Qushlar va Parrandalar haqida topishmoqlar javobi bilan
Qushlar hamda parrandalar haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.

1. Liking-liking yo‘rg‘asi bor,
Kumush choqli sirg‘asi bor.
2. Boyning o‘g‘li ko‘kka qarab yig‘laydi.
3. Oq sandiq,
Og‘zi yo‘q sandiq.
4. Liking-liking yo‘rg‘asi,
Og‘zida baxmal to‘rvasi.
5. Zuv-zuv borag‘ay,
Tomdan qarag‘ay.
Cho‘p, loy cho‘qig‘ay,
Savat to‘qig‘ay.
6. Boshi taroq,
Dumi o‘roq.
7. Oqligi sutday,
Ko‘kligi nilday,
O‘tirishi bekday.
8. Gul ustida olifta ashulachi.
9. Ovozasi azonda,
Mazaligi qozonda.
10. Yuqoridan keladi zebogina tovshi bor,
Oyog‘ida paxmoqqina kovshi bor.
11. Bir kosada ikki xil ovqat.
12. Atlas ko‘ylak qanoti,
Xush xabarchi odati.
13. Kasbi doim taqir-tuqur,
Qayda ilon ko‘rsa cho‘qir.
14. Qirdan turib tuxum irg‘itdim.
15. Yozda keladi,
Qishda ketadi.
16. Mening bir o‘tovim bor,
Oynasi, eshigi yo‘q.
17. Erta turadi,
Jar chaqiradi.
Odam va tana azolari haqida topishmoqlar
18. Jonlidan jonsiz do‘raydi,
Jonsizdan jonli do‘raydi.
19. Bir qushim bor farangi,
Chorbog‘da chalar changdi.
20. Chiy tagida chinni kosa.
21. Saroyda sari otim,
Sebi bilan kishnaydi,
To‘qayda to‘riq otim,
To‘pi bilan kishnaydi.
22. Bir qo‘shnim bor avval boshdan,
Soqoli uning qizil go‘shdan.
Sahar turib shovqin solar,
Xabari yo‘q hech bir ishdan.
23. Qizil qiya ichida,
Qiyma juvon o‘tirar.
Dakanasin dol qo‘yib,
Dalva juvon o‘tirar.
24. Jar boshida uyurma.
25. Jar boshida yashil paxta.
Tabiat va fasllar haqida topishmoqlar
26. Bir piyolada ikki xil sharbat.
27. Qizil yulg‘unning tagida,
Qizlargul opam yotibdi.
28. Qoziq ustida qor turmas.
29. Bir uyda ikki o‘rtoq,
Biri sariq, biri oq.
30. Gul shohida,
Hasan mastcha.
31. Surp ko‘ylaklik,
Selon kamzullik.
32. Tomda turgan pishagim,
Bo‘yni uzun eshagim.
33. Saharxez so‘fi,
Tuynukda bibiotin.
34. Bolorda beshik bor.
35. Pishirsa osh bo‘lur,
Pishirmasa qush bo‘lur.
36. O‘tga tushsa muz bo‘lar.
37. Kichkina juvonmarg,
Tom boshidan o‘tin tashlaydi.
38. Buxorodan kelgan minoli,
Og‘iz-boshi xinoli.











Qushlar hamda parrandyu-darrandalar haqidagi ushbu topishmoqlar to’plamiga gap yo’q. Javoblariniham bilib oldim raxmat.
Topishmoqlar juda yaxshi ekan, men bundan juda juda mamnunman.
Yaxshiyu lekin sizlar 3tagina qush va tuxum haqida yozibsizlar, baribir manga juda yoqdi…
Qushlar haqidagi ushbu topishmoqlar juda qiziqarli ekan, saytgaham gap bo’lishi mumkin emas.