Mehnat va Ish quroli haqida topishmoqlar javobi bilan

Mehnat qilishga doir hamda ish qurollari haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.

Ish qurollari va mehnat haqida topishmoqlar

1. Yer tagida quyruq boradi.

Реклама

2. Urdim, gup etdi,
Yer tagiga kirib ketdi.

3. Ketaveradi, ketaveradi,
Tog‘day joyni buzib keladi.

4. Bir qushim bor ajoyib,
Don cho‘qiydi yeyolmaydi,
Qanot qoqadi, ucholmaydi.

Реклама

5. Metalim matti,
Qulog‘i qatti.
Qulog‘iga qattiq tepdim,
Yalpayib yotdi.

6. Tushgan yerini uzar.

7. U nimadir, quv yog‘ochdan og‘zi bor,
U nimadir, o‘rtasida mag‘zi bor,
U nimadir, yelkasida og‘zi bor,
U nimadir, suv ostida qimirlar.

Oziq ovaqtlar va yeguliklar haqida topishmoqlar

Реклама

8. Sen urmasang, u urmas.

9. To‘rda turgan to‘rt yigit,
To‘rtovi ham mard yigit.

10. Boradir, boradir,
Oyog‘ini ko‘tarib yotadir.

11. Qora tuya qaltiraydi,
Qobirg‘asi yaltiraydi.

Реклама

12. Yozda yurar,
Qishda yotar.

13. Yugurib, chaqqon o‘tadi,
Tagidagin o‘ldirib ketadi.

14. G‘oz qaqillab o‘tar,
Qanoti sharqillab o‘tar.

15. Mening kuchugim hovullaydi,
Qorni to‘q bo‘lsa aylanadi.

Реклама

16. O‘zi jonsiz,
Ishga polvon.

Sabzavot va poliz ekinlari haqida topishmoqlar

17. Yer ostida g‘olton guldiraydi.

18. Tushgan yerini kesar.

19. Kelib og‘zini ochar,
Tishlab olib qochar.

Реклама

20. Tomda turib karnay chaldim,
Tovushi Qo‘qonga ketdi.

21. G‘it-g‘it deydi, ishlaydi,
Yerga kukun tashlaydi.

22. Bizning uyda to‘rt kampir,
To‘rtovi ham mard kampir.

23. Oqqina tovuq somon sochar.

24. Yer tagida oy yurar.

Реклама

25. Qorong‘i tomning ichida
Polvon akam ikki oyoq bilan tepadi.

26. Qat-qat mening cho‘ntagim,
Qatlama mening cho‘ntagim,
Yetti yerdan to‘y qilsa,
To‘ymas mening cho‘ntagim.

27. Bir yog‘iga qor yog‘adi,
Bir yog‘iga do‘l yog‘adi.

Daraxtlar, o‘simliklar va mevalar haqida topishmoqlar

28. Charchamas kampir ko‘rdim, yolg‘iz oyoq,
Og‘ziga tashlab olgan cho‘pdan tayoq.
Yurgan sari belbog‘ini qavatlaydi,
Beribdi unga go‘zallikni ayamayoq.

Реклама

29. Oqqina kuchuk xov-xov etdi,
Qorni to‘yib ag‘nab ketdi.

30. O‘zi yerning tagida,
Kuchi yerning ustida.
O‘ttiz ikki og‘ayni,
Bir-birining ustida.

31. Biznikida bitta kishi,
Og‘zida qirqta tishi.

32. Ikki qo‘chqor urishar,
Qumalog’i tushar.

33. U yoqqa o‘tadi qizgina,
Bu yoqqa o‘tadi qizgina,
Qulog’iga halqa taqib,
Shildirab o‘tadi qizgina.

Реклама

34. Egiladi, bukiladi,
Mevalari to‘kiladi.

35. Yigirma besh og‘ayni,
Bir-birining izida.

Ekin, hosil va o‘simliklar haqida topishmoqlar

36. Sariboy akam saqtali,
Ikki oti no‘xtali.

37. Og‘zi yo‘q,
Tishi ko‘p.

Реклама

38. Yer ostida boy boradi.
Qulog‘ida loy boradi.

39. Ko‘p yeydi, tez yeydi,
Mayda chaynaydi.
O‘zi yuta olmaydi,
O‘zgalarni to‘ydiradi.

40. Qorong‘i uyda ko‘p polvon olishadi.

41. Qorong‘i saroyda buzoq shiqirlab og‘zidan ko‘pik sochadi.

42. Guv-guv etadi,
Marg‘ilon ketadi.

Реклама

43. G‘uv-g‘uv etar,
Qorni to‘ysa yumalab ketar.

44. Bir jumbog‘im bor boshdan,
Joni temir, toshdan.
Zuhra xola, yuguravering,
Usta tosh o‘ldi ochdan.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Qiziqarli topishmoqlar to'plami javobi bilan
  2. Sabzavot va Poliz ekinlari haqida topishmoqlar javobi bilan
  3. Daraxtlar, Mevalar va O‘simliklar haqida topishmoqlar javobi bilan
  4. Qushlar va Parrandalar haqida topishmoqlar javobi bilan
  5. Odam va Tana azolari haqida topishmoqlar javobi bilan
  6. Tabiat va Fasllar haqida topishmoqlar javobi bilan
  7. Hayvonlar haqida topishmoqlar javobi bilan
  8. Yegulik va Oziq ovaqtlar haqida topishmoqlar javobi bilan
  9. Ekin, Hosil va O‘simliklar haqida topishmoqlar javobi bilan
  10. Hasharot va Qurt-qumursqalar haqida topishmoqlar javobi bilan
  1. Ezoza:

    Mehnat haqidagi ushbu topishmoqlarni deyarli barchasini javobini topib oldim, sizlargaham o’z topqirligingizni sinab ko’rishni tavsiya etaman.

  2. Аноним:

    Mehnat qurollari haqidagi topishmoqlarga gap yo’q.

  3. Maftuna:

    Hammasi zo’r va alo darajada, yaxshi topishmoqlar bor ekan.

  4. Barno:

    Mehnat haqidagi ushbu topishmoqlar ajoyib, bizga yoqdi…

  5. Burxon:

    Juda yaxshi sayt ekan, qolaversa topishmoqlargaham gap yo’q, deyarli barchasini javobini topa oldim.

  6. Mirshodbek:

    Mehnat qilish bu insonga baxt keltiradi, menga bu topishmoqlar juda yoqdi!

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *