Hadislarda ism qo’yish borasida nima deyilgan

Bolaga chiroyli ism qo‘yish ota-onaning farzand oldidagi mas’uliyatlaridan hisoblanadi. Islom tarixida bo‘lib o‘tgan ajoyib hodisalardan xabardor har bir ota-ona qanday sharoitda bo‘lmasin, farzandiga chiroyli, ma’nosi ham go‘zal ism qo‘yishga harakat qiladi.

Zero, ism o‘z egasining xulq-atvoriga, hatto taqdiriga ham ta’sir qilishi aytilgan. Qiyomat kuni har bir inson o‘z ismi bilan chaqiriladi.

ism qoyish borasida hadislarga yuzlanamiz

Abu Dardodan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Batahqiq, qiyomat kuni sizlar o‘z ismlaringiz va otalaringiz ismlari bilan chaqirilasizlar. Bas, (shundoq ekan) ismlaringizni go‘zallashtiring!»

Bolaga chiroyli ism qo‘yish odob qoidalari

Bola tug‘ilganida ko‘pincha ota-onalar unga qanday ism qo‘yishga o‘ylanib qolishadi. Lekin ko‘p bosh qotirmay, ma’nosi g‘aliz, tumtaroq ismlarni qo‘yib yuborishadi.

Bola tug‘ilganida ko‘pincha ota-onalar unga qanday ism qo‘yishga o‘ylanib qolishadi. Lekin ko‘p bosh qotirmay, ma’nosi g‘aliz, tumtaroq ismlarni qo‘yib yuborishadi.

Shu qo‘yiladigan ism bola bilan nafaqat foniy dunyoda, balki qiyomatda, jannat yo do‘zahda ham birga bo‘ladi. Bu mavzuga aloqador hadislarda aytiladi:

Ibn Umardan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «Darhaqiqat, Alloh taologa eng yoqadigan ismlaringiz «Abdulloh» va «Abdurrohman», dedilar.

Hadisda ism qanday bo‘lishi kerakligi ochiq bayon qilingan. Kishi o‘zining Alloh taologa suyukli ekanini bildirmoqchi bo‘lsa, «Abdu…» bilan boshlanadigan ismlarni qo‘ysin, chunki bunday ismlar inson Alloh taoloning quli ekanini hamisha bildirib turadi.

Alloh taoloning go‘zal ismlari (Eng go’zal ismlar)

Boshqa bir hadisda bunday kelgan:

Abu Vahbaytadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Payg‘ambarlarning ismlarini olinglar, Alloh taologa eng yoqadigan ismlar «Abdulloh» va «Abdurrohman»dir, eng sadoqatlisi «Horis» va «Hammam»dir, eng yomoni «Harb» (urush) va «Murra» (achchiq)dir».

O‘g‘il bolalarga payg‘ambarlarning (alayhimus-salom) muborak ismlarini qo‘yish ham maqsadga muvofiq sanaladi. Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) ismlaridan «Muhammad», «Ahmad» kabilarni qo‘yish fazilatlidir, ammo u kishining kunyalari bilan «Abulqosim» deb ism qo‘yish joiz emas.

Payg‘ambarimiz Muhammad (alayhissalom) yomon va xunuk ismlarni o‘zgartirishga buyurganlar. Masalan, hazrat Umarning (roziyallohu anhu) qizlari Osiya (gunohkor) ismini Jamila (chiroyli, go‘zal) deb o‘zgartirganlar.

Hadislarda yana u zotning «Harb» (urush), «Murra» (achchiq) kabi xunuk ismlarni yaxshisiga almashtirishni buyurganlari naql qilingan.

Bolaga qo‘yish tavsiya etilmaydigan ismlar va manosi

Shu o‘rinda Umar ibn Hattob (roziyallohu anhu) davrlarida bo‘lib o‘tgan ajoyib voqeani esga olib o‘tish foydadan xoli emas.

Umar ibn Hattob huzurlariga bir kishi kelib, o‘g‘lini oq qilganini aytdi. Umar (roziyallohu anhu) o‘g‘lini chaqirtirib, otasi oq qilganini bildirgach, otasining haqlariga rioya qilmagani uchun unga tanbeh berdilar.

Shunda u yigit: «Ey mo‘minlar amiri, otaning ustida bolaning haqlari yo‘qmi?» dedi. «Bor», deb javob qildilar hazrat Umar (roziyallohu anhu). «Ular qaysilar?» dedi yigit. «Ota bolasiga yaxshi ona topishi, chiroyli ism qo‘yishi va Qur’onni o‘rgatishidir», dedi hazrat Umar. «Bo‘lmasa, otam hech narsa qilgani yo‘q ekan-da.

Onam bir majusiy qo‘lida qora ishchi bo‘lib ishlayapti. Ismim Xunfuso (go‘ng titadigan qo‘ng‘iz ma’nosini anglatadi). Qur’onning esa biron harfini bilmayman, otam o‘rgatmadi», dedi yigit.

Shunda Umar (roziyallohu anhu) yigitning otasiga: «Oldimga kelib o‘g‘lingni oq qilmoqchi bo‘lding, vaholanki, u seni oq qilishi kerak ekan-ku! U gunoh qilishidan oldin sen gunoh qilibsan», dedilar.

O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng chiroyli ismlar manosi

Farzandga yaxshi ism qo‘yganidan keyin uni chala-yarim qilmay, to‘liq va go‘zal talaffuz qilish lozim. Afsus, ba’zi oilalarda ismni qisqartirib chaqirish odat tusiga kirgan. Masalan, «Abdulloh»ni (Allohning bandasi) «Abdi», «Abdul» deyishadi, bu ish ism egasiga ham, Parvardigorga ham katta hurmatsizlikdir.

  1. Mahmudov Aziz:

    Assalom aleykum yaqinda jyanlik bolaman wungap bza MuhammadZubayr qoymoqcidik Wu ism qoʻysa boʻladimi Wuni soʻramoqchidim ozi qanaqa mano bldradi. Joyizmi Wu ism qoʻysak.

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko‘m Aziz. Muhammadzubayr ismi manosi: «Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) kuchli, qudratli, baquvvat; aqlli, idrokli, dono; pok, ozoda» Degan manoni bildiradi.

  2. Obidova dilbaroy:

    Assalom aleykum ismim Dilbaroy. ismimni ma’nosini bilmoqchiman. Ismim to’g’ri qo’yilganmi. Javob uchun oldindan rahmat.

    • UzBaza.uz:

      Dilbaroy assalomu alayko’m. SIzning ismingiz manosi «Yoqimli, yoqimtoy, ko‘ngilni oluvchi, maftun qiluvchi, go‘zla, suyukli, zebo.» shakillari esa «Dilbarxon, Dirbaroy, Dilbarniso.».

    • Xurshid:

      Nojoiz ismingiz manosi shuni beryabdi

  3. Sarvara:

    Ismimni manosini hech ham topolmayman

  4. Аноним:

    Noila ismi orzu qilingan qiz, Allox bergan sovg’a tuxfa degan ma’noni bildirar ekan. Men bu isim mushriklarni butlaridan birining ismi ekanini bildim shu sabab ismni alishtirish kerakmi. Javob uchun avvaldan raxmat.

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m. Sizga «Zikr ahlidan so’rang» hayati azolarining sizning savolingizga o’xshagan savollarga bergan javoblarini keltirib o’taman.

      Savol: Assalomu alayko’m! Bir tanishimning ismi Noila. Yaqinda o‘qib qoldim, mushriklarning Noila ismli sanami bo‘lgan ekan. Shu ismni qo‘yish joizmi?

      Javob: Va alayko’m assalom! Joiz. Vallohu a’lam!

      Savol: Assalomu alayko’m! Qizimning ismi Noila edi, lekin bu ism ma’nosi to‘g‘risida yomon gap eshitdim. Iltimos menga shu ismning ma’nosini tushuntirib bersangizlar. Oldindan rahmat.

      Javob: Vaalayko’m assalom! Hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning ayollarining ismlari Noila bo‘lib, “Mukofotga erishgan” ma’nosidadir. Vallohu a’lam.

  5. Gullola:

    Assalomu alayko’m yaqinda qizlik bo’ldim qaynonam qizimga olamdan o’tgan opasining ismini qo’yib kelibdi bu esa menga yoqmadi o’zgartirsam hafa bo’ladi nima qilishni bilmayapman islomda ism qo’yishda onaning haqqi qanday?

  6. Nilufar:

    Assalomu alayko’m barchangizga! Bu Hadis juda yaxshi ekan, menga rosa yoqdi, ibrat oldim.

  7. Xojiakbar:

    Assalomu alayko’m! Durdonaxon deb ism qo’ysak bo’ladimi ma’nosi qanday…

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *