Tushkunlikdan qutulishga yordam beruvchi samarali 15 usul

Inson borki, o’z hayotining ma’lum kunlarida tushkunlik holati va stressni boshdan kechiradi. Mazkur tavsiyalar esa sizga ana shu holatlar bilan kurashish uchun yordam bersa ajabmas. Qolaversa, ular orasidagi ayrim maslahatlar boshqalarning ruhiyatini o’rganib olishingiz uchun ham ko’maklashadi.

Tushkunlikdan qutulish usuli

Biror inson jahl va g’azab holatida sizga qattiq ovoz bilan gapirib yuborsa, unga javob qaytarmang. Tinch holatni saqlang, balki bu suhbatdoshingizni yanada jazavaga tushirib qo’yar, ammo tinchlanib olgach, tabiiy ravishda aybdorlik hissini tuyadi.

Agar biror insonni ko’rgan paytda sal bo’lsa ham shod ekanliginingizni bildirib qo’ysangiz, vaqti kelib o’sha odamni haqiqiy xursandchilik bilan kutib oladigan bo’lasiz.

Ilk bor uchrashuvga chiqayotganda chiroyli va yoqimli joy tanlang. Bunday maskan kishida ijobiy hissiyotlarni paydo qiladi, keyinchalik hududdagi ijobiy hissiyotlar sizning qiyofangizni gavdalantiradigan bo’ladi.

Hamma narsani eslab qolishda eng samarali 6 usul

Majlis payti biror odam sizni tanqid qilishi haqida bilsangiz, unga yaqinroq o’tirib oling. Bu kishilar orasida ko’rinmas iliqlik hosil qiladi, tanqidlar ham ayovsiz bo’lmaydi.

Odamlar bilan ishlaydigan kasb egasi bo’lsangiz, ishxonangizga ko’zgu joylashtiring. Inson hamisha o’z aksini chiroyli va xushmuomala qiyofada ko’rishni istaydi.

Qarshingizdagi insonda sizga nisbatan ishonch hissi paydo bo’ladi

Ilk bor biror inson bilan tanishgan paytda uning ko’zlariga qaraganda qorachiqlariga diqqat qiling. Ko’zlar to’qnash kelganda, qarshingizdagi insonda sizga nisbatan ishonch hissi paydo bo’ladi.

Sizga ishonch hissi

Bir guruh insonlar umumiy narsa haqida kulayotgan paytlari har bir inson tabiiy tarzda o’ziga ko’proq yoqadigan, yaqin insonga aylanishni istaydigan yoki yaxshi ko’radigan odami tomonga qaraydi.

Odatda, insonlar boshqa odamdagi o’ziga bo’lgan ishonch va biror ishni yaxshi bilish tajribasi farqini ajrata olishmaydi. Shu sababli sizni tanimagan inson tasavvurida o’ziga ishongan kishi qiyofasini gavdalantira olsangiz, u sizni boshqalardan tajribali va bilimli deb biladi.

Baxtli insonlar qatorida bo‘lish uchun 12 tavsiya

«Menimcha» va «O’ylashimcha» so’zlarini gap boshida kamroq ishlating. Bu insonning o’z so’ziga unchalik ham ishonmasligi, jumlaning shubha ostida ekanligini bildiradi.

Agar suhbatdoshingizning biror javobi sizni qoniqtirmasa yoki savolingizga to’liq javob bermaydigan bo’lsa, ortiqcha savol bermang. Ko’zlariga diqqat bilan qarab turing, bunday vaziyatda u suhbatni davom ettirishga majbur bo’ladi.

O’zingizdagi ta’sirchanlikdan qutulish uchun harakatga kirishing. Ruhshunoslarning aytishicha, insondagi ortiqcha bezovtalikdan xalos bo’lishni asta-sekinlik bilan o’rganish va sun’iy ravishda shakllantirish mumkin.

O’zingizni baxtli his qilmoqchi bo’lsangiz kulib turing

Baxtni his qilmoqchi bo'lsangiz kuling

Ruhshunoslarning aytishicha, hissiyotlarimiz mimikaga ta’sir qilish bilan birga buning aksi ham bo’lishi mumkin ekan. Agar o’zingizni baxtli his qilmoqchi bo’lsangiz, imkon qadar kulib turing. Oqibatda tabassumingiz samimiy kulgiga aylanadi.

Yolg’onni oshkor qilishga yordam beruvchi 7 belgi

Stressning jismoniy belgilari ko’p jihatdan shodlik holatiga o’xshaydi: nafas olishi og’irlashadi, yurak urishi tezlashadi va hokazo. Shu sababli ham ozroq harakat bilan stressning o’rnini shodlikka almashtirish mumkin.

Muhim uchrashuv oldidan suhbatdoshingizni eski do’stingiz deya tasavvur qiling. Ana shunda o’zingizni erkinroq his qilishingiz va kamroq xavotirlanishingiz mumkin bo’ladi.

Jiddiy ishni boshlashingiz kerak bo’lsa-yu, asabiylik holatidan qutula olmasangiz, saqich chaynang. Bu insonning tinchlanishi uchun yordam beradi, ong tanovul paytida odamning xavfsiz holatda ekanligini qabul qiladi va asabiylik holati bartaraf etiladi.

  1. Muxlisa:

    Tushkun kayfiyatdan halos bo’lish uchun berilgan ushbu tavsiyalarni, o’ylaymanki hayotda juda katta nafi bor, bu tavsiyalarga amal qilishga doim harakat qilaman.

  2. Samira:

    Ushbu tushkunlikdan halos bo’lishga doir maslahatlar menga yoqdi, kelajakda bu maslahatlarni amalda sinab ko’rishga harakat qilaman. Juda ham ajoyib menga yoqdi.

  3. Sevinch:

    Men ushbu fikrlardan hulosa chiqaraman, Hudo xoxlasa hayotda yordam beradi degan umiddaman.

  4. Nilufar Jalolova:

    Ushbu maslahatlar juda ajoyib, inson hayotda o’z yo’lini topish uchun yordam beradi.

  5. Shahzod:

    Men aniq ishonaman bu maslaxatlar o’z xayot yo’limizni topishga juda katta yordam beradi, bugundan boshlab xayotimni butkul o’zgartiraman, maslaxatlar juda zo’r ekan, bu uchun sizlarga Raxmat.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *