O‘limdan keyingi holat haqida qiziqarli faktlar

O‘lim holati rasman qayd qilinganidan so‘ng, ya’ni yurak urishdan to‘xtaganidan keyin ham mayitning miyasi ma’lum muddat ishlashda davom etadi. Demak, inson joni uzilganini sezadi.

Shu bilan birga uning tanasi tashqi muhitga ta’sirchanligini yo‘qotganini ham his qiladi. Inson o‘zining huddi jasadga qamalgan mahbusdek his qiladi. Atrofidagi tovushlarni eshitadi, kishilarni ko‘radi, lekin ularga javob qaytara olmaydi, harakat qilolmaydi.

O‘limdan keyingi holat haqida faktlar

1 — Odam o’lgach, uch kundan keyin tanasi chirish pallasiga kiradi.

2 — Norvegiyaning Longyir deb atalgan shahrida g’alati odat bor. Bu shaharda odamning o’lishi taqiqlanadi. Agar aynan shu shaharda o’lib qolsa, jasadini dafn etishmaydi.

3 — Aytishlaricha, Avraam Linkoln olamdan o’tgach, jasadini 17 marta qayta-qayta dafn etishgan ekan.

4 — Fransiyada shunday qonun bor. Qonunga ko’ra, agar ayol yoki erkak istasa, o’zi tanlagan marhum yo marhuma bilan rasman turmush qurishi mumkin.

5 — Madagaskarda odam dafn etilgach, qarindoshlari jasadni yana qayta qabrdan chiqarib olishadi. Gap shundaki, ularda “Famadixon” deb atalgan marosim bor. Marosim davomida ular marhumning jasadi bilan maxsus raqs ijro etadi.

6 — O’limdan keyin kattalar o’zlarini bola qiyofasida, bolalar esa aksincha kattalar qiyofasida ko’rarkan.

Bo’ri haqida qiziqarli faktlar

Klinik o‘lim bolalarda qanday kechadi?

7 — Bola klinik o’lim holatiga tushsa, faqat go’zal va jozibali manzaralarga guvoh bo’larkan.

Bola klinik o'lim holatida

8 — Odam tirikligida yaxshi bo’lsa, birovni ranjitmasa, birovning haqiga xiyonat qilmasa, boshqalarga nisbatan ko’proq yerga tashrif buyurish uchun izn berilarkan.

9 — O’limidan keyin odam organizmida gazlarning o’ta kuchli bosimi yuzaga keladi.

10 — Olimlarning ta’kidlashicha, semiz odam o’lgandan so’ng tanasi sovunga aylanarkan.

11 — O’limdan so’ng yerga faqat johil bo’lmagan, beziyon, mehribon ruhlargina qaytishi mumkin ekan.

12 — Odam o’lgach, uning quloqlari oxirgi o’rinda ishlashni bas qiladi. Demak, marhum ma’lum vaqt atrofdan taralayotgan tovushlarni eshitib turadi.

13 — Odam o’lgandan keyin boshi 20 soniyagacha yashab qoladi.

Ilon Mask haqida qiziqarli faktlar

O‘lim haqida ajabtovur afsona

14 — Janubiy Koreyada bir afsona bor. Afsonada aytilishicha, odam qorong’i xonada ventilyator yoqib uxlasa, albatta o’lib qolarkan.

O'lim haqida qiziqarli afsona

15 — Osiyoning janubi-sharqiy qismida hanuz shunday mo’miyolangan jasadlar borki, ularning tirnoq va sochlari o’sishda davom etmoqda.

16 — Joniga qasd qilganlar o’zini o’ldirdi-yu, tamom, barcha qayg’u va yomonliklardan qutuldim deb o’ylashadi. Ammo ular boqiy dunyoda bu gunohi uchun abadiy jazo toparkan.

17 — Agar olimlarning izlanish natijalariga e’tibor qaratsak, tiriklay ko’mib tashlangan odam hech kim qutqarib qolmasa, oradan 5,5 soat vaqt o’tgachgina rosmana o’lim toparkan.

18 — Odam o’lgach, miyasida yig’ilgan axborotlar saqlanib qoladi.

Dunyoga mashhur 12 inson haqida qiziqarli faktlar

19 — 1907 yili doktor Dunkan Makdugalo odamning o’lmasdan va o’limdan keyingi vaznini aniqlash bo’yicha tadqiqot o’tkazgan. Ma’lum bo’lganki, odam olamdan o’tgach, vazn tashlarkan.

20 — Juda ko’p xalqlarda yaqin kishisi o’lim topgandan keyin uning ismini tilga olish taqiqlanadi.

  1. Menga yoqdi raxmat:

    Ma’lumotlarni yanada kõpaytsalariz yaxshi bõlardi

  2. Nafisa:

    Bu keltirilib o’tilgan faktlar juda zoʻrekan. Menga juda yoqdi.

  3. Shahzoda:

    Juda qiziqarli faktlar ekan, juda diqqat bilan o’qib chiqdim. Bu maqola menga juda yoqdi.

  4. Nodir:

    Assalomu alayko’m. Bunaqangi qiziqarli malumotlarni avval hechqayerda o’qimagan ekanman, shunaqangi maqolalarni bizga yetkazishda sira charchamanglar.

  5. Muhammedov:

    Qaysi biridan boshlashni bilmay turubman. Yanayam qiziqarli narsalar yo’qmikan, masalan oʻzga sayyoraliklar yoki arvohlar haqida.

    • Aylin:

      Juda zo’r sayt ekan, bu faktlar ham menga rosa yoqdi.

  6. Raimov Oybek:

    Menga juda bu malumotlar yoqdi. Men Toshkent viloyati Angren shahridanman.

  7. Dilshod:

    Men hali bunday sayt borligini bilmagan ekanman, do’stlarimga ham ko’rsataman, bu saytta juda qiziqarli faktlar ko’p ekan, masalan kutubxonalar, odam o’lgandan keyin qanday hodisalar bo’lishi haqida juda qiziq malumotlar bor ekan.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *