Insult xavfidan qanday qilib oldindan ogoh bo‘lish mumkin?

Insult og‘ir va hatto o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasallik. Agar siz kasallik belgilariga e’tibor qaratsangiz va shifokor bilan maslahatlashsangiz yaqinlashib kelayotgan xavfni oldindan bilib olishingiz mumkin.

Hozirgi kunda insult o‘limning eng keng tarqalgan sabablaridan biri hisoblanadi. Oddiy qilib aytganda, insult qon aylanishining yomonlashishi bilan bog‘liq.

Insult xavfini oldindan bilish usuli

Birinchidan, kichik tomirlarning tiqilib qolishi yuzaga keladi, keyin organizmimizning muayyan harakatlari uchun mas’ul bo‘lgan miyaning kichik joylariga zarar yetkaziladi.

Yozda nimalarni yeyish tavsiya etilmaydi?

Tana bunday zararga tezda javob beradi va ularni yo‘q qilishga harakat qiladi: muammo takrorlanadi va organizm o‘zini yomon his etadi.

Agar siz kasallik belgilari haqida bilsangiz, ularni kuzatish va paydo bo‘lish sababini tushunish uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi.

Bu holatda imkon qadar tezroq tekshiruvdan o‘ting va sog‘lig‘ingizda qanday muammo borligini bilib oling.

Insult xavfli kasallik, u ko‘pincha yoshlar orasida ham paydo bo‘ladi va tana ustidan nazoratni yo‘qotish shaklida namoyon qiladi.

Qattiq bosh og‘rig‘i

Bosh og‘rig‘i turli sabablarga ko‘ra, shu jumladan osteoxondroz va bu sohada qon aylanishining yomonligi bilan bog‘liq boshqa tashxislar sabab yuzaga keladi.

Og‘riq ham turlicha bo‘lishi mumkin, uzoq davom etgan og‘riqdan qisqa muddatli va o‘tkirgacha.

Agar odatda bunday muammolarga duch kelmagan bo‘lsangiz, siz uchun og‘ir, o‘tkir va atipik bosh og‘rig‘i e’tibordan chetda qolmasligi mumkin bo‘lgan muhim alomat hisoblanadi.  

Qalbaki atirni original atirdan qanday farqlasa bo‘ladi?

Muloqotdagi qiyinchiliklar

Muloqotdagi qiyinchilik insult keltirib chiqaradi

Ko‘pincha, insultga chalinish xavfi bo‘lgan insonlar g‘alati gapira boshlaydi, bilmasdan iboralar va so‘zlarning o‘rnini chalkashtirib yuboradi.

Shunga o‘xshash muammo boshqacha tarzda ham namoyon bo‘ladi, ya’ni bunday holatda o‘zingiz atrofdagilarni tushunolmay qolasiz.

Agar sizga atrofdagilarning barchasi birdan bema’ni gaplarni gapira boshlagan va o‘zini g‘alati tutayotgandek tuyulsa, sizning miyangiz odatdagi ishlash faoliyatini yo‘qotgan va neyronlar avvalgidek faol ishlamayotgan bo‘lishi mumkin.

Atrofdagilarning barchasi birdan aqldan ozishi mumkin emas, bu holatda muammoni o‘zingizdan izlashingiz kerak.

Insult belgilarining asosiy xavfi shundaki, bunday alomatlar juda tez paydo bo‘ladi, biroq tezda pasayadi. Shu sababli ko‘pchilik bunday vaqtinchalik belgilarga e’tibor bermaydi.

To‘g‘ri, hech kim har bir kichik narsadan vahima qilishni xohlamaydi. Biroq yodda tuting: ba’zida detallar sizni qutqarishi mumkin.

SPF kremni yuzga qancha miqdorda qanday surtish kerak?

Optimal ovqatlanish, yomon odatlarni kamaytirish va sog‘lom turmush tarzining boshqa qoidalariga rioya qilish insult xavfini kamaytiradi.

Ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi

Yosh o‘tishi va gadjetlardan to‘xtovsiz foydalanish ko‘rish qobiliyatining yomonlashishiga sabab bo‘ladi.

Ammo ko‘rishning (shuningdek, eshitishning) keskin yomonlashishini sezsangiz, shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak. Bu mikroinsultning eng keng tarqalgan alomati hisoblanadi.

5/5 - (10 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Yozda nimalarni yeyish tavsiya etilmaydi?
  2. Qalbaki atirni original atirdan qanday farqlasa bo‘ladi?
  3. SPF kremni yuzga qancha miqdorda qanday surtish kerak?
  4. Xonaki gullarni qishda parvarishlash uchun 6 maslahat
  5. Oshqozon hajmini kichraytiruvchi oddiygina layfxak
  6. Ozmoqchi bo‘lsangiz ushbu 5 tibbiy ko‘rikdan o‘tishingiz kerak
  7. Semirib ketmaslik uchun ozgʻin ayollardan 10 foydali odat
  8. Sochlar tez yogʻlanib qolishiga muhim 8 sabab
  9. Kechasi umuman yemasligingiz kerak bo‘lgan 7 mahsulot
  10. Barmoqni kesib olganda qonni qanday to‘xtatish kerak?

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *