Daraxtlar, Mevalar va O‘simliklar haqida topishmoqlar javobi bilan
Draxt, meva va o’simliklar haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.
1. Qo‘shaloq tovoq,
Ichi to‘la yog‘.
2. Chorpoya ustida,
Shirin-shirin shox soqqa.
2. Daraxt ustida langar.
3. Ichi un-un,
Tashi gulgun.
4. Sariqqina to‘ni bor,
Ichi to‘la doni bor.
5. Kichkina gumbaz ichida,
Qizlar aylabdi makon.
Yuzlarida parda tutig‘lik,
Har birining bag‘ri qon.
6. Kichkina dekcha,
Ichi mazaliqcha.
Odam va tana azolari haqida topishmoqlar
7. Beli bog‘li, cho‘tir choldir,
Qo‘ynida bor bujur kampir.
8. Kichkina tandircha,
Ichi to‘la kulcha.
9. Past-past bo‘yi bor,
Malla to‘ni bor.
10. Pastu baland ko‘p xotin,
Ko‘ylaklari oq, gulgun.
11. Eshagim quduqqa tushib ketdi,
Dumidan ushlasam, yulinib ketdi.
12. Osti sariq, usti sariq,
Shirin, totli, ichi tariq.
13. Osmondan tushdi bir tugun,
Usti baxmal, ichi un.
14. Dum-dumaloq bo‘yi bor,
Palovda obro‘yi bor.
15. Kichkina qozon,
Jingla palov.
16. Qopcha,
Qopcha ichida uncha,
Uncha ichida ustuncha.
17. Ikki tog‘ning orasida,
Bir tup yantoq.
18. Otasi uyda qolar,
Bolasi bozor borar.
19. Usti zahar, ichi tosh,
Toshning ichi asal.
Parranda va qushlar haqida topishmoqlar
20. Bo‘g‘un-bo‘g‘un, bo‘g‘unchoq,
Tugun-tugun, tugunchak,
Yetmish qizning onasi,
Hali ham bo‘lsa kelinchak.
21. Mallagina to‘ni bor,
Nordongina ta’mi bor.
22. Kichkina qozon,
Jikr palov.
23. Qora ho‘kizim og‘ilga kirishda dumini yulib qoldim.
24. Bir onadan yuz bola,
Yuzovi ham bo‘z bola.
25. O‘zi shirin, tukligina,
Mazasi bor, totligina.
26. Yozda ham qishda,
Bir xil kiyimda.
27. U yog‘i tog‘,
Bu yog‘i tog‘,
O‘rtasida sarig‘ yog‘.
28. Gulsiz bo‘lar mevasi,
Shirin-shirin donasi.
29. Bolalari qarsak chaladi,
Onalari o‘yinga tushadi.
30. Yer tagida qizil qayish.
31. Kichkina dekcha,
Ichi to‘la mixcha.
32. Tashi qizil anorday,
Ichi oq — unday,
O‘tirishi gulday.
33. Osh ichida tosh,
Tosh ichida osh.
Hasharot va qurt-qumursqalar haqida topishmoqlar
34. U yog‘i tosh, bu yog‘i tosh,
O‘rtasida nishgan osh.
35. Qo‘tir tosh,
Ichida osh.
36. Ota-onasidan bolasi shirin.
37. Qamchi dasta,
Qamchi dastada marjon.
38. Igna tegmasdan qon,
Tegirmon bermasdan un,
Tesha tegmasdan ustun.
39. Kichkina qozonning oshi totli.
40. Otasi bukri xo‘ja,
Onasi yoyma chalpak,
Bolasi shirin-shakar.
41. Po‘sti qalin, qovoqday,
Beli bog‘li tanobday,
Mevasi sarig‘ yog‘day.
42. Bodom kabi yaprog‘i,
Sollanadi butog‘i.
43. Qirq hujrada qizil qizlar.
44. Kichkina xotin shoshaqon,
Kichkina qozon toshaqon.
45. O‘zi ko‘m-ko‘k,
Yuzi qip-qizil.
Ekin, hosil va o‘simliklar haqida topishmoqlar
46. Hasan aka tikka turadi,
Bolalari chapak chaladi.
47. Tepdim, sandiq ochildi,
Yerga bodom sochildi.
48. Bir qop un,
Ichida ustun.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Qiziqarli topishmoqlar to'plami javobi bilan
- Qushlar va Parrandalar haqida topishmoqlar javobi bilan
- Odam va Tana azolari haqida topishmoqlar javobi bilan
- Tabiat va Fasllar haqida topishmoqlar javobi bilan
- Hayvonlar haqida topishmoqlar javobi bilan
- Kitob va Yozuv haqida topishmoqlar javobi bilan
- Mehnat va Ish quroli haqida topishmoqlar javobi bilan
- Sabzavot va Poliz ekinlari haqida topishmoqlar javobi bilan
- Qurol yaroq va Kema haqida topishmoqlar javobi bilan
- Yo‘l va Ot asboblari haqida topishmoqlar javobi bilan
Mevalar va o’simliklarga bag’ishlangan ushbu topishmoqlar judaham aqilni charxlashda qo’l keldi. Yanada yaxshiroq va qiyinroq topishmoqlarni kutib qolamiz.
juda zo’r topishmoqlar ekan. O’qib mazza qib javob berdim. Yanada qiyinroqlarini kutib qolamiz.