Baxtli bo’lish uchun baxtning eng muhim 9 siri

O‘zini baxtsiz his qilish oson. Chinakam baxtga erishish uchun esa biroz mehnat qilish, atrofdagilarga yaxshilik tilash lozim. Chunki ko‘ngli ochiq insongina hayotni turfa ranglarda ko‘radi. Qalbida o‘tayotgan kunidan mamnunlik tuyib yashaydi.

Baxtli bo‘lish uchun yana nimalarga e’tibor qilish zarur? Psixolog olimlar bu savolga yarim hazil bilan «Avvalo, o‘zini baxtli, deb hisoblash kerak», deya javob berishadi. Aslida ham shunday. Baxt o‘z baxtingni anglashdan boshlanadi. Quyida baxtning 9 siriga to‘xtalmoqchimiz.

Yangi ishga kirgan inson uchun kerakli 5 maslahat

Baxtning eng muhim sirlari
  1. O‘z kuchingizga ishoning. Qanday bo‘lsangiz, shundayligingizcha qoling. Birovlar uchun yashash – nodonlik.
  2. Kuling. Tabassum bilan siz o‘zingizni yaxshiroq his qilasiz va insonlar ham sizga javoban tabassum qilishadi. Siz insonlarga ijobiy energiya tarqating. Va shunday javob olasiz.
  3. Fe’l-atvor ham baxtli yoki baxtsiz bo‘lishingizga ta’sir ko‘rsatadi. Har kim o‘z fe’lidan topadi, degan naqli bejiz aytilmagan. Avvalo, o‘zingiz keyin boshqalarga ishoning. Samimiy bo‘ling.
  4. Har kim o‘z hayotiga o‘zi mas’ul. Erkin qaror qabul qilishda dadil bo‘ling. Nimadir o‘xshamasa, aybdorni izlashga hojat qolmaydi. Mas’uliyatni his qilishga o‘rganasiz.
  5. O‘tmishdagi muammolarni unuting. Ehtimol xatolarga yo‘l qo‘ygandirsiz. Ammo o‘z-o‘zini jazolash oqillar ishimas. Yo‘l qo‘yilgan xatolar hayotiy tajriba uchun muhim. Har bir narsada hikmat borligini unutmang. Faqat o‘sha xatolarni takrorlamasangiz bas.
  6. Boriga shukr qiling va qadrlang. O‘zingizda yo‘q narsani o‘ylab, siqilgandan, borini his qilib quvongan afzal.
  7. Orzularga beriling va qiziqing. Qiziqishlar darajasini kengaytiring. Oldingizga katta maqsad qo‘yib, unga dadil intiling. Tavakkal qilishdan qo‘rqmang. Hayotni rangin qilishda bu juda muhim.
  8. Yaxshi narsalar haqida o‘ylang. Joy, vaziyat insonni baxtli yoki baxtsiz qila olmaydi. Bo‘lar-bo‘lmas xayollarga erk bermang. Salbiy o‘y-xayollarni o‘zingizga yaqinlashtirmang.
  9. Munosabatlarni yo‘lga qo‘yishdan qo‘rqmang. Atrofdagilar bilan muloqot qilish, do‘stlashish, ko‘plab his-tuyg‘ularni boshdan kechirish o‘zingizni baxtli his qilishingizga yordam beradi.

Inson zararli odatlarida uning xarakteri oydinlashadi

Dilfuza OSTONOVA.

  1. Behruz:

    Assalomu alayko’m barchaga, ushbu maqola menga rosa yoqdi, sizlarga kattakon raxmat, o’ylaymanki malumotlarning hamasi to’g’ri.

  2. Jasmina:

    Assalomu alayko’m barchaga, ushbu maqola menga yoqdi, bu maqolalar hammaga yordam beradi, tushkunlikdan chiqaradi, o’zimda sinab ko’rdim.

  3. Sarvinoz Razzaqova:

    Assalomu aleykum barchaga, bu maqola menga juda yoqdi, o’ylaymanki malumotlaringzni hammasi to’g’ri.

  4. Aziza:

    Bu maqolalar, menga hayotimda kerak boʻladigan maslahatlar ekan, menga juda yoqdi.

  5. Mehri:

    Assalomu alayko’m. Yaxshi tavsiyalar ekan, qani endi xar doim shularga amal qilib yursak, xamma baxtli bo‘lib ketarmidi, ishlaringizga omad tilayman.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *