Hasharot va Qurt-qumursqalar haqida topishmoqlar javobi bilan

Qurt-qumursqa hamda hasharotlar haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.

Hasharotlar va qumursqalar haqida topishmoqlar

1. Ohu laylak, uhu laylak,
Suvdan o‘tar, suyaksiz laylak.

Реклама

2. Tutdan bizga ko‘ylak to‘qir.

3. To‘r bilan o‘rab olgan,
Pashshaga zanjir solgan.

4. Uzun tor ko‘cha,
Ichi to‘la lo‘libachcha.

Реклама

5. Burang-burang, burang ot,
Beli qayqi, kurang ot,
Tog‘u toshdan qayrilmas,
Oyoqlari tayrilmas.

Hayvonlar haqida topishmoqlar

6. Is biladi, it-emas,
In qazlaydi, tulki emas,
Qanoti bor uchadi,
O‘zi qush emas.

7. Jinday, jinday, jinday qiz,
Chip tepaga chiqdi qiz,
Bolalarin iyartib,
Undan yuqori chiqdi qiz.

Реклама

8. Chel tagida qurbaqa.

9. Kichkina lo‘li,
Keyiniga yetmaydi to‘ni.

10. Ho‘kiz shoxli,
Buqa bo‘yinli,
Qiyg‘ir qanotli,
Eshak sag‘irli,
Tuya oyoqli.

11. O‘zlari ajabgina,
Quyro‘qlari gajakkina,
Hali o‘psa ko‘rasan,
Yig‘lay-yig‘lay o‘lasan.

Реклама

12. Beli-beli belang ot,
Beli nozik kurang ot.
Toqqa minsa toymas ot,
O‘lat teksa o‘lmas ot.

13. Bir otim bor ajabgina,
Dumlari bor gajakkina,
Hali kelsa ko‘rarsiz,
Qo‘rqa-qo‘rqa o‘larsiz.

14. Daraxt shoxida sakson tuxum.

Fasllar va tabiat haqida topishmoqlar

Реклама

15. O‘zi yo‘qdek,
Tovushi o‘qdek.

16. U yoqdan, bu yoqdan
Karvon o‘tdi, ko‘rdingmi?

17. To‘qay ichida to‘ng‘iz.

18. Uchib yurgan qarg‘aning,
Inin buzib bo‘lami?

19. Zuv-zuv borar,
Zuv-zuv kelar.
Doston o‘qir,
G‘alvir to‘qir.

Реклама

20. Arangday-parangday,
Ikki ko‘zi zaparangday.

21. Ko‘k yeb, oltin o‘raydi.

22. Pichagina bo‘yi bor,
Takakidan to‘ni bor.

23. O‘zi qora, qanotli,
Shoxlari bor, tirnoqli.

24. U yoqqa boradi,
Bu yoqqa boradi,
Bo‘z to‘qiydi.

Реклама

25. Tog‘dan toymas ot,
Miltiq tegmas ot.

26. Mingta qo‘yim sig‘adi,
Bir bog‘ bedam sig‘maydi.

27. Qorong‘i tom ichida
Qora buzoq dirkillar.

28. O‘tirishi tulkiday,
O‘t yeyishi yilqiday.

29. Soy ichida saksonboy.

Реклама

Odam va tana azolari haqida topishmoqlar

30. Kichkina-mitti,
Qo‘limga olsam,
Qovurg‘asi sinib ketdi.

31. Beli qilday,
Boshi xumday.

32. O‘tirishi o‘ymoqday,
Baqirishi toyloqday.

33. Qora o‘zi, qarg‘a emas,
Shoxlari bor, ho‘kiz emas,
Olti oyoq, tuyoqsiz,
Uchadi, chig‘illaydi,
O‘tirib yer kovlaydi.

Реклама

34. Yo‘l ustida go‘ja qaynar.

35. Is biladi, it emas,
O‘zi kichik, bit emas,
Odamni ko‘p talaydi,
Qon ichib, u to‘ymas.

36. Bir qushim bor, suyagi yo‘q.

37. Beli qizday, kurang ot,
Tog‘i toshdan toymagan,
Halov tuya o‘lmagan,
Beli ingichka kurang ot.

38. Jonzoq buvam tuyasi
Jar yoqalab yuradi.

Реклама

39. Qatorma-qator,
Zanjirdek qator.

40. Qanoti bor,
Qoni yo‘q.
Tuxum qo‘yar,
Soni yo‘q.

41. Joni bor, qoni yo‘q,
Yer ostida soni yo‘q.

42. Chiydim, chiydim, chiydim qush,
Chiy boshiga qo‘ndi qush.
Qirg‘ini keldi, qirildi,
Mahali keldi, tirildi.

Parranda va qushlar haqida topishmoqlar

Реклама

43. Albar-jalbar yo‘rtib yurar,
Ushlay desam, hurkib ketar.

44. O‘zi yo‘qday, botirim,
Ovozi o‘qday, botirim,
Shapaloq yurtga borib,
O‘lib qolgan, botirim.

45. Uzun-uzun ulog‘,
Yo‘llarga tuzog‘.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Qiziqarli topishmoqlar to'plami javobi bilan
  2. Daraxtlar, Mevalar va O‘simliklar haqida topishmoqlar javobi bilan
  3. Qushlar va Parrandalar haqida topishmoqlar javobi bilan
  4. Odam va Tana azolari haqida topishmoqlar javobi bilan
  5. Tabiat va Fasllar haqida topishmoqlar javobi bilan
  6. Hayvonlar haqida topishmoqlar javobi bilan
  7. Kitob va Yozuv haqida topishmoqlar javobi bilan
  8. Mehnat va Ish quroli haqida topishmoqlar javobi bilan
  9. Sabzavot va Poliz ekinlari haqida topishmoqlar javobi bilan
  10. Qurol yaroq va Kema haqida topishmoqlar javobi bilan
  1. Sevara:

    Juda zör manga yoqdi💖😍

  2. Аноним:

    😠😠😠😠😠😠😠😠😠😠🤔😠

  3. Аноним:

    Qurt-qumursqa hamda hasharotlar haqidagi ushbu topishmoqlar ajoyib ekan. Ijodlarizga omad tilayman.

  4. Charos:

    Men juda koʻp topishmoqlarni bilib oldin. Ular juda ajoyib ekan. 😍

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *