Alisher Navoiy haqida qiziqarli malumotlar

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441 yilning 9 fevralida Hirotning Bog‘i Davlatxona mavzeyida, temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan davlat xizmatchisi G‘iyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan.

Tarixchi Mirxond «Ravzatus-safo» asarida yozishicha, Amir Alisherning bobosi Amir Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh bo‘lgan. Quyida e’tiboringizga Alisher Navoiy hayotiga taalluqli qiziqarli fakt va ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Alisher Navoiy haqida faktlar

1 — Navoiy o‘zi barpo etgan madrasalarning mudarrislari, talabalari, hatto oshpaz va farroshiga ham sersaxovatlik bilan maosh to‘lab yurgan. Eng ilmli talabalarga shaxsan Navoiyning o‘zi oyiga 24 oltin pul va yiliga besh qop oshlik bergan. O‘sha vaqtda talabaning bir oylik nafaqasiga 5ta semiz qo‘y olish mumkin bo‘lgan.

2 — Navoiy hazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yoddan bilganlar.

3 — Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi. Shoirning forsiy she’rlar to‘plami «Devoni Foniy» deb nomlangan.

4 — Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi. Keyinchalik bu ikki ulug‘ shoir o‘rtasidagi ustoz va shogirdlik munosabatlari yanada mustahkamlanib, ijodiy hamkorlikka aylanadi.

Alisher Navoiy haqida sherlar to‘plami

5 — Samarqand Navoiyning hayoti va ijodida muhim ahamiyat kasb etadi. Alisher 1464 yilda Samarqandga keladi va bu yerda madrasada tahsil olib, ilm-fan, adabiyot va san’at bilan tanishadi.

6 — Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan.

Alisher Navoiy haqida malumotlar

7 — Navoiy asarlarida Farhod – komil inson timsolidir. U bolaligidan ilmga chanqoq bo‘ladi va bir marta o‘qigani sira yodidan chiqmaydi. Farhod o‘n yoshga yetganda hamma ilmlarni egallab bo‘ladi.

8 — Navoiyning sevgilisi sifatida tasvirlanadigan «Guli» ismi faqat xalq og‘zaki ijodida, Navoiy haqidagi rivoyat va afsonalarda uchraydi xolos. Guli nomi Navoiyning hayoti haqida ma’lumot beruvchi yozma manbalarning hech birida uchramaydi.

9 — Alisher Navoiy o‘smirlik yillarida o‘zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq she’rlarini yod bilgan.

Alisher Navoiyning bobolari shoir, musiqachi va xatot bo’lgan

10 — Alisher Navoiy ijodkor ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi Abu Said shoir bo‘lgan. Ikkinchi bobosi Muhammad Ali esa musiqachi va xattot sifatida tanilgan.

11 — Navoiy huvillab yotgan Guzurgoh dashtini 4-5 yil ichida obod maskanga, serhosil yerga, ko‘rkam qishloqqa aylantirgan. Buni ko‘rgan Husayn Boyqaro hayratdan yoqa ushlagan.

12 — Navoiy me’ros sifatida otasidan qolgan o‘ziga tegishli sarmoyani tadbirkorlik bilan ishlatib, qisqa muddatda boyib ketgan. U, asosan, bog‘u-rog‘lar yaratgan, dehqonchilik ishlariga e’tibor qaratgan. Navoiy hazratlariga tegishli barcha yerlar 500 jeribni tashkil etgan. Olingan daromadlar madaniy-ma’rifiy inshoatlar, obod manzillar barpo etishga, xayriya ishlariga, ilmga sarflangan.

Navoiy tadbirkorligi haqida malumot

13 — Alisher Navoiy «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni olgan. Unvon Navoiyga davlatning barcha ishlariga aralashish huquqini bergan.

14 — 7 yoshli Nizomiddin Mir Alisher buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan.

Alisher Navoiy ruboiylari to‘plami

15 — Navoiy bir gal Husayn Boyqaroning davlat xazinasida xarajatlar ko‘payib ketgan paytda, soliqlar xalqdan yig‘ilsa, ahli muslimga jabr bo‘lur, deya o‘z hisobidan 25000 dinorni to‘lab yuborgan.

16 — Navoiyning otasidan qolgan me’ros, o‘ziga davlat amaldori sifatida ajratilgan molu mulk va yerlardan keladigan daromad kuniga 18000 shohruhiy dinorni tashkil etgan.

17 — Turkiy tilni qayta tiriltirgani Navoiyning ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas», — deb yozsa, Husayn Boyqaro «Mir Alisher turk tilining o‘lik jasadig‘a Masih nafasi ila jon ato etdi» deb ta’kidlagan.

18 — Navoiyga tegishli savdo rastalari ham bo‘lgan, ular eng gavjum bozorlarda joylashgan. Ushbu savdo rastalarida toshu tarozining to‘g‘riligi, xaridor haqiga xiyonat qilmaslik, olib kelingan molga yo‘l xarajatlaridan tashqari ortiqcha pul qo‘ymaslikni shaxsan Navoiy hazratlarining o‘zlari nazorat qilib turganlar.

Alisher Navoiy sofiylik tariqatida bolgan

19 — Alisher Navoiy Naqshbandiyning so‘fiylik tariqatida bo‘lgan. Uning so‘fiylik falsafiy-estetik qarashlari «Lison ut-Tayr» asarida aks etgan.

20 — Buyuk Sulaymon Navoiy ijodini yuqori baholagan va o‘z kutubxonasida uning qo‘lyozmalarini va asarlarini saqlagan.

21 — Navoiyning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi erta uyg‘onib, 4 yoshida maktabda ta’lim ola boshlagan.

22 — Navoiy 3 marta haj ziyoratiga otlangan. Lekin turli sabablar bilan unga hajga borish nasib qilmagan.

Alisher Navoiy g‘azallari to‘plami

Mir Alisher Navoiy g’azallarini 7-8 yoshidan boshlab yozgan

23 — Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g‘azallar yoza boshlagan.

24 — Dunyoda Alisher Navoiyga qo‘yilgan bir nechta yodgorlik mavjud: Moskva, Navoiy, O‘sh, Toshkent, Samarqand, Boku, Tokio, Shanxay. Vashingtonda ham Navoiyga yodgorlik o‘rnatish rejalashtirilgan.

Navoiy turkiy va forsiy tilda ijod qilgan

25 — Alisher Navoiy turkiy tilni forsiy tili bilan birga ijodga olib kirgan. Unga qadar hech kim turkiy tilda ijod qilmagan.

26 — Alisher Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Navoiy turkiy tilidagi ilk «Xamsani» 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tilga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq «Xazoyinul-maoniy» nomli to‘rt devon (1491—1498)ga jamlangan.

27 — Navoiy otasidan qolgan mol-mulkni, to‘plagan jami boyliklarini xalq uchun 300dan ziyod inshoat barpo etishga sarflagan.

28 — Navoiy Hirotdagi Injil anhori bo‘yiga hovli qurdirgan. Uning maydoni 30 jerib (0,25 sotix)dan iborat bo‘lgan. Mehmonxonada 100 dan ziyod odamga dasturxon yozsa bo‘lar ekan.

29 — Alisher Navoiy o‘n besh-o‘n olti yoshlarida ham turkiy, ham forsiyda ijod qiladigan «ikki tilli» shoir sifatida tanilgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida faktlar

30 — Navoiy ikki taxallus ostida ijod qilgan. U Navoiy taxallusi ostida turkiy tilda ijod qilgan bo‘lsa, forsiy tildagi ijodi Foniy taxallusi bilan tanilgan.

Alisher Navoiyning ikki taxallusi bo'lgan

31 — 1469 yili Navoiy do‘sti Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan 90 baytdan iborat «Hiloliya» qasidasini yozadi («hilol» – yangi chiqqan oy).

32 — 2009-yilda Merkuriydagi krater Alisher Navoiy sharafiga nomlangan.

33 — Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etdi. Uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan edi. Buni tarixchi Xondamir «hatto tabiat ham motam tutdi» deya ta’riflagan.

  1. Sadoqat:

    Zo‘r omad tilayman, bu malumotlar menga juda katta yordam berdi!

    • UzBaza.uz:

      Sadoqat assalomu alayko’m! Malumotlarni sizga foydasi tekkanligidan mamnunmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

    • Sarvar:

      Bu malumotlarni topish juda qiyin. Bunday ajoyib malumotlarni topganingiz uchun raxmat, zo’r malumotlar ekan, ishlaringizga omad tilab qolaman.

  2. Rayhon:

    Bobomiz Alisher Navoiy haqida judaham qiziqarli malumotlar bo’libdi, bundanda yaxshi maqolalarni kutib qolamiz.

  3. Laylo:

    Bobokalonimiz so’z mulkining sultoni Alish Navoiy haqida juda ajoyib malumotlar va faktlar keltirilgan ekan.

    • Dilrabo:

      Assalomu alayko’m. Manga bu ma’lumotlar ham juuda ham yoqdi. Kottakon rahmat.

  4. Shodiyona:

    Bu juda qiziqarli malumotlar ekan, bobokalonimiz Alisher Navoiy haqidagi bu malumotlar menga juda foydali bo’ldi.

    • Sardor:

      Gap yo’q, zo’r menga yoqdi. Faoliyatlaringizga omad tilayman.

    • Sevgi:

      Bobokalonimiz haqidagi ushbu qiziqarli malumotlar manga juda yoqdi, rahmat hammaga!

    • Moxidilxon:

      Menga bu ma’lumotlar juda kerak edi, o’zimga keragidan ko’proq bilmaganlarimni o’rgandim. Yana xam ko’proq bilish uchun bu kanalga Yana qaytaman, raxmat xammaga.

  5. Malika:

    Alisher Navoiy bobomiz haqida juda qiziqarli faktlar ekan bilmaganlarimni bilib oldim.

    • Hulkar:

      Men Alisher Navoiy bobomizning hayotiga juda qiziqaman. Bu ma’lumotlar juda ajoib ekan. Yana bo’lishini istardim.

  6. Islombek:

    Alisher Navoiy bobomiz haqida juda ko’p ma’lumotlarga ega bo’ldim.

  7. Rayhona:

    Assalomu alayko’m barchaga. Bu malumatlar menga juda yoqdi, bu malumatlarni bari aynan menga kerakli ekan.

  8. Madina:

    Jinnimisiz qandoq qilib ko’chirib bo’lmaydi, bo’ladiku! qo’lizga daftar bilan ruchka oling ko’rsataman. ❤

  9. Bekh:

    Qoyil qoldim, rosa ham menga zarur bo’lgan malumotlar ekan.

  10. Foydalanuvchi:

    Menga bu ma’lumotlar judayam yoqdi. Endi Alisher Navoiy haqida yanada ko’proq ma’lumotlarni bilib oldim.

    • Ravshanbek:

      Hammani fikriga qo’shilaman, lekin Alisher Navoiy qachon olamdan oʻtgani yozilmabti.

    • Guljahon:

      Raxmat katta, lekin Alisher Navoiy haqida rivoyat topa olmadim, yoki hikoyami…

  11. Mubina:

    Men Alisher Navoiy haqida ko’p malumot bilib oldim.

  12. Muhammadali:

    Malumotlariz zo’r ekan, Alisher Navoiy 1501 yili vafot etkan!

  13. Ziyoda:

    Raxmat bilmaganimni bilib oldim, juda ham zo’r ma’lumotlar bor ekan, kattakon raxmat.

  14. Ziyoda:

    Raxmat judayam zo’r ma’lumotlar ekan, bilib oldim 🙂

  15. Aziza:

    Salomaleko’m raxmat bu ma’lumotlar bilan menga yordam berdinggiz, raxmat katta omad silarga.

  16. Xumora:

    Assalomu aleykum. Sizlarga kattakon rahmat. Juda kerakli ma’lumotlar berilgan ekan. Barchasini bilib oldim. Yana bir bor rahmat.

  17. Dilbar:

    Bu ma’lumotlar juda zo’r ekan. Ma’lumotlar uchun katta rahmat.

  18. Dilshod:

    Dars qilishimda katta yordam berdi raxmat!!!

  19. Foydalanuvchi:

    Menga bobomiz Alisher Navoiy haqidagi qiziqarli faktlar juda ham yoqdi. Ijodingizga Omad bundan ham ko’proq malumotlar qo’shilishini kutib qolaman.

  20. Axror:

    Menga Navoiyning tutingan singlisi bor yoki yo’qligi haqida ma’lumot bo’lsa aytsangiz oldindan rahmat.

  21. Sabrina:

    Zo’r malumotlar bor ekan, manga juda yoqdi, silagayam tavsiya qilaman.

    • Gulyuz:

      Katta rahmat, qiziqarli ma’lumotlar uchun. Alisher Navoiy bobomiz haqida bunday ma’lumotlar borligini bilmas ekanman. Menga juda yoqdi. uzbaza.uz omad !!!

    • Jonibek:

      Assalomu alayko’m. Menga Alisher Navoiy bobomiz haqidagi maʼlumotlar juda yoqdi.

  22. Otabekjon:

    Men ham shuncha malumot olaman deb o’ylamagandim to’g’risi, juda yaxshi sayt ekan, sizlarga kattakon raxmat.

  23. Muazzamxon:

    Assalomu aleyko’m. Ishingizga omad juda ham ajoyib ma’lumotlar ekan. Bundanda qiziq maʼlumotlarni kutib qolaman.

  24. Aziza:

    Bu maʼlumotlar manga juda katta yordam berdi. UZBAZA.UZ saytiga omad.

  25. Ziyodaxon:

    Assalomu alaykum. Menga ma’lumotlar juda ham zarur edi. Avvalo sizlarga kattakon raxmat. Bundan keyingi ma’lumotlar bundanda zo’r.

  26. Nasibaxon:

    Odamam shunaqa yozadimi. Bunchalar zo’r bu ma’lumotlar, Rahmat katta.

  27. Marjonahon:

    Hayratlanarli ma’lumotlar uchun Jazakalloh, lekin ba’zi men bilgan ma’lumotlarda xatolik bor: Abu Said bilan Muhammad Ali bobolari emas, Alisherning tog’alaridir va Alisher Navoiy 5 yoshida maktabga borgan emas. Bu ma’lumotlarni to’g’irlab qo’yasiz degan umiddaman.

  28. Mushtariybonu:

    Alisher Navoiy hayotiga juda ham qiziqaman. U haj qila olmaganini oldin ham bilardim. O‘zim bilmagan boshqa ma’lumotlarni esa bilib oldim. Sizlarga kattakon rahmat.

  29. Adolat:

    Alisher Navoiy haqida juda zo’r ma’lumotlar berilgan ekan. Menga bu ma’lumotlar juda yoqdi. UZBAZA.UZ saytiga omad.

  30. Sabina:

    Assalomu alaykum 👋🏻. Manga hammasi yoqdi 😁. Barcha maʼlumotlar manga 👩🏻‍💼 va 👭 doʻstlarimga foydasi tegdi 👍. Barchasi uchun rahmat ✨

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *