Qurol yaroq va Kema haqida topishmoqlar javobi bilan
Kema, qayiq hamda qurol yaroq haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.

1. Yalt-yalt etar,
Yamlab ketar.
2. Og‘izginasi o‘ymoqday,
Baqirgani toyloqday.
3. Qora biyam qalt etdi,
Qobirgasi yalt etdi.
4. Tumshug‘i uzun,
Tog‘ni teshar.
Yo‘l va ot asboblari haqida topishmoqlar
5. Bolta urdim,
Badaxshon ketdi.
6. Oq kuchugim ang etdi,
Tovushi Qo‘qonga yetdi.
7. Izlasang izi yo‘q,
So‘ysang, qoni yo‘q.
8. Daryo,
Daryo ustida bo‘yra.
9. Top-top, top-top otim,
Tuyoqlari yalpoq otim.
Odam ko‘rsa kishnamas,
Yerdan bir cho‘p tishlamas.
Cholg‘u asboblari haqida topishmoqlar
10. Yursa izi bilinmas.
11. Zing etdi, zingrab ketdi,
Oq quvrayning boshini chalib,
O‘tdi, ko‘rdingmi?
12. Bir eshagim bor hangi,
To‘qimlari yangi,
O‘t yemaydi, suv ichmaydi.











Juda ham ajoyib topishmoqlar ekan. Menga yoqdi.
Assalomu alayko’m. Juda ham qiziqarli, bolalar uchun mos topishmoq ekan 👍