Tarbiya va Odob axloq haqida maqollar to‘plami
Odob, axloq hamda tarbiya haqida eng sara maqollar to‘plami. Odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-etiqodli inson nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.

O‘zing pishirgan osh —
Aylanib ich, o‘rgilib ich.
Odam odamdan qutular,
O‘z fe’lidan qutulmas.
Tulpor — biyadan,
Mard — enadan.
Bukrini go‘r tuzatar.
Boqsang botir qilasan,
Tergasang — tentak.
Er bolasi — er,
Sher bolasi — sher.
Ona suti bilan kirmagan
Tana suti bilan kirmas.
Bir kattaning gapiga kir,
Bir — kichikning.
Beshikda tekkan, kafanda ketar
Egri butoqni niholida tobini ol.
Semiz qo‘zining go‘shti yaxshi,
Oqil onaning — qizi.

Ot bilan bo‘lsa eshakning oxuri,
Rangi yuqmas, fe’li yuqar oxiri.
To‘g‘ri tutsa onasi,
Yurtga ega bolasi.
Itni qopag‘on qilgan — egasi.
Etmish yoshga yetguncha,
El to‘qmog‘in yersan.
Qarg‘ani boqqan bilan qush bo‘lmas.
Otasini so‘rasang — Ahmadi forig‘,
Onasini so‘rasang — tovoni yoriq.
So‘ksang — so‘kuvingda,
Ursang — uruvingda.
Eshigi yomonning uyiga borma,
Onasi yomonning qizini olma.
Sut bilan kirgan jon bilan chiqar.
Qorindagi qiliq qora yerda qolar.
O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas.
Bola tuqqanniki emas tarbiyalaganniki
Tayoq maymunga namoz o‘qitar.
Suv bilan ekin o‘sar,
Tarbiya bilan — odam.

Egasiga ko‘ra biyasi.
Illat ketar, odat ketmas.
Qiz bersang, otasiga qarab ber,
Qiz olsang, onasiga qarab ol.
Donolik va nodonlik haqida maqollar
Otasi tentakning birisi — tentak,
Onasi tentakning barisi — tentak.
Yaxshi kishi bolasi
Yuqoridan siy topar.
Yomon kishi bolasin
Tuyada ham it qopar.
Odat bir, tabiat boshqa.
Usta qanday — shogird shunday.
Qiz saqlay bilmagan gung etar,
Ipak saqlay bilmagan yung etar.
Etti yoshga yetguncha,
Er to‘qmog‘in yersan.
Erka o‘g‘il yovga yaramas,
Erka qiz — ishga.
Yugansiz otni o‘rgatib bo‘lmas.
G‘ayratlining bolasi tanbal bo‘lar.
Ho‘kizning o‘tini yeb,
Qo‘yning qihg‘ini qilma.
Tayoq o‘g‘rini to‘g‘rilar,
Go‘r bukrini to‘g‘rilar.
Tananing turqi tuqqaniga ma’lum.
Tarbiya bilan odam o‘sar
Bolani so‘ksang, beti qotar,
Ursang, eti qotar.
Igna qayoqqa yursa,
Ip ham shu yoqqa yurar.

Kishi yo‘q deb so‘zlama,
Og‘zing yomon o‘rganar.
Suv boshidan yaxshi,
Hosil — tagidan.
Erka tutsa onasi,
Taltayadi bolasi.
Olti kun och qolsang ham,
Otang odatini qo‘yma.
Katta boshlar, kichik tashlar.
Ot bo‘lsang, choparsan,
It bo‘lsang, qoparsan.
Terakka qarab, tol o‘sar.
Onaga qarab, qiz o‘sar.
O‘g‘ri o‘rganganini o‘lguncha qo‘ymas.
Bog‘ing bo‘lsa, qo‘ra qil,
O‘g‘ling bo‘lsa, mulla qil.
Tulpor tubiga tortar.
Bir qilgan — madad,
Ikki qilgan — odat.
Daraxtdan meva olaman desang,
Niholligidan parvarish qil.
Buzishga o‘rganma, tuzishga o‘rgan.
Otning fe’li egasiga ma’lum.
Bola ko‘rganini qilar, ota bilganini
Yaramas odat ko‘p bo‘lar,
Eng yomoni — kunchilik.
Katta arava qaydan yursa,
Kichik arava shundan yurar.

Tengsizlik va tenglik haqida maqollar
Ona qilsa zo‘rlikni,
Bola tortar xo‘rlikni.
Buzuqi qarisa ham, g‘amzasi qarimas.
Dard ketar, odat qolar.
Qo‘zi qo‘chqordan nishon,
O‘g‘il — otadan.
Tog‘ yerdan o‘sib chiqar,
Odam — ota-onadan.
O‘rgangan qiliq o‘lganda qolar.
Bola — yoshidan,
Xotin — boshidan.
Qush uyasida ko‘rganini qilar
Ayg‘ir qanday bo‘lsa, ot shunday.
Tayoq ayiqni ham mulla qilar.

Bola — loy, ona — kulol.
Otadan — o‘g‘il, onadan — qiz.
Qizni onasi tiysin,
O‘g‘ilni — otasi.
Xotin olsang, yoshdan ol,
Jilovini boshdan ol.
Toyni ot qilguncha,
Egasi it bo‘lar.
Onadan ko‘rgan to‘n bichar,
Otadan ko‘rgan o‘q yo‘nar.
To‘qqizida qanday — to‘qsonida shunday.
Suv boshidan loyqa.
Daryo chuchuk — ariq chuchuk.
Daryo achchiq — ariq achchiq.
Ustoz bilimli, shogird ilmli
Qon bilan kirgan jon bilan chiqar.
Bola boqqandan olov yoqqan yaxshi.

Otasi buzuqning biri — buzuq,
Onasi buzuqning bari — buzuq.
Tarki odat — amri mahol.
Ota g‘ayrath bo‘lsa,
Bola ibratli bo‘lar.
O‘g‘lingni sevsang, quldek ishlat.
Odam bo‘lar yigit odatidan ma’lum,
Tulpor bo‘lar qulun — muchasidan.
Mardlik va nomardlik haqida maqollar
Charxni buzgan — parrasi,
Qizni buzgan — onasi.
Daryo to‘la suv bo‘lsa ham,
It tun bilan suv ichar.
Daraxtiga ko‘ra — mevasi,
Ota-onasiga ko‘ra — bolasi.











Odob-axloq haqida juda yaxshi maqollar bor ekan, sizlarga omad tilayman, ijoddan charchamanglar.
Ota-onam har doim odob va axloq haqida gapirardi. Bu maqollarni o‘qib, ularning har bir so‘zi to‘g‘ri ekanini yana bir bor tushundim.