Ahillik va Birlik haqida maqollar to‘plami

Ahillik hamda birdamlik haqida eng sara maqollar to‘plami. Kuch — birlikda, agar birlik hisob bilan o‘lchansa, ya’ni molga sotib olinsa, bu birlik — birlik emas, ablahlikdir.

Ahillik va Birdamlik haqida maqollar

Yolg‘iz itning hurgani bilinmas,
Yolg‘iz kishining yurgani bilinmas.

Birlashgan yovni qaytarar.

Erning otini el chiqarar.

Yurt desa, yugurib ishla.

Yolg‘iz yog‘och pana bo‘lmas,
Yolg‘iz biyaga sova to‘lmas.

Mehnatsevarlik va dangasalik haqida maqollar

Yolg‘iz otning changi chiqmas,
Changi chiqsa ham dong‘i chiqmas.

Yolg‘izning yoyi yo‘qolsa, topilmas,
Ko‘pning o‘qi yo‘qolsa, topilar.

Bir tupursa, ne bo‘lar,
El tupursa, ko‘l bo‘lar.

Bir ko‘zlilar eliga borsang,
Bir ko‘zingni qisib yur.

G‘oz to‘dasi yo‘lboshchisiz uchmas.

Yolg‘iz qo‘yning terisi po‘stin bo‘lmas.

Yayovning changi chiqmas,
Yolg‘izning — uni.

Birlik bor — tiriklik bor

Yolg‘iz yog‘och uy bo‘lmas.

Doshqozonda pishgan osh xom bo‘lmas.

Birlik bor, tiriklik bor

Erning kuchini el sinar.

Yolg‘izga yo‘l uzoq.

Birlashgan kuch yengilmas.

Ikkovga birov botolmas,
Otliqqa yayov yetolmas.

Yaxshi rahbar yurtga rohat keltirar,
Nodon rahbar yurtga «mehmon» keltirar.

Yaxshi rahbar elni o‘ylar,
Yomon rahbar hovli bo‘ylar.

O‘zim degan o‘zaksiz ketar.

Erning ishi el bilan.

Hashar — elga yarashar.

Jiyan-tog‘a el bo‘lmas,
Yakka tomchi sel bo‘lmas.

Har kim o‘z qarichi bilan o‘lchar.

Birikkan kuch — kuch,
Birikmagan kuch — puch.

Ikki sichqon biriksa,
Yo‘lbars quyrug‘in kertar.

Birlikli uy — barakatli,
G‘ovg‘ali uy — halokatli.

Yolg‘iz yigit yov olmas.

Birliksiz kuch bo‘lmas

Yolg‘iz yurib yo‘l topguncha,
Ko‘p bilan yurib adash.

Erdan er o‘zsa ham, eldan o‘zolmas.

Birliksiz kuch bo‘lmas

O‘zim bo‘lay dema, o‘zgalar g‘amini ye.

Yakka o‘tin yolborsang, yonmas.

Ikki qo‘l qilgan ishni,
Bir qo‘l qilolmas.

Manmanlik va kamtarlik haqida maqollar

Bir kishi ming kishi uchun,
Ming kishi bir kishi uchun.

Birdan ikki yaxshi,
Ikkidan uch yaxshi.

Birlashgan daryo bo‘lar,
Tarqalgan irmoq bo‘lar.

Bizniki — xaltada,
Sizniki — o‘rtada.

Bir o‘zing dono bo‘lguncha,
Ko‘p bilan ahmoq bo‘l.

Birlashgan — o‘zar,
Birlashmagan — to‘zar.

Baliqning kuni ko‘l bilan,
Botiming kuni el bilan.

Yolg‘izlik kishi yurtida bilinar.

O‘t bilan o‘ynashmoq tentakning ishi,
Yurt bilan o‘ynashmoq ahmoqning ishi.

O‘zi uchun uxlagan,
Birov uchun tush ko‘rmas.

Hashar borsam bitar,
Ingranib kunim o‘tar.

Birlikda baraka bor

Eri bo‘lib, erga borgan — bet qorasi,
Eli bo‘lib, elga borgan — yurt to‘rasi.

Birlikda baraka bor

Ayrilganni ayiq yer,
Bo‘linganni bo‘ri yer.

Yolg‘iz daraxt o‘rmon bo‘lmas.

Bilganingni eldan ayama.

Bir kalla — kalla,
Ikki kalla — tilla.

Ayrilgan yo‘lda qolar,
Bo‘lingan — do‘lda.

Yakkaning yori xudo,
Bo‘lmasa eldan judo.

Yolg‘iz g‘ozning uni chiqmas,
Yolg‘iz qizning mungi chiqmas.

Birikmagan birlashmas.

Yettovdan birov — shayton.

Inida yotganni el topar.

Ikki sirtlon bir sirtlonning sirtin yirtar.

Ikki odam — bir odamning tangrisi.

Yolg‘iz yigit alp bo‘lar,
Alp bo‘lsa ham, qalp bo‘lar.

Yurt bilan kelgan aza ham — to‘y.

O‘zim degan o‘rdan chiqmas.

Qo‘lidan ish kelmagan ma‘raka buzar.

Vatan va vatanparvarlik haqida maqollar

Kuch — Birlikda

Yolg‘iz botir yovga yo‘q,
Yolg‘iz yigit dovga yo‘q.

kuch birlikda do'stlarim

O‘z bilganingda bo‘lma,
El bilganidan qolma.

Yolg‘iz uyda qozon qaynamas.

Erning so‘zi — elning so‘zi.

Bir tovushni ko‘p tovush yo‘q qilar.

Har ish qilsang, el bilan kengash.

Yaxshi rahbar yo‘l qurar,
Yomon rahbar yo‘l buzar.

Qomatiga ishongan qaddini bukib ketadi,
Ko‘pchilikka ishongan maqsadiga yetadi.

Oltining oyog‘i bo‘l.

Hashar qildim — uy qurdim,
Unda ko‘p hikmat ko‘rdim.

Faqirlik va boylik haqida maqollar

Bir qarg‘a bilan qish kelmas.

Yolg‘iz tuya baqiroq bo‘lar,
Yolg‘iz bola yig‘loq bo‘lar.

Indama ko‘pga,
Yiqitadi cho‘pga.

Qirq uydan etak to‘lar.

  1. Umarjon:

    Juda zo‘r maqollar to‘plami ekan qoyil

    • UzBaza.uz:

      Umarjon Assalom alayko‘m. Maqollar to‘plami sizga yoqganidan hursandmiz! Sizni yana saytimizda kutib qolamiz.

    • Madina:

      Ha juda ham zo’r. Faqat birlashgan haqida boshqachasi bor ekan, lekin juda zo’r 👍

  2. Ddcfvyhnkk:

    Cgbynkjfncgxshhcn

  3. Elyor:

    Yordam kere bir daraxt arra10 daraxt kegin nixol rasm turibti shu maqol topolmayapmiz

  4. Mominjon:

    Juda zor maqollar manga foyda teydi raxmat

    • UzBaza.uz:

      Mo’minjon assalomu alayko’m. Bildirgan fikringizdan bag’oyatda mamnunmiz.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *