To‘ti qush haqida qiziqarli faktlar

To‘ti qush haqida faktlar — To‘tiqushlarning ayrim turlari gapirishni biladi, biroq bu ko‘pchilik o‘ylaganidek har doim ham tinglagan narsasiga ko‘r-ko‘rona taqlid qilish emas. Jako to‘tiqushlari o‘zining so‘zlasha oladigan qarindoshlaridan ancha ilgarilab ketgan.

1 — To‘tiqush tabiatdagi eng go‘zal qush hisoblanadi. Ular mayda qizilishton to‘tilaridan ulkan Aragacha turlarga bo‘linadi.

2 — To‘tining eshitish imkoniyatlari juda keng. Boshini 180 darajagacha bura oladi.

Totiqush haqida qiziqarli faktlar

3 — To‘tiqush turli tovushlarni, jumladan, odam ovozi, ro‘zg‘orda ishlatiladigan uskunalar, boshqa qushlar tovushlarigacha takrorlaydi.

4 — Dunyoda eng yirik to‘ti «ARA» hisoblanadi. Araning uzunligi bir metrgacha, vazni 1, 5-2 kilogrammgacha yetadi. «ARA» dunyodagi eng qimmat turadigan qush hamdir.

Odam (inson) haqida qiziqarli faktlar

ara toti qush haqida

5 — Eng aqlli va tez gapirishni o‘rgana oladigan to‘ti «Jako»dir. U 2000 tagacha so‘zni yoddan bilibgina qolmay, ularni turli ohanglarda ayta oladi.

6 — To‘tilar eng uzoq umr ko‘ruvchi qushlar sirasiga kiradi. Mayda to‘tiqushlar 25 yilgacha yashasa, yiriklari 100 yil umr ko‘radi.

Totilar eng uzoq umr koruvchi qush

7 — «Kakadu» 40 tagacha so‘z va bir nechta gaplarni eslab qola oladi. To‘tiqush «Lori» esa 50 tagacha so‘z va bir nechta gapni yodlash xususiyatiga ega. Mayda (volniste) to‘tilar 100 tagacha so‘zni yodlay oladi. Lekin gaplarni eslab qola bilmaydi.

8 — Eng tez uchadigan to‘tilar mayda (volniste) to‘tiqushlardir. Ular soatiga 120 km tezlikda uchadi.

tez uchadigan to‘tilar volniste

9 — To‘tilar Avstraliyada 5 million yildan beri istiqomat qiladi.

10 — To‘tiqushlar eng aqlli va zehni o‘tkir, xotirasi mustahkam qushdir. Avstraliyada to‘tilarni gapirishga o‘rgatadigan alohida maktab ham mavjud.

Qushlar haqida qiziqarli faktlar

To‘tiqushlar xotirasi mustahkam qushdir

11 — «Kea» to‘tisi qonxo‘r hisoblanib, Yangi Zelandiyada ko‘p uchraydi. Aytishlaricha, «Kea» to‘tilari kechalari fermalarga kirib hayvonlarning qonini so‘rarkan. Qo‘yga tashlansa, tumshug‘i yordamida go‘shtini yulib olarkan. Bu to‘tilar qo‘y go‘shtini juda sevib iste‘mol qiladi.

12 — Amerikada to‘ti bilan bog‘liq ajabtovur hodisa yuz bergan. Gapirishni biladigan to‘ti yashaydigan uyga o‘g‘rilar kirgan. O‘g‘rilar bir-biriga ismini aytib murojaat etgan bo‘lsa kerakki, to‘ti ularning ismlarini eslab qolgan va politsiya kelganda barcha ismlarni birma-bir aytib bergan. Politsiyachilar shuning yordamida o‘g‘rilarni sira qiynalmasdan tutishgan.

totiqush haqida malumotlar

13 — Yevropaliklar orasida to‘tiqushlarni birinchi bo‘lib ko‘rganlar Aleksandr Makedonskiy askarlari hisoblanadi. Ular Hindiston hududiga bostirib kirganda, to‘tiqushlarni ko‘rishga muyassar bo‘lgan.

14 — Qadimiy Rimda ham gapirishni biladigan to‘ti bozorda juda qimmat narxlarda sotilgan.

gapirishni biladigan to‘ti

15 — Eng og‘ir vaznli, ammo o‘rtacha hajmga ega to‘ti bu «Kakapo»dir. Uni «Boyqush to‘ti» ham deb atashadi. Sababi, bu to‘tiqushning tashqi ko‘rinishi ko‘proq boyqushni eslatib yuboradi. «Kakapo»ning uzunligi 60 santimetr atrofida bo‘lsa-da, vazni 4 kilogrammni tashkil etadi.

16 — Shokolad, tuz, avokado, spirtli ichimlik mayda to‘tilar uchun o‘lim demakdir.

Informatika va kompyuter haqida qiziqarli faktlar

shokalad mayda to‘tilar uchun o‘lim demakdir

17 — «JAKO» to‘tisi 400 tagacha so‘zni, o‘nlab gaplarni yodlabgina qolmay, ularni turli tillarda gapira oladi.

18 — Hindiston politsiyachilari kunlarning birida ayol kishini haqoratlagan to‘tini qamoqqa olgan. Ma‘lum bo‘lishicha, so‘kishga to‘tini ayolning o‘gay o‘g‘li o‘rgatgan ekan.

haqoratlagan to‘tini qamoqqa olingan

19 — Qadimda hindu qabilalari to‘tilardan uy qo‘riqchisi sifatida foydalangan. Begona odam kirib kela boshlasa, oldindan o‘rgatilgan to‘ti shu haqda egasini ogohlantirgan.

20 — Kakadu va boshqa yirik to‘tilar bolalariga alohida-alohida ism beradi. Ona har bir bolasi uchun alohida chirillab murojaat etadi. Shubhasiz, bolalari ham o‘zining ismini onaning birinchi chirillashidanoq anglay biladi.

totilar bolalariga ism beradi

21 — «Qora kakadu» uzunligi 60 santimetr, vazni 1 kilogacha yetishi mumkin. Tumshug‘i 10 santimetr. Bir cho‘qishda odam barmog‘ini ham uzib olishi hech gap emas.

22 — To‘tilar ham chapaqay, ham o‘naqay bo‘ladi. Buni qaysi qo‘li bilan yegulik olayotganiga qarab aniqlash qiyin emas.

Dunyodagi eng qiziqarli faktlar

Qizil dumli jako to‘tiqush haqida malumot

Jako to‘tiqushi yoki kulrang to‘tiqush G‘arbiy Afrikaning ekvatorial va tropik o‘rmonlarida uchraydi. U ikkita turdan iborat: ekvatorbo‘yi tumanlarida yashaydigan qizil dumli jako va janubroqda Angola va Tanzaniya o‘rmonlarida yashaydigan qo‘ng‘ir rang dumli jako.

Qizil dumli jako to‘tiqush

Uning tarqalish hududi asosan yog‘li palma o‘sadigan joylarga to‘g‘ri keladi, chunki bu o‘simlik kulrang to‘ti uchun muhim ozuqa manbai sanaladi. Bundan tashqari, to‘tilar meva, daraxt urug‘larini zavq bilan yeydi. Jako ancha yirik qush bo‘lib, 30-35 santimetrgacha o‘sadi va 50 yil, ba’zida esa undan ham ko‘proq yashaydi.

Jakoning patlari o‘ta yorqin emas. Boshqa to‘tilar bilan taqqoslaganda ancha sipo. Biroq u kishi ko‘nglini boshqa jihati bilan zabt etadi. To‘g‘ri tarbiyalansa, jako aqlli suhbatdoshga aylanishi mumkin. Jako to‘tilari suhbat davomida 300 tagacha so‘zni qo‘llashi belgilangan.

Ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etgan eng taniqli to‘ti Aleks laqabli jako to‘tisi edi. O‘tgan asrning 80-yillarida amerikalik olimlar yirik tadqiqot o‘tkazib, jakoda qushlar uchun g‘aroyib sanalgan tilni o‘zlashtirish qobiliyatini aniqlashda yordam berishdi.

Qo‘ng‘ir rang dumli jako

To‘ti Aleks doktor Iren Pepperberg rahbarligi ostida maxsus o‘qitish kursini o‘tdi. Natijada nutqida predmet, material, rang, shakl kabi turli kategoriyalardagi bir necha o‘nlab so‘zlarni talaffuz etish va qo‘llashni o‘rgandi.

Hindiston haqida siz bilmaydigan 50 qiziqarli fakt

Jako Aleks ko‘plab test savollariga to‘g‘ri javob berdi va buyumlarning umumiy belgilarini ajrata oldi. Bundan tashqari, Aleks doktor Pepperberg bilan bemalol suhbatlashib, o‘z istak va iltimoslarini bayon etdi.

Albatta, Aleks olimlar nazorati ostida maxsus o‘rgatilgan yetuk to‘ti edi. Biroq boshqa jakolar bilan ham erta yoshidan shug‘ullanilsa, ular ham o‘zlarining so‘zlashuv qobiliyatlari bilan kishini hayratga solishga qodir. Bugun ushbu to‘tilar uyda boqiladigan qushlar sifatida ham ancha taniqli.

  1. Zarnigor:

    Assalomu alayko’m. To’tiqush haqida yaxshi malumot bor ekan, iloji bo’lsa yanada qiziqarliroq qilinglar.

  2. Naimaxon:

    To’ti qush turlarini ilmiy tasnifini yozing. Masalan: vatani, lotincha nomi, vazni, qancha umr ko’rishi, ko’payishi, oziqlanishi va hokazo.

  3. Madina:

    To’ti qushlar tuxum qo’ygandan keyingi parvarishi haqida ma’lumot ko’proq bersangiz.

    • Sardorbek:

      Assalomu aleyko’m. To’ti qushlar avvalo tuxum qo’ygandan keyin tuxumlarni 18-20 kunda ochib chiqadi, tuxumlash davri boshlanganda yani birinchi tuxumni qo’ygandan keyin qushlarga nima berish kerar? u vaqtda qushlarga tovuq yoki bedana tuximini qaynatib faqat oqini kunda kun ora tez-tez berib turish kerak, qushlar qafasiga bir idishga
      1. oddiy toza tuproq
      2. qum
      3.mayda toshlar
      4. tuxum po’chog’idan tayorlangan talqon
      solib qo’yiladi, tuxumlash davrida qushlarga ko’katlar berilmaydi, yoki juda oz miqdorda haftada bir bor ozgina berilsa bo’ladi, donlarini iloji boricha ko’proq solib qo’yiladi, qushlar ortiqcha bezovta qilinmaydi.

    • Marg'uba:

      To‘tiqush haqidagi maalumotlar uchun katta rahmat.

  4. Zilola:

    To’tiqushlarning gapirmaydigan turlariga gaapirishni o’rgatish mumkinmi?

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *