Kundalik hayotda kartoshkadan foydalanishning siz bilmagan 10 usuli
Kartoshkani nafaqat oziq-ovqat mahsuloti sifatida, balki xo‘jalik yumushlarida ham ishlatish mumkin.
Dog‘larni ketkazishda — Xom kartoshka somoncha shaklida to‘g‘ralib, sovuq suvga solinadi, yarim soat turadi. Keyin kartoshkalarni olib tashlab, dog‘li kirlar 20 daqiqaga suvga solinadi. Bu usul meva sharbati, sharob va qahvadan qolgan dog‘larni ketkazishda yordam beradi.
Oyoq kiyim tozalashda — Poyabzalning yangi holatini xom kartoshka yordamida tiklash mumkin. Kartoshkani ikkiga bo‘ling, krem surtishdan oldin charmga ishqalang. Sirt sal xira bo‘ladi — bu normal holat. So‘ngra poyabzalni yumshoq mato bilan arting. Kartoshka kraxmallari tirnalgan va mayda yoriqlarni mukammal niqoblaydi.
Uydagi chumolilardan tez va butunlay qanday qutulish mumkin?
Zang ketkazishda — Sabzavot tarkibida zangni erituvchi fosfor mavjud. Tozalash uchun kartoshka, soda, suyuq sovun kerak bo‘ladi. kartoshkani ikkiga bo‘ling, tozalash vositasiga botirib, zanglagan metallga soda seping. Metallga kartoshkani qo‘yib, 2-3 daqiqa kuting. Yaxshi natijaga erishish uchun aralashmani yarim soatga qoldiring.
Go‘sht maydalagichni tozalashda — Agar qiyma uchun go‘sht maydalagichni ishlatsangiz, ichida go‘sht parchalari qoladi. Ularni olib tashlash uchun butun qurilmani qismlarga ajratish kerak. Ammo oson yo‘li bor — go‘shtdan keyin kartoshkani aylantirib yuboring, u barcha go‘sht bo‘laklarini o‘zi bilan olib chiqadi.
Shamollashni davolashda — Qaynatilgan kartoshka bug‘idan nafas olsangiz, tumov, burun bitishi, yo‘tal yo‘qoladi. Bu usul kasallikning dastlabki belgilaridagina samara beradi.
Uyni changdan to‘g‘ri va samarali tozalash bo‘yicha 6 layfxak
Sho‘r ovqatning tuzini olishda — Kartoshka ziravorlarni juda yaxshi o‘zlashtiradi. Agar sho‘rva juda sho‘r bo‘lsa, bir bo‘lak kartoshka qo‘shing, Kartoshka ortiqcha tuzni o‘zlashtiradi, ovqat ta’mi buzilmaydi.
Kumush buyumlarni yaraqlatishda — Sanchqi, qoshiq, zanglamaydigan po‘latdan yasalgan pichoq va kumush idishlarni tozalash uchun kartoshkadan foydalaning. Kartoshkani po‘sti bilan qaynating, so‘ngra ildiz mevalarni olib tashlang, barcha buyumlarni shu suvga soling. Yaxshi yaraqlashi uchun metallni 20-30 daqiqa ushlab turish kifoya. Keyin kumushni toza suvda yuving va qog‘oz sochiq bilan quriting.
Deraza yuvishda — Derazalarni tozalash uchun qimmat uy kimyoviy moddalarini sotib olish shart emas. Kartoshkani ikkiga bo‘ling, derazaga yaxshilab ishqalang, keyin quruq mato bilan arting. Aytgancha, bu usul parlangan oynada ham yordam beradi. Xuddi shuni ko‘zoynak yoki hammom oynasida ham sinab ko‘ring.
Qo‘ltiq osti nima uchun terlaydi? Muammoni bartaraf etuvchi 13 maslahat
Atirgul qalamchasini o‘stirishda — Kartoshka tarkibidagi mineral va ozuqa moddalari injiq atirgulning unib chiqishiga yordam beradi. Atirgul qalamchasini kartoshkaga tiqib, uni 10 sm chuqurlikdagi yerga eking. Qalamcha ildiz berganda, uni gulzorga ko‘chiring.
Singan lampochkani burashda — Ba’zan lampochka sinib, tagi patronda qolib ketadi, o‘tkir qirralar qurilmani qandildan chiqarishni qiyinlashtiradi. Bu yerda ham xom kartoshka yordamga keladi — uni kesib, patronga tiqing va soat miliga teskari tarzda burang.
Barchaga salom, kim biladi xom kartoska qora yuzlarni oqartirishga ham yordam beradimi?