Yegulik va Oziq ovaqtlar haqida topishmoqlar javobi bilan
Oziq ovqat hamda yeguliklar haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.

1. Bir qo‘yim bor,
Turib semirar.
2. Quda buvam quduqqa tushdi,
Quloqlari shalpillab tushdi.
3. Bir kiyigim bor,
Bir joyda turib dirkillar.
4. Jummoq qo‘ydim, jubin top,
Jumalay boyning otin top.
Tag‘i qo‘ydim, tag‘i top,
Totli biyning otin top.
Hasharot va qurt-qumursqalar haqida topishmoqlar
5. Ming qo‘yim suvga tushdi.
6. Bir o‘rdakka bir chimdim.
7. Tor ko‘chaga o‘t tushdi,
Bora borguncha kuyib tushdi.
8. Oq qo‘yim bor,
So‘ysam qoni yo‘q.
9. Sovuq kirib,
Issiq chiqar.
10. Yettisi bir yerga yig‘ilsa,
Beshisi bir yerga yig‘iladi.
11. Suv emas, suyuq,
Qor emas, oq.
Hosil, ekin va o‘simliklar haqida topishmoqlar
12. Palovning ostida,
Suvning ustida.
13. Ko‘prik ustida bir tutam poxol.
14. Oq otdim,
Qizil oldim.
15. Oltmish ikki aybni oq yopar.
16. O‘zi oppoq, qor emas,
Non bo‘lmaydi, un emas.
17. Quduqqa sochimni yoydim.
18. Ip eshib quduqqa tashladim.
19. Jummoq qo‘ydim jup-jupgina,
Tomizig‘i tol-tolgina,
Tolqon bersang, ochaman.
20. Chaynaladi, chaynaladi, yutilmaydi.
21. Matalim matti,
Qulog‘i qatti.
Qozonga solsam,
Tikrayib yotdi.
Daraxtlar, o‘simliklar va mevalar haqida topishmoqlar
22. Kesdim,
Quduqqa tashladim.
23. Bukdim,
Quduqqa tashladim.
24. Xom soldim,
Pishiq oldim.
25. Bir qozondan qirq tuya suv ichar.
26. Yesam tishimga kiradi,
Yemasam tushimga kiradi.
27. Yumalatsam joni yo‘q,
Yulib olsam qoni yo‘q.
28. Mushtlab-mushtlab urarlar,
Muncha gunoh qilibman.
O‘tga solib yoqarlar,
Muncha osi bo‘libman.
Muncha meni xorlarlar,
Bilmam nima qilibman.
Muncha meni sevarlar,
Qanday shirin bo‘libman.
29. Qorong‘i uyda shivir-shivir.
Sabzavot va poliz ekinlari haqida topishmoqlar
30. Qozon ichida oppoq qor.
31. Osh pishirdim, tuzi yo‘q.











Assalomu alayko’m. Yegulik va oziq ovaqt haqidagi ushbu topishmoqlar menga juda yoqdi.
Barchaga Salom, menga yegulik hamda oziq-ovqat haqidagi topishmoqlar juda yoqdi. Sizlarga kattakon raxmat.
Yeguliklar haqida topishmoqlar bolalar uchun juda foydali, chunki ular shu orqali mahsulotlarning foydali tomonlarini ham o‘rganishadi.
Assalomu alaykum. Menga oziq ovqat haqidagi topishmoqlar yoqdi, dugonalarimga bergandim topa olishmadi kottakon raxmat.
Hammaga salom. Manga hamma topishmoqlar yoqdi, ko’proq oziq-ovqat topishmog’i yoqdi.
Salom, menga topishmoqlar juda yoqdi. Do’stlarimga bergan edim, topa olishmadi kattakon rahmat.
Ba’zi topishmoqlar juda oddiy, bolalar darajasida. Agar kattalar uchun ham murakkabroq savollar bo‘lsa, yanada qiziqarli bo‘lardi.
Oziq-ovqatlar haqidagi topishmoqlar juda qiziqarli ekan. Bolalarim bilan birga o‘qib, javoblarini topishga harakat qildik. Bunday mashg‘ulotlar oilaviy vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun juda foydali ekan.