Yo‘l va Ot asboblari haqida topishmoqlar javobi bilan

Ot asbob-anjomlari hamda yo’l haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.

Ot asboblari va yo‘l haqida topishmoqlar

1. Uzun opam uyga sig‘mas.

Реклама

2. Hil-hil tuyam,
Bag‘ri ho‘l tuyam.

3. Uzun-uzun ulama,
Uchiga yetib bo‘lama?
Yerda yotgan ilonni,
Ilib otib bo‘lama?

4. Qirq qulog‘i,
Ikki og‘zi bor.

Реклама

5. Tap-tap etar,
Ustidan karvon o‘tar.

Cholg‘u asboblari haqida topishmoqlar

6. Uzun ichak,
Uchi tugunchak.

7. Otdan baland,
Itdan past.

Реклама

8. Uzun edim kesdilar,
Yo‘g‘on edim yo‘ndilar,
Ishga loyiq qildilar.

9. To‘rt og‘ayni yo‘lga chiqdi,
Ikkisi olda borayotir,
Ikkisi orqada borayotir,
Orqada borayotganlari,
Oldidagilardan qolmayotir.

10. To‘rt oy, yigirma to‘rt yulduzni,
Samarqand keta turib saman otda ko‘rdim.

11. Qo‘yvorsam yuz quloch,
Yig‘ib olsam bir quloch.

Реклама

12. Og‘ilda besh barmoq,
Ishi xas-cho‘p to‘plamoq.

13. Akasi ukasini quva olmaydi.

Kitob, daftarva va yozuv haqida topishmoqlar

14. Tepdim teshik,
Mindim beshik,
Oldim ajriq,
Keynim to‘qay.

Реклама

15. Chil qaznog‘u,
Chil hujra.

16. Jonsiz, bezabon,
Qayish chaynab yutolmas,
Ketida ikki yumaloq,
Yugurib sira yetolmas.

17. To‘rt aka-uka bir-biriga yetolmaydi.

18. Qovurg‘asi bor,
Qoni yo‘q,
Og‘zi bor,
Joni yo‘q.

19. Ko‘k ustida ustunli uy,
Uy ustida hayot.

Реклама

20. Otasi ko‘taram,
Onasi yo‘rg‘a.
O‘g‘li qo‘shiqchi,
Qizi o‘yinchi.

21. Bir eshagim bor hangi,
Quloqlari dangi,
O‘t yemaydi,
Suv ichmaydi.

22. Bir arqonim bor,
Uchi-quyrug‘i yo‘q.

23. Chil tok, chilman tok,
Chil hujra-yu, chil qaznoq.

Kiyim va tikuvchilik asboblari haqida topishmoqlar

Реклама

24. Yetti teshik,
Bir kartiq.

25. Yurganda shaqirlab kuladi,
To‘xtaganda jim turadi.

26. Tepdim,
Terakka chiqdim.

27. Tog‘dan baland,
Patakdan past.

28. Uzun-uzun ulama.
Uchiga yetgan bormikan,
Yo‘lda yotgan sopolni
Olib otgan bormikan.

Реклама

29. Tom ustida sandiq.

30. Otgan tayog‘im otgancha ketar.

31. Tap-tap etib tomga chiqdim.

Tutun, chiroq va olov haqida topishmoqlar

32. Kunduzi yuradi, yuradi,
Oqshomi ikki oyog‘ini,
Osmonga tiklab turadi.

Реклама

33. Uzun ichak,
Beli tugunchak.

34. Ikki arqonim bor,
Yig‘ib ololmayman.

35. Bo‘yi past,
Otdan tushmas,
Piyoda yurmas.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Qiziqarli topishmoqlar to'plami javobi bilan
  2. Kitob va Yozuv haqida topishmoqlar javobi bilan
  3. Mehnat va Ish quroli haqida topishmoqlar javobi bilan
  4. Sabzavot va Poliz ekinlari haqida topishmoqlar javobi bilan
  5. Daraxtlar, Mevalar va O‘simliklar haqida topishmoqlar javobi bilan
  6. Qushlar va Parrandalar haqida topishmoqlar javobi bilan
  7. Odam va Tana azolari haqida topishmoqlar javobi bilan
  8. Tabiat va Fasllar haqida topishmoqlar javobi bilan
  9. Hayvonlar haqida topishmoqlar javobi bilan
  10. Cholg‘u asboblari haqida topishmoqlar javobi bilan
  1. Аноним:

    Bo’ri haqida topishmoq

  2. Zarina:

    Assalomu alayko’m. Ushbu topishmoqlar juda ajoyib ekan, ishlaringizga omad tilab qolaman.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *