Islom dinidagi eng muhim 4 amal

Mo‘min-musulmon bo‘lish ulug‘ qismat. Yaxshi mo‘min-musulmon bo‘lish esa eng oliy baxt. Bunday mukofotga erishish uchun nima qilish kerak? Payg‘ambarimiz (s.a.v) bu haqda o‘z ummatiga zarur ko‘rsatma va nasihatlarini berib ketganlar.

Islom dinidagi muhim amallar

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Bir qancha odamlar Allohning Rasulidan (s.a.v) so‘radilar: «Kimning Islomi eng yaxshidir? (ya’ni, kim juda yaxshi musulmon hisoblanadi?)». Ular javoban: «U qo‘li va tili bilan boshqa musulmonlarga zarar yetkazmaydigan odam», dedilar.

Sharh: Bundan ko‘rinib turibdi-ki, musulmonlarning orasidan eng yaxshisi birovga jismoniy zarar yetkazmaydigan, tili bilan, ya’ni tuhmat, g‘iybat, chaqimchilik qilib birovning qalbini og‘ritmaydiganlaridir.

Islom dini haqida 40 qiziqarli malumotlar

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Bir odam Payg‘ambarimizdan (s.a.v) so‘radi: «Islomda qanday amallar (yoki sifatlar) yaxshi hisoblanadi?» Payg‘ambarimiz (s.a.v): «Miskin (kambag‘al) odamlarni ovqatlantirish, va tanigan-tanimagan odamlarga salom berishdir», dedilar.

Sharh: Payg‘ambarimiz (s.a.v) Islomdagi yaxshi amallar haqida saboq berar ekanlar, kambag‘al odamga taom olib berishni aytdilar. Haqiqatan ham hatto taom olib yeyishga imkoni bo‘lmagan kishilarga bunday ko‘mak ko‘rsatilishi juda katta yaxshilik qilishdir. Chunki bir insonning qorni to‘yadi, ko‘ngli ko‘tariladi. Ikkinchi amal sifatida Rasuli akram (s.a.v) odamlarga salom berishni aytdilar. Ayrimlar faqat tanigan kishilargagina salom beradi yoki gaplarini salomsiz boshlashadi. Bu musulmonning sifati emasligi ayon bo‘lmoqda.

Islomdagi eng muhim 4 amal

Islomdagi to‘rt amal

1. To’rt narsa seni kasal qiladi.

  1. Ko’p gapirish.
  2. Ko’p uxlash.
  3. Ko’p yeyish.
  4. Ko’p sevish.

2. To’rt narsa tanangni ishdan chiqaradi.

  • Xafalik.
  • Badnafslik.
  • Doim yomon narsalar haqida o’ylash.
  • Kechalari uxlamaslik.

Islom dini qachon eng yirik dinga aylanadi?

3. To’rt narsa seni boy qiladi.

  1. Ibodat.
  2. Sadaqa.
  3. Ko’p istig’for aytish (Astag’firulloh al- Azim).
  4. Allohga hamd aytish (Subhanalloh, Alhamdulillah, Allohu Akbar).

4. To’rt narsa seni kambag’al qiladi.

  • Kunduzi uxlash.
  • Ibodatni tark qilish.
  • Dangasalik.
  • Yolg’onchilik.
  1. Tohir:

    Musulmonlar uchun juda zo’r malumotlar bor ekan.

  2. Iroda:

    Assalomu Alayko’m. Juda ham foydali hamda qiziq ma’lumotlar ekan. Alloh rozi bo’lsin!

  3. Sarvara:

    Islom dini haqida savol-javoblar judayam maroqli ekan, menga yoqdi, ishlaringizga omad tilab qolaman.

  4. Shohida:

    Dinimiz haqida juda yaxshi ma’lumotlar berilgan ekan rahmat.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *