Islom Karimov haqida qiziqarli malumotlar va faktlar

Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov haqida qiziqarli malumotlar va faktlar.

Islom Karimov haqida qiziqarli malumotlar

Islom Karimov haqida qiziqarli malumotlar va faktlar

# Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildi.

# Karimovlar oilasida sakkiz farzand o‘sib ulg‘ayadi: bir qiz – Mehriniso va yetti aka-uka: Amonullo, Ibodullo, Arslon, Quddus, Ikrom, Islom, Xurshid. Barcha o‘g‘il farzandlar oliy ma’lumot olgan, ulardan uch nafari maktabni oltin medalga bitirgan, uch nafari fan nomzodi bo‘lgan.

# Islom Abdug‘aniyevich sevimli farzand, turmush o‘rtoq, ota va bobo ham edi. U o‘zining ota-onalari haqida, ayniqsa, onasi Sanobar oyini katta mehr va iliqlik bilan eslagan. Sanobar Karimova (1902-1982) sakkiz nafar farzandni dunyoga keltirib, o‘z hayoini ularning tarbiyasiga bag‘ishlagan.

# Islom Karimov 1945 yilda Samarqanddagi A.S.Pushkin nomidagi 21-maktabga o‘qishga kirib, uni oltin medal bilan tamomladi. Millati – o‘zbek.

# U rafiqasi Tatyana Akbarovna bilan 47-yil turmush qurdi.

# Uning uch nafar farzandi va olti nafar nabirasi bor.

Sizni hayratga soluvchi turli qiziqarli ma’lumotlar

# Islom Karimov o‘quvchilik yillari mobaynida ko‘p adabiyotlarni, ayniqsa, tarix bo‘yicha adabiyotlarni o‘qidi. U aniq fanlarni yoqtirardi, shaxmatga, modellashtirish va stol tennisiga qiziqardi.

# 1955 yilda Islom Abdug‘aniyevich O‘rta Osiyo politexnika institutiga o‘qishga kirdi. 1960 yilda uni tamomlab va “muhandis-mexanik” mutaxassisligi bo‘yicha diplom olib, “Toshselmash” zavodida o‘z mehnat faoliyatini boshladi va qisqa davr ichida usta yordamchisi, usta va texnolog kabi lavozimlarda ishlashga ulgurdi.

# 1991 yil 31-avgust kuni Islom Karimov tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini e’lon qildi.

# 1991 yil 29-dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston prezidenti etib saylandi.

# 1995 yil 26-martda o‘tgan umumxalq referendumi yakuniga ko‘ra uning prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi.

# 2000 yili muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishga muvofiq Islom Karimov 7-yil muddatga saylandi.

# 2007 yil 23-dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda Karimov 7-yil muddatga saylandi.

# 2015 yil 29-martda muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tdi. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishga muvofiq Islom Karimov 5-yil muddatga davlat rahbarligiga saylandi.

# O‘zbekiston davlati asoschisi va birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni og‘ir xastalikdan so‘ng 78 yoshida vafot etdi. Karimov mamlakatni 25-yildan ortiq vaqt davomida boshqarib kelgan. Karimov Samarqandda dafn etilgan.

O’zga sayyoraliklar yerimizga kelgani rostmi?

# Lola Karimova O‘zbekiston birinchi prezidentining so‘nggi onlari qanday o‘tgani haqidagi batafsil hikoya qilgan edi. Aytilishicha, Islom Karimov bir necha yil avval o‘z rafiqasi bilan Samarqand shahrini ziyorat qilganlarida Hazrat Xizr masjidi yonidagi joyni ko‘rsatib, ularni aynan shu masjid oldida dafn etishlarini vasiyat qilgan.

# Toshkentda 2017-yil O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov haykali ochildi. Samarqandda Karimov maqbarasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan. 2018-yilda Islom Karimov tavalludining 80-yilligi arafasida Qarshi shahrida Islom Karimov haykali ochildi.

# 2017 yilda Turkmanobodda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik, 2018-yilda Rossiya poytaxtida Islom Karimov haykali tantanali ravishda ochilgan. Shuningdek, 2016-yilda Moskvaning Yakimanka tumanidagi shahar xiyoboniga O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov nomi berildi.

Islom Abdug‘aniyevich Karimovning mehnat faoliyati

Islom Abdug‘aniyevich Karimovning mehnat faoliyati
  • 1960 yilda Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodida boshlab, master yordamchisi, master, texnolog vazifalarini bajardi;
  • 1961 yildan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi;
  • 1966 yilda O‘zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o‘tib, bo‘lim yetakchi mutaxassisi, rais yordamchisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i, Davlat plan komiteti raisining o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritdi;
  • 1967 yili u Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tamomlab, iqtisodchi mutaxassisligini oldi. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi;
  • O‘zbekiston SSR Moliya ministri (1983-1986);
  • Davlat plan komiteti raisi va O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining o‘rinbosari (1986);
  • Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi (1986-1989);
  • O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi (1989-1991) lavozimlarida ishladi;
  • 1990-1991 yillarda Sovet Ittifoqi Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Siyosiy burosi a’zosi bo‘ldi;
  • 1990 yil martda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I.Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

Ko‘pchilik bilmaydigan turli 10 qiziqarli fakt

Islom Abdug‘aniyevich Karimov quyidagi mukofotlar bilan taqdirlangan

Islom Abdug‘aniyevich Karimov mukofotlari
  1. Ukraina Prezidentining Faxriy nishoni (Ukraina), 1992 yil.
  2. “Mugunxva” ordeni (Koreya Respublikasi), 1995 yil.
  3. “Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” Katta Xochi kavaleri ordeni (Italiya), 1997 yil.
  4. “Altin iran” (Oltin burgut) ordeni. Qozog‘iston, 1997 yil.
  5. Birinchi darajali “Dono Yaroslav” ordeni (Ukraina), 1998 yil.
  6. “Ulug‘ Vitautas” ordeni (Litva), 2002 yil.
  7. “Fuqarolik xizmatlari uchun” ordeni (Ispaniya), 2003 yil.
  8. “Xizmatlari uchun” birinchi darajali ordeni (Polsha), 2003 yil.
  9. “Oltin Runo” ordeni (Gruziya), 2003 yil.
  10. “Stara Planina” ordeni (Bolgariya), 2003 yil.
  11. “Xaloskor” ordeni” (Gretsiya), 2003 yil.
  12. “Turkmenistanyn Hormatly il yasulusy” (Turkmaniston), 2007 yil oktyabr.
  13. “Uch yulduz” ordeni (Latviya), 2008 yil.
  14. “Jasorat” prezident ordeni (Gruziya), 2013 yil.
  15. Birinchi darajali “E’tirof xochi” ordeni (Latviya), 2013 yil.
  16. “Magtymguly Adyndaky Halkara Bayragy” ordeni va “Maxtumquli” xalqaro mukofoti (Turkmaniston), 2014 yil.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *