Ikkinchi jahon urushi haqida qiziqarli faktlar

Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentyabrdan 1945 yilning 2 sentyabriga qadar davom etgan bo’lib, insoniyat tarixidagi eng yirik qurolli urush hisoblanadi. Bu urushda o’sha davrda mavjud bo’lgan 73 ta davlatlardan 62 tasi ishtirok etgan – bu dunyoning 80% ini tashkil etardi. Keling endi esa ushbu urushga oid boshqa qiziqarli faktlar va malumotlar bilan tanishib chiqamiz.

Ikkinchi jahon urushi haqida qiziqarli faktlar

1 — 1941 yilda odamlarning oylik ish haqi $ 21 edi. 1942 yilda esa bu ko‘rsatkich 50 dollarga ko‘tarilgan.

2 — Ushbu urush natijasida ba’zi mamlakatlar mustaqillikka erishdi: Efiopiya, Islandiya, Siriya, Livan, Vyetnam, Indoneziya.

3 — Ardennes jangi Amerika qurolli kuchlarining eng katta va eng dahshatli to‘qnashuvi edi. Bu yerda 80 mingdan ortiq amerikalik askar qurbon bo‘lgan.

4 — Shu kungacha yagona va umid qilamizki oxirgi atom bombardimoniga Yaponiyaning Nagasaki va Xirosima shaharlari duchor bo‘lishgan. AQShlik harbiylar tomonidan Xirosima shahriga reja asosida atom bombasi tashlangan bo‘lsa, Nagasaki shahri taqdirning achchiq hazili tufayli bu qurolga nishon bo‘lgan. Aslida ikkinchi bomba Kokura shahriga tashlanishi kerak edi, lekin ob-havo uchishga noqulay bo‘lganligi sabab uchuvchi bombani Nagasakiga tashlashga qaror qiladi. Yaponiyalik injyener Tsutomu Yamaguti esa ikki marta atom bombasi portlashini boshdan kechirgan insondir. Gap shundaki 1945 yilning 6 avgustida Yamaguti Xirosimada bo‘lgan va bomba portlashidan so‘ng erta tongda o‘zining ona shahri Nagasakiga qochib boradi. Yetib borishi bilan ikkinchi bomba portlaydi. Yamaguti 2010 yilga qadar tirik qolgan va ikki atom urushini boshdan kechirgan oxirgi inson sifatida tarixga muhrlangan.

4 — Ikkinchi jahon davrida harbiy harakatlar 40 ta mamlakat hududida olib borilgan.

5 — Yapon kamikadzelari 1944 yili 19 oktyabrda vitse-admiral Onisi tomonidan Amerika qo‘shinlarining texnologik afzalliklarini muvofiqlashtirish uchun taklif etilgan. Kamikadzelarning 2800 tasi halok bo‘lgan. Ular 34 ta Amerika kemasini cho‘ktirganlar, 368 tasini zararlaganlar, 4,900 dengizchi bilan kurashib ularni yo‘q qilishgan, yana 4,800 askar esa og‘ir darajada yaralangan.

6 — Doktor Yosef Mengele («O‘lim farishtasi») o‘zining genetik tajribalari uchun taxminan 3000 ta egizak, asosan, Sigan va Yahudiylarning bolalaridan foydalangan. Tajribada qatnashgan 3000 nafar bolaning faqatgina 200 tasi omon qoldi. Doktor egizaklarning ko‘zlarini almashtirib ko‘rar, dahshatli tajribalar o‘tkazgancha bolalarni do‘zahiy azoblar bilan qiynardi. Eng jirkanch va dahshatli tajribalardan biri sigan egizaklari bilan amalga oshirilgan. Beshafqat doktor ularni bir-biriga mahkamlab tikib qo‘ygan va zamonaviy tilda «Siam egizaklari»ni yaratgan.

7 — Xavf o‘ta yuqori bo‘lishiga qaramay, minglab yahudiylar jangdan omon qolganlar. Misol uchun, Daniya tarkibidagi yahudiylar jamiyati to‘liq saqlanib qolgan. Raul Vallenberg (1912-1947), Oskar Shindler (1908-1974), Tiune Sugixara (1900-1986) kabi shaxslar minglab kishilar hayotini saqlab qolganlar.

8 — 1923 yilda tug‘ilgan sovet erkaklarining 80 foizi Ikkinchi jahon urushidan omon qolmadi.

9 — Gitlerning taxmini bo’yicha, Sovet Ittifoqi 1941 yilning o’zidayoq yo’q bo’lib ketishi kerak edi.

10 — Hayoti davomida Gitlerga 20 marotaba suiqasd uyushtirilgan, ulardan birinchisi 1930 yilda sodir bo’lgan bo’lsa, oxirgisi 1944 yilda sodir bo’lgan.

Gitlerga 20 marotaba suiqasd uyushtirilgan

11 — Natsistlar taxminan 12 million odamni o‘ldirgan, ularning 6 millioni esa Xolokost paytida qirib tashlangan yahudiylar edi.

12 — Yaponiyadagi atom bombardimonidan qutulib qolganlar «Niji Xibakusya» deb atalgan,bu so‘zma-so‘z tarjima qilinganda «portlashdan zarar ko‘rgan odamlar»degan ma’noni anglatadi.

Dunyodagi taniqli va qo‘rqinchli jinoiy guruhlar

13 — Pearl-xarbourga hujum paytida 96 ta kema langar tashlagan holatda to‘xtab turardi. Ularning 18 nafari batamom yo‘q qilingan yoki jiddiy zarar ko‘rgan, jumladan, sakkiz jangchi ham halok bo‘lgan. 2402 amerikalik askar vafot etgan, yana 1280 kishi yaralangan. Uch yuz ellikta samolyot yo‘q qilingan.

14 — Ulug’ Vatan urushining boshlanishida Qizil Armiya safida 4 million nafar askar qo’lida qurol bilan turgan bo’lsa, urush davomida Vatan himoyasi uchun yana 29 million nafar odam chaqirildi.

15 — Ikkinchi jahon urushida o‘sha davrda mustaqil bo‘lgan 73 ta davlatdan 62 tasi ishtirok etgan va bu jarayon yer aholisining 80 foizini qamrab olgan. Urushga aralashmay qolgan 11 ta davlat ham u yoki bu jihatdan qaysidir tarafga yon bosishga majbur bo‘ldi. Jangovar harakatlar 40 ta davlat, uch qit’a va to‘rt okeanda olib borilgan. 110 million qurolli askar ishtirok etgan bu urushda taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 60 million kishi qurbon bo‘lgan. Shu bois ham bu urush chin ma’noda haqiqiy Jahon urushiga aylanib ketgani e’tirof etiladi.

16 — Ikkinchi jahon urushida eng katta yo‘qotishlarga uchragan mamlakat Rossiya bo‘lib, halok bo‘lgan sovet askarlari 21 milliondan ortiq kishini tashkil qilgan.

17 — 1939 yildan 1945 yilgacha bo‘lgan vaqt davomida Ittifoq askarlari jang maydonlariga 3,4 million tonnaga yaqin bombalar tashlagan, bu esa bir oyga o‘rtacha 27 700 tonnaga teng kelgan.

18 — Hozirgi kunda Ikkinchi jahon urushi yadroviy qurol qo’llanilgan yagona urush hisoblanib kelinmoqda.

19 — Urush paytida Germaniyaga qarshi ittifoqchilar yirik kemalar yasash uchun metall tanqisligiga duch kelishadi. Shunda muzdan kemalar yasash g‘oyasi paydo bo‘ladi va kulgili tuyulmasin bu g‘oya har jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi. Hatto bitta kema yasaladi ham. Ammo keyinchalik bu loyihaning ish bermasligi anglab yetildi.

20 — 1944 yilda yapon armiyasi kichik leytenanti Onoda Xiroga Filippindagi Lubang orolida partizanlar otryadini boshqarish va yashirinish buyuriladi. Barcha askarlar nobud bo‘lganidan so‘ng ham Onoda Xiro changalzorlarda yashirinib, hech qanday dushman bo‘lmasada, hududni tark etishga buyruq bo‘lmagani uchun 1974 yilga qadar partizanlik harakatini davom ettirgan. Keyinchalik mahalliy odamlar bu orolga kelib, partizanga duch kelganlarida Onoda urush allaqachon tugaganiga ishonmay qurolni topshirishdan bosh tortadi bevosita komandirining buyrug‘i bo‘lmaguncha qarshilik ko‘rsatishini bildiradi. Bir amallab keksa komandirni topib kelishadi va u karnay orqali changalzorga qarab bir necha kun davomida qarshilikni to‘xtatishni buyurib turadi. Shundan keyingina keksayib qolgan askar qurolni topshiradi va vataniga qaytadi. Undan “O‘tgan umringiz behuda ketganiga achinmaysizmi?”, deb so‘raganlarida, “Achinmayman! Chunki men vatanim ravnaqi yo‘lida xizmat qildim va buyruqni oxiriga qadar bajardim. Qaytganimda men taraqqiy etgan Yaponiyani ko‘rdim va bunda o‘zimning ham hissam bor, deb hisoblayman. Chunki har kim o‘z ishini sidqidildan bajarishi kerak”, deya javob bergan.

Yapon armiyasi kichik leytenanti

21 — Anne Frank va uning singlisi 1945 yilda, ozod bo‘lishlariga bir oy vaqt qolganda Bergen-Belzen lagerida vafot etdilar. Bu yerda 50 mingga yaqin odam nobud bo‘lgan. Lager bo‘shatilgach, askarlar bu yerda tarqalgan termala kasalligi avjolib ketmasligi uchun uni tag-tugi bilan yoqib yuborganlar.

22 — Ikkinchi Jahon urushi yillarida O‘zbekiston aholisi taxminan 6.5 mln kishini tashkil qilardi. Janglar kechayotgan hududlardan mamlakatimizga 1.5 million nafardan ortiq kishi ko‘chirib kelingan va ularning hammasiga bag‘rikeng yurtdoshlarimiz o‘zlari ham urushni boshidan kechirayotganlariga qaramay bor mehrlarini berishgan. Hozirda Yevropa Ittifoqi aholisi 500 milliondan ortiq va bu ittifoqqa a’zo davlatlar dunyoning eng rivojlangan va boy davlatlari hisoblanadi. Qizig‘i bugungi kunda urush hududlaridan qochib borayotgan 1.5 million qochoq bu davlatlar uchun shu qadar muammo bo‘lmoqdaki, bu masala ittifoqning darz ketishiga ham sabab bo‘lishi hech gap emas.

23 — Svastika qadimgi diniy ramz hisoblangan. Bu sanskrit tilidan kelib chiqqan bo‘lib, mazkur belgi qadimgi odamlar uchun omad va hosildorlikning ramzi sanalgan. Svastika timsoli Yunoniston, Misr, Xitoy, Hindiston va Hinduiylik ibodatxonalarining xarobalarida uchraydi.

24 — Frantsuz xonandasi Edit Piaf urush yillarida Germaniya hududidagi harbiy asirlar lagerlarida konsertlar bergan va asirlar bilan suratga tushgan. Keyin bu suratlardan asirlarning suratini qirqib olib, soxta hujjatlar orqali asirdagi fransuzlarga qochishda yordam bergan.

Qiziqarli geografiya va qiziqarli malumotlar

25 — Urushgacha Leningrad Sovet Ittifoqining yirik sanoat markazlaridan biri bo’lgan. Blokadaga, o’lim, ochlik va ko’pgina zavodlarning yopilishiga qaramasdan shahardagi korxonalar ishlashdan to’xtamagan.

26 — Max Heiliger soxta ism edi. Germaniya undan Yevropada yahudiylardan olingan pul, oltin va qimmatbaho toshlarni saqlash maqsadida bank hisoblarini ochish uchun foydalangan.

27 — Ko‘plab tarixchilar Stalingrad (1942-1943) jangini nafaqat tarixdagi eng qonli urush (800 000-1,6 million kishi halok bo‘lgan), balki Ikkinchi jahon urushida Yevropada burilish nuqtasi bo‘lgan to‘qnashuv deb hisoblaydilar.

28 — Ikkinchi jahon urushi davrida inglizlarning BAM qisqartmasi — dengizda xizmat qilgan ayol askarlar uchun, NAM esa erkak askarlar uchun ishlatilgan.

29 — Konsentratsion lagerlarda o‘ta og‘ir xastaliklarga duchor bo‘lganlar ozod qilinganlaridan keyin, hattoki Ittifoq askarlari tomonidan yordam olsalar ham vafot etishgan. Masalan, Bergen-Belzendan ozod qilinganidan so‘ng 13000 mahbus halok bo‘ldi. Daxauda omon qolgan 33 ming nafar aholining 2500 nafari ozod qilinganidan keyin olti hafta ichida olamdan ko‘z yumgan.

30 — Ikkinchi jahon urushida nafaqat bronepoyezdlar, balki bronedrezin — relsda harakatlanuvchi tanksifat o‘qotar qurollardan ham foydalanilgan.

Ikkinchi jahon urushidagi qurollar

31 — 1940-1945 yillar davomida AQShning mudofaa byudjeti 1,9 mlrd. AQSh dollaridan 59,8 mlrd.gacha oshib ketgan.

32 — Ko‘pchilik tarixchilar Ikkinchi jahon urushi 1939 yilda Germaniya Polshaga hujum qilganidan so‘ng boshlanganini tasdiqlashadi. Boshqalari esa1931 yil 18-sentabrda Yaponiya Manjuriyaga hujum qilgan kun urush boshlanganini aytadilar. Ba’zi olimlar esa Ikkinchi jahon urushi aslida Birinchi jahon urushining davomi ekanini ta’kidlaydilar.

33 — Ikkinchi jahon urushi davrida Leningrad qamali paytida halok bo‘lgan ruslar (harbiylar va tinch aholi vakillari) soni butun urush davomida o‘lgan amerikalik va ingliz askarlari ko‘proq bo‘lgan.

34 — Dunyoda yaratilgan eng kuchli artilleriya quroli aynan ikkinchi jahon urushida ishlatilgan. Uning bosh konstruktori esa Karl Bekker bo‘lib, keyinchalik aynan ixtirochining nomi bilan»Karl» deya atalgan. Ko‘pincha ruslarga qarshi ishlatilgan katta zambarak 2,5 tonnali to‘plar bilan 5kilometr uzoqlikdagi nishonni poylay olardi. Bundan tashqari qurol 2,5-3 metr qalinlikdagi beton devorlarni yo‘q qilish imkoniga ega bo‘lgan.

35 — Ko‘pgina yahudiylar dahshatli tibbiy tajribalarga duch kelishgan. Masalan, natsist shifokorlar suyakni davolab bo‘lmaydigan darajaga kelishi uchun uni necha marta sindirish kerakligini bilmoqchi bo‘lishgan va buning uchun yahudiylarning suyaklarini qayta va qayta sindirib ko‘rishgan. Odamning bosh chanog‘idagi do‘nglik qismini topish uchun uni bolg‘a bilan urib chiqishgan. Atmosfera bosimining tanaga ta’sirini aniqlash uchun yana bir qator dahshatli tajribalar o‘tkazilgan. Bundan tashqari, mahbuslar turli yuqumli kasalliklar bilan zararlantirilgan, ularning qo‘llari va oyoqlari kesib olingan, transplantatsiya tajribalari uchun mushaklarini ham kesib olganlar. Shuning uchun ham mazkur tajribalardan bugungi kunda foydalanish ahloqiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydi.

36 — Nemis qurolli kuchlarining so’zsiz kapitulyatsiyasi 7 may kuni Frantsiyaning Reyms shahrida imzolandi. Germaniyaning kapitulyatsiyasi markaziy Yevropa vaqti bilan 8 may 23:01 da, Moskva vaqti bilan esa 9 may 01:01 da kuchga kirdi.

37 — Ikkinchi jahon urushida nemislar ilk marta jangovar samolyotlar, jumladan «Messershmitt Me-262» dan foydalanganlar. Biroq, ular harbiy harakatlarga ta’sir qila olmadi, sababi jang maydonlariga kechikib yetkazilgan edi.

Inson miyasi haqida qiziqarli faktlar

38 — Ikkinchi jahon urushi paytida Yaponiyada qog‘oz va ipak yordamida to‘qqiz mingta «havo kemalari»ni yasab chiqishgan. Rezinali havo sharlari AmerikaQo‘shma Shtatlariga portlovchi va piyodalarga qarshi bombalarni yetkazib berishi kerak edi. 1000 dan ziyod pufaklar Michigan shahriga yetib kelgan. O’sha paytda Oregon shtatidagi piknikda bo‘lgan olti amerikalik (beshta bola va bitta homilador ayol) mana shu pufaklar sababli o‘lim topgan.

39 — Germaniya Milliy Sotsialistik Partiyasining asl qisqartmasi «Nasos» ko‘rinishida edi. «Natsist» so‘zi esa bavar tilidagi so‘zdan kelib chiqqan va «faqat o‘ylovchi» degan ma’noni anglatgan. Mazkur so‘z birinchi marta jurnalist Konrad Xayden (1901-1966) tomonidan ishlatilgan ekan.

40 — Dunyo bo’yicha qurbonlar soni 65 million kishini tashkil etadi, shulardan 26 millioni SSSR fuqarolari, 500 000 nafari esa vatandoshlarimiz bo’lgan.

Jahon urushidagi qurbonlar soni

41 — Ikkinchi jahon urushida dengiz osti kemalarida xizmat qilgan 40 000 askardan faqat 10 000 kishi jangdan qaytib keldi.

42 — 1935-yili ingliz muhandisi Robert Uotson-Uatt «dushman samolyotlarini radio to‘lqinlari yordamida yo‘q qila oladigan» «o‘lim nuri»ni ishlab chiqadi. Uning ixtirochi keyinchalik radar hamda radiolokatsiyaga aylangan.

43 — Ikkinchi jahon urushidagi eng uzoq jang — Atlantika uchun olib borilgan kurash bo‘lib, u 1939 yildan 1945 yilgacha davom etgan.

44 — G‘alabaga bag‘ishlab 1945 yilda o‘tkazilgan paradda Yo‘lbars nomli it askarlar tomonidan shinelda ko‘tarilgan holda olib o‘tilgan. Yo‘lbars urush davomida 7468 mina va 150 ta snaryadni zararsizlantirib, minglab askarlarni muqarrar o‘limdan saqlab qoladi. Urush tugashiga sanoqli kunlar qolganda Yo‘lbars og‘ir yaralanadi va yurolmay qoladi. Shunda shaxsan Stalinning o‘zi shinelini yechib beradi va itni ko‘tarib paraddan o‘tishga buyruq beradi.

Yirtqich qushlar haqida qiziqarli faktlar

45 — Nemis suvosti kemalari 2000 ta ittifoq kemalarini cho‘ktirib yuborgan va 781 dengiz osti kemasini yo‘q qilgan.

46 — Xolokost (yahudiylarni ommaviy ta’qib qilish) paytida 1,5 million bola nobud bo‘ldi. Ularning qariyb 1,2 million nafari yahudiy, o‘n mingdan ortig‘i siganlar edi.

47 — Ikkinchi jahon urushi paytida 650 mingdan ortiq jip mashinasi ishlab chiqarilgan. Amerika fabrikalarida 300 ming harbiy samolyot, 89 mingta tank, 3,000,000 ta avtomat va 7 000 000 qurol tayyorlangan edi.

48 — Ulug‘ Vatan urushidagi har besh nafar nemis askarining to‘rttasi Sharqiy frontda halok bo‘lgan.

49 — Havo kuchlari Ikkinchi jahon urushida qo‘shinning bir qismi bo‘lib, undan keyin ham qo‘shinning alohida bo‘lagi bo‘lmadi.

50 — Ikkinchi jahon urushi esa 1945 yilning 2 sentyabrida Amerikaning linkorni “Missuri” bortida Yaponiyaning so’zsiz kapitulyatsiyasi haqidagi aktning imzolanishi bilan tugadi.

Ikkinchi jahon urushining tugashi

51 — Ikkinchi jahon urushi davridagi Stalingrad jangi insoniyat tarixidagi eng qonli to’qnashuvlardan biri bo’ldi. 1942 yilning 17 iyunidan 1943 yilning 2 fevraliga qadar davom etgan bu jangda 470 ming Sovet askarlari va 300 ming nemis askarlari halok bo’ldi. Sovet qo’shinlarining bu jangdagi g’alabasi Sovet Ittifoqining siyosiy va harbiy nufuzini oshirdi.

52 — Leningrad Blokadasi davrida turli hisoblarga ko’ra, 600 mingdan 1,5 milliongacha inson halok bo’lgan. Ularning faqatgina 3% bombardirovka va otishmalar qurboni bo’lgan, qolgan 97%i ochlikdan o’lgan.

53 — «Yahudiylarning rad etilishi» nomli kitobida Devid Vayman (1929) kontsentratsion lagerni bombardimon qilishdan voz kechishga ittifoqchilarning yahudiylar taqdiriga befarqligi emas, balki operatsiyani amalga oshirishning iloji yo‘qligi sabab bo‘lgani haqida aytiladi.

54 — 1945 yilning 30 aprel kuni, Berlin Sovet askarlari bilan qurshab olinganda Adolf Gitler rafiqasi Yeva Braun bilan birgalikda o’z joniga qasd qilishgan. Ularning jasadlariga benzin sepib, yoqib yuborilgan.

55 — Ikkinchi jahon urushi Yevropaning qudrati pasayishiga olib keldi, jahon qudratining markazi sifatida AQSh va Rossiya nomi tilga olina boshlandi. Bu Sovuq urush va yadroviy asrning boshlanishi uchun sharoitlar yaratgan sabablardan biri edi.

Mevalar va sabzavotlar haqida qiziqarli malumotlar

56 — Ikkinchi jahon urushining tugashi 1945 yil 2 sentyabr sanasi — Yaponiyaning Tokio ko‘rfazidagi AQShga tegishli «Missuri» harbiy kemasida taslim bo‘lganlik haqidagi hujjatni imzolash hodisasi sodir bo‘lgan kunga to‘g‘ri keladi.

57 — Ikkinchi jahon urushida AQSh harbiylari orasida 600 000 yahudiy xizmat qilgan. Ularning 35 mingdan ziyodi halok bo‘ldi, yaralandi, asir olindi yoki daraksiz ketdi. 8000 ga yaqin yahudiy askar jangda vafot etgan. Eng achinarlisi, yahudiy askarlardan faqat ikkitasigina urushdagi xizmati uchun «Jasorat «medaliga sazovor bo‘lgan.

58 — Enola Gay nomi (Boing B-29 Superfortress) Xirosima shahriga bomba tashlangach,mashhur bo‘lib ketdi. Nagasaki shahriga bomba tashlagan Bockscar bombardimonchi samolyoti esa oddiy uchuvchi nomi (Frederik Bok sharafiga) bilan atalgan edi.

  1. Amirbek:

    Barchaga salom, ikkinchi jahon urushiga taluqli biz bilmagan ancha narsalar yani malumotlar bor ekan biz bilmay yurgan ekanmiz.

    • Fayziddin:

      Ikkinchi jahon urushiga taluqli ushbu qiziqarli malumotlar meni hayratda qoldirdi desam mubolag’a bo’lmaydi, juda ko’p bilmagan narsalarimni bilib oldim.

  2. Qallibek:

    Assalomu alayko’m. Juda zo’r qiziqalarli faktlar bor ekan gap yo’q raxmat.

  3. Alisher:

    Faktlarga gap yo’q, birinchi jahon urushi haqida ham bo’lsa yomon bo’lmasdi.

  4. Ulug'bek:

    Assalomu alayko’m, Bu qiziqarli faktlarni ichida biz bilmagan savollar ham bor ekan, malumot uchun katta raxmat.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *