Jannatga yaqinlashtiruvchi amal haqida hadislar
Islomdagi eng go‘zal buyruqlardan biri silai rahm, ya’ni, yaqinlar bilan qarindoshlik rishtalarini bog‘lash, do‘stlarga mehr-oqibat ko‘rsatishdir. Silai rahm avvalo Alloh taoloni bandalariga buyurgan amrlaridan biridir. Alloh taolo aytadi: «Va oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi qo‘yiladigan Allohdan qo‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz bilan ajralib ketishdan saqlaningiz» (Niso surasi, 1-oyat).
Silai rahmda Allohning roziligi, mo‘minlar va farishtalarning xursandchiligi, shaytonga g‘am yetkazish, umrning ziyodaligi va rizqning barakasi kabi go‘zal xislatlar mujassam.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Kimni rizqi keng va umri barakali bo‘lishligi xursand qilsa, silai rahmni bog‘lasin», dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).
Ro‘zayi Ramazonga xos sara hadislar
Boshqa bir hadisda esa Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Kim umrini uzun, rizqini keng bo‘lishini va yomon o‘limdan qutulishni hohlasa, qarindoshlari bilan aloqasini tiklasin», deganlar (Imom Ahmad rivoyati).
Bu shunchalik ulug‘ ibodatki, uni bajargan kishi qanchalik ko‘p ajr va foydalar topsa, uni tark qilgan, unga beparvolik qilgan odam shunchalik qattiq gunohkor va ziyonkor bo‘ladi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Silai rahm savobidek tez keladigan yaxshilik yo‘q. Dunyoda tezda azob berib, oxiratda ham azob keltiradigan gunoh silai rahmni uzishlikdir» (Imom Termiziy, Imom Ahmad, Imom Ibn Moja rivoyati).
Qolaversa, silai rahmning do‘zaxdan uzoqlashishiga va jannatga yaqinlashishiga sabab bo‘ladigan amallar bilan bir qatorda zikr qilinishi naqadar ulug‘ ibodatligiga dalolat qiladi.
Abu Ayyub Ansoriy (roziyallohu anhu) aytadi: «Bir a’robiy Payg‘ambar (alayhissalom)ning huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) jannatga yaqinlashtiradigan va do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amaldan xabar bering!», dedi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) Allohga ibodat qilishga, Unga shirk keltirmaslikka va namoz o‘qishga, zakot berishga va silai rahm qilishga buyurdilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Demak, silai rahm qilish dinimizning biz mo‘minlardan talab qilgan qat’iy talabi. Shunday ekan, bu go‘zal amalga beparvo bo‘lmaylik.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- O‘g‘il bolalar uchun barcha ismlar manosi
- O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng chiroyli ismlar manosi
- Hadislarda ism qo'yish borasida nima deyilgan
- Bolaga chiroyli ism qo‘yish odob qoidalari
- Alloh taoloning go‘zal ismlari (Eng go'zal ismlar)
- Dunyoga mashhur insonlarning ismlari aslida qanday
- Bolaga qo‘yish tavsiya etilmaydigan ismlar va manosi
- Bolaga qo‘yish mumkin yoki mumkin bo‘lmagan ismlar va manosi
- Namoz haqida oyat va hadislar to'plami
- Qur‘onda nechta oyat bor ekanligini bilasizmi?
MALUMOT UCHUN RAHMAT
Chudayam zurekan rivoyat
Hojiakbar Assalomu alayko‘m. FIkringizdan mamnunmiz. Kelgusida sizni yana web-saytimizda kutib qolamiz.
Juda foydali va kerak ma‘lumotlar har bir musulmonlarga muhim Allohni o‘zi asrasin barchamizni!
Salom Elnur. Aytganingiz kelsin. Qimmatli fikringiz uchun tashakkur.
Men ham qo’shilaman bu fikirga 😇
Allah rozi bolsn😊😊
Assalomu alaykum hurmatlilar, barchangizdan Alloh taolo rozi boʻlsin.
Jazkollohu xayron!
Assalomu alayko’m. Hadislar judayam zoʻr ekan.
Ushbu foydali malumotlarni berib borayotganingiz uchun Allohim rozi bo’lsin.
Juda zo’r Hadis ekan. Sizlarni saytingiz manga yoqdi.
Assalomu alayko’m barchaga, juda ibratli va chiroyli Hadislar ekan.
Alloh rozi boʻlsin sizlardan, inshaalloh amin. Ancha malumotlarga ega boʻldim. Raxmat.
Juda go’zal hadislar ekan. Mashalloh!
Mashaalloh Olloh rozi bo’lsin!
Juda zo’r Hadislar ekan. Oloh barchamizni o’z panohida asrasin, omadimizni bersin.
Assalomu alayko’m, hammaga raxmat, juda zoʻr hadislar ekan, yordam uchun minnatdorman.
Juda zo’r hadislar ekan, mashaalloh Olloh hammamizni o’z panohida asrasin 🤲
Assalomu alayko’m hammaga rahmat, men ham minnaddorman.
Assalomu aleyko’m. Foydali Hadislar uchun katta raxmat sizlarga.
Eng zo’ri Hadislar shu yerda ekan, sizlarga katta raxmat.
Juda ham zo‘r hadislar ekan, raxmat foydali hadislar uchun.
Assalomu alekum. Bu joyda juda ham kerakli va foydali narsalar yozilgan ekan, juda ham kerakli narsalar, hammaga buni o’qishlarini tafsiya qilaman. Olloh hammadan rozi bo’lsin.
Rahmat juda zo’r ekan. Judayam zo’r hadislar. Foydali hadislar uchun tashakkur bildiraman!!!