Ota-onasi tirikligida jannatga kira olmagan odam

Ota-onasi tirikligida jannatga kira olmagan odam haqida Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: » Burni yerga ishqalsin, burni yerga ishqalsin, burni yerga ishqalsin», dedilar.

Ey Allohning Rasuli, kimning? deyishdi. «Ota-onasi yoki ulardan biri keksaligida ular bilan birga yashab, do‘zaxga kirgan kishining», dedilar.

ota onasi trikligida jannatga kira olmagan inson

Sharh: Demak, ota-ona ulug‘ yoshga kirganlarida ularning xizmatini qilib, roziligini topib qolsa, jannatga kirar ekan, aks holda do‘zaxga kirar ekan. Ikkovlari bo‘lmasa, bittasi — yo ota, yo ona bo‘lsa ham, ana shu holat bo‘lar ekan.

Bu hadisi sharif ham ota-onaning roziligini topish qanchalik muhim ish ekanini ta’kidlamoqda. Bandaning jannat yoki do‘zaxga kirishga sabab bo‘ladigan amallardan biri ota-onaga bo‘ladigan munosabat ekanini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa ota-ona keksayganlarida alohida ehtiyotlik bilan ularga yaxshilik qilish payida bo‘lish zarurligini bildirmoqda.

Islom dini qachon eng yirik dinga aylanadi?

Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:

  • Tinglovchining e’tiborini tortish uchun bir ishning oqibatini takror-takror aytish mumkinligi.
  • Olim va rahbar kishidan biror masala oqibati haqidagi gapni eshitganda, bu oqibat kim uchun ekanini so‘rash lozimligi.
  • Ota-onasi bo‘la turib, ularning roziligini topib, jannatga kirishga sazovor bo‘lolmay qolgan odam baxtsiz shaxs ekan.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. O‘g‘il bolalar uchun barcha ismlar manosi
  2. O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng chiroyli ismlar manosi
  3. Hadislarda ism qo'yish borasida nima deyilgan
  4. Bolaga chiroyli ism qo‘yish odob qoidalari
  5. Alloh taoloning go‘zal ismlari (Eng go'zal ismlar)
  6. Dunyoga mashhur insonlarning ismlari aslida qanday
  7. Bolaga qo‘yish tavsiya etilmaydigan ismlar va manosi
  8. Bolaga qo‘yish mumkin yoki mumkin bo‘lmagan ismlar va manosi
  9. Namoz haqida oyat va hadislar to'plami
  10. Islom dini haqida 40 qiziqarli malumotlar
  1. Dilshoda:

    Rahmat sizlarga katta, hozirdan boshlab ota onamni ko’proq duosini olaman.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *