Bolaga qo‘yish mumkin yoki mumkin bo‘lmagan ismlar va manosi

Savol: O‘g‘il farzandimizga Mufizxon, qiz farzandimga Yasina deb nom qo‘yganmiz. Mufiz va Yasina ismlarini to‘g‘ri qo‘yganmizmi?

Javob: “Mufiz” degani “muvaffaqiyat keltiruvchi” degan ma’noni anglatadi. Yasina degan ism borligini esa bilmaymiz.

Bola uchun mumkin va mumkin bo'lmagan ismlar manosi

Savol: Narmina ismining ma’nosi nima?

Javob: Muloyim, mamnun, xursand va baxtli kabi ma’nolarini anglatadi.

Savol: Akmal ismining ma’nosini bilmoqchi edim.

Javob: Uning ma’nosi eng komil va mukammal, nuqson-kamchiligi yo‘q, deganidir.

Savol: Zikriyor ismini ma’nosini bilmoqchi edim.

Javob: Bu ism “Zikr hamrohi bo‘lsin”, “Doimo zikrda bo‘lsin” degan ma’nolarni anglatadi.

Bolaga qo‘yish tavsiya etilmaydigan ismlar va manosi

Savol: Marg‘iyona ismining ma’nosini bilib bersangiz. Singlim qiziga shunday ism quydi. Qaynotasi quygan. Kuyov Xumayro qo‘ymoqchi edi.

Javob: Biz bunday ism borligini bilmaymiz. Lekin Marg‘iyona degan tarixiy joy nomi borligini o‘qiganmiz. Farzandga shunday ism qo‘yish kerakki, farzand katta bo‘lganda ismidan uyalib yurmasin. Ismning ma’nosi bilan uni qo‘yishdan oldin qiziqish lozim bo‘ladi. Eshitilishi quloqqa yoqib qolgan ismlarni farzandlarga qo‘yib yuboraverish farzandning haqqini ado qilmaslik hisoblanadi.

Savol: Qizalog‘imizga Sumayya deb ism qo‘ysak bo‘ladimi? Bu ismni ma’nosi nima?

Javob: “Sumayya” so‘zi oliy martabali,yuqori degan ma’nolarni anglatadi. Qizingizga bu kabi ismni qo‘yishligingiz joizdir.

Savol: Safarali ismi dinimizga to‘g‘ri keladimi? Yoki o‘zgartirish kerakmi?

Javob: Safar so‘zi sin harfi bilan yozilsa, “masofani kesib o‘tish, ravshanlashish, yorishish kabi ma’nolarini anglatadi. Agar sod har bilan yozilsa, safar oyini bildiradi. Ali degani “oliy, ulug‘” degan ma’nolarni anglatadi. Rajab oyidagi tug‘ilgan bolaga Rajabali deb ism qo‘ygani kabi safar oyida yoki safarda tug‘ilgan bolaga ham Safarali deb ism qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.

Savol: Umarxon ismining ma’nosi nima?

Javob: Bu ism butun musulmonlar uchun suyukli bo‘lgan hazrati Umar roziyallohuning ismidir. Ismning ma’nosiga kelsak, uzoq umr kechirsin deb umid qilib qo‘yilgan ismdir.

O‘g‘il bolalar uchun barcha ismlar manosi

Savol: Ollohim bizga qiz farzand bersa ismini Dilnura, o‘g‘il bulsa Alinur qo‘yaman deb niyat qildim. Ushbu ismlar ma’nosi qanday?

Javob: Farzandingizga mazkur ismlarni qo‘yishingizning zarari yo‘qdir. Bu ismlarning ma’nosi, Dilnur – qalb nuri, Aliynur – nurli aliy ma’nolarini anglatadi. Lekin bundan boshqa ism qo‘yishingiz maqsadga muvofiqdir.

Islomiy chiroyli ismlar

Savol:  Mahliyo ismining manosi nima?

Javob: Mahliyo ismi – o‘ziga rom etuvchi, chiroyli, yoqimli, dilbar, xushro‘y, ko‘rkam va jozibador kabi ma’nolarni anglatadi.

Savol: Mening ismim Bekzod ayrimlar Behzod yoki Begzod deb yozishadi va talaffuz etishadi. Qay biri to‘g‘ri va islomiy ma’nosi qanday?

Javob: Bekzod ismining ma’nosi – beklar avlodidan, beklarning farzandi deganidir. Behzod ismining ma’nosi – aslzoda bola deganidir.

Savol: Qiz farzandga Leyla deya ism qo‘ysam bo‘ladimi? Ma’nosi nima?

Hadislarda ism qo’yish borasida nima deyilgan

Javob: Laylo ismining ma’nosi “qorong‘ulik” “tun” ma’nolarini anglatadi. Boshqa ism qo‘ysangiz yaxshiroq bo‘ladi. Shuni ham aytib o‘tamizki, Madinalik sahobiyya ayolning ismi ham Laylo bo‘lgan. U ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilib kelishidan oldin iymon keltirib, hijrat qilib kelganlaridan so‘ng u zot sollallohu alayhi vasallamga birinchi bo‘lib bay’at qilgan ayoldir. Uning to‘liq ismi Laylo bintul-Xotim al-xazrajiyya al-ansoriyya bo‘lgan.

Savol: Shahboz ismining ma’nosini bilmoqchi edim.

Javob: Shahboz degani “burgutlar shohi” degan ma’noni anglatadi.

Savol: Shahnoza ismining ma’nosini aytib bersangiz.

Javob: Shahnoza ismining ma’nosi – tannoz, muloyim, noz-karashmali malika deganidir. Vallohu a’lam.

Savol:  Qudratullo ismining ma’nosini bilmoqchi edim.

Javob: Qudratulloh ismining ma’nosi – Allohning qudrati deganidir. Vallohu a’lam.

Savol: Mubina ismining ma’nosi nima?

Javob: Ravshan, aniq, yorqin, ochiq-oydin degan ma’nolarni anglatadi.

Savol: Men tug‘ilajak farzandimga Firdavs deb ism qo‘ysam bo‘ladimi? U qanday ma’noni anglatadi?

Javob: Firdavs – jannatning ismlaridan biridir. U “barcha nabototlarni qamragan bog‘u-bo‘ston va unumdor vodiy” degan ma’nolarda keladi. Firdavs deb ism qo‘yish joizdir. Vallohu a’lam.

O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng chiroyli ismlar manosi

Savol: Mening ismim – Matluba, qizimniki – Samira. Bu ismlarning ma’nosi qanday?

Javob: Matluba degani – talab qilingan, rag‘bat qilingan, suyulgan kabi ma’nolarni anglatadi. Samira ismi esa – tungi suhbatdosh ma’nosini anglatadi. Vallohu a’lam.

Noyob qizlar ismi

Savol: Isomidin, Ilhomjon ismlarining ma’nosini tushuntirib bersangiz.

Javob: Isomiddin ismining ma’nosi – dinni tutib turuvchi, dinning kamarbastasi, ishonchli xodimi, xizmatchisi, deganidir. Ilhom ismining ma’nosi – ilhom bermoq, qalbga tavfiq va xotirjamlik solmoq. Vallohu a’lam.

Savol: Mening ismim Yoqub. Bu ismning ma’nosi nima?

Javob: Yoqub ismi Alloh taoloning bani Isroilga qavmiga yuborgan payg‘ambarlaridan birlarining ismidir. Hazrati Yoqub alayhissalom Yusuf alayhissalomning otalari bo‘ladi. Bu ism nihoyatda barokatlikdir, chunki bu ismni Alloh taolo o‘z payg‘amariga ixtiyor qilgandir. Chunonchi Payg‘ambarimiz alayhissalom ham payg‘ambarlarning ismlari bilan ismlanishga buyurganlar. Vallohu a’lam.

Bolaga chiroyli ism qo‘yish odob qoidalari

Savol: Ismim Abdulaziz. Bu ism ma’nosini tushuntirib bersangiz.

Javob: “Aziz Alloh taoloning ism-sifatlaridan bo‘lib, “G‘olib, Yengilmas” ma’nolarini anglatadi. Shunga ko‘ra sizning ismingiz “G‘olib, Yengilmas zotning bandasi” degan ma’noni anglatadi. Vallohu a’lam. Otangizga Alloh taolo komil shifo ato qilsin, omiyn.

  1. UzBaza.uz:

    Assalomu alayko‘m Muxtasarxon. Ba‘zi bir manbalarga ko‘ra ismingiz manosi shunday ekan: (Aynan: qisqa, oxiri, muxtasar qilib aytganda; bolalar tug‘ilgani yetadi; boshqa tug‘mayman, qanoatlandim ma’nosida). Aytingche bu manbaga ko‘ra ismingiz ma‘nosini qanchalik to‘gri deb o‘ylaysiz? fikringizni bilmoqchi edim.

    • Shakhzodakhon:

      Assalomu aleykum. Mani ismim Shaxzodaxon Ismimi xich qatta ko’rmadim mumkinmas yoki yomon manoli ismligini. Lekin tanishlarim etishdiki ismin mumkinmas ism o’zgartir dib shunga so’ramoqchidim rostanam joizmas yomon manoga ega ismmi?

  2. Gulirano:

    Mening ismimning manosini bilmoqchiydim ismimning manosiga haligacha bilmiyman negadur ozimga yoqmiydi

    • UzBaza.uz:

      Assalom alayko‘m Gulirano. Ismingiz manosi quyidagicha keltirilgan ekan: «Gulirano — Qizil guldek ko‘rkam, go‘zal, nafis, sohibjamol, o‘zidan chiroy taratuvchi qiz»

    • Gulira'no:

      Tushimda farzandli bo’libman ismi Muhammad Mustafo ekan, shu ismni qo’ysak bolaga og’irlik qilmaydimi?

  3. UzBaza.uz:

    Assalomu alayko‘m! Azizbek ismining ma‘nosi — «Qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, qimmatli, noyob. Alloh nomi ila bog‘liq».

  4. Foydalanuvchi:

    Pokizabonu ismining ma’nosi nima ismimni ma’nosini bilmoqchi edim?

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko‘m Pokizabonu. Ismingiz manosi «Toza, ozoda, begunoh, pok qalbli, beg‘ubor, ma’suma» Shakllari: Pokiza, Pokizaxon, Pokizaoy.

  5. UzBaza.uz:

    Assalomu alaykom!
    Abdulloh ism manosi — «Allohning quli, suyukli bandasi. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning otalarining ismi»
    Abdulla ism manosi — «Allohning quli, bandasi»

  6. UzBaza.uz:

    Gulibonu assalomu alayko‘m. Ismingiz — «Yuqori martabali, guldek dilbar qiz» degan manoni anglatadi.

  7. UzBaza.uz:

    Assalomu alayko‘m Behruz. Gulyuz ismining manosi — Chehrasi guldek, chiroyli qiz. Sol: Gulchehra, Gulro‘y. Shahram ismining manosi — Shoh askari, shohni qo‘riqlovchi, Sosoniylar davridagi qal’a Vizantiya imperiyasiga qarshi turgan. Manolarini anglatadi.

  8. Mustafo:

    Mustafo ismiga moslab keyingi o‘g‘il farzandingizga Murtazo ismini qo‘ysak bo‘ladimi?

  9. UzBaza.uz:

    Salom Dilso’z. Ismingiz manosi — «Jonkuyar, mehribon, mushfiq, dildagi gaplarning egasi, chin so‘z.» manosini anglatadi.

  10. UzBaza.uz:

    Zilola Ismining manosi Arabchadan olingan bo’lib, «Tiniq buloq suvidek pokiza, sof, toza, beg‘ubor oqila qiz.» degan manoni anglatadi.

  11. Shahrizoda:

    Qizimizga Suhayla yoki Musliha deb ism qo’ymoqchimiz. Dinimizda ma’nolari to’g’ri keladimi oldindan rahmat

  12. Dil4565:

    Kotta oglimi Sanjar deb ism qoyganmiza ayrimladan ewitsak ozgartiriwgan ekan bu ism dinimizga tori keladimi
    Kichkina oglimi Sarvar qayganmiza dinimizada manosini etsangiz

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m!

      Sanjar ismi Arabchadan olingan bo’lib «Aynan: sanchmoq, pichoq bilan urmoq; shiddatli, o‘tkir, kuchli yoki qal’a, qo‘rg‘on, yoxud g‘olib, muzaffar. So‘nggi saljuqiy sultonining ismi bo‘lgan.» manosini anglatadi.

      Sarvar ismi esa, Fors-tojikcha ism bo’lib «Yo‘lboshchi, boshliq, rahnamo, yetakchi, ilg‘or, peshqadam, sardor.» degan manoga ega.

    • Marg'iyona:

      Assalomu alaykum. Manashu ismni manosi qaysi tildan olingan? islomda qo’yish mumkinmi? shu haqida malumit berolasizmi?

  13. Dil4565:

    Kotta oglimi Sanjar deb ism qoyganmiza ayrimladan ewitsak ozgartiriwgan ekan bu ism dinimizga tori keladimi .
    Kichkina oglimi Sarvar qayganmiza dinimizada manosini etsangiz

  14. Muhammad Yusuf:

    Go’zal ismining manosi dinimiz togri keladimi yoqmi

    • UzBaza.uz:

      Assallomu alayko’m Muhammad Yusuf! Bu savolga din peshvolaridan javob olganingiz maqul. Sababi bu maqolalar din peshvolari javob bergan saytlardan olingan.

  15. Lucifer:

    Salom g’alati eshitilar lekin mening ismim Люцифер bu ismni hozirgi bolalarga qo’yiladimi

    • UzBaza.uz:

      Lucifer Assalomu alayko’m. O’zbek ismlari manosidan sizning ismingiz manosini topa olmadik, lekin bu ism haqida birinchi bor eshityapman. Ismingiz manosini bilmadimu, lekin chiroyli talaffuzga ega ekan!

    • Foydalanuvchi:

      Rasmni uzgartitganiz maqul shubhali narsalarni quyishdan ehtiyot buling

    • UzBaza.uz:

      Fikringiz va maslahatingiz uchun tashakkur, Jamoamiz bilan bu masalani qayta tekshirib kerakli qarorni belgilaymiz!

    • Nigora:

      Assalomu alayko’m. Mening ismim Shohsanam. Ko’plar ismimni manosini yomon deyishyapti. Ismimni o’zgartirishim kerakmi? lekin ismim o’zimga yoqadi.

  16. UzBaza.uz:

    Assalomu alayko’m. Bu siz aytgan bayroq emas balki ranglar majmuosidir! Agarda olti hil rang bir joyda yig’ilsa bu shu siz aytgan bayroq degani emas. Undan tashqari ushbu siz aytgan bayroq qanday rang bilan boshlanib qaysi rangda tugashiga bir etibor berib so’ngra fikr bildirsangiz yaxshi bo’lar edi.

  17. UzBaza.uz:

    Assalomu alayko’m. Bu siz aytgan bayroq emas balki ranglar majmuosidir! Agarda olti hil rang bir joyda yig’ilsa bu shu siz aytgan bayroq degani emas. Undan tashqari ushbu siz aytgan bayroq qanday rang bilan boshlanib qaysi rangda tugashiga bir etibor berib so’ngra fikr bildirsangiz yaxshi bo’lar edi.

    • Sirojiddin:

      Olamda yagona ikki dugona beshta tikuvchi o’ttiz o’quvchi islomiy savol ekan javobini bilselar yozvorilar oldindan raxmat.

  18. Shaxzod:

    Salom ug’limning ìsmini Mironshox yoki Shaxriyor quymoqchiman bu ismlarning ma’nosi nima

  19. Foydalanuvchi:

    Men qizimga Hafiza deb ism qoyishni niyat qilgandim qoysam boladimi

  20. Boburbek Mashxura:

    Assalomu alaykum qizimizga Parizoda deb ism qoʻysak boʻladimi . Diniy tarafdan shunday ism qoʻyish man etilmaganmi

  21. Boburbek Mashxura:

    Assalomu alaykum qizimizga Parizoda deb ism qoʻysak boʻladimi. Diniy tarafdan bu ismni qoʻyish taqiiqlanmaganmi

  22. Mironshoh:

    Assalomu alayko’m barchaga. Savolim shundan iboratki, O‘g‘il bolaga Mironshoh ismini qo’ysa bo‘ladimi? Biladiganlar aytvoringlar iltimos. Javob uchun oldindan raxmat.

  23. Mexribonim:

    Assalomu alayko’m. Men qizimga Kavsar ismini qo’ysam joizmi?

  24. Ma'ruf:

    Assalomu aleyko’m ma’nosini va tarixini kengroq qilib yoritib bersez. Masjitga borganimda eshitib qolaman ko’p. Oldindan raxmat.

  25. Maftuna:

    Assalomu alayko’m ismim Maftuna o‘zgartirib Yasmina qo’ymoqchiman dinga to‘g‘ri keladimi arabchada forsda ham manosi yaxshimi jannatning guli deyilgan diniy kitoblarda bu gul haqida so‘z ketganmi.

  26. Shahzoda:

    Shahzoda ismi joizmi qizlarga? O’gil bola manosida emasmi?

  27. Foydalanuvchi:

    Assalomu aleyko’m qizimizni ismini Komilaxon qo’ymoqchimiz maʼnosi aytsangiz va qo’ysak bo’ladimi?

  28. Shirinabonu:

    Meni ismimni (Shirinabonu) manosini bilmoqchi edim.

  29. Nabijonova Yorqinoy:

    Assalomu aleyko’m! Muhammadsafo ismini ma’nosini aytib berolasmi?

  30. Muhriddin:

    Barchaga salom azizlar. Hurzoda ismini qizbolaga qo’ysa boladimi? Kim shu haqida bilsa albatta javob yozinglar iltimos.

  31. Maftuna:

    Barchaga assalomu alayko’m, azizlar aytinglarche Maftuna ismining manosi nima, bu ismmi bolaga qo’yish dinimizda joizmi?

  32. Ozoda:

    Barchaga assalomu alayko’m. Kim biladi Ozoda ismini islom dinida qo’yish joizmi?

  33. Nomalum:

    Otabek ismini farzandimga qo’ysam bo’ladimi?

  34. Shahnoza:

    O’g’limni ismi Shohjahon, ma’nosi qanday va bu ism islomda joizmi? Oldindan rahmat.

  35. Abbos:

    Assalomu Aleyko’m UZBAZA.UZ ijodkorlari, Olloh ishlaringizni xayrli qilsin. Men birinchi o’g’il farzandimga Alinur deb ism qo’ydim, bu ism sha’riyatimizda joizmi? Iltimos javobingizni kutaman. rahmat oldindan.

    • UzBaza.uz:

      Abbos assalomu alayko’m. Samimiy tilaklaringiz uchun tashakkur deymiz. Alinur ismining manosi va bu ism shariatda joizmi yo’qmi, buni Ahli-ilmlarimizdan so’raganingiz maqul, biz esa ular bergan javoblarni veb-sahifamizga yuklab boramiz holos.

  36. Mashhura:

    Assalomu alayko’m. Men qizimga Iymona deb ism qo’ygandim. Eshitishimcha Iymona ismini qo’yish mumkin emas ekan, qizmni ismini o’zgartirishim kerakmi? Javob uchun oldindan rahmat.

  37. Anvar:

    Muhammad-Amir ismini o’g’il farzandimizga qo’ysak joiz bo’ladimi?

  38. Dildora:

    Mening ismim Dildora, opamning ismi Mohinabegim, iltimos bizni ismimizani manolarini yoza olaszmi?

  39. Muxsima:

    Ismimni aytsam Muxlisa yoki Muxsina deb chaqirishadi, ismimni manosini koʻp qidirganman lekin hech qayerda Muxsima ismini eshitmaganman, meni ismim oʻzi bormi? boʻlsa manosini bilmoqchi edim…

  40. Tohir:

    Assalomu alayko’m. Iltimos mening ismimni monosini aytib bersangiz, ismim Tohir.

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m! Tohir isminig manosi quydagicha: «Pokiza, dog‘siz, nuqsonsiz, begunoh. Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam)ning o‘g‘illarining ismi bo‘lgan. Xalqimizda Tohir ismi Alisher Navoiyning asari «Tohir va Zuhra» qahramoni sifatida ham taniladi»

  41. Shaxzodbek:

    Salom, yaqinda 1-chi farzandli bo’lamiz. O’g’il bolaga Samir deb ism qo’ymoqchi edik, manosini aytsangiz.

  42. Farangiz:

    Assalomu alayko’m. Meni ismim Farangiz. Yaqinda bu ism harom qilingani haqida eshitib qoldim. Bu narsa qay darajada toʻgʻri?

  43. Gulsanam:

    Salom mavzularni oʻqib chiqdim xar bir mavzu juda keng yoritib oʻtilgan. Mening ismim Gulsanam ismimni almashtirishim kerakmi xosiyatsiz ekan. Qanday almashtiriladi iltimos.

  44. Gulyuz:

    Qizimni ismini Gulizar qo’yganmiz manosi nimani bildiradi bunday ism qo’ysa bo’ladimi?

  45. Ko'samova Nodira:

    Assalomu alayko’m! Ismim Nodira, Shu isimni qo’yish joizmi bilmoqchi edim.

  46. Shahzoda:

    Assalomu alaykum! Mening ismim Shahzoda, bu ism dinimizga to’g’ri keladimi yoki yoq? Bir domla iloji bo’lsa o’zgartiringlar deganini eshitgan edim.

  47. Gulyuz:

    Gulyuz ismini qiz bolaga qo’ysa bo’ladimi? Bu ism qayerdan kelib chiqqan?

  48. MUHAMMAD:

    Mening ismim Muhammadni o’zi qo’shimchasi yo’q, men o’g’limga Muhammad ismini qo’shimchasi bilan qo’ysam bo’ladimi.

  49. Shoxsanam:

    Assalomu aleykum. Mening ismim Shoxsanam. Ko’pkishi ismimni manosini juda yomonligini va uni o’zgartirishimni aytishyapti. Shuning uchun menga qanday maslahat berasizlar va ismimi manosini bilib beringlar iltimos.

    • UzBaza.uz:

      Ushbu Shohsanam ismi asosan qiz bolalarga qo‘yiladi va bu ism arabcha, fors-tojikcha bo‘lib, quyidagi ma’nolarga ega: Sanamlarning shohi, go‘zallarning sardori, suluvlar shohi, zebolikda benazir, beqiyos qiz, viqorli, tengsiz go‘zal.

  50. Sarvara:

    Sarvara ismining asl ma’nosi nima? bu ism qanday ism, yaxshi yokida yomon…

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *