Odam (inson) haqida qiziqarli faktlar

Inson haqida qiziqarli faktlar turli-tuman bo‘lib, barchasini bir sahifada yoritib berish deyarli ilojsiz. Biroq, barchamizga qiziq bo’lgan quyidagi faktlar bilan tanishib chiqib, bilimlaringizni yanada oshirishingiz mumkin.

Agar inson organizmidagi barcha temir to‘plansa, u faqatgina soat uchun kichik vint tayyorlashga yetadi.

Charlz Osborn ismli kishini 68 yil davomida hiqichoq tutgan.

O‘naqay kishi ovqatni ko‘proq jag‘ning o‘ng tomonida chaynaydi, chapaqay esa ko‘proq chap tomonida.

inson haqida qiziqarli faktlar

Ertalab kishining bo‘yi kechqurunga qaraganda 8 mm yuqoriroq bo‘ladi.

7 oygacha bo‘lgan yoshda chaqaloq bir vaqtning o‘zida nafas olishi va yutinishi mumkin.

Ko‘zning fokus olish mushaklari kuniga 100 ming marta harakatlanadi. Oyoq mushaklarining shuncha marta qisqarishi uchun bir kunda 80 km piyoda yurish kerak.

Homila 3 oyligida barmoq izlariga ega bo‘ladi.

To‘ti qush haqida qiziqarli faktlar

2008-yilda og‘riq qoldirish uchun platsebo ta‘siri o‘rganiladigan bir tajriba o‘tkazildi. Ko‘ngillilarga og‘riqni qoldirish uchun ikki turdagi platsebo berildi — birinchisining narxi 10 sent, ikkinchisiniki esa 2,5 dollar edi. Tajriba birinchisi og‘riqni 64 foizga, ikkinchisi esa 85 foizga kamaytirishini ko‘rsatdi. Xulosa: qimmat platsebo arzoniga nisbatan samaraliroq ishlaydi.

Inson bosh miyasida 1 soniya ichida 100 ming kimyoviy reaktsiya sodir bo‘ladi.

Bitta inson miyasi bir kunda dunyodagi barcha telefonlarga qaraganda ko‘proq elektrik impulslar ishlab chiqaradi.

Agar bir tuxum hujayradan hosil bo‘lgan egizaklar birining u yoki bu tishi bo‘lmasa, odatda, boshqa birida xam huddi shu tish bo‘lmaydi.

60 yoshga kelib, ko‘pchilik odamlar o‘z ta‘m bilish retseptorlatining yarmini yo‘qotadilar.

Yer yuzidagi jami bakteriyalarning atigi 1 foizi odamlarda kasallik chaqiradi.

O‘naqaylar chapaqaylarga qaraganda o‘rtacha 9 yil uzoq umr ko‘radi.

Inson tanasi issiqligi bosh orqali yo‘qotiladi

Inson tanasi issiqligining 80 foizi bosh orqali yo‘qotiladi.

Ayollar erkaklarga qaraganda 2 marta ko‘proq ko‘z ochib-yumishadi.

Tish — inson tanasining o‘z-o‘zini tiklashga qodir bo‘lmagan yagona qismi.

Inson tanasi issiqligi bosh orqali yo‘qotiladi

Insonlardan tashqari, koalalar ham unikal barmoq izlariga ega.

Partenofobiya — bokiralardan qo‘rqish.

Ayollar yuragi erkaklarnikiga qaraganda tezroq uradi.

Yuzingiz qizarganda, oshqozon ham qizaradi.

Inson tanasining qon bilan ta‘minlanmaydigan yagona qismi — ko‘zning shox pardasi. U kislorodni bevosita havodan oladi.

Inson tanasida kamida 700 ferment faoliyat olib boradi.

Inson yuragi qonni 4-qavatgacha ko‘tarish uchun yetarli bo‘lgan bosim hosil qiladi.

Dunyoda chapaqaylar butun aholining atigi 7 foizini tashkil etadi.

Inson organizmida leykositlar o‘rtacha 2-4 kun davomida yashaydi, eritrositlar esa 3-4 oy.

Tish emali — inson tanasi tomonidan ishlab chiqarilgan eng mustahkam to‘qimadir.

Kishi 24 soat ichida o‘rtacha 4 800 so‘z gapiradi.

O‘pishish paytida, bir kishidan boshqasiga 278 turdagi bakteriyalar o‘tadi. Yaxshiyamki, ularning 95 foizi xavfli emas.

Bahorda bolalar tezroq o‘sadi.

Sayyoradagi barcha insonlarni tomonlari 1000 metr bo‘lgan kubga qulaylikcha joylashtirish mumkin.

Ko‘z ichidagi to‘r parda taxminan 650 kv. mm.ni qamrab oladi va 137 million fotosensitiv hujayralarni o‘z ichiga oladi: oq-qora ko‘rish uchun 130 million tayoqcha va rangli ko‘rish uchun 7 million kolbachalar.

Qushlar haqida qiziqarli faktlar

Inson lablari barmoqlari uchiga qaraganda yuz marta sezgirroq.

Inson organizmida yashovchi bakteriyalarning umumiy og‘irligi 2 kg ni tashkil qiladi.

Shokolad insonni aqlliroq qilishi isbotlangan.

Qo‘l barmoqlaridagi tirnoqlar oyoqlarnikiga nisbatan qariyb 4 barobar tezroq o‘sadi.

Yo‘tal — 100 km / soatgacha bo‘lgan tezlikda harakatlanadigan havo portlashi.

Inson terisi hayoti davomida 1000 marta almashtirilgan.

Kishi kulganida 17 mushak ishlaydi, xo‘mrayganida esa 43 ta.

Agar kishi butunlay yopiq xonada qamab qo‘yilsa, bu holda u havo yetishmasligi tufayli emas, balki karbonat angidriddan zaharlanish tufayli nobud bo‘ladi.

Miyadan chiqqan nerv impulsi 274 km / soat (76 metr/ soniya) tezlikda harakat qiladi.

Tanadagi umumiy kaltsiyning 99% tishlarda.

Boshni devorga urib, soatiga 150 kaloriya yo‘qotish mumkin.

O‘rtacha umr davomiyligi — 2 475 576 000 soniyani tashkil etadi, bu vaqt ichida odam o‘rtacha 123 205 750 so‘z aytishga ulguradi.

Odam 8 ta o‘rgimchakni yutib yuboradi

Odam butun hayoti davomida o‘rtacha miqdorda 8 ta kichik o‘rgimchakni yutib yuboradi.

Katta yoshli kishi kuniga 23 ming marta nafar nafas oladi (va chiqaradi).

Inson o‘pkasining sirt maydoni taxminan tennis kortining maydoniga teng.

Odam 8 ta o‘rgimchakni yutib yuboradi

Shakar jarohatlarning bitishini tezlashtiradi — agar kichikroq jarohat ustiga shakar sepilsa, u tezroq tuzaladi va og‘riq tezroq kamayadi.

Bosh 29 ta turli suyaklardan tashkil topgan.

Informatika va kompyuter haqida qiziqarli faktlar

O‘rtacha kishiga uxlab qolish uchun 7 daqiqa vaqt kerak.

Bolalar tizza kosachasisiz tug‘iladi. Ular faqat 2-6 yoshga kelib shakllanadi.

Inson ko‘zi 10 million rangni ajrata oladi.

Suyak po‘latdan 5 marta mustahkamroq.

Kishi hayotining o‘rtacha 2 haftasini bo‘salar uchun sarflaydi.

Sariq sochli erkaklarda soqol qora sochli erkaklarnikiga nisbatan tezroq o‘sadi.

Inson tanasining tuzilishi faqat 4 mineraldan iborat: apatit, aragonit, kaltsit va kristobalit.

Samolyotda parvoz paytida odamning soch o‘sish sur‘ati ikki baravar tezlashadi.

Odamlar organizmida taxminan 2000 ta ta‘m bilish retseptorlari mavjud.

Normal odam ochlikdan ko‘ra uyqusizlikdan tezroq vafot etadi. Uyqusiz bo‘lganda o‘lim 10 kun ichida sodir bo‘ladi, ochlikdan esa — bir necha hafta o‘tgach.

Do‘slat bilan vaqt o‘tkazish immunitetni mustahkamlaydi.

Inson o‘z tushlarining 90% ni butunlay unutib yuboradi.

Umrining oxiriga kelib, inson o‘rtacha 150 trillion bit ma‘lumotni eslab qolgan bo‘ladi.

Insonlar — chalqancha yotadigan yagona mavjudotdir.

Inson og‘zida 40 ming atrofida bakteriya mavjud.

Ochiq ko‘z bilan aksa urish ilojsiz.

Dunyodagi eng qiziqarli faktlar

Inson yuragi 182 million litr qon haydaydi

Inson yuragi hayoti davomida 182 million litrdan ortiq qonni haydaydi.

Tushda odam televizor tomosha qilish vaqtidagidan ko‘ra ko‘proq kaloriya yoqadi.

Bir tomondagi chaynov mushaklarning mutlaq kuchi 195 kg ni tashkil etadi.

Inson yuragi 182 million litr qon haydaydi

Siz ushbu jumlani o‘qishingiz davomida tanangizda 50 mingdan ortiq hujayra o‘lib, yangilari bilan almashadi.

Inson organizmidagi qon tomirlarining umumiy uzunligi taxminan 100 ming km.

Odamlarning taxminan 2/3 qismi o‘pishganda boshini o‘ng tomonga egadi.

Inson — to‘g‘ri chiziq chizish qobiliyatiga ega hayvonot olamining yagona vakili.

Sevgidan ekstazga mas‘ul bo‘lgan kimyoviy birikma (feniletilamin) shokoladda ham mavjud.

Tug‘ilganda, bolaning tanasida taxminan 300 suyak bo‘ladi, katta bo‘lganida esa ular 206 tani tashkil etadi.

Insonning ingichka ichaklari uzunligi tirikligida taxminan 2,5 metrni tashkil qiladi. O‘lganidan so‘ng, ichak devorining mushaklari bo‘shashishi natijasida uning uzunligi 6 metrga yetadi.

Ko‘k ko‘zli odamlar qolganlarga nisbatan og‘riqqa ko‘proq sezgirdir.

Erkak organizmidagi eng kichik hujayralar — spermatozoidlar hisoblanadi.

Tashnalik hissi, tana vaznining 1% ga teng bo‘lgan miqdorda suv yo‘qotilishida yuzaga keladi. 5% dan ko‘proq yo‘qotish hushdan ketishga, 10% dan ko‘proq suv yo‘qotish esa o‘limga olib kelishi mumkin.

Afsonaviy izquvar: Puaro rolini ijro qilgan aktyor Devid Sushe haqida 7 fakt

Nemis tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra, yurak xuruji xavfi dushanba kuni boshqa kunlarga qaraganda ko‘proq ekan.

Bo‘g‘imlarni qirsillatish zararli emas va bu artritga olib kelmaydi.

Insonning umri davomida boshida o‘sadigan sochning jami uzunligi — o‘rtacha 725 kilometrni tashkil qiladi.

Kindikning ilmiy nomi — umbilikus.

Inson tanasidagi eng kuchli mushak tildir.

O‘ng o‘pkaning chap o‘pkaga nisbatan o‘ziga ko‘proq havo sig‘dirishi mumkin.

Kishi ko‘zlari tug‘ilganidan boshlab bir xil o‘lchamda qoladi, lekin burun va quloqlar hech qachon o‘sishdan to‘xtamaydi.

Tirnoqning et ichiga o‘sib kirishi — nasldan-naslga o‘tadigan xususiyatdir.

Inson miyasining sig‘imi 4 terabaytdan oshadi

4 yoshli bola kuniga o‘rtacha 450 ta savol so‘raydi.

Haqiqiy ehtirosli bo‘sa, miyada parashyutdan sakrash va miltiqdan o‘q otish kabi bir xil kimyoviy reaktsiyaga sabab bo‘ladi.

Inson miyasining sig‘imi 4 terabaytdan oshadi

Har yili mingdan ortiq chapaqaylar o‘naqaylar uchun mo‘ljallangan mexanizmlarni ishlatishda xatolik tufayli vafot etadi.

Statistikaga ko‘ra, har 2 milliard kishidan bittasi 116 yildan ko‘proq umr ko‘radi.

Insonning yuragi kattaligi taxminan uning mushti kattaligiga tengdir. Katta yoshdagi kishi yuragining og‘irligi 220-260 gramm atrofida.

Tug‘ilganida, inson miyasida 14 milliard hujayra mavjud bo‘lib, o‘limgacha bu raqam oshmaydi. Aksincha, 25 yoshdan keyin ular kuniga 100 mingtagacha kamayadi. Kitobning sahifasini o‘qish uchun sarflangan bir daqiqada insonda o‘rtacha 70 ta hujayra nobud bo‘ladi. 40 yildan keyin miyaning degradatsiyasi keskin ravishda tezlashadi va 50 yoshdan so‘ng neyronlar (nerv hujayralari) qurib, miyaning hajmi kichrayadi.

Quloqlarini harakatga keltira oladigan odamlar orasida faqat 1/3 qismi bitta qulog‘ini harakatga keltirishi mumkin.

Inson tanasi tarkibida o‘rtacha: bitta itdagi barcha burgalarni o‘ldirish uchun yetarli miqdorda oltingugurt; 900 ta qalam tayyorlash uchun yetarli uglerod; o‘yinchoq zambarakdan otish uchun yetadigan kaliy; 7 ta sovun tayyorlash uchun yetadigan yog‘ va 50 litrli bochkani to‘ldirish uchun yetarli suv mavjud.

Hindiston haqida siz bilmaydigan 50 qiziqarli fakt

Insonlarning 1% infraqizil nurlar, 1% esa ultrabinafsha nurlarni ko‘rishga qodir.

Kulgich bo‘lishi uchun operatsiya qilish shart emas. Buning uchun maxsus mashqlar mavjud.

Bahorda nafas olish soni kuzga qaraganda o‘rtacha 1/3 martaga ko‘proq bo‘ladi.

Erkaklar 130 smdan past, ayollar esa 120 smdan past bo‘lganda mitti deb hisoblanadi.

Tumov chaqiradigan 100 dan ortiq turli xil viruslar mavjud.

  1. Foydalanuvchi:

    Juda ham ajoyib faktlar. Bilmaganlarimni bilib oldim

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko‘m. Fikringiz biz uchun juda muhim. Sizni kelgusida Web-saytimizda yana kutib qolamiz.

  2. Şahruh:

    Judayam yahshi ekan insonlar hakida hamma narsani bilip oldim

    • UzBaza.uz:

      Salom SHahruh. Foydamiz tekkanidan xursandmiz. Qimmatli fikringiz uchun raxmat.

  3. Foydalanuvchi:

    Judayam yahshi ekan insonlar hakida hamma narsani bilip oldim

    • Ruxshona:

      Mening fikrim sizlar odamlarga yaxshilik qilgansizlar

  4. UzBaza.uz:

    Maftuna assalomu alayko’m. Fikringiz uchun alohida tashakkur.

  5. Ulug'bek Nazarov:

    Assalomu alayko’m. Bu sayt menga judayam yoqdi. Judayam ajoyib malumotlar ekan. Endi bu saytdan doim foydalanaman.

    • UzBaza.uz:

      Ulug’bek assalomu alayko’m. Bildirgan fikringizdan bag’oyatda xursandmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz. Ishlaringizga omad tilaymiz.

  6. Enakan:

    Juda zo’r sayt ekan. Endi doim foydalanaman. Qiziqarli faktlarni qayerdan olasilar?

  7. Qizlargul:

    Inson tanasi juda mukammal yaratilgan bo’lib, bunaqangi qiziqarli faktlarni hech qayerda o’qimagan edim.

  8. Winner:

    Biz insonlar shunday yaratilganmizki, o’zimizga qaraganda haqiqiy mo’jizani ko’rishimiz mumkin, bu dunyo sir sinoatlarga juda boy, bunga yana bir yaqqol misol ushbu maqola bo’la oladi.

  9. Azimbek:

    Vapshe dahshat malumotlar ekan. Zoʼr qoyil qolmasdan ilojim yo’q.

  10. Begenc:

    Assalomu alekum ishlaringizga omad, bilmaganlarimni bilip oldim, buning uchun sizlarga kattakon rahmat.

  11. Shakhnoza:

    Judayam zo’r malumotlar ekan, menga judayam yoqdi.

  12. Feruza:

    Assalomu alayko’m. Juda zo’r va zarur ma’lumotlar bor ekan gap yo’q.

  13. Oydinoy:

    Judayam zo’r va ajoyib ma’lumotlar. Albatta bularning barchasini ham bilmas edik. Lekin bilmas edik degan so’zni endi hech qachon ishlatmaymiz. Barchasini bilib oldik. Buning uchun albatta sizlarga raxmat, insonlarga bilim ulashayotganingiz uchun 🤗

  14. Blink:

    Juda zoʻr, juda koʻp maʼlumotlarni bilib oldim 💜

  15. Malikabonu:

    Zo’r. Ajoyib ma’lumotlar. Insonlar haqida ko’p ma’lumotlarni bilib oldim. Rahmat.

  16. Foydalanuvchi:

    Ko’pini bilar ekanman, bilmaganlarim ham bor ekan, ma’lumotlar uchun rahmat.

  17. Sabrina:

    Bu ma’lumotlarga gap bo’lishi mumkin emas. Juda ko’plab bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim. Ma’lumot uchun kattakon raxmat.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *