Ota-onalar uchun bola uyqusi haqida 10 fakt

Uyqu bu – hayotiy jarayon bo‘lib, kichik bolalarga nisbatan kattalarda oson amalga oshadi. Kattalarda uyqusizlik yoki uyqu bilan bog‘liq boshqa muammolarni qanday bartaraf etish haqida bir qancha ma’lumotlar mavjud. Ammo gap yosh bolalar haqida ketganda, hech kim bunga javob bermaydi.

Bolalar qancha uxlashi kerak? Ba’zida nima uchun ularni uxlatish qiyin kechadi? Shuningdek, buning salomatlikka ta’siri bormi? Quyida ota-onalar bilishi kerak bo‘lgan bir necha muhim faktlar bilan tanishib chiqishi mumkin.

Bolalarning uxlashi uchun yoshga qarab me’yoriy soatlar mavjud

Bolalar uyqusi haqida foydali faktlar

Bola tarbiyasida ota-onalar bilmasdan yo‘l qo‘yadigan 4 xato

  • Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (3 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlar) – 14-17 soat har kuni;
  • Chaqaloqlar (4-11 oylik) − 12-15 soat;
  • Kichkintoylar (1-2 yosh) − 11-14 soat;
  • Bolalar (3-5 yosh) − 13 soat;
  • Kattaroq bolalar (6-13) – 9-11 soat;
  • O‘smirlar (14-17) – 8-10 soat.

Ko‘pgina bolalar va o‘smirlar belgilangan me’yorda uxlay olmaydi

1991—2012-yillarda kuniga 7 soatdan kam uxlaydigan 15 yoshdagi o‘spirinlar soni 10 foizga oshdi. Aslida uyuqsizlik ko‘proq bolalar va o‘spirinlarda kuzatiladigan holat hisoblanadi. Uyqusizlik tufayli kichkina bolalarning kayfiyati tushadi, asabiylashadi yoki haddan tashqari faol harakatda bo‘ladi.

O‘spirinlarda esa uyqusizlik o‘qishda, kayfiyatda va ertalab turish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Bola o‘z vaqtida uxlasa-da, kun davomida holsiz va uyquchan bo‘lishi kuzatilsa, uning salomatligida boshqa bir muammo paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Agar uyqusidagi bezovtalik, tez-tez uyg‘onish, oyoqlarning titrash sindromi kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish zarur.

Bola gadjetlarga qaram bo‘lsa, qanday yo‘l tutish kerak?

Farzand yetarlicha uxlayotganini qanday aniqlash mumkin?

Farzand yetarlicha uxlayotganini aniqlash

Buning uchun 4 ta savolga javob berish kerak:

  1. Bolaning ertalab uyg‘onishi qiyinmi?
  2. Dam olish kunlari boshqa kunlarga nisbatan 2 soat ko‘proq uxlaydimi?
  3. Bola mumkin bo‘lmagan jamoat transporti yoki sinfda uxlab qoladimi?
  4. Bola ko‘proq uxlaganda kayfiyati o‘zgaradimi? Yanada quvnoq yoki faollashadimi?

Agar ushbu savollarning har biriga “ha” deb javob berilsa, demak, bolaning uyqu rejimini o‘zgartirish kerak.

Bolaning maktabdan keyin iste’mol qiladigan ovqati uyquga ta’sir qilishi mumkin

Ko‘pgina ota-onalar kofeinga boy ovqatlarni tushdan keyin bersa, uxlab qolishiga xalaqit beradi. Ushbu mahsulotlarga quyidagilar kiradi:

  • Choy;
  • Shokolad;
  • Qahva;
  • Gazli ichimlik.

Bolani kechasi osuda uxlashida yordami tegadigan oltin qoidalar

Uyquning yetishmasligi immunitetga ta’sir qiladi

Muntazam uyqusizlik tanada yetarlicha sitokin miqdorini ishlab chiqarmaydi. Natijada immunitet zaiflashadi va bola tez-tez shamollash bilan kasallana boshlaydi yoki uzoq vaqt sog‘aya olmaydi. Kuniga 6 soatdan kam uxlaydigan bolalarning tez-tez kasal bo‘lishi kuzatiladi.

O‘qishdan keyingi charchoq ham uyquga ta’sir qiladi

O'qishdagi charchoq uyquga tasir qiladi

Farzand maktabda yaxshi o‘qishi, undan keyin yana boshqa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi juda yaxshi. Ammo ortiqcha vazifalar uyquda muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi haddan tashqari charchoq ham uxlab qolishga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun barcha faol mashg‘ulotlar, raqs darslari iloji boricha ertaroq tugashi kerak.

Uy vazifalarining ko‘pi ham uyquda muammolarni paydo qiladi. Bu ayniqsa, katta miqdordagi uy vazifalari bilan shug‘ullanadigan o‘rta maktab o‘quvchilari uchun to‘g‘ri keladi. Agar o‘spirin ko‘pincha yarim kechadan keyin darslarni bajarsa, uyqu to‘liq bo‘lmasligi mumkin.

Elektron qurilmalar uyquga biologik darajada ta’sir qiladi

Mutaxassislar gadjetlar bilan uxlashni hech kimga, ayniqsa, bolalarga tavsiya qilmaydi. Chunki qurilmalar ekranidan tarqalayotgan ko‘k nur melotonin – uyqu gormonining ishlab chiqishini to‘sadi. Bu esa uyqu sifatiga ta’sir qiladi. Uxlash yuzaki bo‘lganligi tufayli tana dam olmaydi.

Bolaga ertak o‘qib berish uning organizmi uchun qanday foyda beradi?

Telefonlar uyquga xalaqit beradi

Telefonlar uyquga xalaqit beradi

Bolalarga planshet yoki telefon bilan yotishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Sababi bola kech tushgandan so‘ng ham bir necha soatlar davomida kompyuter o‘ynashi, video tomosha qilishi va ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirishi mumkin. Natijada bu uyqusizlikka va yuqorida tavsiflangan hamma narsaga olib keladi. Bola tunda uxlashi uchun, albatta, telefonlarni olib qo‘yish tavsiya etiladi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *