Tez uxlab qolishning ilmiy isbotlangan 7 usuli

Samarali ishlashingiz uchun uyquga to‘yishingiz kerak, lekin agar siz vaqtingizni uxlashga sarflasangiz, unda ishlaringizni bajarishga ulgura olmaysiz – bir qarashda bu muammoning yechimi yo‘qdek ko‘rinadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bizning zamondoshlarimiz o‘tgan asrdagilarga qaraganda uyqu uchun bir soat kam vaqt ajratar ekan. Va bu ruhiy va jismoniy salomatlik bilan bog‘liq muammolarning asosiy sababi hisoblanadi. Olimlar bizga biroz bo‘lsa-da ko‘proq uxlashga yordam beruvchi bir necha oddiy usullarni tavsiya qilmoqda.

Tez uxlab qolishning ilmiy usuli

Qo‘l telefoningizni uzoqroq qo‘ying — Gadjetlarning ekrani – uyqusizlikning haqiqiy omillari. Piksellarning lip-lip o‘tishi va butun kecha davomida undan chiqadigan axborotlar oqimi sizni uyqudan mahrum qiladi yoki hech bo‘lmasa uyquga ketish jarayonini ancha uzaytiradi.

Piyoda sayr qilish afzalmi yoki yugurish?

Uxlash xonasidagi chiroqni o‘chiring — Agar siz miyangizni chiroqning yorug‘ligi yordamida qiynasangiz, u uxlay olmaydi. Ayniqsa unda kunduzgi chiroq norozilik tug‘diradi.

Qahva ichishni tashlang — Albatta, ertalab ichilgan qahva sizni yarim soatga tetiklashtiradi. Lekin kofein miyadagi melatonin miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun qahva ichish odati uxlay olmaslikning sababiga aylanadi.

Boshingizni sovuqda, oyoqlaringizni esa issiqda tuting — Xonaning salqin, toza havosi va oyoqlarga qo‘yilgan iliq grelka uyqu uchun zarur sharoit yaratadi.

Uyquga ketishni taomilga aylantiring — Takrorlanuvchi harakatlar miyada uyquga ketish odatini shakllantiradi. Shuning uchun bir nechta oddiy harakatlar o‘ylab topish va har kuni uxlash vaqti kelganda ularni amalga oshirish samara beradi.

Sog‘lom inson qancha vaqt uxlashi kerak?

Yaxshi narsalar haqida o‘ylang — Uxlash oldidan o‘zingizga kunning omadsiz lahzalari yoki hayotingizdagi barcha mash’um xatolar haqida o‘ylashni taqiqlang. Yaxshisi, kuchukchalar yoki shunga o‘xshash yoqimtoy narsalar haqida o‘ylang.

Ko‘pikli vanna qabul qiling — Xushbo‘y tuzlar va tinchlantiruvchi ko‘pikli vanna mushaklarni bo‘shashtirishga, ko‘pincha uyqusizlikning sababi hisoblanadigan taranglikdan qutulishga yordam beradi.

  1. Mohichexra:

    Assalomu alayko’m. Bu holatlarga yanada ko’proq malumotlar kerak bo’ladi, sizlarga kattakon raxmat.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *