Afsonaviy izquvar: Puaro rolini ijro qilgan aktyor Devid Sushe haqida 7 fakt

Mashhur izquvar rolini ijro qilish taklif qilinganda Devid Sushe 41 yoshda bo‘lgan. Avvaliga rozilik berishga ikkilangan aktyor keyinchalik to‘g‘ri tanlov qilganini tushunib yetgan.

Puaro rolini ijro qilgan aktyor Devid Sushe haqida 7 fakt

Suratga olish ishlari 25 yil, 1988-yildan 2013-yilgacha davom etgan serialdagi belgiyalik izquvar qahramoni muxlislar qalbidan joy olgan.

Puaro roli bilan yaxshi tanish bo‘lishiga qaramay, yana 90 ta film va seriallarda suratga tushishga ulgurgan aktyor haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Hindiston haqida siz bilmaydigan 50 qiziqarli fakt

Suratga olishni yaxshi ko‘radi

Onasi Joan Patrisiya aktrisa, otasi Jek Sushe esa shifokor bo‘lgan. Ular 1932-yilda Janubiy Afrikadan Angliyaga ko‘chib kelgan. Buvasi Jeyms Jarshe mashhur suratchi bo‘lgan.

Devid ham fotografiyani yaxshi ko‘rgan, suratga olish maydonchasidagi aktyor va aktrisalarni ish jarayonida suratga tushirib yurgan.

Yoshligida sport bilan shug‘ullanish joni-dili bo‘lgan Sushe regbi, tennis va kriket o‘ynagan.

Kasbini tashlab, o‘zini oilasiga bag‘ishlagani sabab rafiqasidan minnatdor

U bo‘lajak rafiqasi Sheyla Ferris bilan teatrda tanishgan. Bir-birini yoqtirib qolgan Devid va Ferris ma’lum vaqt davomida his-tuyg‘ularini yashirib yurgan.

Rafiqasidan minnatdor

“Drakula” spektaklida birga rol ijro qilgan aktyorlar 1972-yilda turmush qurgan. 1981-yil juftlik ilk marta farzandli bo‘lgan. Oradan ikki yil o‘tib ikkinchi farzandi dunyoga kelgan.

Dunyo haqida qiziqarli faktlar 50 ta eng sarasi

Shundan keyin Sheyla aktrisalik faoliyatga nuqta qo‘yib, farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullana boshlagan. Devid intervyularda u bilan yashash osonmasligi, ishiga juda ham jiddiy yondashishi va rolidan boshqa narsani o‘ylay olmasligini ta’kidlaydi.

Oila a’zolari uchun bu oson bo‘lmasligiga qaramay, sabrli rafiqasi uni hamisha qo‘llab-quvvatlaydi, o‘ziga ishonishga undab, rollarga tayyorgarlik qilishiga yordam beradi.

Puaro haqidagi barcha hikoyalarni o‘qib chiqqan

Izquvar rolini gavdalantirish taklif qilinmagunicha Sushe biron marta ham Puaro haqidagi hikoyalarni o‘qimagan bo‘lgan. Ammo rolga tayyorgarlik jarayonida hammasini o‘qib chiqqan.

Puaro haqidagi barcha hikoyalarni o‘qib chiqqan

Puaroning odatlari va fe’l-atvoriga oid, barcha detallarni o‘z ichiga olgan 93 ta qayddan iborat 5 sahifalik ro‘yxat tuzgan. U tomoshabinlar e’tiroz bildirmasligi uchun obraz va ijro benuqson bo‘lishini xohlagan.

Suratga olish maydonchasida ro‘yxatni o‘zi bilan birga olib yurgan va film ustida ishlagan har bir rejissordan u bilan tanishib chiqishini so‘ragan.

Informatika va kompyuter haqida qiziqarli faktlar

Semizroq ko‘rinishi uchun kostyum ichidan nakladka kiyishiga to‘g‘ri kelgan

Semizroq ko‘rinishi uchun

Sushe suratga olish ishlari boshlanishidan avvalroq obrazga tayyorgarlik ko‘rish uchun uyida Puaro kostyumini kiyib yurgan.

Bundan tashqari, Agata Kristi tomonidan tasvirlanganidek, Puaro singari kalta qadamlar bilan tez-tez yurishni o‘rgangan. Urinish o‘xshashi uchun bog‘ bo‘ylab yurib chiqqan.

Puaro yashagan uyni sotib olish mumkin

Puaro yashagan uyni sotib olish mumkin

Londonning Florin-Kort uyining ikkinchi qavatida joylashgan va serialda qahramon Puaro yashaydigan 203-xonadon sotuvga qo‘yilgan.

Bir xonadan iborat ar-deko uslubidagi studiya narxi 335 ming funt sterling (455 712 dollar)ni tashkil qiladi.

Yelizaveta II tomonidan taqdirlangan

2002-yilda Sushe Yelizaveta II tomonidan Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlangan. Qirolicha aktyorning o‘zi, oilasi va xalqining zavqlanishiga sababchi bo‘lganini e’tirof etgan.

Yelizaveta II tomonidan taqdirlangan

Qushlar haqida qiziqarli faktlar

2020-yilning oktabrida dramaturgiya sohasidagi xizmatlari va xayriya ishlarida faol ekani sabab Sushega ritsar-bakalavr unvoni berilgan.

Devid bir necha yildan buyon BAFTA — Buyuk Britaniya kino va televizion san’ati akademiyasining a’zosi hisoblanadi, shuningdek, Britaniyadagi daryo va kanallarni saqlash uchun kurashib keladi.

Og‘ir kasallar qo‘llab-quvvatlanishi tarafdori

2014-yilda Devid nabirali bo‘lgan. Ammo chaqaloq davolab bo‘lmaydigan irsiy kasallik — tuberoz skleroz bilan tug‘ilgan.

Shundan keyin aktyor ushbu kasallikka chalinganlarga yordam beradigan uyushma hamda kam uchraydigan kasallarga dori-darmon topishga yo‘naltirilgan internet-kampaniyaga a’zo bo‘lgan.

Odam (inson) haqida qiziqarli faktlar

U nabirasining ahvoli yaxshilanishga yordam beradigan dorini bepul qo‘lga kiritib bo‘lmasligi, u kabi og‘ir kasalliklarga uchragan bemorlar tibbiyot nog‘orasiga o‘ynashiga to‘g‘ri kelishidan tashvishlanadi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *