Bolaning nutqi rivojlanishiga qanday o‘yinlar yordam beradi?

Olimlar yosh bolalarning nutqi va tafakkurining rivojlanishi – qo‘l va barmoqlarining nozik harakatlari miqdori hamda shakli-hajmi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri proporsional ekanligini isbotlagan.

Bola nutqi rivojlanishiga hissa qo'shuvchi o'yinlar

Barmoqlarning harakatlari mahorati yuqori darajada rivojlangan bolalarda – nutq, fikrlash, xotira, e’tibor yaxshi bo‘ladi. Barmoqlarning harakatlari erkin bo‘lmaguncha bola nutqining rivojlanishiga erishib bo‘lmaydi. Bolalarda barmoqlar mashqi bo‘yicha ishni 6-7 oyligidan boshlash kerak. Har kuni qo‘llarni 2-3 daqiqa davomida yengil uqalash kerak.

Farzandlarga uy tozalashni o‘rgatishni 8 eng oson usuli

Rag‘batlantiruvchi qo‘l mashqlari 5 bosqichdan iborat

  1. Bolaning qo‘lini barmoq uchidan tirsagigacha tashqi tomondan 8-10 marta silash;
  2. Barmoqlarni 5-6 marta (bosh bormoqdan tashqari) bukish va to‘g‘rilash 5-6 marta;
  3. Bosh bormoqni o‘ng-chap tomonga bukish, dumaloq shaklda harakatlantirish;
  4. Kaftni 2-3 marta faollashtirish: barmoq bilan bolaning kafti o‘rtasidan sekin spiral ko‘rinishida silash, spiral kengayib borib, oxiri bola bosh barmog‘ida tugaydi;
  5. Bolaning qo‘lini barmoq uchidan tirsagigacha tashqi tomondan 8-10 marta silash.

Bolani tarbiyalashda eng ko’p uchraydigan xatolar

Barmoqlarning nozik harakatlarini rivojlantiruvchi mashqlar

  • Bolani o‘n oyligidan boshlab barcha barmoqlarini harakatga jalb qilish kerak – kub, piramidalar, turli hajmdagi yarimsharni bir biriga taxlash, joylashtirish.
  • Bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo‘lgan davrda yog‘ochdan yoki plastmassadan bo‘lgan o‘yinchoqlar, masalan, legolardan piramida, uychalar yasash;
  • Bir yarim yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan davrda mozaykalardan har turdagi shakllarni yig‘ish;
  • Ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda o‘yinchoqlarni, yirik tugmachalarni teshiklardan arqon o‘tkazib bir safga terish, arqonlardan har xil shakldagi bog‘ichlar yasash;
  • Artikulyatsiya mashqlari: sharlarni uflab shishirish, so‘zlarni dona-dona talaffuz qilishga intilish.

Barmoqlar bilan turli xil mashqlarni bajarib, bolalar barmoqlarini nozik harakatlarini yaxshi rivojlanishiga erishiladi, bu nafaqat nutqning rivojlanishiga foydali ta’sir ko‘rsatadi, balki bolani chizishga, yozishga ham tayyorlaydi.

Ota-onalarga bola tarbiyasi borasida 10 muhim tavsiya

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.

5/5 - (7 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Bola gadjetlarga qaram bo‘lsa, qanday yo‘l tutish kerak?
  2. Bolani kechasi osuda uxlashida yordami tegadigan oltin qoidalar
  3. Farzandlarga uy tozalashni o‘rgatishni 8 eng oson usuli
  4. Bolani tarbiyalashda eng ko'p uchraydigan xatolar
  5. Ota-onalarga bola tarbiyasi borasida 10 muhim tavsiya
  6. Bolalarni tarbiyalash uchun mashhur psixologdan tavsiyalar
  7. Yaxshi ota-ona bo’lish uchun nima qilish kerak?
  8. Farzandga kitob o’qib berishning eng asosiy 15 foydasi
  9. Bola tarbiyalashda qanday xatolar qilmoqdamiz?
  10. Bolalar xulqining buzilishiga sabab bo'luvchi omillar

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *