Hamma narsani eslab qolishda eng samarali 6 usul

Sizda eslab qolish bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, bunga tan berib, xotiram yomon ekan, degan xulosaga kelishga shoshilmang, deydi kouch, Productivity Lessons blogi muallifi Mark Shid. Boshida barchada dastlabki ma’lumotlar deyarli bir xil bo‘ladi.

Barcha narsani eslab qolishda samarali usul

Eslab qolishni o‘rganish uchun aynan o‘zingizga to‘g‘ri keladigan usulni tanlab olish kerak. Maqolada bunday usullarning eng qiziqarlilari bilan tanishishingiz mumkin.

O‘zingizga quloq tuting

Ma’lum bir axborotni o‘rgangach, uni diktofonga yozib oling. Uxlash paytida uni sekingina eshiting — uning sadosi ostida aynan uxlash kerak. Allaqachon tanish, ammo eslab qolish qiyin bo‘lgan narsalarni mustahkamlash uchun ajoyib usul.

Baxtli insonlar qatorida bo‘lish uchun 12 tavsiya

Xatlar yozing

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘qib-o‘rganishga kirishishdan avval 15—20 daqiqa davomida qayg‘uli xayollaringizni va mayda-chuyda ko‘ngilsizlaringizni eslab, qog‘ozga tushirsangiz, o‘qish samaradorligi keskin o‘sib ketadi.

Gap shundaki, biz barcha salbiy narsalarni tekshirmay-netmay juda yaxshi eslab qolamiz, undan keyingi barcha axborotni ham miya “yomon” deb qabul qiladi, demak, ishonchli tarzda qayd etadi.

Tabiatni asrang

Tabiatni kuzatish eslab qolishni yaxshilaydi

Michigan universiteti psxixologlari tabiatni kuzatish kognitiv funksiyani naq 20 foizga oshirishini aniqladi. Tabiat qo‘yniga chiqish shart emas, tabiat aks etgan fotosuratlarga 5—10 daqiqa qarash kifoya bo‘ladi.

Yolg’onni oshkor qilishga yordam beruvchi 7 belgi

Bir joyda o‘tirmang

She’r, darslik va ma’ruzalarni yodlash chog‘ida xona bo‘ylab aylanib yuring. Gap shundaki, yurish miya faoliyatini kuchaytiradi va sizning eslab qolish qobiliyatingiz ancha oshadi.

Qattiqroq baqiring

Baland ovozda gapirisa yaxshi esda qoladi

Baland ovoz bilan aytilgan so‘zlar 10 foizga yaxshiroq esda qoladi. Har bitta so‘zni baland ovozda va dona-dona qilib talaffuz qilish kifoya.

Haqiqiy do‘stlikni qanday farqlash mumkin?

Muhitni o‘zgartiring

Agar bir kechaning o‘zida ikkita imtihonga (yoki majlisga) tayyorlanish kerak bo‘lsa, buni turli xonalarda amalga oshiring. Biz turli muhitlarda eslab qoladigan ma’lumot boshimizda aralashib ketmaydi.

  1. Behruz:

    Yodda tutishda qo’l keladigan juda ajoyib usullar ekan. Albatta sinab ko’raman!

    • Diyorbek:

      Hotirani yaxshilash va mustahkamlash uchun juda kerakli malumotlar ekan.

  2. Ruxshona:

    Hotirani mustahkamlab, hamma narsani esda tutishga yordam beruvchi ushbu 6 usul menga juda as qotdi.

    • Alisher:

      Assalomu alayko’m, bu berilgan usullar va maslahatlarni ichidan ayrimlari menga juda tanishdek tuyilyapdi.

    • Shamsiddin:

      Eee qoyilman-ey juda aqilbovvar qilmas darajadagi usullar ekan, bu maslahatlarga albatta amal qilgan holda ish tutaman.

  3. Farangiz:

    Bu usul menga yoqdi albatta sinab ko’raman. Sizlarga kattakon raxmat.

  4. Olmaxon:

    Bu malumotlarni o’qib amin bo’ldimki, ushbu tanishib chiqqan malumotlarim kelajakda albatta menga nafi tegadi deb o’ylayman.

  5. Ibodat:

    Haqiqatdan bu usullar juda samarali ekan. O’qib chiqib qoyil qolmasdan ilojim yo’q.

  6. Dilbaroy:

    Men o’ylaganimdan ko’ra ancha yaxshi malumot va tavsiyalar berilgan ekan. Barchasiga amal qilishga harakat qilaman.

  7. Jasmina:

    Men bilmagan juda ajoyib usullar ekan, sizlarga qoyil qolmasdan ilojim yo’q meni.

  8. Dilrabo:

    Assalomu alayko’m menga hamma ma’lumotlar juda yoqdi. Ayniqsa xotirani kuchaytiruvchi 6 usul haqidagisi!

  9. Gulsevar:

    Xotirani kuchaytiradigan bu usullar menga yoqdi. Bularni albatta sinab ko’raman.

  10. Foydalanuvchi:

    Juda ajoyib maslahatlar ekan hammaga o’qib tanishib chiqishni tavsiya qilaman.

  11. Foydalanuvchi:

    Barchaga salom. Meni hotiram ancha pastligi sababli ushbu maqolani o’qib chiqdim, kelgusida bu maslahatlar menga qanchalik foyda berganligi haqidaham albatta yozib qoldiraman.

  12. Zuhra:

    Assalomaleko’m. Bu yerda berilgan ma’lumotlar juda ham foydali va qiziqarli ekan. Men albatta sinab ko’raman. Foydasi tegadi degan umiddaman. Raxmat sizlarga.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *