Odamovi bolani qanday qilib tarbiyalash kerak?

Ba’zi bolalar juda imillagan, odamovi va og‘ir-bosiq bo‘ladi. Ular juda kichkinaligidanoq bolalarni uzoqdan kuzatishni yaxshi ko‘radi. Bolalar bilan birga o‘ynamaydi, to‘rt yoshga to‘lganda zo‘rg‘a gapirishni boshlaydi. Bunday tabiatli bolalarni ruhshunoslar flegmatiklar deb ataydi. Flegmatik bolaning tabiatini qanday qilib to‘g‘rilash mumkin?

Odamovi bolani qanday qilib tarbiyalash kerak

Odamoviligidan boshlaymiz — Bola yolg‘izlikni yaxshi ko‘radi, tengdoshlari bilan kam o‘ynaydi. Kech gapirish, atrofdagi muhit to‘g‘risidagi tasavvurning kamligi va haddan tashqari tortinchoqlik shu tufayli paydo bo‘ladi. Iloji boricha bola bilan ko‘proq muloqotda bo‘lish, birga qo‘shilib o‘ynashga harakat qilish, mehmonga, do‘konlarga, jamoat joylariga birga olib yurish kerak.

Реклама

Erinchoqlik — Bu yerda ham jalb qilish juda muhim. Topshiriq bering, u endi katta bo‘lganini va siz unga ishonishingizni ayting. Va albatta rag‘batlantiring. Baqirish bilan hech narsaga erisha olmaysiz – flegmatiklar o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qoladi va sizni eshitmaydi.

Bola ongini oshirishda sinalgan 5 oddiy usul

Bolalar bog‘chasi alohida band bo‘lib hisoblanadi — Bir tomondan, erkin bo‘lib o‘sishi uchun bolaga kollektiv kerak. Ikkinchi tomondan – agar hali erta bo‘lsa, u yanada battarroq o‘z-o‘zi bilan bo‘lib qolishi mumkin. Bolalar bog‘chasi uchun eng muvofiq yosh – 3 yosh hisoblanadi. Agar u bog‘chada ovqat yemasa, tarbiyachi va bolalarga e’tiborsiz bo‘lsa – uni vaqtincha u yerdan olishni o‘ylab ko‘ring.

Реклама

Sustkashlik — Bolani jalb qilish kerak. Buning uchun qum soatlar juda yaxshi. 20 daqiqalik qum soat sotib oling, uni teskari qilib qo‘ying va qumlar to‘kilib bo‘lguncha bajarish kerak bo‘lgan topshiriq bering.

O‘sishning kechikishi — Toqatlilik talab qilinadigan rivojlantiruvchi o‘yinlar bilan shug‘ullanish kerak, chunki flegmatiklar juda sabrli bo‘ladi. Buning uchun uyda har kuni 15-30 daqiqa shug‘ullanish yetarli bo‘ladi.

Bolaga «yo‘q» deyishni o‘rganishning 5 usuli

Qat’iyatsizlik — U ham ko‘pincha bunday kichkintoylarda bo‘ladi. Va ularning ota-onalarida ham! Hech kimning gapiga quloq solmang, taqqoslamang va «mening bolam rivojlanmayapti yoki tentak» degan fikrni xayolingizga keltirmang. Mana ko‘rasiz, u hammadan yaxshi bola bo‘ladi, bu sizning qo‘lingizdan keladi! Unga iloji boricha mehringizni bering, seving!

Реклама

Odamovilik — O‘z hissiyotlarini ifodalash juda muhim. Buning uchun timsoh tipidagi o‘yinlar mos keladi: qayerda qiliq qilish, qayerda mimika bilan ishlab o‘z ichki dunyosini tushuntirish. O‘z hissiyotlaringizni ko‘rsatishdan tortinmang.

Farzand tarbiyalashda qattiqqo‘l bo‘lish kerakmi?

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Chaqaloqni uyqudan oldin to‘g‘ri kiyintirish haqida tavsiyalar
  2. O‘quv yili boshidagi qiyinchiliklarni qanday yengish mumkin?
  3. Maktabga ryukzakni qanday tanlash kerak?
  4. O‘quvchini maktabga telefon bilan jo‘natish mumkinmi?
  5. Bolalarda stressni yengish bo‘yicha tavsiyalar
  6. Farzandni o‘ziga bo‘lgan ishonchini qanday shakllantirish mumkin?
  7. Bolani erta uxlatishning salomatligiga ta’siri qanday?
  8. Ota-onalar uchun bola uyqusi haqida 10 fakt
  9. Bola tarbiyasida ota-onalar bilmasdan yo‘l qo‘yadigan 4 xato
  10. Bola gadjetlarga qaram bo‘lsa, qanday yo‘l tutish kerak?

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *