Baxtli yashash siri hamda aniq tavsiya va maslahatlar

Odam bolasi hamisha harakat maydonida yashaydi. Uning yuragi, tafakkuri, idroki hamisha yo‘lda. Orzu qiladi, intiladi, qoqiladi, yo‘qotadi, topadi… Ayriladi, kuyadi, sog‘inadi, kutadi, yetishadi… Inson umri ana shunday bir-biriga o‘xshagan va o‘xshamagan lahzalar marjoni. Baxt esa ana shu lahzalardan bittasining ismi.

Baxtli yashash siri va maslahatlar

Ya’ni inson mutloq baxtiyor bo‘lishi (mutloq chempion deganday) mumkin emas. U hayotning ba’zi soatlari, ba’zi kunlari, ba’zi oylaridagina baxtli yashashi mumkin. Lekin o‘sha daqiqalar uning qalbidan shunchaki o‘tib ketmaydi. Baxtning hatto, xotirasi ham totli.

Shuningdek, baxtni biror qiyofa yo shaklga solib, «mana shu!», deb hammaga taqdim etib, barchani ishontirib bo‘lmaydi. Bu hissiyotning suvrati, ko‘rinishi, mezonlari har kimning o‘z ko‘ngil kengliklariga, tafakkur balandligi, idrok teranliklariga teng.

Quyida baxtli yashash uchun tavsiya va maslahatlarni jamladik. Ularga amal qilar ekansiz, haqiqiy baxt siz bilan yonma-yon bo’ladi.

Hamma narsani eslab qolishda eng samarali 6 usul

Baxtli hayotga eltuvchi eng zarur 15 qoida

1. Orzularga beriling va qiziqing — Qiziqishlaringiz doirasini kengaytiring. Go’zal xayollarga berilishdan cho’chimang. Orzular olamiga g’arq bo’ling. Oldingizga katta maqsadlarni qo’yib, unga dadil qarab intiling.

2. Boshqalarni baxtli qiling — Bu baxtga erishishning eng ishonchli usulidir. O’z baxtingiz yo’lida odamlarga yaxshilik qiling – ana shunda buning o’zi baxt ekanligiga amin bo’lasiz. Kishilarga hamdard bo’ling. Bu fidokorlikning oliy ko’rinishidir. Baxtga xech qachon xudbinlik orqali emas, balki fidoyilik tufayli erishiladi.

Baxtga orzular bilan erishing

3. Jismoniy faollik — Istalgan jismoniy faollikning, harakatning sog’lom kishiga haqiqiy lazzat baxsh etishi ma’lum, buning sababi chuqur o’rganilmagan. Akademik Pavlov bu hisni mushaklar mashqi deb atagan. Jismoniy faollik davrida inson miyasida o’ziga xos tabiiy moddalar (endorfinlar) ishlab chiqiladi va bu moddalar kishiga lazzat, zavq baxsh etadi.

Demak, jismoniy harakatlar insonga baxt hissini ato etadi. Siz raqs tushishingiz, sportning istalgan turi bilan shug’ullanishingiz yoki qo’lingizdan keladigan mashq, harakatni amalga oshirishingiz mumkin. Hatto, qishda ertalab turib yoqqan qordan yo’lakni ochsangiz ham, yerni belkurak bilan chopsangiz ham, mashaqqat bilan derazalarni yuvsangiz ham baxtni his eta olasiz.

4. Yaxshi narsalar haqida o’ylang — Joy, vaziyat insonni baxtli yoki baxsiz qila olmaydi. Faqatgina aql-salohiyat qanday inson ekanligimizni his etishimizga yordam beradi. Har doim yaxshi narsalar haqida o’ylang. Bo’lar-bo’lmas xayollarga bormang, salbiy o’y-xayollarni o’zingizga yaqinlashtirmang. “Nimaiki bo’lmasin, yaxshilikka” degan qoidaga ishoning.

Baxtli insonlar qatorida bo‘lish uchun 12 tavsiya

5. Yashash naqadar lazzatli ekanligini unutmang — Har bir o’tayotgan kun uchun quvonishni o’rganing. O’tayotgan kuningizning har lahzasini unumli o’tkazish va bayram qilish esa o’z qo’lingizda.

6. O’zingizni yarating — O’zingiz uchun o’z hayotiy tamoyillaringizni yarating va ularga amal qiling. O’zingizga bo’lgan sadoqat ham baxt yo’lidagi muhim omillardandir. Siz kimsiz? Boshqalar hayoti bilan yashamang, kimningdir umidi, sizdan nimadir kutayotgani uchun emas, o’zingiz uchun yashang. Qo’yib bersa, odamlar sizdan ko’p narsa kutishlari mumkin, lekin o’zingizchalik sizni birov sevarmikan?

Baxtni sira ortga surmang

7. Baxtni ortga surmang — Biz ko’pincha oilaviy baxt yangi uy yoki mashina sotib olish, yaxshi ishga kirish yoki qo’shimcha ta’lim olish orqali kirib keladi, deb o’ylaymiz. Bu esa noto’g’ri. Ayni damda sizda bor narsalar bilan ham baxtli bo’lishning ilojisi bor.

8. O’zgarib turing — Muntazam tarzda yangilanib, o’sib rivojlanib borsangiz, baxtning o’zi sizni izlab topadi. Hayotingizni yangi bosqichga ko’tarish uchun hamisha yangiliklar izlab toping.

Baxtni ortga surmang

9. Boshqa odamlarga yordam bering — Har bir insonning ichida altruizm, ya’ni atrofdagilarga beg’araz yordam ko’rsatish ehtiyoji mavjud. Boshqalarga yordam berish orqali, birinchidan, o’z-o’zingizga hurmatni oshirasiz, ikkinchidan, o’zingizdagi jismoniy va psixologik tanglik holatlarini, ya’ni stresslarni yo’qotasiz va natijada hayotdan qoniqish, baxtga erishish hissiga ega bo’lasiz.

10. O’zingizga ishoning — Kuchingizga ishoning. Qanday bo’lsangiz shundayligingizcha qoling. Birovlar uchun yashamang. Odamlar siz qanday bo’lsangiz, shundayligingizcha qabul qilishlari va hurmat etishlariga ishoning.

Tushkunlikdan qutulishga yordam beruvchi samarali 15 usul

11. Yaqin kishilaringizni seving — Ko’p vaqtingizni, e’tiboringizni sevgan kishilaringizga bag’ishlang. Bundan o’zingizni baxtli his eta olasiz.

12. Ijod qiling — Biror narsa yaratish sizga kuch bag’ishlaydi va ahvolingizni yaxshi tomonga o’zgartiradi.

13. Ko’p kuchingizni o’zingiz sevgan mashg’ulot, kasb yoki faoliyatga bag’ishlang — Agar ishingizni sevsangiz, ko’p ishlang. Agar yoqmasa almashtirishga harakat qiling, bu o’zingiz uchun ham, jamiyat uchun ham samaraliroq bo’ladi. Biz ish joyida ko’p vaqtimizni o’tkazamiz va bu vaqt biz uchun azobga aylanmasligi kerak.

14. O’z qiziqishlaringizga ega bo’ling — Ishqibozlik bizga mayda xursandchiliklar beradi va ular birlashib, baxtga aylanadi. SHuning uchun qiziqishlar doirasini kengaytirib boring. Bu bilan siz baxtga eltuvchi yo’llaringizni ko’paytirasiz. Atrofda shuncha qiziqarli narsalar bo’la turib, kishi baxsiz bo’lishi mumkinmi?

15. O’z umringiz uchun ma’suliyatni his qiling — Baxtli bo’lish uchun birinchi navbatda erkin bo’lish lozim. Vaziyat qanday bo’lmasin, unga qanday yondashish o’z qo’lingizda. Buning uchun faqat o’zingiz javobgar bo’lasiz.

  1. Nafisa:

    Baxtli yashash siri deb nomlangan maqolani o’qib shunga amin bo’ldimki, biz harakatdan sira to’xtamasligimiz kerak ekan, shunda bizga omad kulib boqadi.

  2. Sardor:

    Baxtli yashashga doir maslahat va tavsiyalar juda alo darajada yoritilgan, baxtli yashashga har bir inson haqlidir! Bu maqola menga rosa yoqdi.

  3. Gulnigor:

    Baxtli hayot kechirishga doir bo’lgan ushbu maqola menga rosa yoqdi. Fikrim juda yaxshi.

  4. Dilfuza:

    Assalomu alayko’m. Baxtli yashashga doir barcha maslahatlar menga juda yoqdi. Ishlaringizga rivoj tilab qolaman.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *