Alisher Navoiy g‘azallari to‘plami
Alisher Navoiy g‘azallari to‘plami — O’zbek xalqining buyuk shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy o’lmas «Xamsa» asari tarkibidagi dostonlari, beqiyos «Xazoyin ul-maoniy»ni tashkil etgan she’riyati, o’n to’rt nomdagi nasriy asarlari bilan adabiyotimizni boyitgan, uni jahon adabiyoti darajasiga ko’targan, bashariyatning madaniyat xazinasiga ulkan hissa qo’shgan ijodkordir.
Gulruxi ra’noqadim
Gulruxi ra’noqadim chun bog‘ tavf aylar borib,
Infiolidan guli ra’no qizarib, sarg‘ayib.
Yuz shikof etting tanim, yo‘q edi ko‘nglimdan nishon,
O‘ylakim o‘t topmag‘aylar kulni har yon axtarib.
Sovug‘ ohimdin yorug‘liq oz, vale ko‘p tiyralik,
Qishda ul yanglig‘ki, tun bo‘lg‘ay uzun, kun qisqorib.
Zaf’ vaqti ko‘yidin chiqmoq taxayyul aylasam,
Ikki qatla har qadamda tinmoq istarmen horib.
Tutmadim bo‘g‘zim sabudek boda tarki aylabon,
May tilarmen piri dayr ollida balkim yolborib.
Soqiyo, lab tashnamen, andoqki, ko‘k jomi to‘la,
Boda tutsang, sarnigun aylarmen ani sipqorib.
Ey ajal, hijron aro olding Navoiy jonini,
Lutf qilding, jonni andan, ani jondin qutqorib.
Kecha kelgumdur debon
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.
Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
Ko‘zlaringdin necha su(v) kelgay, deb o‘lturmang meni –
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam,
Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o‘tru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
Tifllar toshiki
Tifllar toshiki, jismim qildi sartosar qora,
Bo‘ldi savdog‘a savodi a’zam andin har qora.
Yoshdin angla yuzum, gar siymgundur, gar qizil,
Toshdin angla tanimni gar ko‘k o‘lmish, gar qora.
Dema ko‘nglung lavhig‘a yozg‘il xirad oyinini,
Baski qo‘yding dog‘i ishq ul safhadir askar qora.
Panjayi hurshidni go‘yo qora etmish kusuf,
To qiliptur ilgin ul huri paripaykar qora.
Dudi ohimdin, demaykim, zor jismim so‘zidin,
Kulki bo‘lmish o‘t tushib kuygan kabi bistar qora.
Umr yo‘q juz tiyralik, isyondakim, hayvon suyi,
Istamakdan ro‘zg‘orin topti Iskandar qora.
Chun Navoiy ishq aro komillig‘in sabt ettilar,
Bo‘ldi baskim, ahli ishq ot yozdilar mahzar qora.
Ko‘rganimdur subhning
Ko‘rganimdur subhning pirohanidin chokrok,
Kirpikim shabnam to‘kulgan sabzadin namnokrok.
Bu ko‘ngul g‘amnokidin to shodmon ko‘rdum seni,
Istaram har damki, bo‘lg‘ay xotirim g‘amnoknok.
Layli andin qo‘ydi Majnun ko‘nglida raxti g‘anim,
Kim, yo‘q erdi manzil ul vodiyda andin pokrok.
O‘yla mujgon xanjarig‘a yopishibdur durri ashk,
Kim, magar andin yatime yo‘qturur bebokrok.
Lablaringdin jon olurda barcha el quldur sanga,
Jon berurda bir qulung yo‘q bandadin cholokrok.
Odamiyliq tufrog‘in bersa fano yeliga charx,
Ohkim, yo‘qtur kishi ahli vafodin xokrok.
Necha o‘qlasang Navoiy ko‘ngli zaxminroq bo‘lur,
Ko‘rmaduk zaxmeki tikkan soyi bo‘lg‘ay chokrok.
Havo xush erdi-yu
Havo xush erdi-yu ollimda bir qadah mayi nob,
Ichar edim vale g‘amdin qadah-qadah xunob.
Ki, hozir erdi o‘shul sarvi nargisi maxmur,
Valek rag‘mima qilmas edi qadahg‘a shitob.
Manga ne zahrayi ulkim, desamki, bir qadah ich,
Ne onsiz ichkali may, ne qarori toqat-u tob.
Bu g‘ussa birla ichim qon bo‘lub nechukki qadah,
Ko‘zumga har nafas ashk evrulur misoli hubob.
Chu angladiki, bordi ixtiyor ilgimdin,
Kulub qadah kibi lutf ayladi-yu qo‘ydi itob.
Qadahni ichti-yu yuz loba birla tutti manga,
Ki, aning ichkani-o‘q qildi meni masti xarob.
Chu soqiy etti qadah ko‘zgusida jilvayi husn,
Ne ayb oshiqi mayxora ko‘ngli bo‘lsa yabob,
Navoiy, vasl bihishtida shukr qil bu nafas,
Ki, yana chekmagasen hajr do‘zaxida azob.
Ko‘z qonidin dema
Ko‘z qonidin dema, etagim lolavordur,
Kim, ko‘hi darning etagi lolazordir.
Har lola bir axgar erur, lek siynaso‘z,
Qay ko‘hi dard aro bu sifat lola bordur.
Bir gul yuzi firoqida xunobi ashk ila,
Yuz za’faroni ichra ko‘zim lolakordur.
El poymol etarlar uzub dasht-u tog‘ aro,
Baskim, yuzing guli qoshida lola xordur.
Qon ichra g‘arq bag‘rim aro dog‘-u dasht uza,
Bekasligim chog‘ida manga lola yordur.
Soqiy, ketur surohiy ila lolagun qadah,
Xossa bu damki, subh yeli lolabordur.
Tegramda ohdinki erur, ey Navoiy, o‘t,
Ko‘z qonidin dema etagim lolavordur.
Har gadokim
Har gadokim, bo‘ryoyi faqr erur kisvat anga,
Saltanat zarbaftidin hojat emas xil’at anga.
Kim fano tufrog‘ig‘a yotib qo‘yar tosh uzra bosh,
Taxt uza ermas muzahhab muttako hojat anga.
Shah yurib olam ochar, darvesh olamdin qochar,
Ham o‘zing insof bergilkim, bu ne nisbat anga.
Har ne shah maqsudidur, darveshning mardudidur,
Ko‘r ne himmatdur munga, ne nav erur holat anga.
Faqr ko‘yi tufrog‘in shah mulkiga bermas faqir,
Mulk ko‘rkim, teng emas tufrog‘ ila qiymat anga.
Shah sipah cheksa, faqir ahvolig‘a yetmas future,
Bu vale chekkach nafas, barbod o‘lur hashmat anga.
Shah emastur bir nafas osuda do‘zax vahmidin,
Ey xusho darveshkim, mardud erur jannat anga.
Shahg‘a sidq ahli damidin mash’ali davlat yorur,
Mehrdekkim, subh anfosi ochar tal’at anga.
Shahg‘a shahlig‘ musallamdur, agar bo‘lg‘ay mudom.
Shahlig‘ tarkin qilib, darvesh o‘lur niyyat anga.
Mumkin ermas shahlar ichra bo‘yla niyatlig‘, magar,
Shohi G‘oziykim, muyassar bo‘ldi bu davlat anga.
Shahlar darvesh-yu, darveshlar shahiki, bor,
Shahlig‘ suvrat anga, darveshlik siyrat anga.
To shah-u darvesh bo‘lg‘ay aylagul, yo rab, ayon,
Shahdin xidmat munga, darveshdin himmat anga.
Gar Navoiy so‘z uzatti, faqrdin ermas demang,
Bo‘lmag‘uncha hukm shahdin, qayda bu jur’at anga?!
Men jahonidin kechtim-u
Men jahondin kechtim-u kechmas mening jonimdin el,
Men ilig jondin yudum, chekmas ilig qonimdin el.
To‘sh-to‘shimdin baski rasvolig’ o‘ti lov-lov yonar,
Har tarif yo‘ldin chiqarlar o‘lsalar yonimdin el.
Baxtim uyqusig’a go‘yokim surudedur hazing,
Ko‘yida bukim uyumas har tun afg’onimdin el.
Tanimaslar bir-birin yog’qan mazallar gardidin,
So‘rg’ali holim kirib chiqquncha vayronimdin el.
Menda tumori junundek pech, vahkim, bexabar,
Har taraf ko‘nglumda qonlig‘ dog’i pinhonimdin el.
Istaram, ey Xizr, kelgaymen qilib jom birla tavf,
Ka’bayi ko‘yin xabar topquncha borg’onimdin el.
Ey Navoiy, qilmag’aylar ayb agar devonamen,
Ul pari vasfin o‘qug’an soyi devonimdin el.
Har qachonki, kemaga
Har qachonki, kemaga ul oy safar raxtin solur,
Mavjlig‘ daryo kibi oshufta ko‘nglum qo‘zg‘olur.
Yig‘lama ey ko‘z, nedin sohilg‘a chiqmas kema deb,
Kim yoshing daryosidur har soriga el ko‘z solur.
Titrabon simobdek ko‘nglum yetar jon og‘zima,
Tund yel tahrikidin har damki, daryo chayqolur.
Sabr ko‘nglumda, ko‘ngul ul oyda, ul oy kemada,
Vahki, borib termulub ko‘z, mungrayib jonim qolur.
Dam tutulg‘andin o‘lar eldek, yetibmen o‘lgali,
Surmasun deb kemasin baski nafaslar asrolur.
Kirma savdo bahrig‘a olamdin istab sudki,
Siym naqdi tushsa, lekin umr naqdi siyg‘olur.
G‘arq etar bahri fano g‘am zavraqin, ey piri dayr,
Ilgiga chunkim Navoiy boda kishtisin ulur.
Meni ishqdin man etar soda shayx
Meni ishqdin man etar soda shayx,
Dema soda shayx, aytkim loda shayx.
May ustidagi xascha qilma hisob,
Agar su uza solsa sajjoda shayx.
Yorug‘liq emas mumkin andinki, bor,
Zalolat tariqida uftoda shayx.
Riyo bahri ichra ta’ma zavraqin,
Solubdur asodin tutib xoda shayx.
Yoyar domi tazvir el saydig‘a,
Qilib subhadin dona omoda shayx.
G‘azabda sabu, shahvat ichra bahim,
Agarchi erur odamiyzoda shayx.
Kirar odamiy sonig‘a qilsa no‘sh,
Fano dayrida bir qadah boda shayx.
Irodattin o‘lg‘ay edim bandasi,
Agar topsam erdi bir ozoda shayx.
Eranlardin o‘zni tutar, garchi bor,
O‘kush zeb-u ziynat bila moda shayx.
Navoiy tilar soda yuzlug yigit,
Ne g‘am gar aning man etar soda shayx.
Ko‘nglum o‘rtansun agar
Ko‘nglum o‘rtansun agar g‘ayringg‘a parvo aylasa,
Har ko‘ngul hamkim sening vasling tamanno aylasa.
O‘zgalar husnin tamosho aylasam chiqsun ko‘zim,
O‘z bir ko‘z hamki husnungni tamosho aylasa.
G‘ayr zikrin oshkora qilsa lol o‘lsun tilim,
Qaysi bir til hamki zikring oshkoro aylasa.
Rashkdin jonimg‘a har nargis ko‘zi bir shu’ladur,
Bog‘ aro nogah xirom ul sarvi ra’no aylasa.
Yo‘q og‘izdin nukta aytur mahvashimdek bo‘lmag‘ay,
Gar quyosh har zarrasidin bir Masiho aylasa.
Ofiyat jonimg‘a yetti, ey xush, ul mug‘kim, meni,
Bir qadah birla zarobat ichra rasvo aylasa.
Kelturung daf’i jununimg‘a parixon, yo‘q tabib,
Kim ul ansabdur ul pari har kimni shaydo aylasa.
Subhdek bir damda gardun qo‘ymag‘ay osorini,
Nogah ahli sidq ko‘ngli mehrin ifsho aylasa.
Dahr sho‘xig‘a, Navoiy, sayd bo‘lma nechakim,
Kim uzori uzra tun zulfin mutarro aylasa.
Kechti umrum naqdi g‘aflat birla
Kechti umrum naqdi g‘aflat birla nodonlig‘da hayf,
Qolg‘ani sarf o‘ldi anduh-u pushaymonlig‘da hayf.
Jong‘a bir dushvorlig‘ qo‘ymay riyozat ranjidin,
Sarf bo‘ldi naqdi avqotim tan osonlig‘da hayf.
Bog‘ladim paymonadin paymon, fig‘onkim, aql-u din,
Bo‘ldi bu paymona-vu ul sustpaymonlig‘da hayf.
Ey musulmonlar, bilingkim, bo‘ldi umrum hosili,
Nafsi kofir fitnasidin nomusulmonlig‘da hayf.
Hayfkim, naf aylamas har nechakim tortib ilik,
Desam, o‘z ahvolima bu nav hayronlig‘da hayf.
Andoq ishq qilkim, pushaymon bo‘lmag‘aysenkim, emas,
Hech osig‘ chun ish xato bo‘ldi pushaymonlig‘da hayf.
Har ne o‘tkan so‘zlarim chindur desam yolg‘on erur,
Chin budurkim, degaymen umr o‘tdi yolg‘onlig‘da hayf.
Chun yengilrakdur hisob o‘lg‘anda sultondin gado,
Hayfkim, bo‘lg‘ay gado avqoti sultonlig‘da hayf.
Ey Navoiy voqif erman xalqdin, bori mening,
Kechti umrum naqdi g‘alat birla nodonlig‘da hayf.
Yordin hijron chekar
Yordin hijron chekar ushshoqi zor, ey do‘stlar,
Necha tortay hajr, chun yo‘q menda yor, ey do‘stlar.
Yor ishqin asragil pinhon, debon sa’y etmangiz,
Vah, ne nav etgum yo‘q ishni oshkor, ey do‘stlar.
Ishq bila gar birov lofi vafo-yu ahd urar,
Ishvagarlar ahlig‘a yo‘q e’tibor, ey do‘stlar.
Aylamang bekasligimni ta’na, bir kun bor edi,
Menda ham bir nozanin chobuksuvor, ey do‘stlar.
Yorsiz vayronda qon yig’larmen oxir, siz qiling,
Yor birla gashti bog’-u lolazor, ey do‘stlar.
Yorsiz ifrot ila gar yig’lasam, ayb etmangiz,
Kim, erur bu ish manga beixtiyor, ey do‘stlar.
Do‘stluq aylab tutung gah-gah labolab jomkim,
Qasdi jon qilmish manga dardi xumor, ey do‘stlar.
May ichingkim, dahr eli ichra ko‘p istab topmaduq,
Ahd-u paymonida bo‘lg’on ustuvor, ey do‘stlar.
Yoringiz vaslin g’animat anglabon shukr aylangiz,
Kim Navoiy o‘ldi bekaslikda zor, ey do‘stlar.
Ochmag’ay erding jamoli
Ochmag’ay erding jamoli olamoro koshki,
Solmag’ay erding bori olamda g’avg’o koshki.
Chun jamoling jilvasi olamg’a soldi rustaxez,
Qilmag’ay erdi ko‘zum ani tomosho koshki.
Bo‘lmag’ay erdi ko‘zum o‘tlug’ yuzung ko‘rgan zamon,
Ishqing o‘ti shu’lasi ko‘nglimda paydo koshki.
Aylagach ishqing balosi zor ko‘nglimni hazin,
Qilmag’ay erding meni mahzung’a parvo koshki.
Tushmag’ay erdi firibomez lutfung bilmayin,
Notavon ko‘nglumga vaslingdin tamanno koshki.
Lutf ila ko‘nglumni vaslingdin talabgor aylabon,
Qilmag’ay erding yana zulm oshkoro koshki.
Bevafolig’ aylag’ach ishqingni ko‘nglum tark etib,
Qilmag’ay erdi o‘zin olamda rasvo koshki.
Emdikim devona-yu rasvoyi olam bo‘lmisham,
Vasl chun mumkin yo‘q o‘lturgay bu savdo koshki.
Ey Navoiy, bevafodur yor, bas, ne foyda,
Nechakim desang agar yoxud magar yo koshki.
Do‘stlar, ahli zamondin
Do‘stlar, ahli zamondin mehr umidi tutmangiz,
Mehri gardun bo‘lsalar ko‘z nuridin yoritmangiz.
Gar shah o‘lsin, gar gadokim, solmangiz yuziga ko‘z,
Yodini balkim ko‘ngulga har taraf yovutmangiz.
Zulm ila yuz chok qilg‘an tang‘a gar malham yoqib,
Butkarurbiz, desalar, ul zaxmlarni butmangiz.
El jafosining maloli qilsa har dam qilsa qasdi jon,
Ko‘nglingizni g‘ayri bekaslik bila ovutmangiz.
O‘ksudi el mayli mendin, bir yo‘li, ey dard-u g‘am,
Gah-gahe siz bore boshimdin qadam o‘ksutmangiz.
Hajr o‘tin jonimg‘a yoqtim ko‘rsangiz usruk meni,
Endi, ey pand ahli, do‘zax o‘tidin qo‘rqutmangiz.
Chun Navoiy dasht tutti emdi zinhor, ey vuhush,
Kim, bashar jinsini ul majnun sari yovutmangiz.
Alisher Navoiy haqida sherlar to‘plami
Xil’atin to aylamish jonon qizil, sorig’, yashil
Xil’atin to aylamish jonon qizil, sorig’, yashil,
Shu’layi ohim chiqar har yon qizil, sorig, yashil.
Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin,
Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sorig’, yashil.
Shishadek ko‘nglumdadur gulzori husnung yodidin,
Tobdonning aksidek alvon qizil, sorig’, yashil.
Oraz-u xoling bila xatting xayolidin erur,
Ko‘zlarimning ollida davron qizil, sorig’, yashil.
La’lgun may tutqil oltun jom birla sabzada,
Kim, bulardin yaxshi yo‘q imkon qizil, sorig’. yashil.
Faqr aro birranglik dushvor erur behad valek,
Xirqada tikmak erur oson qizil, sorig‘, yashil.
Ey Navoiy, oltun-u shingarf-u zangor istama,
Bo‘ldi nazming rangidin devon qizil, sorig’, yashil.
Navbahor ayyomi bo‘lmish
Navbahor ayyomi bo‘lmish, men diyor-u yorsiz,
Bulbul o‘lg‘andek xazon fasli gul-u gulzorsiz.
Goh sarv uzra, gahe gul uzra bulbul nag‘masoz,
Vahki, menmen gung-u lol, ul sarvi gulruxsorsiz.
Tong emastur gar diyor-u yorsiz ozurdamen,
Kim, emas bulbul gul-u gulzorsiz ozorsiz.
Ravza ashjori o‘tundir, gullari jonig‘a o‘t,
Mumkin o‘lsa anda bo‘lmog‘liq dame dildorsiz.
May chu berding, zulf ila band et meni, ey mug‘bacha,
Kim, xush emas mug‘ bila ichmak qadah zunnorsiz.
Topmaduq gulrang jomi bexumor, ey bog‘bon,
Vahki, bu gulshan aro gul butmas ermish xorsiz.
Ahli zuhd ichra Navoiy topmadi maqsadqa yo‘l,
Vaqtingizni xush tutung, ey jamkim, xummorsiz.
Ko‘nglung istar yorlar
Ko‘nglung istar yorlar birla hamisha shod bo‘l,
Mendin-u kimdinki, ko‘ngling istamas, ozod bo‘l.
Garchi sabrim uyi yanglig‘, aylading vayron meni,
Doimo, yo Rabki, husning mulkidek obod bo‘l.
Men chekib anduh o‘lay, el joni bo‘lsun ul Masih,
Sovrul, ey charxi nigun, vey dahri dun barbod bo‘l.
Bevafolar zulm-u bedodig‘a ermassin harif,
Ey sinuq ko‘nglum, agar xud shisha, gar po‘lod bo‘l.
Tuttum o‘lmakdin tirilmak hajrida tengdur manga,
Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo‘l.
Chekma boshkim, emin ermassen xazon yag‘mosidin,
Bu chaman ichra agar savsan, agar shamshod bo‘l.
Ey Navoiy, olam ahlig‘a chu yo‘q ermish vafo,
Kel-u mundin nari bekaslik bila mo‘tod bo‘l.
Lolagun to‘n ichra
Lolagun to‘n ichra, yo Rab, ul g’azoli Chin erur,
Yo ko‘zumning mardumi, qon yosh ila rangin erur.
Bilmon oyokim shafaq ichra erur zarrin g’azol,
Lolagun to‘n ichra yoxud ul g’azoli Chin erur.
Aylamish guldasta bandi sun to‘n-u jismidin,
San’atekim arg’uvon bargi aro nasrin erur.
Qadmudur bu yo erur shingarf ila yozg’in alif,
Belmu yo toreki, la’l ichra anga taskin erur.
Ko‘nglum ichra soldi ul to‘n aks yoxud bo‘ldi qon,
Xalq ko‘nglin qon etarga, vah, bu ne oyin erur.
Bir qadah gulgun may, ey soqiy, to‘la tutkim, ko‘ngul,
Ul buti gulgunqabo bedodidin g‘amgin erur.
Ey Navoiy, qatl uchun gar xud qizil to‘n kiydi yor,
Basdur ul to‘n rangi ne muhtoji qatl-u kun erur.
Dema tog’-u lola dahr ichra — ajal qaploni bil,
Kim, kiyiklar qonidin boshtin ayog’ rangin erur.
Sho‘x ikki g‘izolingni
Sho‘x ikki g‘izolingni noz uyqusidin uyg‘at,
To uyqulari ketsun, gulzor ichida o‘ynar.
Tishlabki, soching o‘rdung, ochkanda parishon qil,
Ofoq savodinda jon royihasin butrat.
Kulbamga xayafshon kel zulfung qilib oshufta,
Anjum sipahin sindur, ofoq ulusin qo‘zg‘at.
Oraz quyoshin ochib, ashki qurug‘an ko‘zni,
Ko‘p hajrda yig‘latding, bir vaslda ham yig‘lat.
Bir oh ila kul bo‘ldum, ey charx, tilab topib,
Farhod ila Majnung‘a oshiqlik ishin o‘rgat.
Xoro tubig‘a yotkung, yo‘q sud agar yuz yil,
Ko‘k atlasi ustida jismingni yotib ag‘nat.
Bazm ichra Navoiy ko‘p yig‘lar esa, ey soqiy,
Hush eltkuvchi doru jomig‘a aning chayqat.
Sarig‘ og’rig’ bo‘ldum
Sarig’ og’rig’ bo‘ldum, ey soqiy, xazoni hajr aro,
Qoni asfar mayki, bor har qatrasi bir qahrabo.
Yuz-u jismimdur sarig’ barge qurug’an shox uza,
Shox-u bargekim, qurub sarg’arsa, kim ko‘rmish davo.
Ne marazdur buki, bir gulrux sharori ishqidin,
Bo‘ldi sarig’ lola ko‘zum oqi-yu dog’i qaro.
Sud emish ko‘z tushsa asfar jinsi sari, vah, qani,
Sarvinozimkim, sarig gul bargidin kiymish qabo.
Sarg’arib qolmish havodis kojig’a hijron kuni,
Sir-sarig’ qushdekki, kunduz qolg’ay ol qushlar aro.
Shom ila subh ar sarig’ og’rig’ emaslar, bas nedur,
Tun sochin yoyib, quyosh yirtib yuzin, tutmoq azo.
Dardi tufroqqa nihon etti Navoiy jismini,
Topibon bir shusha oltun, dafn qilg’andek gado.
Menga nomehribon yor
Menga nomehribon yor o‘zgalarga mehribon ermish,
Mening jonim olib, ag’yorga oromijon ermish.
Tan uzra emdi fahm ettim adadsiz toza dog’imni,
Ki, har bir-bir qorarg’an shomi hajrimdin nishon ermish.
Buzulg’an ko‘nglum atrofindag’i zaxm ichra novaklar,
Baliyat qushlari-yu zaxm alarg’a oshyon ermish.
Raqibi sindurib ko‘nglin-u men yig’lab anga, lekin,
Su keltirmak hamon-u ko‘za sindurmoq hamon ermish.
Baliyat dashtida zore ko‘rub Majnun sog’ing’aylar,
Ko‘ngul otlig’ bizing ovorayi bexonumon ermish.
Xayoling xayli ko‘nglum dashtida chun qildilar manzil,
Har o‘t yoqqan yer ul manzilda bir dog’i nihon ermish.
Zamon oshubidin ko‘nglumga yuz shiddat yetar erdi,
Chu fahm ettim — munga bois ul oshubi zamon ermish.
Agarchi men yomonmen, yaxshidurkira mu’tarifdurmen,
O‘zin yaxshi tasavvur aylagan men din yomon ermish.
Navoiy nazmini ko‘rdum quyosh lavhig’a sabr etkan,
Buyurgan ani oliy qadr shohi xurdadon ermish.
Do‘stlar, mahram deb elga
Do‘stlar, mahram deb elga roz ifsho qilmangiz,
Boshingizg’a yuz balo kuch birla paydo qilmangiz.
Fosh qilmang roz, chunkim asray olmay qildingiz,
O‘zgalardin asramoq bore tamanno qilmangiz.
Ishq asrorig’a til mahram emastur zinhor,
Kim, ko‘nguldin tilga ani oshkoro qilmangiz.
Chun ko‘nguldir qalb-u til g’ammoz, maxfiy rozni,
Jon haramidin bu ikkiga huvaydo qilmangiz.
Chun ko‘ngul til birla mahram bo‘lmadi, hojat emas,
Aytmoqkim, elga andin nukta imlo qilmangiz.
Sahv etib, chun roz durrin sochtingiz, nodim bo‘lub,
Ohning dudin sahob-u ko‘zni daryo qilmangiz.
Chok-chok aylab ko‘ngulni, tilni aylab yuz tilim,
Tashlab itlarga alarning yodi qat’o qilmangiz.
Menda hijron dardi-yu yo‘q sabr, bori do‘stlar,
Choraye gar qilsangiz, juz jomi sahbo qilmangiz.
Chun Navoiy ishq rozin asray olmay qildi fosh,
Otini roz ahli tumorinda insho qilmangiz.
Mening firoqim-u
Mening firoqim-u aning visoli tun bila tong,
Bu nav dahrda yo‘q ehtimoli tun bila tong.
G’arib zulf-u yuz ermasmukim, jahon eliga,
Ko‘runmamish bu ikining misoli tun bila tong.
Tongim yorug’-u tunum tiyradurki, chirmashdur,
Ko‘ngul aro zulfing xayoli tun bila tong.
Ne tunda aysh nasimi, ne tongda mehr, magar,
Ki, bo‘ldi zulf-u yuzung poymoli tun bila tong.
Tunning xujasta, tonging qultug’ o‘lsun, ey mahvash,
Ki, ikki banda sanga bo‘ldi holi tun bila tong.
Biravki, tong-u tunin boda birla o‘tkargay,
Yaqinki, bo‘lmag’ay aning mololi tun bila tong.
Navoiy etmadi zulf-u yuzung visolin kashf,
Valek erur g’amining ittisoli tun bilan tong.
Ashraqat min
Ashraqat min aksi shamsil-ka’si anvorul-hudo,
Yor aksin mayda ko‘r deb, jomdin chiqdi sado.
G‘ayr naqshidin ko‘ngil jomida bo‘lsa zangi g‘am,
Yo‘qtur, ey soqiy, mayi vahdat masallik g‘amzudo.
Ey, xush ul maykim, anga zarf o‘lsa bir sing‘an safol,
Jom o‘lur getinamo, Jamshid, ani ichkan gado.
Jom-u may gar bo‘yladur, ul jom uchun qilmoq bo‘lur,
Yuz jahon har dam nisor, ul may uchun ming jon fido.
Dayr aro hush ahli rasvo bo‘lg‘ali, ey mug‘bacha,
Jomi may tutsang meni devonadin qil ibtido.
Toki ul maydin ko‘ngil jomida bo‘lg‘ach jilvagar,
Chehrayi maqsudi mahv o‘lg‘ay hamul dam moado.
Vahdate bo‘lg‘ay muyassar may bila jom ichkarim,
Jom-u may lafzin degan bir ism ila qilg‘ay ado.
Sen gumon qilg‘andin o‘zga jom-u may mavjud erur,
Bilmayin naf etma bu mayxona ahlin, zohido.
Tashnalab o‘lma Navoiy, chun azal soqiysidur,
«Ishrabu, yo ayyuhal-atshon» kelur har dam nido.
Yordin ayru ko‘ngul
Yordin ayru ko‘ngul mulkedurur sultoni yo‘q,
Mulkkim sultoni yo‘q, jismedururkim, joni yo‘q.
Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul,
Bir qaro tufroqdekdurkim, gul-u rayhoni yo‘q.
Bir qaro tufroqkim, yo‘qtur gul-u rayhoni anga,
Ul qarong‘u kechadekdurkim mohi toboni yo‘q.
Ul qarong‘u kechakim, yo‘qtur mohi toboni anga,
Zulmatedurkim, aning sarchashmayi hayvoni yo‘q.
Zulmatekim, chashmayi hayvoni oning bo‘lmag‘ay,
Do‘zaxedurkim, yonida ravzayi rizvoni yo‘q.
Do‘zaxekim, ravzayi rizvondin o‘lg‘ay noumid,
Bir xumoredurki, anda mastliq imkoni yo‘q.
Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor,
Hajrdin dardi va lekin vasldin darmon yo‘q.
Ne navo soz aylagay
Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo,
Aylamas to‘ti takallum shakkaristondin judo.
Ul quyosh hajrinda qo‘rqarmen falakni o‘rtagay,
Har sharorekim, bo‘lur bu o‘tlug‘ afg‘ondin judo.
Dema, hijronimda chekmaysen fig‘on-u nola ko‘p,
Jism aylarmu fig‘on bo‘lg‘an nafas jondin judo?
Hajr o‘lumdin talx emish, mundin so‘ng, ey gardun, meni,
Aylagil jondin judo, qilg‘uncha jonondin judo.
Bo‘lsa yuz ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmag‘il,
Yorni mendin judo yoxud meni ondin judo.
Vasl aro parvona o‘rtandi hamono bildikim,
Qilg‘udekdur subh ani shami shabistondin judo.
Bu egasiz it bo‘lub erdi Navoiy yorsiz,
Bo‘lmasun, yo rabki, hargiz banda sultondin judo.
Kimga qildim bir vafokim
Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin ko‘rmadim?!
Ko‘rguzib yuz mehr, ming dard-u balosin ko‘rmadim?!
Kimga boshimni fido qildimki, boshim qasdig’a,
Har tarafdin yuz tuman tig’i jafosin ko‘rmadim?!
Kimga ko‘nglum ayladi mehr-u muhabbat foshkim,
Har vafoga yuz jafo, aning jafosin ko‘rmadim?!
Kimga jonimni asir ettimki, jonim qatlig’a,
G’ayri sari xulq-u lutfi jonfizosin ko‘rmadim.
Kimga soldim ko‘z qaro-yu oqini ishq ichrakim,
Qon aro pinhon ko‘zum oq-u qarosin ko‘rmadim?!
Sen vafo husn ahlidin qilma tavaqqu, ey rafiq,
Kim, men ushbu xaylning husni vafosin ko‘rmadim.
Ey Navoiy, tavba andin qilmadim shayx ollida,
Kim, bu ishda dayr pirining rizosin ko‘rmadim.
Oshiq o‘ldum
Oshiq o‘ldum, bilmadim, yor o‘zgalarga yor emish,
Olloh-Olloh, ishq aro bundoq balolar bor emish.
Qaddig‘a el mayli bo‘lg‘ondin ko‘ngul ozurdadur,
Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.
Elga novak urdi, men o‘ldum, erur bu turfakim,
Jonim etkan resh el bag‘rig‘a kirgan xor emish.
Rishtakim muhlik yaram og‘zig‘a tiktim, angladim,
Kim, kafan jinsi quro‘gidin sovurg‘on tor emish.
Ko‘yi devoridin og‘riq tang‘a tushkon soyadek,
Seli g‘amdin emdi soya o‘rnig‘a devor emish.
Jong‘a taxvif ayladim tig‘i halokidin aning,
Bilmadim, bu ishdin ul o‘lguncha minnatdor emish,
Ey Navoiy, xo‘blarni ko‘rma osonlig‘ bila,
Kim, birovkim soldi ko‘z, uzmak ko‘ngil dushvor emish.
Rahm etib, ey do‘stlar
Rahm etib, ey do‘stlar, majruh ko‘ksumni yoring,
Qo‘l yolang aylab solib, har yon ichimni axtoring.
Uchrasa yuzi qora ko‘nglum tutub, tortub, uzub,
O‘tqa solib o‘rtabon, jonimni andin qutqoring.
Kelgan ersa choklik ko‘ksum tikib, voqif bo‘lub,
Kelsa bu jonib, sinonlar birla sanchib qaytoring.
Chun o‘larmen – yorni istang, boshimg’a kelmasa,
Bosh yolang aylab, qo‘yub tufrog‘ uza yuz, yolboring.
Kelsa ayturda oshuqmangkim, farahdin o‘lmayin,
Nuktadonlig’ birla ul so‘zni qoshimda o‘tkoring.
Boshima yetsa, chu o‘lgumdir necha faryod etib,
Bir nafas tengri uchun har qaysingiz bir yon boring.
Gar muyassar bo‘lmasa bu ish, Navoiy xastani,
Qo‘ldabon yo sudrabon mayxona sari boshqoring.
Kimki bir ko‘ngli buzug’ning
Harflar haqida sherlar to‘plami
Kimki bir ko‘ngli buzug’ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay.
Garchi xalq ozodasimen, yor agar bandarn desa,
Andin ortuq anglakim, bir banda ozod aylagay.
Yordin har kimki bir so‘z der, tuganmasdin burun,
Istaramkim, avvalidin yona bunyod aylagay.
Yor hijronidin o‘lgumdur, bu nav ermish sazo,
Ul kishigakim, biravga o‘zni mu’tod aylagay.
Necha sabr avroqi yozg’ay ko‘nglum-u bir oh ila,
Sarsari ishqing yetib, borini barbod aylagay.
Shayxdin zuhdi riyoyi kasb o‘lur, yo Rab, qani,
Dayr pirikim, fano rasmini irshod aylagay.
Odam avlodida kamdur odamiyliq shevasi,
Odam ermas, ulki mayli odamizod aylagay.
Ne balodurkim, falak har kimga cheksa tig’i kin,
Yongilib avval mening jonimg’a bedod aylagay.
Besha ichra devlar maqtuli o‘lsun, ey pari,
Gar Navoiy yona azmi Astrobod aylagay.
Ko‘nglum ichra dard-u g‘am
Ko‘nglum ichra dard-u g‘am avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas,
Kim, ul oyning hajri ham avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas.
Ne sitamkim, rahmi maxfi erdi zimnida,
Emdi qilsa har sitam, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas.
Demangiz Shirin-u Layli oncha bor husn ichrakim,
Xo‘blikda ul sanam, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas.
Javridin erdi alamlar, emdi tutmish o‘zga yor,
O‘lmishamkim, bu alam, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas.
Ishq aro Farhod ila Majnung‘a o‘xshatmang meni,
Kim, rasvoyi dijam, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas.
Ko‘yining ehromidin ko‘nglumni man etmang yana,
Kim, anga azmu haram, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas.
Ey Navoiy, qilmi Jamshid-u Faridun vasfikim,
Shoh G‘oziyg‘a karam, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas.
Qaro ko‘zum
Qaro ko‘zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.
Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.
Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hino bog‘la,
Itingg‘a g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il.
Firoq tog‘ida topilsa, tufroqim, ey charx,
Xamir etib yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il.
Yuzung visolig‘a yetsun desang ko‘ngullarni,
Sochingni boshtin-ayoq chin ila shikan qilg‘il.
Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas mone’,
Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il.
Yuzida terni ko‘rub, o‘lsam, ey rafiq, meni,
Gulob ila yuv-u, gul bargidin kafan qilg‘il.
Navoiy, anjumane shavqi jon aro tuzsang,
Aning boshoqliq o‘qin sham’i anjuman qilg‘il.
Oqara boshladi bosh-u
Oqara boshladi bosh-u to‘kula boshladi tish,
Safar yarog’ini qilg’ilki, tushti boshinga ish.
Yigitligim boribon, keldi boshima qarilig’,
Fano yo‘lida bu yanglig’ emish borish-u kelish.
Yuz ulki, qirqdin ellikka qo‘ydi yuz, qilsa,
Ming ishidin biriga yaxshiliq mahol ermish.
Erur hayotning o‘q yanglig’ o‘lmakiga dalil,
Kishiki, yo kibi qadg’a asodin yetti kerish.
Adudur olti jihatdin manga chu yetti falak,
Ne sud yoshim agar oltmish va gar yetmish.
Yigitlik o‘ldi bahor-u kuhulat o‘ldi xazon,
Degan bu so‘zni — qarilig’ni qishqa o‘xshatmish.
Ne qish nishoti manga qoldi, ne xazon, ne bahor,
Bahorima chu xazon qo‘ydi yuz, xazonima — qish.
Ne turfa ishki, birav chun toriqti umridin,
Desa uzun yasha, qarg’ishdur anga bu alqish.
Navoiyo, tutar ahli fano najot yo‘lin,
Erishmak istar esang ishda ham alarni erish.
Ey sabo, holim borib
Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg‘a ayt,
Yig‘larimning shiddatin gulbargi xandonimg‘a ayt.
Buki aning ahd-u paymonig‘a men o‘lsam dag‘i,
Yaxshi fursat topsang, ul bad ahd-u paymonimg‘a ayt.
Buki aning zulfi zunnorida dinim hosili,
Kufr ila bo‘lmish mubaddal, nomusulmonimg‘a ayt.
Buki qilmisham jahon-u jonni aning sadqasi,
Yuz tuman jon-u jahondan yaxshi janonimg‘a ayt.
Buki yuz jon sadqasi qilsam pushaymon bo‘lmag‘um,
Vaslig‘a bir va’da qilg‘andin pushaymonimg‘a ayt.
Buki yuz ming fitnako‘zlig‘ bo‘lsa paydo onsizim,
Qilmag‘um nazzora hargiz, ko‘zi fattonimg‘a ayt.
Buki chok aylab yoqa, usruk chiqar el qasdig‘a,
Men o‘lib el jon topar, beboki nodonimg‘a ayt.
Dahr bog‘i gullari husnin vafosiz erkanin,
Yuzi gul, jismi suman, ko‘yi gulistonimg‘a ayt.
Ey Navoiy, hech gulshanning seningdek xushnavo,
Bulbuli yo‘q erkanin shohi suxandonimg‘a ayt.
Jong‘a chun dermen
Jong‘a chun dermen: «Ne erdi o‘lmakim kayfiyati?»
Derki: «Bois bo‘ldi jism ichra marazning shiddati.
Jismdin so‘rsamki: «Bu vaz’ingg‘a ne erdi sabab?»
Der: «Anga bo‘ldi sabab o‘tluq bag‘irning hirqati”.
Chun bag‘irdin so‘rdum, aytur: «Andin o‘t tushti manga,–
Kim ko‘ngulga shu’la soldi ishq barqi ofati».
Ko‘nglima qilsam g‘azab, ayturki: «Ko‘zdindur gunoh,
Ko‘rmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati».
Ko‘zga chun dermenki: «Ey tardomani yuzi qaro,
Sendin o‘lmish telba ko‘nglumning balo-yu vahshati».
Yig‘lab aytur ko‘zki: «Yo‘q erdi manga ham ixtiyor, —
Ki ko‘rundi nogahon ul sho‘xi mahvash tal’ati».
Ey Navoiy, barcha o‘z uzrin dedi, o‘lguncha kuy, —
Kim sanga ishq o‘ti-o‘q ermish azalning qismati.
Meni men istagan
Meni men istagan o‘z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko‘nglum pisand etmas.
Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim, bahrayi andin tilarmen, bahramand etmas.
Netay hur-u pari bazminki, qatlim yo hayotimg’a,
Ayon ul zahrchashm aylab, nihon bu no‘shxand etmas.
Kerakmas oy ila kun shaklikim, husn-u malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim bu band-band etmas.
Kerak o‘z chobuki qotilvashi majnun shiorimkim,
Buzug‘ ko‘nglumdin o‘zga yerda javloni samand etmas.
Ko‘ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir,
Ajal sarrishtasidin o‘zga bo‘ynungg’a kamand etmas.
Ul oy o‘tlug’ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin deb ko‘z,
Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas.
Orazin yopqoch ko‘zumdin
Orazin yopqoch ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
O‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh.
Qut bir bodom-u yerim go‘shayi mehrob edi,
G‘orati din etti nogah bir balolig‘ ko‘z-u qosh.
Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhning bot-bot dami andoqki aylar mehr fosh.
Bo‘saye qilmas muruvvat, asr-u qattiqdur labing,
Desam, og‘zi ichra aytur, la’l ham bor navi tosh.
Novaking ko‘nglumga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko‘nglum bila jonim talosh.
Umri jovid istasang fard o‘lki, bo‘ston xizridur—
Sarvkim, da’b ayladi ozadalig‘ birla maosh.
Qoshi ollinda Navoiy bersa jon ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qo‘yg‘usidur barcha bosh.
Ko‘rgali husnungni
Ko‘rgali husnungni zor-u mubtalo bo‘ldum sanga,
Ne baloliq kun edikim, oshno bo‘ldum sanga:
Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko‘ngul,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo‘ldum sanga.
Men qachon dedim, vafo qilg‘il manga — zulm aylading,
Sen qachon deding, fido bo‘lg‘il manga — bo‘ldum sanga.
Qay pari paykarg‘a dersen, telba bo‘lding bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang, qil manga, bo‘ldum sanga.
Ey ko‘ngul, tarki nasihat ayladim, ovora bo‘l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo‘ldum sanga.
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga.
G‘ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asir-u benavo bo‘ldum sanga.
Qoshi yosinmu deyin
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin,
Ko‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?
Ko‘zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin,
Bu kudurat aro ruxsori safosinmir deyin?
Ishq dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?
Zulfi dominmu deyin, la’li kalominmu deyin,
Birining qaydi, yana biring adosinmu deyin?
Turfa holinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy ko‘nglak uza gulrang qabosinmu deyin.
Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?
Ey Navoiy, dema qosh-u ko‘zining vasfini et,
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin?
O‘n sakiz ming olam oshubi
O‘n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab chun sarvinozim o‘n sakiz yoshindadur.
Desa bo‘lg‘aykim, yana ham o‘n sakiz yil husni bor,
O‘n sakiz yoshinda buncha fitnakim boshindadur.
O‘n sakiz yil dema, yuz sakson yil o‘lsa uldurur –
Husn shohi, ul balolarkim ko‘z-u qoshindadur.
Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki bor,
Barchasi ezid taolo sun naqqoshindadur.
Tan anga siym-u, ichinda tosh muzmar ko‘nglidin,
Aqlg‘a yuz hayrat, ul oyning ich-u toshindadur.
May ketur, ey mug‘ki yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.
To Navoiy to‘kti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.
Mehr ko‘p ko‘rguzdum
Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.
G‘am bila jonimg’a yettim, g’amgusore ko‘rmadim,
Hajr ila dilxasta bo‘ldum, dilsitone topmadim.
Ishq aro yuz ming mahmal o‘qiga bo‘ldim nishon,
Bir kamon abro‘da tuzlukdin nishona topmadim.
Ko‘nglum ichra sarv o‘qdur, g’uncha paykon, gul tikon,
Dahr bog’i ichra mundog’ gulsitone topmadim.
Husn mulki ichra sendek shohi zolim ko‘rmadim,
Ishq ko‘yida o‘zumdek notavone topmadim.
Ko‘p o‘qudum Vomiq-u Farhod-u Majnun qissasin,
O‘z ishimdin bulajabroq dostone topmadim.
Ul armon ichinda bo‘lsun, ey Navoiy, garchi men,
Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim.
Tab ganjidin maoniy xurdasin, yuz qatla hayf —
Kim, nisor etmakka shohi xurdadone topmadim.
Junun vodisig’a moyil ko’rarman joni zorimni
Junun vodisig’a moyil ko’rarman joni zorimni,
Tilarman bir yo’li buzmak buzulg’on ro’zgorimni
Falak bedodidan garchi manim xoki g’ubor o’ldum,
Tilarman, topmag’aylar to’tiyolikka g’uborimni.
Demang, qay sori azm etding, menga yo’q ixtiyor, oxir
Qazo ilkiga bermishman inoni ixtiyorimni.
Tugandi ashki gulgun, emdi qolmish za’faroni yuz,
Falak zulmi badal qildi xazon birla bahorimni.
Diyorim ahli birla yordin boshimg’a yuz mehnat,
Ne tong, boshim olib ketsam qo’yub yoru diyorimni.
Yomon holimg’a bag’ri og’rig’ay har kimsakim ko’rgay,
Bag’ir pargolasidan qong’a bulg’ong’on uzorimni.
Hayotim bodasidin sargaronman asru, ey soqiy,
Qadahqa zahr qotil quy,dog’i daf’ et xumorimni.
Jahon tarkini qilmay chunki tinmoq mumkin ermastur,
Navoiy, qil meni ozod o’rtab yo’qu borimni.
Muvofiq kiydilar, bo’lmish magar Navro’z ila bayram
Muvofiq kiydilar, bo’lmish magar Navro’z ila bayram,
Chaman sarvi yoshil xil’at, mening sarvi ravonim ham.
Chaman sarvi qolib hayron, mening sarvim qilib javlon,
Aning shaydosi bir dehqon, munga shaydo bari olam.
Chaman sarvi qolib bebar, mening sarvim bo’lub dilbar,
Ani yel aylabon muztar, bu yeldin sekretib adham.
Qo’nub ul sarv uza bulbul, chekib gul shavqidan g’ulg’ul,
Bu sarv uzra ochilib gul, anga terdin tushub shabnam.
Qilib ohim sari parvo, bu yon mayl etmading qat’o,
Sabodin, ey, qadi ra’no, bo’lur ham sarv gah-gah ham.
Bu bog’ ichra, ey, soqiyki bormen asru mushtoqi –
Ki, anda sarv ham boqiy emas, gul ahdi ham mahkam.
Navoiy, ko’yin et manzil, yuzu qaddig’a bo’l moyil –
Ki, bog’ etmas seni xushdil, gulu sarv aylamas xurram.
Tun oqshom bo’ldi-yu
Tun oqshom bo’ldi-yu, kelmas mening sham’i shabistonim,
Bu anduh o’tidin har dam kuyar parvonadek jonim.
Ne g’am, ko’rguzsa ko’ksum porasin choki giribonim,
Ko’rinmas bo’lsa ko’ksum yorasidin dog’i pinhonim.
G’amidin durri maknundek sirishkim oqti Jayhundek,
Muzayyan qildi gardundek jahonni ashki g’altonim.
Falak ham to’ldi kavkabdin, quyosh ham tushti ashhabdin,
Kelib tushmasmu markabdin mening xurshidi raxshonim?
Jahonni zulmat etti chah, bu zulmat ichra o’lgum, vah,
Menga bo’lsang ne Xizri rah, yetib, ey, obi hayvonim.
Dema ko’ktin quyosh ketmish, falakka tiyralik yetmish,
Ul oy hajrida tor etmish falakni dudi afg’onim.
Quyosh qochib – yuzin uydi, shafaq o’tqa tushub – kuydi,
Falakka dog’lar qo’ydi g’amingdin so’zi pinhonim.
Navoiy kibi hijrondin bu oqshom o’ldum afg’ondin,
G’amim yo’q bo’yla yuz jondin, yetib gar kelsa jononim.
Bizing shaydo ko’ngul bechora bo’lmish
Bizing shaydo ko’ngul bechora bo’lmish,
Malomat dashtida ovora bo’lmish.
Anga baskim, yog’ar tosh ustida tosh,
Tanida yora uzra yora bo’lmish.
Urarda dam-badam xorog’a boshin,
So’ngaklar anda pora-pora bo’lmish.
Balo tog’i aro yotqanda bemor
Xazu sinjobi xoru xora bo’lmish.
Qaro qildi nechukkim ro’zg’orim,
Oning ham xonumoni qora bo’lmish.
Qadah xurshidi qonikim, g’amidin
Sirishkim kavkabi sayyora bo’lmish.
Navoiy, choradin ko’p dema so’zkim,
G’amingg’a chorasizlik chora bo’lmish.
Xolu xating xayolidin, ey, sarvi guluzor
Xolu xating xayolidin, ey, sarvi guluzor,
Goho ko’zumga xol tushuptur, gahe g’ubor.
Yuzungda xol safhada tomg’an kibi qora,
Xoling malohati tuz erurkim qorada bor.
Jonimni o’rtagan yuzu xolingni bilmasang,
O’t shu’lasida ayla gumon bir o’chuk sharor.
Bilman, ko’ngulda xollaringning xayolidur
YO kirpiging tikanlarin aylabsen ustuvor?
Har dam ko’ngul haloku ko’zum tiyra bo’lmag’in,
Bilgay birovki, yori erur sho’xu xoldor.
Mashshotan qazo bezamish xolu xattini,
Beixtiyorliqda manga bormu ixtiyor?
Miskin Navoiy xoli labing ko’rsa, jon berur,
Boqsang ne bo’ldi surati holig’a, ey, nigor?
Yor bazmida navo soz aylasang
Ey, mug’anniy, yor bazmida navo soz aylasang,
Jon fidong o’lsun g’amim sharhidin og’oz aylasang.
Uddek kuymakligim sharh et lisoni hol ila,
Nag’mada udung lisonin sehripardoz aylasang.
O’zga olamdin xabar deb bizni tirguzdung ne tong,
Bu risolat birla gar izhori i’joz aylasang.
Rozim ar sozing lisonidin ba’id ul-fahm esa,
Anga ruhafzo unungni dog’i hamroz aylasang.
Otlanib, boshimni raxshingning ayog’i ostig’a,
Tig’ birla solg’udek masti sarandoz aylasang.
Parda yop roz uzrau doxil bo’l ushbu bazm aro
Kim, erur xorij agar beparda pardoz aylasang.
Chekmading lahne Navoiy ko’nglun istab, ayb emas,
Anglab o’zungni, navo ahlig’a shahnoz aylasang.
La’ling, ayo, ne ajab rangindur
La’ling, ayo, ne ajab rangindur,
So’zi aning ne balo shirindur.
Ham qoshing taqvovu toatqa balo,
Ham ko’zung ofati aqlu dindur.
Hulla ichra badaningkim ko’rinur,
Go’yo gulbarg aro nasrindur.
Qatlu tirguzmak erur oyining,
Olloh- Olloh, sanga ne oyindur?!
Soqiyo, hajrida tutqil manga may—
Kim, bu sudin o’tuma taskindur.
Mayu vasl ahliki bu davr ichra,
Bizga xunobi jigar ta’yindur.
Hajring ayyomi Navoiy tinmas,
Bir ko’runub anga ko’nglin tindur.
Nozaninlar benavolarg’a tarahhum aylangiz
Nozaninlar benavolarg’a tarahhum aylangiz,
Lutf agar yo’qtur, g’azab birla takallum aylangiz.
Gah biyik, gah past giryon ko’rsangiz ushshoqni,
Fosh kulmassiz, nihon bore tabassum aylangiz.
Hajr zulmidin qotiq holimni, ey jonu ko’ngul,
Bildingiz, yor ollida borib tazallum aylangiz.
Ey balovu dard, o’tlar xud solibsiz jonima,
Lek siz ham gah- gah ul o’ttin tavahhum aylangiz.
Qon agar yutsam qarorib axtarim, ey xattu xol,
Siz mayi la’li bila bore tana’um aylangiz.
Biz fano tufrog’i bo’lduk dayr aro, ey ahli zuhd,
Xonaqah sahnida siz bahsi taqaddum aylangiz.
Ey mug’anniylar, Navoiy mast edi— kech uyg’onur,
Ani uyg’otmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz.
O’zga bo’ldi yoru mehri manga boqiydur hanuz
O’zga bo’ldi yoru mehri manga boqiydur hanuz,
Notavon ko’nglumda ul oy ishtiyoqidur hanuz.
Garchi o’zga yor istar xotirim, bordur valek,
Jon anga manzil, ko’ngul oning visoqidur hanuz.
G’ayr ishqi ko’nglum evinda nechuk qilg’ay nuzul,
Kim xayoli maskani ko’zim ravoqidur hanuz.
Ishq ila may tarkin, ey nosiq, ne nav’ aylay qabul,
Kim ko’ngulga orzu ul turfa soqiydur hanuz.
Furqat o’ti dofii dog’ o’rtamakdur demakim,
O’rtagan jonim ul oy dog’i firoqidur hanuz.
Charx yolg’uz qilmadi Farhod qonin lolazor,
Lola qonin to’kkuchi oning nifoqidur hanuz.
Ey Navoiy, garchi meni mehrsiz der erdi yor,
O’zga bo’ldi yoru mehri menda boqiydur hanuz.
Vatan himoyachilari haqida sherlar
YO rab, ul yuzni dame ko’zumga pinhon aylama
YO rab, ul yuzni dame ko’zumga pinhon aylama,
YO ko’zimni ondin o’zga yuzga hayron aylama.
Chehrasiga mezbon o’lsun ko’zum, ul chehrani
Ko’zlarim uyidin o’zga uyga mehmon aylama.
Ochmayin zulfi parishon ko’ngluma chektirma oh,
Yetmayin ohim yeli zulfin parishon aylama.
Jonima la’lidin o’zga la’ldin berma hayot,
La’lig’a jonimdin o’zga jonni qurbon aylama.
Boshima ko’yidin o’zga ko’yni qilma vatan,
Ko’yida boshimdin o’zga boshni g’alton aylama.
Ey ko’ngul, davr ahlidin ming yilchiliq yo’l go’sha tut,
YO alardin yetsa yuz ming g’ussa afg’on aylama.
Istasang, ey gul, Navoiydek xush ilhom bulbule,
G’unchadek ko’nglin malomat xoridin qon aylama.
Hamma g’azallari juda yaxshi va ma’noli
Avvalo Alisher bobomizning g’azallariga gap yoʻq, lekin men 1-oktabr ya’ni o’qituvchilar va murabbiylar kuni uchun dilga yaqin sheʼrlarni qidirayotgandim. Alisher bobomizning g’azallariga teng keladigan yoʻq menimcha…
Rahmat eng go’zal g’azallar guldastasi.
Judaham zo’r boburlar haqida ko’proq qo’shing.
Juda go’zal g’azallar ekan. Barchaga kattakon raxmat.
Sizlarga raxmat kattakon. Ishlaringizga rivoj tilayman.
Juda goʻzal gʻazallar toʻplami ekan.Mualliflarga rahmat kattakon.
Nimaga topolmaysiz hammasi zo’rku sizga hayromman siz g’azal degan narsani bilmas ekansiz.
Zo’r gap yo’q. Eng sara g’azallar to’plami ekan.
Juda-juda ma’noga ega g’azallar ekan! Gap yo’q.
Mir Alisher Navoiy bobomizning g’azallari mengaham juda yoqdi.
Ushbu g’azallar to’plami ichidan menga eng maqul kelgani «Har gadokim» deb nomlangan g’azal bo’ldi.
Alisher Navoiy g‘azallari to‘plami juda ham yoqdi, gap yo’q.
Men ham bu sayt va undagi malumotlardan juda ko’p ma’lumot oldim.
Barchaga assalomu alayko’m. Menga Gul haqida g’azal kerak edi, kimda shunaqa g’azal bo’lsa iltimos yozib qoldiringlar.
Bobokalonimiz Alisher Navoiy hazratlari qalamiga mansub ushbu g’azallar men uchun oltinga teng!
Hamma g‘azallar to’plami bor ekan, yaxshi, ijodlarizga omad tilayman.
Zoʻr sayt ekan, menga juda yoqdi, raxmat chiqargan odamga ⭐⭐
Bu g’azallar juda oson va qisqa ekan, menga yoqdi, sizlarga kattakon raxmat.
Qidirgan g‘azalimni topolmadim, lekin hammasi yaxshi.
Assalomu alayko’m. Yaxshi o’zim qidirgan g’azalni topa oldim, menga yoqti.
Menga Alisher Navoiy g’azallari yoqdi, juda mazmunli ekan, rahmat g’azallar uchun.
Alisher Navoiyning g‘azallari manga ham yoqdi, juda ham mazmunli ekan, hammaga raxmat.
«O’n sakkiz ming oshubi» bilan «Kecha kelgumdur Devon» g’azallari menga judayam yoqdi.
Navoiy g’azallarini o’qishni juda ham yaxshi ko’raman, bu yerdan barcha izlagan g’azallarimni topdim. Rahmat!
Menga Hazrat Navoiyning g’azallari juda ham yoqadi. Bu yerda men bilmagan g’azallari ko’p ekan. Bu uchun raxmat.
Menga Alisher Novoiy bobokalonimiz g’azallari yoqdi, katta rahmat.
Ushbu g’azallar naqadar ajoyib ekan, men bu g’azallaraga oshno bo’ldim va o’zim ham mana shunday g’azallar yozishga intilmoqdaman. Barchaga sog’lik uzoq umr tilayman.
Rahmat o’zimga kerakligini oldim. Lekin bolalarga mos g’azal topa olmadim, kimda bo’lsa yozib yuboringlar.
Alisher Navoiy bobomizning g’azallari menga juda yoqadi. Men izlayayotgan g’azalimni topdim.
Bu g’azallar juda ham ajoyib, men izlagan g’azallarning hammasi bor, menga yoqdi.
Menga Hazrat Alisher Navoiyning barcha g’azallari yoqdi, ularni o’qish menga zavq bag’ishladi.
Juda zo’r g’azallar ekan, manga judayam yoqdi gap yo’q.
Menga ham Mir Alisher Navoining g’zallari juda ham yoqdi, ayniqsa «Ne navo soz aylagay» g’azali juda yoqdi.
Manga bu g’azallar Juda yoqdi. O’zimga keraklisini topdim. Rahmat katta.
«Kecha kelgumdur debon» gʻazali menga yoqdi, Alisher Navoiy gʻazallari judayam rohatbaxsh.
Alisher bobomiz yaxshi inson bo’lganlar, bizga g’azallar qoldirib ketganlar, ular yaxshi inson bo’lganlar.
G’azallar juda zo’r manga yoqdi, bu g’azallar hammaga ham manzur keladi degan umiddaman.
Menga bu gʻazalllar, ruboiylar judayam yoqdi. Izlagan gʻazalimni topdim, «kecha kelgumdur debon» gʻazali juda yoqdi.
Assalomu aleykum. Bu g’azallar juda ham zo’r ekan, menga yoqdi.
Bu g’azallar juda ham ma’noli va e’tiborli g’azallar. Bugun Alisher Navoiy Bobomizning 582-yiligi. Bugun Alisher Navoiy Bobomizning tavalud topgan kuni. Biz uni hurmat qilamiz va g’azallarini sevib yod olamiz.
Assalomu alayko’m. G’azallar juda ham ajoyib! Menga yoqdi!
UzBaza.uz zo’r raxmat bundanam ko’proq she’rlar qo’yishingizni istaymiz.
Zo‘r sayt ekan! Maza qilib o‘qirkanman deb xursand bo‘luvdim. Afsus lotin alifbosida ekan. Shuncha yildan beri ravon o‘qiy olmayman bu alifboning nomukammalligidan. Sizlardan iltimos shuni kirillchada ham chiqaringlar.
Assalomu alaykum, menga juda yoqdi, ijodlaringizga omad!
Assalomu alaykum, ajoyib, men qidirgan gʻazallarimni topdim, Navoiy gʻazallarini oʻqib zavq olaman.
Alisher Navoiyning g’azallari menga juda ham yoqdi. Sizlarga ham tafsiya qilaman.
Assalomu alayko’m. Menga bu sayt juda yoqdi va foydali ekan, hammalaringa omad 👏
Menga juda-juda yoqdi va ustozimgayam juda yoqdi, kim yozgan bo’lsa ham rahmat, mana hamma sizga yozvoti, demak barakali sher ekan.
Bu yerdan oʻzingizga kerakli boʻlgan gʻzalni topa olishingizga ishonaman.
Yaxshi, lekin nusxa olishning iloji yo’q ekan. Shuni nusxa qilib oladigan qilish kerak, kompyuterdan.
Judaham ajoyib eng go’zal she’rlar. hammaga manzur bo’ldi. Sizlarga katakon RAHMAT.
Menga Mir Alisher Navoiy bobomizning g‘azallari judayam yoqdi. Mir Alisher Navoiy bobomizning g‘azallari judayam ma’noli ekan.