Xonada gullar nima uchun ko‘p bo‘lishi kerak?
Uyda yoki ofisda qanday xona o‘simliklari bo‘lishi kerak va ularning afzalliklari nimada?
Tabiiy namlagich — Agar kvartirangizga bir nechta Boston qirqquloqlarini joylashtirsangiz, unda havo namligini tartibga soluvchi qimmat qurilmaga pul sarflashingiz shart emas. Bu o‘simlik namlikni transpiratsiya jarayon orqali chiqaradi, bunda suv barglar yuzasida bug‘lanadi.
Dam olishga yordam beradi — Afrika binafshasining siyohrang barglari adrenalin chiqarilishini rag‘batlantiradi. Natijada energiya darajasi oshadi va miyaga kislorod oqimi kuchayadi. Tanadagi bu jarayonlar odamga dam olishga yordam beradi.
Kiyimlarni dazmolsiz tekislash uchun qo’l keladigan bir nechta usullar
Allergiya xavfini kamaytiradi — O‘rgimchaksimon o‘simlik allergiya rivojlanishini kamaytirishga yordam beradi va chang tufayli paydo bo‘ladigan tumovdan xalos qiladi. Uning barglari allergenlarni o‘zlashtirishga qodir va ikki kun ichida xonani 90 foiz toksinlardan tozalaydi.
Dorivor xususiyatlari — Milliy Sog‘liqni saqlash instituti ma’lumotlariga ko‘ra, aloe qadimgi Misrda “umrboqiy o‘simlik” sifatida tanilgan va yaralarni davolashda ishlatilgan. Hozirgi kunda ham kuyish jarohatida ushbu xona o‘simligining suvidan foydalaniladi.
Diqqatni yaxshilaydi — Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilar xonada o‘simliklar mavjud bo‘lganda 70 foiz ko‘proq e’tiborli bo‘lishadi. Quyosh nurlari kam bo‘lgan ofis xonalarida bemalol o‘sadigan juda ko‘p o‘simlik navlari mavjud. Ammo bambuk ish joyiga kerakli energiya berishi mumkin bo‘lgan o‘simlik sifatida ajralib turadi.
Qaynatilgan tuxum suvini nima sababdan to‘kib yubormaslik kerak?
Havoni tozalaydi — NASA olimlarining tadqiqotiga ko‘ra, ingliz pechagi eng yaxshi havo tozalash vositasi ekanligi ma’lum bo‘ldi, chunki u formaldegidni mukammal darajada o‘zlashtiradi. Agar bunday o‘simlik uyda bo‘lsa, unda nafas olayotgan havo toza ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Ko‘z charchoqlarini kamaytiradi — Chirmashib o‘sadigan o‘simlik potos ko‘zdagi charchoqni bartaraf etishga qodir. Mutaxassislar fikricha, kompyuterda bir necha soat ishlagandan so‘ng, bu o‘simlikka qarashning o‘zi kifoya va ko‘z zo‘riqishlari sezilarli darajada kamayadi. Potos, shuningdek, glaukoma va katarakta rivojlanishining oldini ham oladi.
Kundalik hayotda kartoshkadan foydalanishning siz bilmagan 10 usuli
Stress darajasini pasaytiradi — Journal of Environmental Psychology jurnaliga ko‘ra, gullaydigan xona o‘simliklari (masalan, anturium) stress darajasini kamaytirishga yordam beradi.