Bolani muloqot orqali qanday tarbiyalash kerak?

Bolalarimiz bilan muomala jarayonida qiyinchiliklarga ko‘p uchraymiz, ba’zida oddiy holatlarda ham xatolarga yo‘l qo‘yamiz. Aslida, ko‘zimizga o‘jar, qaysar va gapirmas bo‘lib ko‘rinayotgan o‘smir bolamiz ham ich-ichidan bizga quloq solishni, biz bilan ahil-totuv bo‘lishni istaydi.

Bolani muloqot orqali tarbiyalash

Biz, ota-onalar esa ana shu xohish-istakni anglay olishimiz, unga to‘g‘ri munosabat ko‘rsatishimiz kerak. Anglashilmovchilik holatlarida jazo uslubini qo‘llash foyda bermaydi. Xo‘sh, farzandimiz fe’l-atvoridagi yomon xulq belgilarini qanday qilib yo‘qotish mumkin?

Bolalarni yozishga qanday o‘rgatish mumkin?

1 — So‘z orqali tarbiyalang. Bola bilan muloqot qila olish tarbiyaning muhim jihatlaridan biridir. Bunga erishishning bir necha yo‘llari bor:

2 — Oldin muomala o‘rnating, keyin yo‘l-yo‘riq ko‘rsating. Kichik yoshdagi bolangizga biror muhim gapni tushuntirmoqchi bo‘lsangiz, oldin tiz bukib o‘tiring. Ko‘zingiz uning ko‘zi bilan tenglashsin. Chunki, ko‘z orqali axborot almashish katta ahamiyatga ega.

3 — Bolangizga ismi bilan murojaat qiling, ayniqsa, suhbat boshida. Qolaversa qisqa, lo‘nda va oddiy tilda gapiring.

4 — Asosiy maqsadingizni so‘zingiz boshidayoq ayting. Ayniqsa, aytmoqchi bo‘lgan gapingiz bitta bo‘lsa yoki bolangizning yoshi kichik bo‘lsa.

5 — Bolangizdan aytganlaringizni qaytarishini so‘rang.

Tarbiyada aytganlaringizni qaytarsin

6 — Farzandingizga rad etishi mumkin bo‘lgan ishni buyuring. Masalan, «Kiyinib olsang, aylangani chiqamiz», deb ko‘ring.

7 — Tasdiq gaplarni ishlating. «Pichoqqa tegma!» deyish o‘rniga «Pichoq o‘tkir, qo‘lingni kesishi mumkin. Ehtiyot bo‘l», deb ogohlantiring.

8 — Qo‘shni xonada turib «Ovqatga chiq!» deb baqirgandan ko‘ra, farzandingiz o‘tirgan xonaga kirib taklif qiling.

Bolani o‘qishga qanday qiziqtirish mumkin?

9 — Taklifli murojaatlardan foydalaning. Masalan, «Bugun qaysi kiyimimizni kiyamiz: qizilinimi, yashilinimi?»

10 — Bolaning yoshiga mos gapiring. Ikki-uch yoshli bolaga «Nimaga bunday qilding?» yoki «Nimaga gapimga quloq solmayapsan?» qabilidagi savollarni bermang. U hali bu kabi savollarga javob berish yoshiga yetmagan.

11 — Muloyim bo‘ling, bolaning ko‘ngliga yoqadigan erkalatish so‘zlaridan foydalaning.

Muloqot paytida bolani taqdirlang

12 — Farzandingizni taqdirlang. Bu qimmatbaho sovg‘alar bo‘lishi shart emas. Masalan, «Narsalaringni tez yig‘ishtirsang, bitta zo‘r ertak aytib beraman», deb rag‘batlantirish mumkin.

13 — Hazil-mutoyiba qiling. Biroq hazilingiz o‘rinli chiqsin, haqorat va achchiq kinoyadan xoli bo‘lsin.

14 — Farzandingiz bilan shartnoma-kelishuv tuzing. Bu sizning ota-onalik maqomingizni pasaytirmaydi, aksincha mustahkamlaydi. Murosa usuli bilan ijobiy natijalarga erishasiz.

15 — Oilaviy yig‘ilishlar o‘tkazib turing. Bu oilada ichki tartib o‘rnatishga katta ko‘mak beradi. Siz xotirjam, bolalaringiz uquvli-idrokli bo‘ladi. Bu siz uchun ham, farzandlar uchun ham fikr-mulohazalarni ayta olish imkoniyatidir. Ko‘tarilgan masalalarni oydinlashtiring, ularga yechimlar toping.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *