Yirtqich qushlar haqida qiziqarli faktlar

Yirtiqch qushlar qatoriga burgut, kalxat, tasqara, qoraqush hamda qirg’iy, lochin, ukki va boshqalar kiradi. Ularning tirnoqlari uzun, o’tkir va qayrilgan bo’lib, o’ljasini shu tirnoqlari bilan ushlaydi va jonsizlantiradi, tumshug’i bilan cho’qib, qismlarga bo’lib tashlaydi.

Yirtqich qushlar haqida malumotlar va faktlar

Yirtqich qushlar haqida qiziqarli malumotlar va faktlar

Yirtqich qushlarning eng yiriklaridan biri burgut bo’lib, qanotlari yozilganda 2,5 metrga yetadi. U maydaroq umurtqali hayvonlarni ovlaydi. Burgut 5-6 kg vazndagi o’ljasini havoga ko’tarib keta oladi. Tog’lardagi baland qoyalarga, cho’llardagi tepaliklar va saksovulga uya quradi.

Yirtqich qushlarning ko‘zi o‘tkir bo‘lganidan o‘ljasini uzoqdan payqab oladi. Yirtqichlar juft bo‘lib yashaydi. Yirik qushlarning jufti butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Ular daraxtlarga va baland qoyalarga uya qurib, jish jo‘ja ochadi. Yirtqich qushlar kunduzgi yirtqichlar va yapaloqqushlar turkumlariga bo‘linadi.

Ko‘pchilik kunduzgi yirtqichlar zararkunanda kemiruvchilar va hasharotlarni qirib, qishloq xo‘jaligiga foyda keltiradi. Boshqalari esa ko‘pincha kasal va qari hayvonlarni yo‘q qilib, boshqa hayvonlarning kasallanishi oldini oladi; hayvonlar naslini sog‘lomlashtirishga yordam beradi.

Qushlar haqida qiziqarli faktlar

Qora kalxat — vohalar, to‘qaylar va tog‘larda, xullas, daraxtlar bo‘lgan hamma joyda uchraydi. Uchib borayotgan kalxatni ayri dumiga qarab oson bilib olish mumkin. Kalxat Markaziy Afrika va Janubiy Osiyoda qishlaydi, mart oylarida uchib kelib, daraxt larning shoxiga in quradi. Kalxat juda foydali qush bo‘lib, ko‘pincha baqalar, kemiruvchilar, har xil hasharotlar, shuningdek, kushxonalarning tashlandiqlari va o‘laksalar bilan oziqlanadi; mayda qushlarni ham tutib yeydi. U havoda baland uchib, o‘lja axtaradi.

Qora kalxat tog'larda uchraydi

Tasqara – o‘lkamizda uchraydigan qushlarning eng yirigi. Tana sining uzunligi 1,5 m ga, qanotlarini yozganda kengligi 3 m gacha yetadi; uning og‘irligi 6–12 kg, boshi va bo‘ynidagi patlari juda siyrak bo‘ladi. Tasqarani uchganida keng va uzun qanot laridagi oqish patlarini panjasimon yozilishiga qarab bilish mumkin. U havoda uzoq vaqt qanot qoqmasdan ucha oladi, lekin yerda beso‘naqay qadam tashlaydi. Tasqara hayvonlarning o‘laksasi bilan oziqlanadi. Sayhonlik ustida soatlab uchib, o‘laksa izlaydi. Tasqaraning tirnoqlari kuchsiz bo‘lganidan tirik hay vonlarga hujum qilolmaydi. Lekin juda kuchli, uchi qayrilgan tumshug‘i bilan hayvonlar terisini yirta oladi.

Tasqara o'lkamizdagi yirik qush

Ukki — tungi yirtqich qush bo’lib, tumshug’ining uchi qayrilgan, katta ko’zlari qorong’ida ham mayda narsalarni ko’ra oladi. O’ljasini o’tkir tirnoqlarini botirib nobud qiladi. Shitirlagan past ovozni ham eshitadi, boshining ustida quloqqa o’xshash ikki to’p patlari dikkayib turadi. Turli xil kemiruvchilar, kichikroq qushlar bilan ovqatlanadi.

Ukki tungi yirtqich qush

Boyo’g’li  yapaloqqushlar oilasiga mansub yirtqich qush (boyqush ham deyiladi). Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrikada tarqalgan. Oyoqlari kuchli va paxmoq, tumshug’i qayrilgan, pati mayin, o’ljasini tovushsiz uchib kelib, tutib oladi, ko’zlari o’tkir. Bahorda kechalari, ba’zan kunduzi ham sayraydi. Ovozi yig’lagan bolaning tovushiga o’xshaydi. Boyqush mayda kemiruvchilar, kaltakesaklar, hasharotlar va mayda qushlar bilan ovqatlanadi, zararkunanda kemiruvchilarni qirib, xo’jalikka foyda keltiradi.

Boyo'g'li yapaloqqushlar oilasiga mansub yirtqich qush

Yapaloqqushlar – tunda hayot kechirishga moslashgan yirtqichlar. Ularga faqat qorong‘i tushgandan so‘ng ov qiladigan yapaloqqushlar: ukki, boyo‘g‘li, boyqushlar kiradi. Yapaloqqushlar tumshug‘ining uchi qayrilgan, tirnog‘i o‘tkir bo‘lib, tirik o‘ljani tutishga imkon beradi. Ularning ko‘zlari katta, ko‘z qorachig‘i keng ochiladi. Shuning uchun g‘ira-shira yorug‘likda ham mayda hayvonlarni ko‘ra oladi. Sezgir quloqlari esa tunda shitirlagan ovozni ham ilg‘ab oladi. Patlari g‘ovak va yumshoq bo‘lganidan uchganida ovoz chiqmaydi. Tungi yirtqichlarning yuzi yapaloq yuraksimon bo‘lganidan yapaloqqushlar turkumiga kiritilgan».

Parranda va qushlar haqida topishmoqlar

Qirilib ketgan yirtqich qushlar haqida malumot

Baxtimizga tarixdan avvalgi qirilib ketgan yirtqich qushlarMillion yillar avval Yer sayyoramiz eng havfli joy edi: u yerda katta katta dinazavrlar va baxaybat ko’p oyoqli mavjudotlar ko’chma hayot kechirishgan. Agar hozirgi hayotimizdagi odamlar o’sha hayotda yashashganda ular shu mavjutorlar orasida kichkinagina chumoloday ko’rinar edilar.

Pelargonis Sandersa — Avvalgi eng katta uchadigan qush, uning qanotining uzunligi 6-7 metrgacha yetib boradi bu esa hozirgi paytimizdagi eng katta qushning ikki barravar kattaligidan dalolatdir. Birinchi bor bu qush Janubiy Koralina, Charlston shaxrining oldida 1983 yilda topilgan.

Pelargonis Sandersa eng katta qush

Argentavis — Pelargonis Sandersning qushi topilishidan avval eng katta qirilib ketgan qush argentqvis xisoblangan uning qanotining uzunligi 5-6 metr bo’lgan edi. Bu qushning qoldiqlari g’arbiy shimoldagi Argentinaning markazida topilgan edi.

Vrgentavis yirtqich qush

Pelargonis chilensis — Pelargonis chillens 5-10 millionlab yillar avval yashagan. U zamonaviy Chili chegaralaridagi okeanlar va tog’lar ustida uchib yurgan. Uning qanotining uzunligi tahminan 5 metr. Bu qushning yagona nusxasi Atakama cho’lidagi El-Morro tog’ oldida topilgan.

Millionlab yillar avval yashagan yirtqich qush

Terratonis — baxaybat shimoliy Amerikadagi yirtqich qushi bo’lgan, uning qanot qoqganda uzunligi 3,5 metr bo’lib balandligi 75 sm edi. Tahminan yurlab terratornislar Kaliforniya, Oregon, Arizon, Florida va Janubiy Nevadada topilgan edi. Ular quyondek hajmdagi turli hil jonzotlarni ovlagan.

Terratonis shimoliy amerikadagi yirtqich qush bo'lgan

Xaasta Burguti — Xaasta burguti qanot qoqganda uzunligi 2,5-3 metr bo’lgan yagona yirtqich baxaybat qushlaridan biri bo’lgan. Uning vazni va balandligi bundan oldingi parandalar safiga kiruvchi yirtqich qushlardan ancha kattaroq bo’lgan. Xaasta burguti Janubiy tomonlarda Yangi Zelandiyada yashagan va butkun qirilib ketgani tahminan 1400 yillarda bizning erada spdir bo’lgan.

Hayvonlar va qushlar haqida maqollar

Xaasta burguti qanot uzunligi uch metr

Kelenken — Bu yirtqich qushlar orasidagi uchmaydigan baxaybat qush bo’lgan, u tahminan 15 mln yillar avval Argentinada yashagan. Klenken qushlar uchun juda ham katta bo’lgan bosh suyagiga ega bo’lgan uning uzunligi 72 sm. Uning tumshug’ining uzunligi 46 sm, bo’yi esa 2,5 metr bo’lgan.

Kelenken uchmaydigan baxaybat yirtqich qush

Brontornis — Yana bir yirtqich qushlarning uchmaydiganlar safiga kiruvchi qush, u Patagoniya atroflarida yashagan. Uning vazni tahminan hisoblab ko’rganda 350-400 killogramlargacha yetib borgan, bo’yi esa — 2,80 metr. Borontorning vazniga qaraganda u haqiqatdan yirtqich qush bo’lgan.

Brontornis yirtqich qushlar turkimiga kiradi

Parrandalar va qushlar haqida sherlar

Qushlarning bizning hayotimizdagi ahamiyati

Qushlar zararkuranda hasharotlar va kemiruvchilarni qirib, tabiatda ular sonini cheklab turadi. Qushlarning o‘zi ham ko‘pchilik hayvonlar uchun oziq bo‘ladi. Ular meva va urug‘lar bilan oziqlanib, o‘simliklarning tarqalishiga yordam beradi. Nektarchi qushlar esa gullarni changlatadi.

Kaklik, qur, qirg‘ovul, o‘rdak, g‘oz, bedana, kaptar va boshqa qushlar go‘shti uchun sanoat miqyosida yoki sport usulida ovlanadi. Dengiz o‘rdagi – gaaganing uyasiga to‘shaydigan pari yengil sanoatda foydalanish uchun yig‘ib olinadi. Qushlar axlati esa azot va fosforli moddalarga boy o‘g‘it hisoblanadi.

Qushlarni muhofaza qilish ularni bezovta qilmaslik va uyasini buzmaslikdan iborat. Qushlarni dalalarga jalb etish uchun dalalar chetida daraxtlar ekiladi. Qor ko‘p yog‘gan qish kunlari mayda qushlar uchun daraxt shoxlari orasiga donxo‘raklar o‘rnatilib, don-dunlar sepib qo‘yiladi.

  1. Botir:

    Yirtqich qushlar haqida juda ajoyib maqola bo’libdi, bilmagan juda ko’p narsalarimni bilib oldim.

  2. Nomalum:

    Yirtqich qushlar haqidagi ushbu malumotlar juda zo’r ekan, isharingizga omad tilab qolaman.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *