Abdulla Avloniy haqida eng sara qiziqarli malumotlar

# Abdulla Avloniy Toshkentda 1878-yilning 12-iyulida tug’iladi. To’quvchi oilasida tug’ilgan Avloniy moddiy yetishmovchiliklar sabab bolaligidanoq suvoqchilik, g’isht quyish, binokorlik, pechkachilik, duradgorlik kabi kasblar bilan shug’ullanadi va bularning ortidan «Imoratchi usta» nomini oladi.

Abdulla Avloniy haqida qiziqarli malumotlar

# Avloniy o’zi haqida shunday yozadi: «12 yoshimdan Oʻqchi mahallasidagi madrasada dars oʻqiy boshladim. 13 yoshimdan boshlab yoz kunlari mardikor boʻlib ishlab, oilamga yordam qilib, qish kunlari oʻqir edim. 14 yoshimdan boshlab, oʻsha zamonga muvofiq har xil sheʼrlar yoza boshladim. Bu zamonlarda „Tarjumon“ gazetasini oʻqib, zamondan xabardor boʻldim».

# Taniqli adib O‘lmas Umarbekovning “Qizimga maktublar” asarida Abdulla Avloniy cheksiz mehr va e’tiqod bilan tilga olinadi. O‘lmas Umarbekov ham Mirkarimboy kabi O‘qchi mahallasidan bo‘lib, uning hovlisi Avloniy, Mirkarimboy farzandlari xonadoni kabi Mirobod dahasida, o‘sha paytlar “Gospitalniy” deb atalgan mavzeda joylashgan edi.

Dunyodagi barcha narsa haqida 35ta qiziqarli faktlar

# Abdulla Avloniy XX asr boshida jadidchilik harakatiga qoʻshiladi. Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri sifatida taniladi.

# Avloniy 1906-yilda. „Taraqqiy“, 1907-yilda oʻz uyida „Shuhrat“ gazetalarini chiqargan. Bu gazetalar yopib qoʻyilgach, 1908-yilda yashirin ravishda „Osiyo“ gazetasini nashr etdi. 6-sonidan soʻng hukumat bu gazetani ham taqiqlab qoʻygan.

# 1906-yildan sheʼrlari bilan matbuotda qatnasha boshlaydi. Arab, fors, rus tillarini oʻrganib, bu tillarda ijod qilgan mutafakkirlarning asarlarini oʻqiydi, baʼzilari (masalan, Lev Tolstoy, Konstantin Ushinskiy asarlari) ni oʻzbek tiliga tarjima qiladi.

# U birinchi boʻlib kimyo, geografiya, fizika va astronomiya fanlarini maktabda oʻqitish taklifini beradi. Ilgʻor gʻoyalarni maktab orqali xalqqa tarqatishga harakat qildi: Toshkent shahrining Mirobod mahallasida mahalliy aholi bolalari uchun yangi usul maktabi ochib (1908), oʻzi ona tili va adabiyotdan dars berdi.

Islom Karimov haqida qiziqarli malumotlar va faktlar

# Avloniy 1900-yilda toshkentlik savdogarning Salomatxon ismli qiziga uylangan. Ularning 7 nafar farzandi boʻlib, ular: Savriniso, Karima, Kunduz, Hakima, Asadilla, Otaliq va Kenja.

# Abdulla Avloniy1909-yilda „Jamiyati xayriya“ tuzib, yetim bolalarni oʻqitgan. Shu yili „Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar“ nomli toʻrt qismdan iborat sheʼriy toʻplamining birinchi juzʼini nashr ettirgan.

#  Avloniy 1927-yilda Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. 2020-yilda „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlandi.

# Avloniy Toshkentda 1934-yil 25-avgustda 56 yoshida vafot etgan va Botkin koʻchasidagi qabristoniga dafn qilingan.

Sizni hayratga soluvchi turli qiziqarli ma’lumotlar

# Abdulla Avloniy farzandlari: Savriniso Avlonova, Karima Avlonova, Kunduz Avlonova, Hakima Avlonova, Asadilla Avlonov, Otaliq Avlonov, Kenja Avlonov.

Abdulla Avloniy asarlari: „Advokatlik osonmi“ (1914), „Pinak“ (1916), „Biz va siz“ (1917), „Portugaliya inqilobi“, „Ikki muhabbat“, „Boʻron“ kabi pesalari, „Tulki ila qargʻa“ masali, „Mardikorlar ashulasi“, „Vatan“ (1916), „Maktab“, „Bogʻcha“, „Yalqov shogird tilidan“, „Togʻlardan bir manzara“, „Millatga xitob“, „Ishchilara tortuq“, „Koʻklam keldi“, „Tovush“ kabi sheʼrlari, „Maqsad va maslak“ (1908-yil 9-aprel), „Holimizga doir“ (1908-yil 14-fevral) kabi maqolalari, „Hasad balosi“ majoziy hikoyasi va boshqalar.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *