Uyqu haqida biz bilmaydigan qiziqarli malumotlar

Hozir barcha fanlar qatori uyqushunoslik ham jadal rivojlanib bormoqda. Tibbiyot fanlari doktori, professor G.Kovrov bu haqdagi savollarga shunday javob beradi.

— Ayrim mamlakatlarda yozgi vaqtga o‘tish an’anasi bor. Bu tadbirning sog‘liqqa ziyoni bormi?

— Har qanday beqarorlik, ya’ni nobarqarorlik kabi kishilar odatlanib qolgan vaqtni o‘zgartirish ham ruhiy zo‘riqishlarga, kunduzi uyqu bosishi, salomatlik yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, avariya holatlari ko‘payishi, shuningdek, mehnat unumdorligi pasayishiga sabab bo‘ladi. Biroq yozgi vaqtga o‘tishning organizmga ko‘rsatadigan zararli ta’siri yetarli darajada o‘rganilmagan. Hali bu borada jiddiy tadqiqotlar yo‘q.

uyqu haqida qiziqarli malumotlar

— Taniqli uyqushunoslarning astronomik vaqt odamlarning biologik ritmlariga yaqin bo‘lishi zarurligiga doir dalillari-chi? Agar ichki va tashqi vaqtdagi muvozanat bir yoki ikki soatga farq qilsa, organizmning barcha tizimlarida nomuvofiqlik kelib chiqadi va bu inson umrini 10-15 yilga qisqartiradi, degan taxminlar asossizmi?

G‘ildiraklardan boshlangan buyuk kashfiyotlar

— Bu gaplarni isbot talab etiladigan gipotezaday qabul qilish kerak. Biroq mening fikrimcha, odamning moslashuvchanlik tizimi shu qadar kuchliki, u amalda barcha narsaga bemalol o‘rganib, odatlanib keta oladi.

— Biz o‘z ajdodlarimizga nisbatan yomon uxlaymizmi?

— Aslo unday emas. O‘tgan asrdagi ilmiy adabiyotlarga tayanib aytish mumkinki, keyingi yuz yil mobaynida uyqu buzilishining klinik holatlari mutlaqo o‘zgarmay turibdi. Xuddi hozirgidek, uyquga ketish va kunduzi uyqusirab yurish borasida o‘shanda ham muammolar bo‘lgan.

Faqat shifokorlarning kam uyqu holatini keltirib chiqaruvchi ayrim asab buzilishlariga nisbatan munosabati o‘zgargan, yangi tashxislar paydo bo‘lgan. Masalan, «uyqu apnoe sindromi». Bunda odam o‘zi bilmagan holatda uxlab qoladi. Hatto mashina boshqarayotib ham uxlab qolish mumkin. Ana shunday xastalikka chalingan kishilarning mashina boshqa­rishi oqibatida avariyalar, yo‘llardagi baxtsiz tasodiflar soni oshmoqda.

Rossiyada hanuzgacha haydovchilarga tibbiy dalolatnomalar eskirgan tartib-qoidalar bo‘yicha berilmoqda. Yevropada esa bunday odamlar tezda aniqlanadi va davolanadi.

Dunyo maktablari haqida qiziqarli malumotlar

— Uyqusizlikning kelib chiqishiga ijtimoiy tarmoqlar — internet bilan ko‘p o‘ralashib qolayotganimiz ham sabab emasmi?

— Buni isbotlovchi global tadqiqotlar yo‘q. Faqat bir narsa isbotlangan: aypedlarning nuri, agar odam to‘shakda yotgan holda uni ko‘rayotgan bo‘lsa, melatonin ishlab chiqilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Melatonin esa eng muhim «uyqu gormoni»dir.

— Yetti soat uxlash shartmi?

— Haqiqatan ham 2005 yili dunyodagi barcha uyqushunoslar sog‘lom odam 6 dan 10 soatgacha uxlashi lozim, degan xulosaga kelishgan. Olti soatdan kami ham, o‘n soatdan ko‘pi ham yaxshi emas. Shunday odamlar guruhi ham mavjudki, ularning uyquga ehtiyoji 10-12 soatni tashkil etadi.

Biroq ular salomatligidan shikoyat qilishmaydi. Demak, bu ular uchun me’yor hisoblanadi. Masalan, Dostoevskiy ham rosa uyquchi bo‘lgan. Biroq ayrim odamlarga 4-5 soat uyquning o‘zi yetarli. Masalan, Lev Tolstoy kam uxlagan. Ehtimol, ko‘p va kam uyqulik hodisasi odamning genetikasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik odamlar esa odatda 7-8 soat, dam olish kunlarigina yarim soat ko‘proq uxlashadi.

Odam haqida kutilmagan qiziqarli malumotlar

inson necha soat uxlash kerak

— Bashorat qiluvchi tushlar afsonami?

— Agar ruhiy jihatdan sog‘lom odam o‘zi ko‘rgan tushning o‘ngida ham sodir bo‘lganini aytsa, men unga ishonaman. Gap bo‘lajak u yoki bu voqeaning tushda ayon bo‘lish mexanizmida. Albatta, bunday tushlar g‘ayb dunyosidan kelmaydi. Bosh miya shunday ulkan hisoblash mashinasiki, u mutlaqo aql bovar qilmas vaziyatlarni ham oldindan bashorat qilish kuchiga ega.

Masalan, kimdir uzoq vaqt xastalanib yotgan yaqin kishisi vafot etadigan kunni tushda aniq-ravshan «ko‘ra olishi» mumkin. Umuman olganda esa, tushda ko‘rilganlarning ko‘pchiligi amalda sodir bo‘lmaydi va ong osti mexanizmi orqali xotiradan o‘chib ketadi. Xotirada esa faqat amalga oshgan tush saqlanib qoladi.

Mingtadan bitta holdagina shunday bo‘lishi mumkin. Ehtimollik nazariyasiga ko‘ra, ular bashorat beruvchi tushlar emas, shunchaki tasodiflardir. Biroq shunga qaramay, men aniq qilib aytamanki, bashorat qiluvchi tushlar ham mavjud, biroq ularning mexanizmi haligacha bizga tushunarli emas.

Qiziqarli geografiya va qiziqarli malumotlar

— Ta’birnomalarga asoslanib kelajakni oldindan aytish mumkinmi?

— Yo‘q.

— Nega ayrim olimlar kashfiyotlarini tushida ko‘rganlar? Masalan, Mendeleevga mashhur kimyoviy elementlar jadvali tushida ayon bo‘lgan.

— Agar qandaydir tadqiqotchi biror-bir kashfiyotni tushida ochgan bo‘lsa, bu uning shunchaki shiringina tush ko‘rib qo‘ya qolganini emas, balki o‘zi mashg‘ul bo‘lgan ilmiy muammo ustida uzoq vaqt ter to‘kkani va endi kashfiyotni amalga oshiray deganda uyqu bosib, to‘shakka cho‘zilganini anglatadi, xolos.

  1. Sho'xrat:

    Uyqu haqida juda qiziqarli malumotlar bor ekan, qoyil men bularni bilmagan edim.

  2. Bahora:

    Uyqu haqida men bilmagan judaham kerakli va qiziqarli malumotlar bor ekan.

  3. Zuhra:

    Assalomu alayko’m. Menga uyqu haqidagi faktlardan ko’ra, odamlar haqidagi faktlar juda yoqdi.

  4. Navbahor:

    Uyqu haqida men bilga va bilmagan juda qiziqarli faktlar bor ekan!

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *