Bola tarbiyasida ota-onalar bilmasdan yo‘l qo‘yadigan 4 xato

Barcha ota-onalar ham farzandini o‘zidan ko‘ra yaxshi, aqlli, mehribon va kuchli bo‘lishini xohlaydi. Shu sababli ota-ona maqomiga erishgan kundan boshlab barcha tajribalarni amalda sarflashga harakat qiladi.

Ularning bor kuchi, vaqti va sabr-toqatiga qaramay, ba’zi bir yaxshi niyatda qilingan harakatlar aksincha ish berishi mumkin. Shu orqali bolaga zarar yetishi ham hech gap emas.

Bolaga uning muammolari ahamiyatsizligini anglatish

Bola tarbiyasida bilmasdan yo'l qo'yiladigan xatolar

Bola gadjetlarga qaram bo‘lsa, qanday yo‘l tutish kerak?

Bolani arzimagan narsa uchun yig‘lashi tabiiy hol. Sababi ularda hali hayot tajribasi mavjud emas. Albatta, singan o‘yinchoqning yangisini olish yoki tuzatish mumkin. Lekin ular nimalar uchun ko‘z yosh to‘kish yarashishini bilmaydi. Bolalar hali bu narsani tushunishi qiyin.

Shunday holatda ularni kulgi ostiga olish yoki his-tuyg‘ularini o‘sha yerda to‘xtatish ham salbiy ta’sirga ega. Bu holat takrorlana-takrorlana ichkarida yig‘ilib, katta kuchga aylanadi va bir kun noodatiy tarzda portlaydi.

Bola jazavaga tushgan paytda uni chalg‘itish

Bola yig‘lashni boshlagan paytda har qanday yo‘l bilan uni to‘xtatishga harakat qilinadi. Shirinlik, o‘yinchoq va hokazo. Darrov bu harakat bolaga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, u nima sababdan yig‘laganini unutadi.

Hammasi joyidaga o‘xshaydi. Ammo tuyg‘ular doim chiqish yo‘lini izlaydigan energiya sanaladi. Salbiy his-tuyg‘ularni bostirish oson bo‘lar, lekin ular vaqtinchalik. Birozdan so‘ng bola yana o‘z xarxashasini boshlashi tabiiy.

Kelajakda bola tez-tez xafa bo‘lsa, demak, uni avvallari shunday paytda doimo chalg‘itishga harakat qilingan. Bolaga kattalar huzurida yig‘lash, so‘ngra yupanish, qilmishlarining sababi va oqibatini tahlil qilish uchun imkoniyat berish zarur.

Bola psixikasini rivojlantirish uchun ushbu yondashuv ko‘proq foyda beradi. Shu tarzda kichkintoylar ham his-tuyg‘ularni tushunishga, boshqarishga va kelajakda g‘azablanishdan qochishga yordam bergan bo‘lasiz.

Bolani kechasi osuda uxlashida yordami tegadigan oltin qoidalar

Bolani narsalarni bo‘lishishga majburlash

Bolani hech qachon majburlamang

Bolalarni odobli va qizg‘anmasligini ko‘rsatish odat tusiga kirgan. Sababi hech kim bolasini “ochko‘z” bo‘lishini istamaydi. Biroq saxiylik o‘z navbatida boshqalarni rozi qilish uchun samimiy istakdir. Shuningdek, baham ko‘rishning eng birinchi sababi inson o‘ziga ziyon yetkazmasligi kerakligini anglash orqali belgilanadi.

Yosh bolalarda bunday yetuk fikr mavjud emas. Shu sababli saxiylik va qandaydir bo‘lishishlar ota-onalar talabiga ko‘ra paydo bo‘ladi. Masalan, biror narsa olish uchun evaziga biror o‘yinchoqni almashtirish. Bola bunday vaqtda faqat onasining xohishi uchun narsalarini bo‘lishsa, albatta, yomon.

Faqatgina shaxsiy namuna va hayotiy tajriba buyumlarni boshqalar bilan chin dildan bo‘lishishga o‘rgatadi. Ammo bolaning o‘z narsasini bermaslik huquqini kattalar tan olishi kerak va bo‘lishish istagi paydo bo‘lishi uchun turtki berish kerak xolos. Shu tarzda bolajonlar “saxiylik darsini” to‘g‘ri o‘rganishi mumkin.

Bolaga ertak o‘qib berish uning organizmi uchun qanday foyda beradi?

Bolaning tishlashi va urishiga javob qaytarish

Odatda bolalar eng sevimli insoniga ozor berishni yaxshi ko‘radi. Masalan ona bolasiga multfilm ko‘rishga ruhsat bermasa, onasini tishlaydi yoki uradi. Bunday vaqtda bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini kuchaytirib yubormaslik uchun bunday xatti-harakatlarni, albatta, e’tiborsiz qoldirmaslik kerak.

Ota-onalar orasida esa keng tarqalgan tushuncha bor: agar bola tishlasa, uning o‘ziga ham xuddi shunday javob qaytarish kerak. Kelajakda u zarar berganini tushunib, bu ishni qilishga odatlanmaydi.

Biroq bu bolaga turlicha ta’sir qilishi mumkin. Masalan, aksincha, bu harakat bolaga tishlash va urish mumkinligini namoyon qiladi. Umuman olganda bu holat bolalarda hamdardlikni keltirib chiqarmaydi.

Ehtimol, bola chindan ham tishlashni bas qilar, ammo faqatgina qo‘rquv tufayli. Lekin uning xayolida qasos olish paydo bo‘lishi mumkin. Keyinchalik bu tuyg‘u ko‘proq ota-onaga zarar beradi.

Bolaning nutqi rivojlanishiga qanday o‘yinlar yordam beradi?

5/5 - (8 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Bola gadjetlarga qaram bo‘lsa, qanday yo‘l tutish kerak?
  2. Bolani kechasi osuda uxlashida yordami tegadigan oltin qoidalar
  3. Bolaga ertak o‘qib berish uning organizmi uchun qanday foyda beradi?
  4. Bolaning nutqi rivojlanishiga qanday o‘yinlar yordam beradi?
  5. Farzandlarga uy tozalashni o‘rgatishni 8 eng oson usuli
  6. Bolani tarbiyalashda eng ko'p uchraydigan xatolar
  7. Ota-onalarga bola tarbiyasi borasida 10 muhim tavsiya
  8. Bolalarni tarbiyalash uchun mashhur psixologdan tavsiyalar
  9. Yaxshi ota-ona bo’lish uchun nima qilish kerak?
  10. Farzandga kitob o’qib berishning eng asosiy 15 foydasi

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *