Google korporatsiyasi haqida eng qiziqarli 11 fakt

Ko‘pchilik uchun Google bu, orzudagi korporatsiya. Ushbu korporatsiya butun dunyoga nafaqat innovatsion qidiruv tizimi yaratuvchisi sifatida, balki firmaning ichki siyosatiga noodatiy yondashuvi bilan ham mashhurdir. Siz uchun Google haqidagi eng e’tiborga loyiq faktlarni to‘pladik.

Google kompanyasi haqida faktlar

1 — Microsoft kompaniyasi Google’ning Chrome brauzeri o‘rniga o‘z brauzeridan foydalanganlik uchun maxsus bonus ballarini taqdim etadi. Ballar evaziga kompaniya mahsulotlari uchun chegirmalarga ega bo‘lish mumkin. Ammo dastur faqat AQSh aholisi uchun amal qiladi.

2 — Agar Google xodimi vafot etsa, uning oilasiga xodimning o‘n yillik ish haqining yarmiga teng to‘lov bir yo‘la to‘lanadi, farzandlariga esa ular 19 yoshga to‘lgunicha har oyda ming dollardan berib turiladi.

Alisher Navoiy kashf etgan zamonaviy 5 texnologiya

3 — Google barcha mashhur (noyob) kitoblarni 2020 yilgacha skanerlab chiqmoqchi. Bugungi kunda ularning soni 129 milliontani tashkil etadi.

4 — Har kuni Google’ga birinchi marta beriladigan yangi so‘rovlar ulushi barcha so‘rovlarning kamida 16 foizini tashkil etadi.

Google ishchilari yuqori maosh oladi

5 — Google’dagi ba’zi stajyorlar 90 ming dollardan ortiq maosh oladi.

6 — Yetti yil avval (2010 yil) Google xaritalaridagi xatolik tufayli, Nikaragua qo‘shinlari adashib, Kosta-Rikaga kirib borgan.

7 — Google 1,75 milliard saytni mualliflik huquqlarini buzganlik uchun qidiruv tizimidan chiqarib tashlagan.

Amir Temur haqida qiziqarli malumotlar

8 — Google o‘zining bosh qarorgohi atrofidagi o‘tlarni «o‘rish» uchun vaqti-vaqti bilan 200 ta echkini ijaraga olib turadi.

9 — Google reklamadan yiliga 20 milliard dollardan ortiq pul ishlab topadi. Bu CBS, NBC, ABC va Fox kabi eng yirik televizion kompaniyalarning praym-taym (eng yaxshi efir vaqti)dagi reklamadan olgan jami daromadlaridan ham ko‘p demakdir.

Google daromadi juda yuqori

10 — Google yiliga 2 trilliondan ortiq so‘rovlar ustida ishlaydi.

11 — Har yili Google’ga 2 millionta rezyume jo‘natiladi.

Dunyodagi eng baland daraxtlar haqida qiziqarli ma’lumotlar

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *