Kuchli onalar foydalanadigan tarbiya usuli

Bolalik davrlarda onangizning kuchli ekanligini anglashingiz qiyin. U sizga o‘rgatgan qadriyatlarga nazar tashlab, ulg‘ayganingizdan so‘ng tushuna boshlaysiz.

U sizga uzatadigan eng asosiysi— o‘zida bo‘lgan kuch-quvvat. Ammo yana bir qator qadriyatlar ham bor. Keling, kuchli onangizdan sizga nimalar o‘tganini ko‘rib chiqamiz.

Kuchli onadan tarbiya usuli

Baxt sari tashlashingiz kerak bo‘lgan 10 kichik qadam

1 — O‘z muammolarini mustaqil yechishga intilish: Siz qachon birortadan suv so‘rasangiz, onangiz : «O‘zingni oyog‘ing yo‘qmi?» degan. Yoki ovqatlanayotganda tuz uzatishlarini so‘raganingizda: «O‘zingni qo‘ling yo‘qmi?» degan. Hammasi juda aniq: olam sizni atrofingizda aylanmaydi, hech kim siz uchun hech narsa qilishga majbur emas. Siz o‘zingiz uchun o‘zingiz bajarishni o‘rganishingiz zarur.

2 — O‘z xatolarini g‘ururlanmasdan tan olish: Ko‘pchiligimiz guldonni sindirib qo‘yganimizni yoki gilamga sharbat to‘kkanimizni bo‘ynimizga olmaganmiz. Ko‘pincha buni eng kichik uka singlimizga ag‘darganmiz. Lekin kuchli onalar aybimizni qo‘rqmasdan bo‘ynimizga olishga va unga javob berishga o‘rgatishgan. Kuchli ona ulg‘aytirgan insonni aynan shu sifatidan bilish mumkin.

O‘zini hammadan boshqacha his qilish

3 — O‘zini hammadan boshqacha (takrorlanmas) his qilish: Chunki kuchli onalar bolalariga mehrlarini uzata olishadi va ularni o‘z orzulari izidan borishga o‘rgatadi.

Kuchli onalar maqsadga o‘rgatadi

4 — Aniq maqsadga ega bo‘lish va unga erishishga intilish: Kuchli onalar nafaqat o‘xshashi yo‘qligingizni singdirishadi, balki yana maqsadga yetish uchun mehnat qilishga ham o‘rgatishadi. Ularning sharofati bilan, sizda murakkab maqsadlar va ularga erishishga muvaffaq qiladigan kuch paydo bo‘ladi…

5 — «Yo‘q» deya olish: Aksar odamlar, o‘zlarini sevishlarini va hurmat qilishlarini istashadi. Shuning uchun ko‘pincha «yo‘q» deya olishmaydi, bu esa asosiy muammolardan biri. Ba’zan biz, hatto, bizdan so‘rashgan manzilni qaerdaligini bilmasligimizni aytishdan ham qo‘rqamiz. Biroq, kuchli ona tarbiyalagan odam bundan qo‘rqmaydi.

6 — O‘zini bahosini bilish va o‘zini hurmat qilish: Ona — bizni shaksiz sevadigan ilk va balki yagona inson. U bizga qanday muhabbatga loyiq ekanligimizni ko‘rsatadi. Kuchli ona sizga o‘zingizni sevishni va o‘zingiz bilan kelishishni, o‘zingiz arziydiganidan kamiga ko‘nmaslikni o‘rgatadi.

Erkakning sizga nisbatan qiziqishi yo‘qolishining 5 belgisi

O‘zni asosiy o‘ringa qo‘yish lozimligini anglash

7 — O‘zni asosiy o‘ringa qo‘yish lozimligini anglash — xudbinlik emas: Boshqalarga yordam berish, saxiy bo‘lish — bular, shubhasiz yaxshi fazilatlar. Lekin, ortiqcha saxiylik, evaziga hech narsa olmasdan, doim beraverish kerakmi? Vaqt o‘tishi bilan bu sizni zararlaydi. Kuchli onalarning farzandlari bu ishda tarozini boshqara olishadi— o‘zi haqida qayg‘urish, ammo xudbin bo‘lmaslik.

Boshqalarga yordam berish

8 — Sizning qadringiz — bu faqat sizning tanangiz emas: Zamonaviy olamda tashqi go‘zallik jamiyatdagi muvaffaqiyatlarning asosiy sababi hisoblanadi. Biroq, kuchli onalarning bolalari shaxsni va uning fe’lini yoqtirish lozimligini bilishadi. Ular ajinlarga, qorindagi yog‘larga e’tibor berishmaydi.

9 — Gohida qo‘yib yubora olish (voz kechish)ni kerakligini anglash: Ikki tomonni ham halok qiladigan munosabatlarni davom ettirish, sevimli bo‘lmagan ishda ishlash yoki doim ko‘ngilsizliklar keltiradigan odam bilan do‘stlashish— bularning bari kuchli ona tarbiyalagan bolalardan narida bo‘ladi. Ular qachon voz kechishni bilishadi.

10 — O‘zini xafa qildirib qo‘ymaslik: Mutaxassislar isbotlashdi, atrofimizdagi insonlarni o‘zimizga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lishga o‘rgatish mumkin ekan. Kuchli onalarning bolalari buni juda yosh paytlaridan o‘rganishadi. Ular hech qachon o‘zlariga nisbatan hurmatsizlik yoki haqarot qilishlariga yo‘l qo‘ymaydi.

Kamroq so‘zlab, ko‘proq ish qilish

Kamroq so‘zlab, ko‘proq ish qilish

Yozgi tatilda bolani qanday band qilish kerak?

11 — Kamroq so‘zlab, ko‘proq ish qilish: «Insonni bilmoqchimisiz? Uning amaliga qarang, so‘ziga emas», – bu hammaga ma’lum ibora. Bu faktga kuchli onalarning farzandlari bolaligidan o‘rganishadi. Qiyin yo‘l bilan shakllangan fe’l-atvorlari bunday odamlarning asosiy yordamchisi bo‘ladi.

12 — Bergan va’dasini bajarish: Bergan va’dasini bajarish — onalar o‘rgatishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi fazilatlardan biri. Bu qiyinchiliklarga qaramasdan, o‘z va’dasini bajargan onaning sovg‘asi.

13 — Tinglay olish: Kuchli onalar doim bolalarini tinglay olishadi. Hatto bolalari bema’ni narsalarni gapirsalar ham. O‘zlari diqqat bilan tinglangan bolalar, buni qadrini bilishadi va o‘zlari ham yaxshi tinglovchi bo‘lishadi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *