildur, ne g’am,
Lablaridin sharbati yuhi-il izoming borida.

Tarki nomus aylabon badnom bo’lg’il ishq aro,
Kim seni oshiq degay nomusu noming borida.

Bobur ul gul ko’yida bulbul kibi topting maqom,
Bir navoye rost qil mundoq maqoming borida.

Alisher Navoiy g‘azallari

* * *

Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas.

Bu shaklu shamoyil bila xud huru pariy sen
Kim, jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas.

Ag’yor ko’z ollidaku ul yor ayon yo’q,
G’amxore ko’ngul ichrayu g’amxor topilmas.

Ey gul, meni zor etmaki, husnung chamanida
Ko’zni yumub ochquncha bu gulzor topilmas.

Bobur, seni chun yor dedi, yorlig’ etgil,
Olamda kishiga yo’q esa yor topilmas.

* * *

So’rma holimniki bo’ldum burnog’idin zorroq,
Jism jondin zoru jonim jismdin afgorroq.

Banda taqrir aylay olmon band-bandim dardini,
Yuz temur band o’lsa ondin bu erur dushvorroq.

Mastu bexudliq bila unrungni o’tkarding, darig’,
Ey ko’ngul, mundin beri bo’l bir nima xushyorroq.

G’aflat uyqusidin uyg’on, gar tilar bo’lsang murod,
Kim yetar maqsadg’a har kim, bo’lsa ul bedorroq.

O’lgali yettim, mening jonim g’amin ye, ey rafiq,
Dahr aro chun yo’q kishi sendin manga g’amxorroq.

Kelmas o’xshar zaxmating islohg’a, Bobur, magar
Har davokim qildilar bo’ldung dag’i bemorroq.

Bahor ayyomidur — Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azali

Bahor ayyomidur Bobur g‘azali

Bahor ayyomidur dog’i yigitlikning avonidur,
Ketur soqiy, sharobi nobkim — ishrat zamonidur.

Gahi sahro uzori lola shaklidin erur gulgun,
Gahi sahni chaman gul chehrasidin arg’uvonidur.

Yana sahni chaman bo‘ldi munaqqash rangi gullardin,
Magarkim sunning naqqoshig’a rang imtihonidur.

Yuzung, ey sarv, jonim gulshanining toza gulzori,
Qading, ey gul, hayotim bog’ining sarvi ravonidur.

Ne yerda bo‘lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning,
G’aribingg’a tarahhum aylagilkim, andi jonidur.

* * *

Ko’zumda muttasil ul egma qosh kerak bo’lsa,
Qoshimda ko’z yorug’i ul quyosh kerak bo’lsa.

Sujud vaqtida mehrob bo’lmasun hargiz
Ki, bosh qo’yarda o’shal egma qosh kerak bo’lsa.

Habib ishqida boshdin kech, ey ko’ngul, yo’q esa,
Bu yo’lg’a qo’yma ayoq sanga bosh kerak bo’lsa.

Qo’yub ayog’ig’a bosh, so’rsa la’lidin har kim,
Boshig’a tufroqu og’zig’a tosh kerak bo’lsa.

Sening bila bari el noxush o’lsa, ey Bobur,
Ne bo’lg’usi sanga, ul yori xush kerak bo’lsa.

* * *

Za’fdin go’yo mening bu zor jismim noldur
Kim, aning sharhin demakta xoma tili loldur.

Za’fliq jismim bila bu notavon ko’nglum aro
Dardi yor erkanga ushbu egma qaddim doldur.

Men damodam qon yutarmen hajr ayog’idin, netay,
O’zgalarning jomi vasli garchi molomoldur.

Zulfig’a vobastamen vaslig’a yo’qdur dastras,
Ey xush ul ozodakim, beqaydu forig’boldur.

Ul pariydin men nechuk jon eltayinkim, Boburo,
Vasli mushkil, hajri muhlik, g’amzasi qattoldur.

* * *

Jonima o’t soldi ul ruxsorayi zebo yana,
Ko’ngluma ul zulf bo’ldi moyayi savdo yana.

Ko’rsatib ruxsoru zulfin ul pariy paykar manga,
Jonu ko’nglumni qilibdur volavu shaydo yana.

Yor ko’yindagi tom sensen manga pushti panoh,
Soyayi lutfungni sol, chun sanga keldim to yana.

Shodliqniyu farog’atni qo’yub oshiq bo’lib,
Mehnatu g’amni qilibmen o’zuma paydo yana.

Yorg’a qulmen degach Boburni rasvo ayladi,
Tengri mendek bandasini qilmasun rasvo yana.

* * *

Ochilib ikki sochi yuziga yoyilmishlar,
Yoruq jahonni ko’zumga qarong’u qilmishlar.

Chag’ir bag’ri qonidur barcha ishq ahlig’a,
Zihi alarki, bu maydin dame oyilmishlar.

Ne qilsam aylama, ey yor, aybkim, menda
Jununi ishqu yigitlik bori qotilmishlar.

Salohg’a xirad ahli meni yovuq derlar,
Ko’rungki ushbu chechanlar yiroq yangilmishlar.

Ne sud ishni eldin yoshurmoq ey Bobur,
Chu holatingni bori olam ahli bilmishlar.

* * *

Qaro zulfing firoqinda parishon ro’zg’orim bor,
Yuzungni ishtiyoqida ne sabru ne qarorim bor.

Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi,
Nechun holim yomon qildi, men andin bir so’rorim bor.

Jahondin menga g’am bo’lsa, ulusdin gar alam bo’lsa,
Ne g’am yuz muncha ham bo’lsa, seningdek g’amg’usorim bor.

Agar muslihmen ar musfid, va gar oshiqmen ar obid,
Ne ishing bor sening zohid, meningkim ixtiyorim bor.

Fig’onim oshdi bulbuldin, g’ami yo’q zarra bu quldin,
Base Bobur, o’shal guldin ko’ngulda horhorim bor.

* * *

Baloyi ishqki, har dam manda jafoyedur,
Bu ishdin kecha olmon ajab baloyedur.

Xati labig’a tutash bo’lsa, ey ko’ngul, ne ajab,
Ki Xizr chashmayi hayvong’a rahnamoyedur.

Yarar bu xasta ko’ngul dardig’a o’qin yarasi,
Magarki har yarasi yorning davoyedur.

Bahor fasliduru may havosi boshimda,
Ayoq tut menga soqiyki, xush havoyedur.

Ul oy raqibg’a bo’ldi rafiqu Boburning
Rafiqu hamdami hajrinda ohu voyedur.

* * *

Yangi oy yor yuzi birla ko’rub el shod bayramlar,
Manga yuzu qoshingdin ayru bayram oyida g’amlar.

Mening bu tori mo’ yanglig’ tanimg’a toblar soldi
Ul oyning yuzida sunbul kibi zulfidag’i xamlar.

Havog’a dudi ohin tutratur ishq ahli g’ayratdin,
Sabo tahrikidin har gah parishon bo’lsa parchamlar.

Ochildi zulfiyu xaylar namudor o’ldi yuzinda,
Gul uzra chun bo’lur paydo kecha ochilsa shabnamlar.

Menu g’am kunjiyu ohu fig’oni ashku xunolud,
Ne xushdur go’shayi xoliy, mayi sofiyu hamdamlar.

Ko’ngulni ishq buzdi, ne osig’ pandu nasihatdin,
Mening majruh ko’nglumga yarashmas ushbu marhamlar.

Yuzi navro’zi, asli iydni Bobur g’animat tut
Ki, mundin yaxshi bo’lmas bo’lsa yuz navro’zu bayramlar.

* * *

Bir pariy men telbani husnig’a moyil qilg’udek,
Ko’zum ichra yer tutub ko’nglumda manzil qilg’udek.

Ko’nglumizga javr behad qildi ul nomehribon,
Jonima yuz ming g’amu mehnatni hosil qilg’udek.

Notavon ko’nglumga ishqi qayg’uni kelturgudek,
Ayshu ishratni ko’nguldin qayg’urur el qilg’udek.

Qilmadi Farhodu Majnun o’zni rasvo men kibi
Kim, bu nav’ ish ish emasdur hech oqil qilg’udek.

Ul pariy ishqida Bobur jon berib, ey ahli ishq,
Ishq atvorini ishq ahlig’a mushkil qilg’udek.

Alisher Navoiy haqida sherlar

* * *

G’urbatu hijrong’a qoldim, oh ul jon ilgidin,
Jong’a yettim emdi g’urbat birla hijron ilgidin.

Ko’rsatur gah tiyg’u gah o’q holatimni bilmayin,
Ne balolar ko’radurman yori nodon ilgidin.

El fig’onimdin bajonu men bu jondin, ey ajal,
Qil xalos elniyu meni jonu afg’on ilgidin.

Bobur, ul oy hajrida ishing base dushvor edi,
Shukrkim, qutqardi o’lum seni oson ilgidin.

Sening ishqingda — Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azali

Sening ishqingda - Bobur g‘azali

Sening ishqingda, ey nomehribon, bexonumon bo‘ldim,
Demon bexonumon, ovvorayi ikki jahon bo‘ldum.

Labing gar bermasa bo‘sa nechuk jon elta olg’aymen,
Bu yo‘ldakim, adam sahrosig’a emdi ravon bo‘ldum.

So‘rub ul oy labidin og’zining ramzini angladim,
Bir og’iz so‘z bila ko‘rungki muncha xurdadon bo‘ldum.

Nechakim qoshi yolar ishqida tuzlukni ko‘rsattim,
Vale oxir malomat o‘qlarig’a-o‘q nishon bo‘ldum.

Kular erdim burun Farhodi miskin dostonig’a,
Bu Shirindurki oning birla-o‘q hamdoston bo‘ldum.

Visoling davlatig’a yetmasam Bobur kibi, ne tong,
Ki hajring mehnatida asr-u zor-u notavon bo‘ldum.

* * *

Xati binafsha, xadi lola, zulfi rayhondur,
Bahori husnda yuzi ajab gulistondur.

Engi, mengi oyu dag’i yuzi, so’zi gulu mul,
Qadi ravonu tani jonu erni marjondur.

Qoshida chin, ko’zida kiynu angabin labida,
So’zida zahru lekin tilida darmondur.

Qoshingg’a ko’p bora olmon, netay oraliqda,
Yoshim tishing duridin ayru bahri ummondur.

O’tumni tez etasen har tarafg’a sekritib ot,
Samandi noz inonini bir beri yondur.

Ne nav’ vasf qilay suvrating latofatini
Ki, husnunga sening, ey ruh, aql hayrondur.

Jafovu javr agar qilsa, Boburo, netayin,
Ne ixtiyor manga, harne qilsa sultondur.

* * *

Ulki menga yori dilnavoz ko’rundu,
Javrin ko’rsatti ko’pu oz ko’rundi.

Bo’ldi boshim past poybo’sida oxir,
Garchi burun asru sarafroz ko’rundi.

Sening uchun ulki boshin o’ynamadi hech,
Senga ajoyibki ishqboz ko’rundi.

Ishq borinda salohu tavbavu taqvo
Barchasi tahqiq bil majoz ko’rundi.

Dushmano jon o’ldi, ne qilay, sanga, Bobur,
Ulki menga yori dilnavoz ko’rundi.

* * *

Kim ko’rar xurshidni, ul mohsiymo bo’lmasa,
Kim so’rar shakkarni, ul la’li shakarxo bo’lmasa.

Gul tikandur ko’zlarimga ul yuzi guldin yiroq,
Sarv o’qdur bag’rima ul sarv bolo bo’lmasa.

Jannatu-l-ma’voni, ey zohid, netay men zorkim,
Istaram ko’yidin o’zga manga ma’vo bo’lmasa.

Tiymag’il devona ko’nglumniki, rasvo bo’lma deb,
Oshiq o’lg’aymu edi ul telba rasvo bo’lmasa.

Gar boshingni kessalar ishqida, ey Bobur, sening,
Yordin ko’nglung kerakkim o’zga qat’o bo’lmasa.

  1. zohidbek:

    Bu g’azallar juda yaxshi . Unda manolar juda ko’p

  2. Muxlisa:

    Bobur g’azallari ifodasi ravon, uslubi sodda lekin ta’sir kuchi yuksak😊

    • Milaya:

      Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari to‘plami juda ajoyib ekan.

    • Shokir yodgorov:

      Men doim hayratda qolaman, har o’qiganimda Boburni G’azallarini.

    • Abdulatifjon:

      Ha judda ham yaxshi ekan ku Zahiriddin Muhhammad Boburning sherlari, judda zo’r lekin o’qib to’ymaysana.

  3. Ilyos:

    Menga Bobur ģazallari yoqadi. Chunki ular juda ham chiroyli.

  4. MEHRIBONU:

    MENGA BOBUR G’AZALLARI JUDA YOQADI BOBURNOMA HAM JUDA YOQDI O’QIB CHIQDIM SIZLAR HAM O’QIB KO’RING. YOQADI DEGAN UMIDDAMAN

    • UzBaza.uz:

      Mehribonu assalomu alayko’m. Bildirgan fikringizdan bag’oyatda mamnunmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

    • Islomjon:

      Web-saytlar ichida eng zo’ri szniki ekan 😁

  5. Mamarasul Ishquvvatov:

    Assalomu alaykum ushbu ģazallarni biz bilan ulashganizdan judayam xursandman. Yana ham kòproq ģazallar bilan boyitib borishlarizni sòrab qolaman.

    • Xolboyeva Munavvara:

      Assalomu aleyko’m menga g’azallar juda yoqdi ishlaringizga rivoj.

  6. Iqbol Usmonov:

    Assalomu Alaykum kattakon raxmat Ollox ishlaringizga rivoj bersin

  7. Iqbol Usmonov:

    Assalomu Alaykum kattakon raxmat Ollox ishlaringizga rivoj bersin

  8. Muslima:

    Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari menga juda yoqdi, zo’r, juda manoli.

  9. Sarvar:

    Salom. Bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallaridan o’qib yurak-bag’rim bahra oldi. Juda ham zo’r. Saytga gap yo’q ekan.

    • UzBaza.uz:

      Sarvar assalomu alayko’m. Fikringiz uchun tashakkur. Bobokalonimiz Bobur g’azallari har bir insonni o’z oqimiga tortib yuborishga qodir.

  10. MUNISA:

    ASSALOMU ALAYKO’M HAMELAGA SALOM ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING G’AZALLARI UCHUN RAHMAT JUDA AJOYIB EKAN KATAKON RAXMAT.

  11. Xo'shboqova Yulduz:

    ZAHIRIDIN MUHAMMAD BOBURNING g’azallari man uchun bebaho, g’azallarida dunyo manolar yashiringan, o’qigan sariz tugamasa derdim, man shu ulug’ inson kabi g’azallar yoza olmasamda, shu ulug’ inson bo’lishga niyat qilganman.

  12. Dilnavoz:

    Assalomu alayko’m. Tan olish kerakki, Bobur ijodi naqadar go‘zal. Uning g‘azallari ruboiylari qit’a-yu tuyuqlari ma’no mazmunga boydir. To‘plamdagi g‘azallarni o‘qib chiqdim. Gap bo‘lishi mumkin emas. Ishlarizga omad 😊

    • UzBaza.uz:

      Dilnavoz assalomu alayko’m. Bildirgan samimiy fikringiz uchun tashakkur! Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

  13. Farzona:

    Menga juda-juda yoqdi g’azallarni juda yoqtiramanda.

  14. Dilshoda:

    Zo’r gap yo’q. Eng sara g’azallar to’plami ekan.

  15. Gulsanam:

    Juda ham ajoyib g’azallar bor ekan menga juda ham yoqdi 👍

    • Madina:

      Muhammad Bobur g’azallari judayam ajoyib ta’rifga so’zlarim kam.

    • Nafisa:

      Bobur juda buyuk shaxs, man Boburni qattiq hurmat qilama, gʻazallariga esa gap yoʻq.

  16. Azamat:

    Juda bahra oldim, silarga kottakon rahmat, shu saytda ish olib borayotgan insonlarga!

    • Moldir:

      Bu g’azallar to’plami aynan men izlaganlarim, sizlarga katta raxmat.

  17. Sumayya:

    Judayam ajoyib menga yoqdi. Sizlarga sog’lik, ishlaringizga omad tilayman.

  18. Dilsora:

    Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari to‘plami uchun rahmat kotakon.

  19. Bakir:

    Bobur g’azallari to’plami uchun kattakon raxmat.

  20. Xonzoda:

    Muhammad Boburning bu g’azallari to’plami menga foydali bo’ldi, barcha g’azallarni yod olishga vada berolmimanko’ya lekin o’zimga yoqqan bazilarini albatta yod olaman.

  21. Firdavs:

    Barchaga salom do’stlarim, bu g’azallar to’plami aynan men izlagan to’plam bo’lib chiqdi, foydasi tegdi, sizlarga raxmat.

    • Farangiz:

      Menga Boburning gʻazallari juda yoqdi. Sizga ham yod olishni taklif beraman.

  22. Sirojiddin:

    Katta rahmat. Maʼrifatimiz durdonalarini hech narsa bilan tenglashtirib boʻlmaydi.

  23. Mohigul:

    Haqiqatan ta‘rifga so‘z ojiz. O‘sha zamonda ijod qilgan Boburga tashakkur!

  24. Foydalanuvchi:

    Hammasi uchun kotta raxmat, Bobur bobomizga ham raxmat aytib qolaman.

  25. Baxtli qizaloq:

    Zo’r hamma o’qiydingalarga kerakli g’azalari bor ekan.

  26. Zilli:

    Chiqargan insonga katta rahmat, kerakli malumotlar bor ekan, o‘qiydigon g‘azal ruboyilar ekan.

    • Munisa:

      Malumotlar yaxshi to’plangan ekan, foydalanish uchun malumotlar yetarli ekan raxmat.

  27. Zarina:

    Bu gʻazallar menga juda katta foydasi tegdi. Sizlarga kattakon raxmat.

    • Durdona:

      Menga zahiriddin Muhammad boburni g’azallari juda ham yoqdi. Men g’azallarni hammasini yod olganman. Boshqalarga ham yod olishini maslahat beraman.

  28. P.M:

    Boburning g’azallari oddiy biroq ma’nolari juda chuqur, odamni o’ylantirib qo’yadi. Sara g’azallar to’plami ekan raxmat!

  29. Soliha:

    Assalomu aleyko’m barchaga. Men Bobur g’azallarini o’qiganimda juda ham mazza qilaman. Uning barcha g’azllarini yod olganman. Yaqinda Odil Yoqubovning «Avlodlar dovoni» kitobini o’qidim. Unda Boburning avlodlari xaqida yozilgan. Sizlarga ham o’qishni maslaxat beraman. Allox sizlardan rozi bo’lsin.

  30. Gulasal:

    Juda ham zo’r G’azallar ekan. Menga juda yoqdi 👍

  31. Zebo:

    Men Muhammad Boburni g’azallarini va ruboiylarini mazza qilib o’qiyman. Sizlarga ham tavsiya qilaman
    o’qishni va yod olishni. UZBAZA.UZ’ga rahmat, omadilarni bersin, ishilarga rivoj tilab qolaman.

  32. Alone girl:

    Assalomu aleykum Buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Boburning g’azallarini Juda sevib o’qiyman UzBaza.uz ga rahmat omad tilayman.

  33. Guli:

    Judayam chiroyli gʻazallar ekan, sizlargayam oʻqib yodlashni tafsiya beraman.

  34. Sabina:

    Har doimgidek o’sha mungli oshiq g’azallari. Bobur bizning faxrimiz. U bo’lmasa adabiyotni tasavvur qila olmaymiz.

  35. Durdona:

    Menga bu g’azallar juda yoqdi, men ham boshqalarga yod olishini tafsiya etaman.

  36. Dilfuza:

    Assalomu alayko’m hammaga, menga Zahiriddin Muhammad Boburni g’azallari juda yoqdi, ular juda ma’noli jozibali va soddagina.

  37. Dilfuza:

    Assalomu alayko’m. Zahiriddin Muhammad Boburning g’azallari juda sermazmun jozibali ekan menga juda yoqdi.

  38. Foydalanuvchi:

    Zahiriddin Muhammad Boburning gʻazallari toʻplami juda ajoyib. Ijodizga kattadan katta zafarlar tilayman.

  39. Sumayya:

    Assalomu alaykum hammaga, menimcha bu g’azallar hammaga yoqdi shu bilan bir qatorda men ham o’qib chiqdim, siz ham o’qing mazza qilasiz.

  40. Norguloy:

    Men berilgan g’azallarni o’qib chiqdim. Bag’oyat ma’noli, mazmunli. O’quvchilarimga ham chiqarib berdim. Bobur bobomiz tavallud kuniga mushoira yoki g’azalxonlik o’tkazamiz. O’quvchilarim g’azallar yodlashni juda yaxshi ko’rishadi.

  41. Elvira:

    Assalomu alayko’m. Bo’lar ekan shunday ma’nili, saviyali sahifa yuritish.

  42. Gulsevar:

    Zahiriddin Muhammad Boburning gʻazallari menga juda yoqadi.

  43. Dilnoza:

    Barcha salom, bu gʻazallar toʻplami aynan men izlagan toʻplam boʻlib chiqdi, menga juda foydasi tegdi, rahmat barchalarizga.

  44. Asal:

    Mening fikrim bu g’azallar juda chiroyli ekan. Qoyil zo’r chiqibdi 😀❤️

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *